S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq na kerak
,
Qolgan Ibrohimdan ul eski do ‘konni na qilay
-
matla’li g'azali bilan Navoiyning ikki asr ilgari yozilgan:
Gulshani kyungdin ayru bog‘i rizyonni netay?!
Boshima gar gul sochar — sensiz gulafshonni netay?!
1 A. Абдуғафуров. Навоий ва Машраб. Букж бешлик сабоқлари. — И., 1995, 
154 бет.


m atla’li g‘azali m azm unida, ruhida hamohanglik yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Mashrabning darveshona, devonavor nidolari baralla bor 
nafasi bilan jaranglovchi, kuchli mubolag‘alarda uning Ollohga bo'lgan 
sadoqati va intilishini ifodalovchi
Agar oshiqlig'im aytsam, kuyub jonu jahon o ‘rtar!
Bu ishq sirin bayon etsam, gahi ul хопи топ о ‘rtar.
m ata’li g ‘azali bilan Navoiyning
Men bir о ‘tdurki, gar dam ursam, aflok о ‘rtanur!
Asrasam ko ‘nlumda, jonu jismi g'amnok о ‘rtanur —
m ata“li g‘azali oralarida ham,., shubhasiz, g‘oyaviy-fikriy, shakliy 
yaqinlik mavjud.
Mashrab garchand Navoiy g‘azallari asosida taxmisga aylantirilgan 
ta zm in -m u x am m aslar yozm agan b o ‘lsa-d a, u lu g ‘ 
shoirning 
nihoyatda go‘zal va jonbaxsh:
Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulru kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi -
matlai bilan boshlanuvchi g‘azali ta ’siriida o ‘ziga xos jozibaga, ijodiy 
izlanishlarga ega m ustaqil m uxam m as kashf etgan. G ‘azal va 
muxammasning qiyosiy tahlili Mashrab she’rining Navoiy g‘azali 
darajasida ko‘rkam chiqqanligini namoyon etadi.
M ashrab o ‘zbek m um toz shoirlari ichida ustod Navoiydan 
tashqari, M avlono Lutfiy, Bobur ijodiga xos go‘zalliklami ham
kamoli diqqat-e’tibor bilan o ‘rganib, ulam ing ba’zi she’rlaridagi 
m uhim jih a tla rn i taraqqiy ettirgan shoirdir. U ning M avlono 
Lutfiyning juda ko‘p shoirlarning havasini qo ‘zg‘agan, javob she’rlar 
yozishga ilhomlantirgan
Sensan sevarim xohi inon, xohi inonma, -


misrasi bilan boshlangan m ashhur g'azal iga mumtoz adabiyotimizda 
birinchi bo‘lib Mashrab tazm in-g'azal yozgandir.
Mashrab ijodi, ayniqsa, M ansur Halloj, Imomiddin Nasimiy, 
Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy asarlari bilan g‘oyaviy-fikriy 
hamohanglik kasb etadi: hurufiylik, panteistik qarashlar ifodasida 
M ashrab bu daho san ’atkorlar, soTiy shoirlar ijodidan kuchli 
ta’sirilangan. Mashrabning g'azallari va muxammaslari ichida ular 
she’rlariga yozilgan go‘zal javobiyalar bor. Bunday she’rlami tahlil 
etsak, Mashrabning ham, garchand ular ishlatgan vazn, qofiya va 
radiflami qayta qo'llagan, asl holida saqlagan boMsada, she’rlari 
mazmuniga o'zgacha ruh singdirilganligming shohidi bo'lamiz. Buning 
bir dalili sifatida Nasimiyning quyidagi isyonkor baytlari bilan shu 
baytlar ta ’siriida M ashrabning sehrli nafasidan paydo bo'lgan 
baytlami solishtirganimizda ochiq namoyon bo'ladi:
Nasimiy:
Manga sig'ar ikki jahon, man bu jahona sig‘mazam,
Gavhari lomakon manam, kavnu makona sig'mazam.
Surata boqu та ’niyi surat ichinda tanni kim,
Jism ila jonam, vale jismi-la jona sig'mazam...
M ashrab:
Ajab majnundurman, har dashtu har sahrog‘a sig‘mamdur.
Dilim daryoi nurdur, mavj urub dunyog‘a sig'mamdur.
Shariat ham, tariqat ham, haqiqat mandadur mavjud,
Chunon sultoni azjndurman, arshi a “log‘a sig'mamdur.
Ikkala isyonkor, jasoratli shoir qalamiga mansub bu she’rlarda 
ular dunyoqarashining asosiy m ohiyati, g'oyaviy yo'nalishi o 'z
ifodasini topgan. Tasawufdagi Haqni tanish, uning visoliga pok oshiq 
sifatida erishishning shariat, tariqat va, nihoyat, haqiqat kabi qiyin 
riyozatli yo'llari, uning natijasi, sharofati bu she’rlaming asosiy 
mazm unini, mundarijasini tashkil etadi.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish