Bir xudodin о ‘zgasi barcha g ‘alatdur, Mashrabo,
Gul agar bo‘lmasa ilkimda tikonni na qilay?
I
s h o h b a y tid a d ir . S hu j i h a t u n in g d u n y o q a r a s h in i k o 'p
m utasawuflam ikidan ajratib turuvchi asosiy jihatdir. Undagi yolg'iz
xudoni tan olish e ’tiqodi o 'sh a davr dindorlari u ch u n g 'ala t
tuyulgan, ular M ashrab e ’tiqodining tub m ohiyatiga tushunib
yetm aganlar. M ashrabning devonasifatligi, qalandarligi, hech
narsadan qaytmasligi, «quwayi jazava»si uning shahid bo'lishiga
sabab bo'lgan.
Adabiyotlar tarixida bunday qaysar aql egalari ko'p bo'lgan
emas. M ashrab M ansur H alloj, N asim iy, N aim iyning o'zbek
mumtoz adabiyotidagi davomchisidir.
M ashrabning adabiy merosi yuz asidan m uhim tadqiqotlar
yaratgan A.Abdug'afurovning asosli qayd etishicha, shoir adabiy
m ero sid ag i d in iy m a zm u n va ta sa w u fiy y o 'n a lish ru h id ag i
she’rlaming ko‘pchilik qismi uning Ofoqxoja daigohida murid bo‘lib
yurgan yillarida pinning targ'ibot saboqlari ta ’siriida yaratilgan. Uning
navqiron yigit sifatida Xoja tasarrufidagi kanizakka qattiq ko‘ngil
qo'yganligi, ishqu oshiqlik bedodliklarini boshdan kechiiTganligi tufayli
o 'ta sh o ‘x, dilni erkalovchi sevgi-m uhabbat kechinm alaridan
tug'ilgan sh e’rlari ham shu yillari yaratilgan bo'lishi ehtim ol.
Mashrabning sarsonlik, qalandarlik yillaridagi she’rlari yo'l-yo'lakay
turm ush, qismat tug'dirgan qiyinchiliklar, ulardan qutulishning
birdan bir iloji Olloh ne“matiga vosil bo'lishni kuylashdan iborat
bo'ldi. Shu m a’noda Mashrab adabiy merosida muayyan evolyusiyani
kuzatish mumkin.
M ashrab she’riyatining asosiy janrlari g'azallar, m urabbalar,
muxammaslar, mustazodlar, musaddas va musabbalardan iborat.
M ashrab g 'a z a lla ri o 'z b e k m u m to z ad ab iy o ti tarix id ag i
g'azalnavislikning o'ziga xos xalqona uslubdagi namunalaridir. Ularda
shoir majoziy va ilohiy ishq zamzamalarini sho'x vazn, jarangdor
qofiya, radiflar, mazmunga mos m a’naviy hamda lafziy san’atlar,
xalqning jonli tili, ramz va bo'yoqli iboralaridan m ahorat bilan
foydalanish orqali ifodalaydi. Shoir har bir g'azaliga chuqur m a’no
va jo'shqinlik bag'ishlashga erishadi. Uning xalq og'zaki ijodi, Ahmad
Yassaviy hikmatlari ta ’siriida yaratilgan, qo'shiqlarday jaranglovchi
m urabbalari, o'zigacha bo'lgan o'zbek adabiyotidagi eng k o 'p
mustaqil muxammaslari, sakkiz band - ellik olti misradan iborat
musabbasi bor. Mashrabning bu musabbasida har band so'ngida:
Vah-vah, na go‘zalsan, na ajoyib, na qiyomat!
Hay-hay, na jafo qilsa sanam-jonima rohat!
bayti naqorotdek takrorlanib boradi. M ashrabdan so'ng o'tgan
shoirlaming she’rlarida uning ta ’sirii yaqqol sezilib turadi. Ayniqsa,
H u v ay d o , F u rq a t g 'a z a lla r id a , M u q im iy n in g m u ra b b a ’ va
muxammaslarida shunday.
Shoiming mustazodlari ichida real inson — m a’shuqaning husnu
malohatini, yurakni o'ynatadigan darajadagi jozibasini namoyon
etuvchi nam unalar ancha. Ulaming hammasida ishqi ilohiyning
ifodasini ko‘raverish to ‘g‘ri emas. Bunday nam unalam ing sehri
kitobxonni real insonning real hayotiy tuyg‘ulari bilan uchrashtiradi,
unda hayotga, undagi go‘zalIiklarga nisbatan zavq uyg‘otadi, yuragini
qitiqlaydi:
Nozik badano, sunbi xudovandi jahonsan, ey ofati davroit,
Zulfi musalsal, qoshi yosin, na balosan,
jon taxtiga sulton.
Bilmam na balo ко ‘z ichidin goh boqarsan, ey ко ‘zlari o f at,
Goh munda, gahi anda manga jilva qilursan, bandangga na farmon.
Egma qoshingga vo‘sma qo^ub jonim olursan, rahming nega kelmaso?
Do'stlaringiz bilan baham: |