S O ‘ F I O L L O Y O R
0 ‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidagi diniy-tasawufiy qarashlami
falsafiy badiiy-tashviqiy yo'sinda davom ettirib, bir qancha salmoqli
masnaviy asadar yaratgan ilohiyotchi mutafakkir shoirlardan biri
So‘fi Olloyordir. Uning o'ziga xos boy merosini chang g'uborlardan
tozalab, xolis o'rganish va baholashga mustaqillik yillarida kirishildi.
Hozirgacha bir qancha muhim ilmiy-tadqiqotlar yuz aga keldi. «Sabot
ul-ojizin» asari ikki m arta chop etildi.
Uning adabiy merosi va o'zbek adabiyotidagi a n ’analari bo'yicha
iste’dodli adabiyotshunos olim va mudarris I. Suvonqulov 1997 yili
doktorlik dissertasiyasi yoqladi, o'nlab ilmiy maqolalar, risolalar
nashr ettirdi. Professor Sh. Sirojiddinovning 2001 yili nashr qilingan
«So'fi Olloyor ilohiyoti» asari ham bu mutafakkir shaxsning «Sabot
ul-ojizin» asaridagi zohiriy ham da botiniy mazm unni, bu asaming
diniy-islomiy asarlar turkum ida tutgan o'ziga xos o'm ini belgilashda
muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Keyingi yillari taniqli adabiyotshunos olim lardan akdem ik
B.Valixo'jaev, I.Haqqulov, R.Sayfiddinov, Zohid Rashid, Nilufar
Olloyorova, Nodira Baratovaning maqola va tadqiqotlarida mutafakkir
shoir merosining turli jihatlari yoritildi.
Hayoti va faoliyati.
So'fi Olloyor o'zbek mum toz adabiyotida
islomiy-irfoniy adabiyot a n ’analarini davom ettirib, o'ziga xos adabiy
maktab yaratgan iste’dodli shoir, adib va ilohiyotchi mutafakkirdir.
U 1644 yili K attaqo'rg'on bekligiga qarashli Minglar qishlog'ida
xitoy-qipchoq qabilasining o 'tarchi urug'idan bo'lgan Olloquli
(Temiryor) xonadonida dunyoga kelgan. Shayxlar qishlog'idagi
ibtidoiy maktabdan so'ng 12 yoshlarida Buxoroga madrasa tahsilini
olish u ch u n borgan. U ning otasi o'qim ishli, taqvodor b o 'lib ,
o'g'illarining, jum ladan, Olloyoming islomiy ilm olishiga alohida
e ’tibor bergan. Olloqulining katta o'g'li Farhod Otaliq beklik mavqeiga
k o 'ta r i lg a n , O llo y o r e sa , o 'z z a m o n a s in in g islo m d in i
rahnamolaridan biri sifatida shuhrat qozongan.
Yosh Olloyor tahsil yillaridan so'ng oz m uddat Abdulazizxon
saroyining boj yig'uvchilari qatorida davlat xizmatida bo'lgan. Biroq
u bu xizmatni ixtiyoriy tarzda tark etib, jo'ybor shayxlari ta ’sirii va
o'zining e ’tiqodi qistavi bilan islom ta ’lim otining Buxorodagi
s a rv a rla rid a n N a v ro 'z E sh o n g a m u rid tu sh ib , o 'z u m rin i
naqshbandiya yo'liga astoydil bag'ishlagan.
So'fi Olloyoming forsiy tildagi «Maslak ul-muttaqin» asarida
piri komil hazrati N avro'z haqidagi quyidagi nazm iy qaydlar
uchraydi.
M azm uni: Asr shohi (B uxoro xoni) Abdulazizxon (1645—
1680) huzurida xizmatda edim. yegan nonim zahar-zaqqum edi.
Nogahon Ollohning inoyati bilan ul zotning muhabbatiga bog'landim.
Ul Ollohning habibi yo'lida bo'lgan murshidning muborak nomi
Navro'z bo'lib, boshdan-oyog'i dardu so'zdir. Ul zotning vasfini
bayon etmoq mushkuldir. Uning jazbasi shunchalik tortdiki, eng
nozik tomirlaru har bir soch tolasigacha harakatga keldi. Darhol
poyiga tiz cho'kdim va unga qo'l berdim .1
Buxoroi sharifning eng nufuzli shayxlari tahsili va ta’siriida bo'lgan
Olloyor o 'n ikki yil o'tib, o'zi ham shayxlik unvoniga ko'tariladi,
dinu diyonat rahnamolaridan biriga aylanadi. So'fi Olloyor bu yillari
birin-ketin diniy-m a“ rifiy yo'nalishdagi «M aslak-ul-m uttaqin»
(Taqvodorlar maslagi), «Sabot ul-ojizin» (Ojizlar saboti, najoti),
«Murod ul-orifin» (Orifiar m urodi), «Najot ut-tolibon» (Toliblar
najoti) kabi asarlari bilan taniladi. Bu asarlarda biz So'fi Olloyoming
islom tarixini, Q ur’oni karim ni, Hadisi shariflarni, fiqh ilmini
chuqur bilgan dinshunos olim ham da ulami badiiy so'z san’ati
orqali yuksak m ahorat bilan tashviq etishga qodir shoir va adib
darajasiga ko'tarilganligiga to 'la qanoat hosil qilamiz. Shu asarlari
orqali u shayx va shoir sifatida musulmon bandalariga salaflari —
Xoja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniydek hidoyat va najot
yo'lini ko'rsatib berishga muvaffaq bo'ladi. Bu asarlarida So'fi Olloyor
dunyoni islom nuri va tasaw uf timsollari ko'zgusida ko'radi, u orqali
badiiy bir dunyo kashf etgandek bo'ladi.
