Yerdan oqilona foydalanish bu butun xalqxo'jaligini rivojlantirish manfaatlariga mos, ajratilish maqsadiga erishishda eng samarali, atrof-muhit bilan о 'zaro optimal ta 'sirni, yerdan foydalanish va uni ajratish jarayonida uning muhofazasini ta 'minlaydigan foydalanishdir.
Bizning mamlakatimizda yerdan foydalanish tizimi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Yer kodeksiga va boshqa qonunlarga,
4
v P7ident farmonlariga asoslanadi. Uning asosiy belgilan quyidagilar: sDublikamiz hududida yashayotgan xalqlarnmg hayoti va fCriivati asosi hisoblanadi; har bir fuqaro yer olish huquqiga ega; verea xususiy mulkchilik huquqi tan olinadi va himoyalanadi; yer chastkalarini mahalliy boshqaruv organlari egalik qilishga foydalanish uchun berishadi va qaytarib olishadi; yerga egalik qilish va yerdan foydalanish to'lovlar asosida amalga oshiriladi, to'lovlar yer solig'i va ijara haqi shaklida olinadi; qishloq xo'jaligi yerdan foydalanishda ustivorlikka ega; yerdan maqsadli va oqilona foydalanish kerak; yerda xo'jalik yuritishning ko'p turliligi va barcha shakllarining tengli'gi o'rnatilgan; yerga mulkchilik, egalik va doimiy foydalanish huquqlari yer uchastkasini ajratish to'g'risidagi davlat dalolatnomasi yoki guvohnomasi bilan tasdiqlanadi; davlat tomonidan yerlarni muhofazalash tartibi va mazmuni belgilanadi, yer tuzishning maqsadi va vazifalari aniqlanadi.
Yer tuzish bu yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarni tashkil etish va tartibga solishni, fermer xo'jaliklari, qishloq xo'jalik korxonalari va tashkilotlari hududlarini tashkil etishni, ma 'muriy bo'linmalar va muhofazalanadigan hududlar chegaralarini belgilashni о 'z ichiga oladigan, yerlardan oqilona foydalanishni va muhofaza qilishni tashkil etish bo'yicha tadbirlar, iqtisodiy, injenerlik va huquqiy harakatlar tizimidir.
Yer tuzish ko'p asrlik tarixga ega. Uning rivojlanish jarayonida hozirgacha o'z ahaniiyatini yo'qotmagan katta va har tomonlama amaliy tajriba to'plangan. U hamma vaqt ham davlatning agrar siyosatini amalga oshirish vositasi bo'lib keldi va har bir tarixiy bosqichda dolzarb vazifalar bilan chambarchas bog'langan. Hozirgi sharoitda yer tuzish yordamida yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qihsh, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish, ASM ishlab chiqarish infratizimini optimal joylashtirish, ekologik muhitni yaxshilash va boshqa ko'plab masalalar hal etiladi. Hattoki, krizis (tanglik) davrlarida, davlat qishloq xo'jaligining tushkinli-giga, yerlardan nooqilona foydalanishga olib keladigan samarasiz iqtisodiy va ijtimoiy siyosat olib borganda ham yer tuzish qandaydir aarajada bu jarayonlarga to'sqinlik qildi. Yer tuzuvchilar hamma vaqt о z lmkoniyatlari darajasida yerlarning talon-taroj qilinishiga va ouzilishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilganlar.
5
Yer tuzishning mazmuni va vazifalari O'zbekiston Respubli-kasi «Yer kodeksi»da ko'rsatib o'tilgan. Yer tuzishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: yer resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilish chizmalarini hamda yer tuzish chizmalarini ishlash; yer egahklari va yerdan foydalanishlami tashkil etish va tartibga solish loyihalarini tuzish, uchastkalarni joylarda ajratish, yerga egalik qilish va foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tayyorlash, xo'jaliklarda ichki yer tuzish loyihalarini, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo'yicha boshqa loyihalarni tuzishy tabiatnimuhofaza qilish, qo'riqxona hududlarining chegaralarini belgilash; aholi yashash joylari chegaralarini belgilash va o'zgartirish; izlanish va qidirish ishlari. Yer tuzish xizmatlari ayrim uchastkalarda, qishloq xo'jalik korxonalarida, fermer xo'jaliklarida, ma'muriy tumanlarda va yirik mintaqalarda, butun mamlakatimizda yerdan foydalanishni tashkil etadi. Ularning faoliyati O'zbekistonning «Yer kodeksi» va boshqa me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Yer tuzish amaliyoti aniq nazariy asosga suyanadi. «Yer
tuzishning ilmiy asoslari» fanining asoschisi, akademik, S.A.
Udachin (1903-1974) hisoblanadi. Bu fan yer tuzishning uslubiy
asoslarini va umumiy nazariyasini, rivojlanish qonuniyatlarini,
obyektini, mazmunini, turlarini, tamoyillarini, tabiiy va ijtimoiy-
iqtisodiy omillarini, yer tuzish tizimini o'rganadi. Darslik 12
bobdan iborat. I - III boblarda fanning uslubiy asoslari yoritilgan.
IV bobda yer tuzish obyekti - yer resurslari, V bobda - yer
tuzishning tarixiy tajribasi va rivojlanish sharoiti ко'rib chiqilgan.
Keyingi uchta bob yer tuzishning umumiy nazariyasiga
bag'ishlangan. IX, X boblarda yer tuzish jarayonida hisobga oli-
nadigan tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, XI bobda esa ;,
O'zbekistondagi yer tuzish tizimi yoritilgan. Oxirgi bob yer tuzish j
fani va uning asosiy rivojlanish bosqichlariga bag'ishlangan. I
Darslikni yozishda ko'plab adabiyotlardan va boshqa manbalardan |
- yer tuzish va chegaradosh bilimlar bo'yicha monografiyalar va}
maqolalar, yer tuzish fanlari bo'yicha darsliklar va o'quv qo'l- ■"<
lanmalari, me'yoriy hujjatlar, ma'lumotnomalar, rasmiy qoidalar,
ko'rsatmalar hamda davlat standartlari, statistika ma'lumotlaridan
foydalanildi. Ularning bir qismi matnda ko'rsatilgan ma:ribalar tarzida
va adabiyotlar ro'yxatida keltirilgan. . (
Do'stlaringiz bilan baham: |