S avezbayev, S. N. Volkov



Download 1,05 Mb.
bet40/66
Sana23.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#577965
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
Bog'liq
Yer tuzilishining ilmiy asoslari

4. Yer tuzish iitadyiilari.
Yerdan tabiiy resurs sifatida oqilonaioydalanish va uni muhofaza qilish vazifasi, mamlakatimiz yer tuzumi va yer qonunchiligi, yer tuzishning xarakterini, mazmunini, o'tkazish usullarini va nimaga yo'naltirilganligini aniqlaydi. Bunda katta xalq xo'jaligi ahamiyatiga ega, ishlab chiqarishni tashkil etish va joylashtirish, jamiyatning ijtimoiy talabiari bilan bog'liq murakkab va har xil muommolarni yechishga to'g'ri keladi. Taklif qilinayotgan yechim samarali bo'lishi uchun yer tuzish ma'lum tamoyillarga rioya qilishi kerak.
Yer tuzish tamoyillari bu uning yo 'naltirilishini, mazmunini, usullarini aniqlovchi, uni о 'tkazishning boshlang'ich qoidalari, asosiy tartiblaridir. Ular xayoliy, ajralgan xarakterga,ega emas, balki, tabiiy sharoitlar va jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy talabiari bilan bog'langan holda amaliy faoliyat jarayonidan kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda yer tuzish fanida quyidagi tamoyillar umumiy tan olingan hisoblanadi:

  • yer qonunchiligi talablariga rioya qilish, yer egaliklari va yerdan foydalanishlar doimiyligini va turg'unligini mustahkamlash;

  • ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlar uchun, ekologik talab-lar ustuvorligini saqlagan holda, yerdan oqilona foydalanish;

'122
- butun jamiyatning, ayrim tarmoqlarning, yer egalari va yerdan •,
foydalanuvchilarning manfaatlarini qishloq xo'jaligi ustuvorligini
saqlagan holda uyg'unlashtirish;

  • barcha tashkiliy - hududiy yechimlarni xo'jalikning kelajakdagi rivojlanishi, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog'lash;

  • ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun tashkiliy- > hududiy sharoit yaratish;

- tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
Sanab o'tilgan tamoyillarni to'laroqko'rib chiqamiz.
Yer qonunchiligi talablariga to'la Hoy a qilish - har qanday yer tuzish ishlarini bajarishning zamriy shartidir, sababi, yer tuzish davlatning yer tuzumiga noaniqliklar kiritishga emas, balki^ mustahkamlashga qaratilgan. Ma'lumki, mahalliy hokimiyat organ-larining barcha darajalari o'z vakolatlari ddirasida davlat nomidan yerni tasarruf etadi va urii'mulk qilib, foydalanishga va ijaraga yer tuzish yordamida beradi. Bunda xo'jaliklar va xo'jalik uchastkalarining :; belgilanadigan chegaralari, yerdan foydalanishda zarurtartibnifl ta'minlash uchun, joylarda aniq bo'lishi kerak.
Yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning turg'uhligi o'zgarmas chegaralardagi yer uchastkalariga uzoq vaqtlar egalik qilish yoki ulardan foydalanish bilan tavsiflanadi. Unga tuzilayotgae yer egaliklari va yerdan foydalanishlar barcha asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha ratsional bo'lganda, o'zgartirish kiritishni talab qiladigan noqulayliklar-va . kamchiliklar boimaganda erishiladi. Shu bilan bir qatorda, vaqt o'tishi bilan har xil sabablarga ko'ra (masalan, yerning qaytarib olinishi sababli) yerdan foydalanishlarda ishlab chiqarish samaradorligini pasaytiruvchi noqulayliklar va kamchiliklar kelib chiqishi mumkin, ular tugatilishi kerak. Bundan tashqari, xo'jalik yuritish sharoitlari o'zgarishi mumkin, korxonalarda yangi rejalar va vazifalar paydo bo'ladi. Bunday vaziyatlarda yer uchastkasi (massivi) xo'jaliklararo yer tuzish loyihasi asosida uning maydoniga, joylashishiga, ichki tarkibiga o'zgartirish kiritish yo'li bilan takomillashtirilishi kerak.
Ekologik talablar ustuvorligiga rioya qilish zarur, sababi yer undagi har qanday fabliyatni amalga oshirishda tabiat elementi, tabiiy resurs sifatida ishtirbk etadi. Qishloq xo'jaligi yoki boshqa ishlab chiqarishga jalb etilib, u butun tabiiy majmuadan ajratilishi mumkin
123
erhas va mazkur joyning boshqa tabiiy omillari (iqlim, suv, 6'sirriliklar) bilan doimiy o'zaro ta'sirda bo'ladi. Shu sababli, yerdan har qanday foydalanish shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda fpydalahish jarayonidagi uning ahvoh yomonlashmaslik holati uzoq vaqtlarga eho'zilgan.
Yer tuzishda yerning, hamma yer turlarining barcha foydali xusu-siyatlarini (kengligi, relyefi, tuprog'i, o'simliklari va boshqalar) mu-hofaza qilish va undan oqilona foydalanish uchun tashkiliy-hududiy sharoit yaratish kerak. Qishloq xo'jaligi uchun tuproq unumdorligini oshirish va uni himoya qilish juda katta ahamiyatga ega. Har bir xo'ja-likda tuproqdagi gumusning ijobiy balansini ta'minlash kerak, bunga xususan, to'g'ri almashlab ekishlarni boshqa tadbirlar bilan birga kompleks loyihalashda erishiladi.
Yer tuzishning eng ahamiyatli vazifalaridan biri shamol va suv
eroziyalari jarayonlarini to'xtatish va ularning oldini olish hisoblanadi.
Ilmiy asoslangan yer tuzish loyihalarida hamma vaqt hududni moslab
tashkil etish va boshqa eroziyaga qarshi tadbirlar ko'zda tutiladi.
Haydalma yerlardan, pichanzorlardan, yaylovlardan, bog'lar va
uzumzorlardan, tabiiy o'simliklar, suv havzalari tagidagi yerlardan
'oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish ham rejalashtiriladi.
' Agar yer uchastkasi yangi obyekt uchun ajratilsa, uni unum-
''dbf yerlarning asossiz sarfianishiga, ortiqcha ajratilishiga yo'l
'Iqb'ymasdan, hisob-kitoblar bilan asoslash kerak. Bundan tashqari,
' noqishloq xo'jalik yerdan foydalanishlarini tashkil etishda, ularni
и hududda joylashtirishda nafaqat ishlab chiqarishning tashkiliy~hu-
! dudiy tomonlarini, balki mazkur uchastkada faoliyat ko'rsatadigan
u yoki bu ob'yektning (masalan, sanoat korxonasining) xususiyat-
larini hisobga olish kerak. Xususan, atrof-muhitni (yer, suv,
atmosfera) ifloslanish va boshqa zararli ta'sirlardan muhofaza qilishni
ta'minlash kerak. ,
Yer qonunchiligiga asosan yer unda yashayotgan xalqlar hayoti
va faoliyati asosi hisoblanadi. Shuning uchyn butun jamiyat manfaa-
tihing ayrim yer egalari va yerdan foydalanuvchilar manfaatlari bilan
;?qishloq xo'jaligi ustuvorligiga rioya qilgan holda uyg'unlashishini
^"ta'minlash kattaahamiyatga ega. Qishloq xp'jaligida foydalanish uchun
1 ^yaroqli yerlar juda qimmatbaho tabiiy■ resurs, hisoblanadi va ulardan
n' boshqa maqsadlarda foydalanishga faqat alohida hollarda raxsat etiiadi.
124
Xalq xo'jaligi rivojlangan sari har xil tarmoqlarga va faoliyat sohalariga taalluqli ko'plab yangi yerdan foydalanuvchilarga yer ajra-tish zarurati paydo bo'ladi. Transport, tog'-kon sanoati, energiya korxonalari va boshqa obyektlarni joylashtirishda ularga ajratiladigan joy - qurilish uchun yer uchastkasi - yer tuzish jarayonida u berilganidan keyin belgilanadL
Yangi noqishloq xo'jalik yerdan foydalanishlarini tashkil etisfy
odatdaularni zahira, qishloqxo'jaligigarno'ljallangan, o'rmon fqndi
yerlarida joylashtirishr yo'li bilan amalga oshiriladi. Btmda, ко'pchilik
hollarda yerlarni asoSslzsarflash, unumdor .■ yerlarni yo'qotish deb
ataladigan holatlar sodir bo'ladi. :; ; ,>
Xalq xo'j'aligining; ayrirti tarmoqlari' orasida yerdan foydalanish bo'yicha kelishmbvchiliklik kelib chiqishi mumkin, ular butun jaf miyat manfaatlarini o'zida ko'proq aks ettirgan tarmoq foydasiga hal etiladi. Bunday kelishmovchiliklar ko'proq sanoat yoki boshqa no­qishloq xo'jalik korxohasi yoki muassasasini qishloq xo'jalik yerlarida joylashlinshga to'g'ri kelganda kelib chiqadi. Qonun bo'yicha bunga faqat aJohida hollarda yo'l qo'yiiadi. Bur.da, yuqorida aytilganidek, yer conunchiligida ko'rsatilgan qishloq xo'jaligi yer egaligi va yerdan foydalanishi ustuvorligi tamoyiliga rioyaqilishkerak. Uning rhohiyati shundan iboratki, qishloq xo'jaliglga mo'ljallangan qimmatbaho unumdor yerlarni qaytarib olishga yo'l'qo'yilmaydi, qishloq xo'jaligi uchun yaroqli yerlar awalo qishloq xo'jalik yer egalari va yerdan foydalanuvchilariga bcriladi. Bu tarnoyil yerlarni tarmaqlar va yerdan ioydalanuvchilar orasida taqsitnlashni rejalash valoyihalashningbarcha vaziyatlarida harakatda bo'ladi va barcha yer 1 uzjsh jshlarida' qo'lianiladi.
Masalan, qjshloq xo'jalik yerlarini olish biian bog'liq noqishloq xo'jalik yerdan foydalanisbJni tashkil etishda, birinchidan, yeri ohnadigan xo'jalik roziligi talab etl]adi; ikkinchidan, birinchi navbatda qishloq xo'jaligiga urnumaoyaroqsiz yoki sifati past yerlar ajiatiladi; uchinchidany qi>-lrio^vXq-'J^igi.ishlab chiqarishi zararini olinayotgan yerga teng rriay^uida^uiiphastkani haydalma yer yoki ozuqa yetishtiriladigan ypsga o'zlashtirish xarajatiga teng mablag' bilan qoplash ko'zda totiladL Bundan tashqari, yangidan tashkil etilayotgan korxonalar olinayotgan yer; uchastkalarining unumdor tuproq qatlamini qirqib olishi va buzilgan yerlarda rekultivatsiya ishlarini
...125
bajarishi, ya'ni ularni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holga keltirishi, ularning unumdorligini va xo'jalikdagi qadrini tiklashi kerak.
Butun xalq xo'jaligi manfaatlari uchun yerdan foydalanish tamoyili va undah kelib chiqadigan oqibat yer tuzish chizmalari va loyihalarida o'z aksini topishi va unga rioya qilinishi kerak.
Yer tuzish yechimlarini qabul qilishdagi xalq xo'jaligi nuqtayi nazaridan yondashuv, xususan, quyidagilarni nazarda tutadi:

