Atom yadrosi tuzilishi va xossalri Reja:
2
3
Atom yadrosi tarkibi
1
Elektronlarning massasi
Atomning elektroneytral zarrachalari
Ma’lumki, eramizdan avvalgi 460—370- yillarda yashagan olim Demokrit tabiatdagi barcha narsalar juda kichik zarrachalardan, ya’ni “atom”lardan tashkil topgan va atom bo‘linmaydi deb aytgan Ingliz fizik olimi, atom tuzilishi, yadro fizikasi, radioaktivlik, radioaktiv yemirilish sohalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. 865—925- yillarda yashagan Markaziy Osiyolik Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo Ar-Roziy atomlar bo‘linadigan zarrachalar bo‘lib doimo harakatda va ular orasida o‘zaro ta’sir kuchlari mavjud deb hisoblagan. 979–1048- yillarda yashagan vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy atomlarni bo‘linmaydigan zarrachalardir deb qaraydigan olimlarga qarshi o‘z fikrlarini bildirgan va atomlarni bo‘linadigan (lekin cheksiz emas) mayda zarralar ekanligini e’tirof etgan. 1911- yilda ingliz olimi E.Rezerford atomlar bo‘linmaydigan sharsimon zarralardir deb qarovchi g‘oyalarni inkor etdi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi.
Ernest Rezerford
(1871—1937)
Metall plastinkasidan o‘tayotgan a-nurlarning asosan ko‘p qismi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasdan harakatini davom ettirdi. Oz qismi esa ma’lum burchak ostida harakat yo‘nalishini biroz o‘zgartiradi. Juda oz qismi, taxminan 8 mingta a-zarrachalarning bittasi o‘z harakati yo‘nalishini butunlay o‘zgartirdi Rezerford o‘z tajribalari natijalariga asoslanib quyidagicha xulosalarga keldi va atom tuzilishining planetar modelini taklif etdi. Atomlarning yadrolari radioaktiv elementlardan ajralib chiqayotgan a zarrachalar bilan to‘qnashganda, ya’ni a-zarrachalar bilan “bombardimon” qilinganda yadrodan proton va neytronlar otilib chiqadi.
Proton
Neytron
Protonlar zaryadi +1, massasi 1 ga teng bo‘lgan zarracha bo‘lib, 1 1p bilan belgilanadi. Protonlar zaryadi va massasi 1 ga teng bo‘lgan vodorod atomining yadrosidir. Atom yadrosi atrofida manfiy zaryadlangan elektronlar harakat qiladi. Atomning elektroneytral zarracha ekanligini bilamiz. Demak, atomlarda protonlar soni elektronlar soniga teng deb ayta olamiz. Aluminiyning tartib raqami 13, demak, uning atom yadrosida 13 ta proton bo‘ladi. Atom musbat zaryadlangan protonlar va zaryadsiz zarracha — neytronlardan iborat yadrodan hamda protonlar soniga teng bo‘lgan sondagi yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachalardir
Do'stlaringiz bilan baham: |