Poetik mahorati.
She’rshunoslik ilmida badiiy tasvir jarayonida
muayyan maqsad bilan m ashhur tarixiy voqealar, adabiy asarlar,
afsona va rivoyatlar, xalq maqollari, shaxs, qahram onlar nomiga
ishora qilish san’ati ham mavjuddir. Bu talmih san’atidir. Jum ladan,
Mashrab ham turli munosabatlar bilan talmih san’atiga murojaat
etadi.
Mansuri Hallojdek ichib sharobi antahur,
Charx urub yig‘lab turarman ushbu dam dor oldida.
Bu baytda m ansur Halloj nomi bilan m ashhur bo'lgan tarixiy
shaxs va uning «Anal-haq», ya’ni «Men xudoman» deganligi uchun
mhoniylar fatvosi bilan doiga osilganligiga ishora bor. Qizig'i shundaki,
bu o'rinda Mashrab o'zining taqdiri ham M ansur Halloj taqdiriga
o'xshab qolishini bashorat qilgandek. Bu bayt orqali shoir tasawufiy
e’tiqodining mustahkamligini ta ’kidlamoqchi bo'ladi.
Boshqa bir o 'rinda Mashrab: «Jahonni tark qildi M ashrabo
Ibrohim Adhamdek» misrasini keltiradi. Bu bilan u qalandarlik yo'liga
kirganligiga ishora qiladi. Shoir asarlarida ko'proq jafo chekkan, Olloh
yo'lida cheksiz azobu uqubatlarga duchor bo'lgan ta sa w u f ahli
vakillarining obrazlari, nomlari keltiriladi. Talmih yo'li bilan o'zining
e’tiqodiga bog'liq g'oyalarini ifodalashga, tashviq etishga harakat
qiladi. Uning g'azallari orasida she’r matlasidan maqtaigacha talmih,
qiyoslash, tanosub sintezidan iborat nam unalar ham uchraydi.
Menga irshod bersang, Odamu Hawoni hozir qil,
G‘aribu xastaman, Nuhi nabiyullohni hozir qil.
m atla’li g'azalida N am rud, Xalilullo, Ayyub, Zikriyo, Ahm ad,
Habibullo, H asan bilan Husayn, Zuhro va boshqa tarixiy-afsonaviy
obrazlarga ishora bor.
Mashrab she’riyatida tazod badiiy san’ati asosida yuz aga kelgan
namunalar, baytu misralar ham o'quvchi diqqatini o'ziga tortadi,
shoir bunday o'rinlarda badiiy fikmi bo'rttirish va har bir baytdan
kuzatilgan maqsadni tasdiq ettirish uchun birinchi misrada qo'yilgan
tezisni shu baytning ikkinchi misrasida rad va inkor qilish orqali
qarama-qarshi fikrlar to ‘qnashuvini yuz aga keltiradi yoki qaram a-
qarshi kayfiyat tug‘dirish yo'li bilan badiiy muddaoni ta ’kid va tasdiq
etishga intiladi. Quyidagi baytda:
Yuz jonim agar bo ‘Isa saning yo ‘lingga nisor,
Xushdur bu gadolig‘, na qilay taxti Sulaymonni
der ekan, insoniy mehr-vafo va m uruw atni tasdiq va ta “ kid etish
uchun «gadolig‘» va «shohlig‘» (taxti Sulaymon) tushunchalarini
qarama-qarshi qo'yadi. Shoir o 'ta xalqchil quyidagi:
Tavofi olami dil qil jahonda har bashardan sen,
Agar bir dilni sen buzsang yuz ar Ка Ъа buzulmasmu ?
baytida ham ta’kid, so'roq (tamanni) san’atlaridan tashqari, tazod
s a n ’atin i ham m a h o ra t bilan q o ‘llagan. S h e ’rning ikkinchi
misrasining o'zida inson dili bilan muqaddas K a’bani bir-biriga
taqqoslab, bir bechora inson ko'nglini vayron qilish, dilini og'ritish
yuzlarcha Ka’bani buzishdan ham yomon jinoyatdir, degan o 'ta
oliyjanob insonparvarlik g'oyasini ifodalashga muvaffaq bo'lgan.
Mashrabning xalqchil lirikasida, orifona she’rlari tarkibida bu
usulga yaxshi dalil bo'luvchi baytlar ko 'p . U ning nasim iyona
mashhur, «Sig'mamdur» radifli g'azali to'liq tazod san’ati bilan
jilolangandir.
Shoir lirikasi tarkibida boshqa qanchadan-qancha go'zal badiiy
lavhalar bor. Ba’zilarini yana keltirish mumkin. Masalan, uning
Sorig‘ sadbarg, shirin so‘zluk yuz ingni kunda bir ko'rsam,
Yuz ingdan yuz о ‘gurmasman agar yuz ming balo ко ‘rsam
baytida m um to z sh e ’riyatim izda shakli o 'x sh ash , lekin k o 'p
m a ’nolarni anglatuvchi jinos san ’atidan tashqari, orzu qilish
m a’nosini ham ifodalovchi «tamanni» badiiy san’ati ham ifodalangan.
K o'pincha bu san’at g'azal m atla“idan boshlanib, keyingi baytlarda
uning mohiyatini ochishga e’tibor qaratiladi. Shoiming
Do'stlaringiz bilan baham: |