Zihi rasvo / lig‘im olam / ga soldi sho‘/ru shar paydo,
Nahangi no ‘h / falak daryo / si bo 4di lo / hazar tanho.
Bu bayt vaznining ritmik sxemasi:
Mafoilun,
mafoilun,
mafoilun,
mafoilun
V . . .
V -----
V - - -
V-------
Mashrabga m a’qul tushgan ikkinchi vazn-hazaji musam mani
ahrabi makfufi m ahzuf esa, uning she’riyatidagi yetakchi pafos-
isyonkorlik ruhini ifodalashga mosdir. Shoir tasawufiy nidolam i,
ko'ngul istaklarini ifodalashda shu bahm i m ahorat bilan ishlatadi.
Dunyoga / kelib loyi / g ‘a bilmay bo / ta / qoldim,
Darmon yo ‘g ‘idin necha og‘iz so'z Qota qoldim.
Uning ritmik sxemasi quyidagicha bo'ladi:
- - V(V - - V)V - - [W
V - -
Uning
To kiydi qizil o ‘zini zebo qilayin deb,
0 ‘t yoqti jahon mulkini g ‘avg‘o qilayin deb,
hamda:
Dilbar yuz ini ко ‘rgali devona kelibdur,
Yuz nozu qarashma bila jonona kelibdur
matla’li g'azallari ham shu vaznda yozilgandir.
Mashrab she’rlari ichida ancha yengil va musiqiy bahr ramalning
turli vaznlarida yozilgan she’rlar ham ancha. Chunki ramal bahri
vaznlaridan ayniqsa «ramali musam mani mahzuf» vazniga ko‘p
shoirlar murojaat etganlar va natijada o ‘ta xalqchil, musiqiy asarlar
yaratishga muvaffaq bo‘lganlar. 0 ‘zbek g ‘azaliyotining katta qismi
shu bahrdagi asarlardir. Mashrab ham bu vaznning o ‘ynoqiligi,
jozibadorligi, insonning rang-barang ichki kechinmalarini ifodalashga
qulayligini e ’tiboiga olib, unga tez-tez murojaat etib turgan.
Hech kima та 'lum emas, holi parishonim meni,
Osmonni pora qildi tiyg‘i afg‘onim meni...
g‘azali «Ramali musammani mahzuf»
foilotun,
foilotun,
foilotun,
foilun
- V—
- V -
- V -
-V-
vaznida yozilgandir.
Bulardan tashqari, Mashrab g‘azallari orasida, ko‘p bo‘lmasa-
da, «rajazi musammani matviyi maxbun»
Muftailun,
mafoilun,
muftailun,
mafoilun
- V V -
- V - V -
- V V -
- V - V -
Gulshani bog‘i dahr aro bulbuli nag‘magar o ‘zum,
Bir bo *yi xushxirom uchun oshiqi darbadar о ‘zum
hamda «mutaqoribi musammani aslam» vaznida yozilgan nam unalar
ham uchraydi. Uning xalq qo‘shiqlariga yaqin, о4a sho‘x va musiqiy
chiqqan
Ko‘rsat jamoling mastonalarg‘a,
Ishqingda kuygan devonalarg'a -
m atla’li g‘azali shu vaznda yozilgan. Bu baytning vazn paradigmasi
quyidagicha:
Ko'r - sat / ja - mo ling / mas - to- na / - lar-g‘a,
-
-
I
V -
-
I
-
-
V\
-
-
f a ’lun
I
faulun
|
fa Чип
|
faulun
Ish - qing da - kuy - gan
de - vo
na - lar - g ‘a
fa Чип
faulun
fa Чип
faulun
Demak, M ashrab she’rlari vazn, qofiya va radiflaming juda boy
imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish maktabi ham bo‘la oladi.
Shu bois, uning zamondoshlari, keyingi asrlarda yashab ijod etgan
Huvaydo, R avnaq, Uvaysiy, M uqim iy, Furqat, H aziniy kabi
iste’dodli shoirlar uning boy ijodi xazinasidan bahra oldilar, uning
g‘azallariga naziralar, tazm in-muxammaslar bitish, xalqchil uslubi
va poetik m ahoratidan foydalanish orqali shoir an ’analarini ijodiy
davom ettirdilar.
Otashqalb shoir va m utafakkir Boborahim Mulla Vali o ‘g ‘li
M ashrabning
Ulug'man deb, takabburpesha qilma mushtiparlarga,
Sarafrozi topay desang, davomat diydani tar tut...
Gar boshing arshga yetushsa sen о ‘zingdin ketmagil,
Har daraxtning mevasi ko'p bo'lsa boshi xam bo'lur...
Olimi xudbin bo'lma, olimi kasdon bo'l -
kabi xalq maqollari, irsoli masallarini eslatuvchi dono baytu misralari
komil inson tarbiyasiga xizmat qilmoqda.
1. Mashrabshunoslik tarixiga munosabatingiz?
2. «Qissai Shohmashrab»dagi tarixiy haqiqat nimalarda ko'rinadi?
3. Mashrab she’riyatidagi tasawufiy e’tiqodning sabab va ildizlari
nimalarda?
4. Qalandarlik tariqati va unda Mashrabning ishtiroki qanday
bo ‘lgan?
5. M ashrab m ustazodlaridagi ta sa w u f g‘oyalari xususidagi
mustaqil fikrlaringizni ayting.
6. Mashrab lirikasining majoziy ishqqa aloqador tomonlari haqida
qanday fikrdasiz?
Mustaqil mashgfulot uchun topshiriqlar
1. «Qissai Shohmashrab» ham da «M ehribonim qaydasan?»
(devon) adabiy manbalarini sinchiklab mutola qiling.
2. Mashrab g‘azal va muxammaslaridagi oshiq obrazining botiniy
sirlarini aniqlang va fikrlaringizni daftaringizga bayon eting.
3. Mashrab va Ofoqxoja munosabatlari haqidagi yangi fikrlami
o ‘zlashtiring.
4. «Mabdai nur» masnaviysining muallifligiga munosabatingizni
bildiring.
Adabiyotlar
1. Машраб. Девон. —Т., 1980.
2. Машраб. М еҳрибоним қайдасан? - Т ., 1991.
3. Қиссаи Ш оҳмашраб. —Т., 1992.
4. Машраб. М абдаинур. —Т., 1994.
5. Абдуллаев В. Ўзбек адабиёти тарихи. Дарслик, 2-китоб —
Т., 1980.
6. Ўзбек адабиёти тарихи. 5 жилдлик, 3-жилд.—Т, 1978.
7. Зокиров М. Э рк ва маърифат куйчилари. —Т., 1984.
8. Абдуғафуров А. Эрк ва эзгулик куйчилари. —Т., 1979.
9. Жумахўжа Н. Машраб ҳамма замонда исёндир. «Гулистон»
ж урнали, 1998, 5-сон.
Do'stlaringiz bilan baham: |