  • joylashtirilayotgan obyekt va uning yerdan foydalanishining hududga* va atrof-muhitga kelajakdagi ta'siri bilan birgalikda taklif etilayotgan yerdan foydalanish usulining ijobiy va salbiy natijaiarini to'la hisobga olish;

  • sanoat va boshqa qurilish obyektlari tagiga ishlab chiqarish kuchlarimng hozirgi rivojlanish darajasi chegarasida minimal hudud ajratish.

Yer tuzish chizmalari va loyihalarida ishlanadigan umumiy va xususiy yechimlar xo'jaliklar va mintaqalarning iqtisodiy ya ijtimoiy rivojlanishi kelajagi, yer resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilish rejalari bilan; kelishilgan bo'lishi kerak. Boshqacha aytganda, xo'jaliklararoya xo'jalikda ichki yer tuzishda yerda joylashtiriladigan va yerdan foydalanadigan qishloq xo'jalik va boshqa korxonalarning, hamda ular hududida joylashtiriladigan mintaqalarning kelajakdagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta'minlash uchun tashkiliy-hududiy asos yaratilishi kerak. Shuning uchun korxonalarning (minta­qalarning) kelajakdagi rivojlanish ko'rsatkichlari barcha yer tuzish loyihalarini (chizmalarini) ishlashda asos sifatida olinadi.
Masalan, xo'jaliklararo yer tuzishda obyektlarning kelajakdagi rivojlanish ko'rsatkichlariga mos tarzda yer egaliklari va yerdan foy-dalanishlarning o'lchamlari, tarkibi va joylashishi aniqlanadi. Qish­loq xo'jalik korxonalarida xo'jalikda ichki yer tuzishda ularning rivoj­lanish rejalarini hisobga olib tarmoqlar, fermerlar, yer turlari maydonlari, o'lchamlari aniqlanadi, almashlab ekishlar loyihalanadi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish