S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Ham kulgu bila koyiribon yoying otarsan, ey sarvi xiromon.
M a s h ra b n in g b a rc h a m u s ta z o d la ri fu s u n k o r m u s iq iy
ohangdorlikka ega bo'lib, kitobxon qalbiga tez yo‘l topadi. Unda ajoyib 
hayotiy orzu-istaklar, kechinmaiar uyg'otadi.
Ayrim manbalarda aytilishicha, Mashrab «quwai jazava», ya’ni 
va’zxonlikda tengi yo‘q, mantiqli so‘zlashda benazir bo'lgan. Bu 
xususiyat uning isyonkorlik ruhidagi she’rlarida ko‘zga yaqqol 
tashlanib turadi. Shuning uchun uni avliyosifat, vali kishi sifatida 
e’zozlaganlar. She’rlarini hofizlar havas va maroq bilan kuylaganlar. 
M ashrab sh e ’rlari o ‘zi m ansub b o ‘lgan va rahnam olik qilgan 
qalandarlar to ‘dasining asosiy repertuarini tashkil etgan.
U bir baytida:
Darbadar bo 4dim jahonni ко ‘р tamosho ayladim,
Hech gulni ко‘rrnadim olamda bo‘lg‘on xorsiz,—
deydi. U hamma yerda zo‘ravonlikni, insofsizlik va haqsizlikni ko'radi, 
qalbi tug‘yonga keladi: Bir muxammasida:
Dili tig‘i sitamdin pora bo‘Igan xalqni ko ‘rdum,
Tani dardu alamdin yora bo‘lg‘on xalqni ko‘rdum.
Ko‘zi vaqti sahar sayyora bo‘lg‘on xalqni ko‘rdum
Muhabbat dashtida ovvora bo‘lg‘on xalqni ко ‘rdum, —


deya nido qiladi ham da ulam ing sababchilari bo'lgan riyokor, 
zulmkor shaxslaming hammasiga la“natlar o ‘qiy boshlaydi, ulami 
badnom qilishga kirishadi, o 'z in i n o c h o r, jab rd iy d a elning 
ko'makchisi, rahnamosi deb hisoblaydi:
Xoja-sayid, begu xon, sardorlar badkor esa,
Zulm tig‘in tez eturda har biri nomdor esa,
Kosales kazzob shayxlar bu vatanda bor esa,
Mazlum ellar ingrashubkim parcha nonga zor esa,
Kufr elig‘a Mashrabidek rahnamo paydo bo‘lur.
U tanho yaratuvchining o'ziga sig'ina boshlaydi. Ollohdan boshqa 
kuchlami tan olgisi kelmaydi. Bu foniy dunyodagi ko‘p narsalarga
hatto Q ur’onda qayd etilgan diniy aqidalarga zid tushuvchi fikrlarini 
ham aytib yuboradi:
Bir xudodin о ‘zgasi barcha g ‘alatdur, Mashrabo,
Pistani p o ‘chog‘iga do‘zaxni jo qilguvchiman.
Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak,
Qolg‘on Ibrohimdin ul eski do‘konni na qilay?
Urayinmu boshima sakkiz behishtu do ‘zaxin,
Bo lmasa vasli manga ikki jahonni na qilay?
Bunday h o latlar ham M ashrabdagi ijtimoiy adolatsizlik va 
zulm ga b o 'lg a n isyonning o 'zig a xos m ajoziy — ram ziy b ir 
ko'rinishidir. Z ero, XVI asrlarda xilm a-xil ko'rinishlarda ildiz 
o tg an tasav v u fn in g o 'z i feo d al ja m iy a tid a q a sh sh o q lik n in g
nihoyatda kuchayishi tufayli najot qidirgan tabaqalarning najot 
topolm ay tu sh k u n lik k a berilishi, u n d a n qutulish ch o ralarin i 
xudoda, oxiratda ko'rishlari natijasida paydo bo'lgan. Biroq, 
uningcha, M akka, K a’ba ziyorati, haj qilish farzi o 'z dilida 
haqiqiy oshiq sifatida Ollohni tanishga intilgan, uning visolida 
riyozat chekkan m usulm onning ishi bo'lishi kerak. M ashrabdek 
pok e ’tiqod kishisi uchun yor vasliga avval muyassar bo'lm ay 
turib K a’bani ziyorat qilish riyodir. Shu tarzda, u yorsiz ham


bodasiz - 
ishqqa, jan n atu d o ‘zax, nam oz va boshqa diniy 
taham ullarga shak keltiradi. Bu shakkoklik emas, asl, so f e ’tiqod, 
k o ‘ngil p o k lig i b e lg is id ir. A fsu sk i, s h o ‘r o la r z a m o n id a
M ashrabning bunday ulug‘ e ’tiqodi qing‘ir oynada taqdim etildi
unga dahriylik tusi berildi. U tasaw ufning bunday aqidalari ifodasi 
va tartibi bilan cheklanib qolmaydi. Mashrab dunyoqarashi va 
poeziyasida hayotiy, dunyoviy jihatlar ham m uhim o ‘rin tutadi.
U ishqiy she’rlarida xalq she’riyatiga xos ta ’bir, ifodalami dadillik 
bilan qo‘llaydi, xalqning maqol va hikmatli so‘zlariga, a n ’anaviy 
tasvirlarga sayqal berib, o‘z she’rlarining musiqiyligi, xalqchilligi va 
ta ’sirichanligini ta “ min etadi.
E ’tibor bering, quyidagi baytlarda qanchalik hayotsevarlik
insonparvarlik, jonli kishiga nisbatan iliq munosabat bor. U nda go‘zal 
m a“shuqaga oshiqu shaydo bo'lib, ne qilarini bilmay qolgan lirik 
qahram on qiyofasi gavdalanadi:

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish