O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
«Jismoniy madaniyat» fakultеti
____- guruhi talabasi
Bekchanov Nizomjonning
«Sport va harakatli o’yinlar “Futbol” »fanidan
tayyorlagan
KURS ISHI
Mazu: Yosh futbolchilarni ko’p yillik tayorlov bosqichlari
Urganch 2020
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.Yosh Futbolchilarni tayyorgarlik davrida maxsus jismoniy tayyorgarliklarini oshirish
2.Yosh futbolchilarni futbol bo’limiga qabul qilishda tanlash usuliyoti
3.Futbolchilarni tanlashda tehnik va taktik tayyorgarlikni ahamiyati.
III. Xulosa
IV.Adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, millatning o’zini anglashi va milliy tiklanish jarayonida madaniyatning barcha jabhalari, ilm – fan va ta’lim sohalarida yangicha siyosatini olib borish, jumladan o’sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy tarbiya muammosini kun tartibiga qo’yish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keladi.(1)
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “.....biz ijtimoiy – iqtisodiy islohatlarning ulkan dasturini kim amalga oshirishiga befarq qarolmaymiz. Jamiyat Respublika kelajagining quruvchilari jismoniy rivojlangan, ma’nan boy va axloqan pok bo’lishidan nihoyatda manfaatdordir”
Kishilarni sihat salomatligini muhofaza etish va mustahkamlash g’oyat muhim ish bo’lib hisoblanadi. Buni amalga oshirishda davlatimiz rahbari I.A.Karimov g’amxo’rlik qilib kelmoqda. Jumladan, 1999 yil 27 may 271 son «O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida»gi qarori, 2002 yil 24 oktyabrdagi «Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida» gi farmoni, bundan tashqari uch bo’g’inli sport tizimi – «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» sport musobaqalarini joriy etilishi bunga yorqin misoldir. Joriy yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2011 yil 19-yanvar PK-1466-sonli qarorini qabul qilinishi futbolimizni yanada rivojlanishiga o’zini xissasini qo’shadi deb o’ylaymiz. (1,3)
Bizning mamlakatimizda inson shaxs sifatida, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi sifatida taraqqiyotning eng muhim xom ashyosi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida yosh avlodni har tomonlama uyg’un rivojlantirish yo’lida aniq maqsadli ishlar olib borilishi, bir qator me’yoriy hujjatlar shundan dalolat beradi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining tashabbusi bilan «Sag’lom avlod uchun» davlat dasturi ishlab chiqildi. Vazirlar mahkamasining «Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora –
O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonuni, Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish, futbol va boshqa sport turlarini rivojlantirish to’g’risidagi Prezident Farmonlarining qabul qilinishi buning yorqin dalilidir. (3)
Jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarni oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan, muntazam shug’ullanishga jalb etish, shuningdek insonni jismoniy kamolotga etkazish, bugungi kunning eng dolzarb vazifasiga aylanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |