2. Yer - ishlab chiqarish vositasi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish, tarixan, inson mehnatining yer va boshqa tabiiy resurslar bilan o'zaro ta'siri natijasida yuzaga keldi. «Mehnat boylikning otasi va faol tamoyili, yer esa uning onasidir», degan edi klassik iqtisodiy nazariya asoschisi, XVII asrdagi ingliz iqtisodchisi Vilyam Petti (У. Петти, Экономические и статистические работы.-М.:Соцекгиз, 1940. 55.).
Sivilizatsiyaning boshlang'ich bosqichlarida odamning yashash vositalarini olishida yeraing ahamiyati har tomonlama katta edi; hozir ham 75% atrofidagi iste'mol mahsulotlari agrar sohada yetishtiriladi. Yer oldingidek odam hayotida yetakchi rol o'ynaydi.
Insoniyat sivilizasiyasi - yerga ta'sir etadigan asosiy omildir. Bir avlod hayoti davridagi tabiiy - tarixiy jarayonlar yerning ahvoliga doimiy o'sib boruvchi texnogen (ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog'Iiq) ta'sirlarga qaraganda kam ta'sir ko'rsatadi. Oziq -
12
о at mahsulotlariga va xomashyoga bo'lgan talabning o'sishi, ularni nondirish usullaridagi, texnika va texnologiyalardagi o'zgarishlar bir vaqtning o'zida ularning unumdorlik sifatlarini qayta tiklash uchun o'sib boruvchi potensial imkoniyatlarda yerlarning degradat-siyasiga (buzilishiga) olib keladi va olib kelishi mumkin.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda yerning qatnashishi mehnat jarayoni asosida sodir bo'ladi. Mehnat jarayoni quyidagi elementlami o'z ichiga oladi: inson mehnati, mehnat predmeti va mehnat vositasi. Qishloq xo'jaligida odam yerga boshqa mehnat vositalari yordamida ta'sir etib, to'g'ridan-to'g'ri iste'mol qilish va keyinchalik qayta ishlash uchun mahsulot yetishtiradi.
Sanoatning qazib oladigan va qayta ishlaydigan tarmoqlarida yerdan olinadigan mahsulot (ma'danli xomashyo) ishlab chiqarish vo^ sitalariga moslashtiriladi va aylantiriladi, bu odamlarning yerga ta'sir etishdagi va iste'mol mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi imkoni-yatlarini kengaytirish imkonini beradi. Yerning hamma uchun umumiy ishlab chiqarish vositasi deb atalishi bejiz emas, sababi, u ishchiga u turadigan o'rinni, mehnat jarayoniga esa - harakat doirasini beradi. Yer keng ma'noda bu jarayon sodir bo'lishi uchun zarar barcha moddiy sharoitlami o'zida mujassamlashtiradi.
Yer har qanday faoliyatning birlamchi asosi hisoblanadi. Yer uning paydo bo'lishining moddiy sharoiti, uni amalga oshirishning kenglik asosi (bazisi), odam ishlab chiqarish masalalarini yechishda ta'sir etadigan jism (predmet) hisoblanadi. Yana, yer mehnat quroli yoki vositasi, madaniy o'simliklarga ta'sir etib dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishda - mehnat quroli hisoblanadi. Bu esa unga hamma uchun umumiy ishlab chiqarish vositasi xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari uchun mehnat predmeti, qishloq va o'rmon xo'jaliklarida mehnat quroli sifatida qarash uchun asos bo'ladi.
Agrar hamda industrial sohalar faoliyatida, shu jumladan, qayta ishlovchi va qazib oluvchi sanoatda yerning roli hamma vaqt faoldir. Sanoat korxonalarini joylashtirish va ularning me'yorida ishlashi yer qatlamlari sifatiga, xomashyo olish va iste'mol qilish hamda tayyor mahsulotlarni topshirish joylariga nisbatan o'rniga, tuproq unumdorligi va yerning boshqa xususiyatlariga, bunda yerning biologik salohiyatidan qisman foydalanilsa yoki umuman foydalanilmasa ham, bog'liq bo'ladi.
13
Yerning jamiyat uchun foydaliligining eng to'la namoyon bo'lishi qishloq xo'jaligida ko'rinadi, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevo-sita uning unumdorligi va mahsuldorligi bilan bog'liq. Odam biolo-gik, kimyoviy, texnik vositalar bilan qurollanib o'simliklarni o'sti-radi, hayvonlarni parvarishlaydi, bunda u yer va u bilan bog'liq boshqa tabiiy resurslardan ham mehnat predmeti, ham ishlab chiqarish quroli sifatida foydalanadi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida (hamda o'rmon xo'jaligida) yerning o'ziga xos o'rni uning bu tarmoqlarda asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi vazifalarini belgilaydi.
Yerning amaliy ahamiyati xalq xo'jaligining hamma tarmoqlarida bir xil bo'lmaganligi sababli, u yoki bu ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun yerning bajaradigan asosiy vazifalari va zarur sifatlarini ko'rib chiqamiz (2-jadval).
2-jadval Xalq xo'jaligi tarmoqlarida foydalaniladigan yerlarniag ishlab chiqarish bo'yicha asosiy vazifalari va sifati
Do'stlaringiz bilan baham: |