M a’lumki, So'fi Olloyor va Boborahim Mashrab bir davming
mutafakkir so'z ustalaridir: H ar ikkala shoir haqidagi qo'lyozma
1
Шуҳрат Сирожидцинов. Сўфи Оллоёр илоҳиёти — I —қисм.—Т., 2001, 9-
бет.
manbalarda, shuningdek, ulaming o 'z asarlari tarkibida biri so'fiy,
ikkinchisi q a la n d a r sifatida m ash h u r b o 'lg a n bu avliyosifat
siymolarning uchrashganliklari, m uloqotda bo'lganliklariga doir
lavhalar bor. Mashrab So'fi Olloyor bilan diydor ko'rishish orzusida
uning tug'ilib o'sgan vatani K attaqo'rg'on mavzeida, keyinchalik
esa, So'fi O lloyom ing G 'u zo rd ag i so'nggi yillar q o 'n im joyi
Vaxshivorda bo'lgan. «Devonai Mashrab»da bu ikki buYuk zotning
uchrashuviga oid naql-lavhalar keltiriladi. Bu uchrashuvlar tasodifiy
bo'lmagan, albatta. H ar ikkala siymoning Haqqa intilishlari, visol
orzulari bir xildir. H ar ikkalasi ham davming diniy rahnamolari,
u s to d la ri d a ra ja s id a u lk a n e ’tib o r q o z o n ish ib , m u su lm o n
ummatlarini gunohlardan, noshar’iy harakatlardan saqlanishga da’vat
etganlar. Biroq bu maqsadni Boborahim Mashrab asosan Haqning
o'ziga erishish, uning yo'lida riyozat chekishda ko'radi. Shariat va
dinu islomning boshqa aqida va arkonlarig'a loqayd qaragandek bo'ladi.
So'fi Olloyor esa, Olloh taolo yaratgan jannatu do'zaxga ham ,
musulmonchilikning boshqa ham m a farzu sunnatlariga ham e ’tiqod
qo'ygan va ulam i kuchli taig'ib qilgan mutafakkirdir.
S o 'fi O llo y o r o 'z u m rin in g oxirgi y illari B uxoro a m iri
tom onidan akasi Farhod Otaliqning taqib etilishidan xavfsirab
G 'u zo r bekligiga ketib, Dehnav muzofotida yashay boshlaydi. U
ancha uzoq um r ko'rib, 1724 yili Katta Vaxshivor qishlog'ida qazo
qiladi. So'fi Olloyom ing o 'z jigari Farhod Otaliqqa yozgan bir
maktub-muxammasida uning o'zga yurtlaiga ketishining sabablariga
doir ishoralar bor. Allomaning bir o'g'li va ikki qizi bo'lib, ulaming
q a d a m jo la ri S a m a rq a n d v ilo y ati P a s td a rg 'o m tu m a n in in g
Cho'nqaym ish qishlog'idadir. So'fi Olloyor Buxorodan qaytgach,
ancha yillar K attaq o 'rg 'o n d a yashaganligi, masjid va xonaqoh
qurdirganligi haqida m a’lumotlar bor. U hayot kechirgan mahaUani
So'fi guzari deb atashgan, hozir ham shunday. So'nggi yillari So'fi
Olloyor tavallud topib, ancha yillar yashagan maskanlarda uning
sharafiga ilmiy anjum anlar o'tkazildi, xotira, yodgorlik maydonlari
ochildi, yodgorlik haykallari, m arm ar lavhalar o'm atild i. So'fi
Olloyoiga zamondosh O'qimishli, orif shoirlardan biri shoir vafotiga
bag'ishlab marsiya-tarix yozgan. Bu tarix-she’rdagi tarix moddasidan
abjad hisobiga ko‘ra hijriy 1333, milodiy 1724-1725 yil chiqadi.
Shu tarix-marsiyada So‘fi Olloyoming islom m a’naviyatida tutgan
o ‘rni yuksak b ah o lan ib , «Abu H anifai vaqt ast» — han afiy
m azhabidagi m usulm onlarning sardori Im om A“ zam Jiloniy
(Giloniy) bilan bir qatorga q o ‘yiladi. M a’lumki, Im om A“zam
sunniy (hanafiy) m usulm onlarining rahnamosi b o'lib, «Savodi
A'zam » ilohiyot kitobida Q ur’oni karim va Hadisi sharif asosida
shariat aqida hamda ahkomlarini tartibga solgan fikh olimlarining
to‘ng‘ichidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |