«Sabot ul-ojizin» asari.
So‘fi Olloyoming masnaviy ilohiynoma
asarlari ichida aw al forsiy tilda yaratilgan, keyin o ‘zi tom onidan
turkiy tilda ham nazm silkiga tushgan «Sabot ul-ojizin» masnaviysi
alohida ahamiyatga egadir. Bu asarida mutafakkir shoir Qur’oni karim
oyatlarini, Hadisi sharif hikmatlarini, musulmon um m ati uchun
farz va sunnat bo‘lgan axloq normalarini masnaviy shaklida ifodalagan.
Shu tariqa, sabotga muhtoj ojizlarga to ‘g‘ri yo‘lni-najot yo‘lini
ko'rsatib bergan. Asarda insofu adolat, tenglik ulug‘lanadi, zulm va
shafqatsizlik, xudbinlik, nopoklik, nafs-havoga berilish shariat
nomidan qoralanadi, mehr va m uruw at, pokko'ngillilik, him m at
va saxovat, xilvat va uzlat gashti, shirin tillilik, kamtarlik fazilatlari
madh etiladi. Ulaming ta’rif va tavsiflari uchun diniy muqaddas
kitoblardan q an ch ad an -q an ch a hikoyalar, rivoyatlar, naqllar,
m a’vizalar keltiriladi. Pim ing shogirdlarga m a’vizalari, talab va
n asih atlari, p ir va shogird m u n o sab atlari asar kom p o zisio n
qurilishini tashkil qiladi.
«Sabot ul-ojizin» asari shoir yashagan zam ondan boshlaboq
musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan, maktab va madrasalarda
o ‘qitilgan. Matbaa paydo bo‘Igach, Qozonda, Bokuda, Toshkentda,
Xivada qayta-qayta bosilib chiqqan. «Sabot ul-ojizin»ni o ‘ziga xos
ilohiynoma, din-shariat ahkomlaridan bahs etuvchi axloq va pand-
nasihat kitobi deyish mumkin. U inson m a’naviy-ruhiy sabotini
ulug‘lovchi, inson aql va sabotga tayanganda har qanday oshiqlik
kuch va matonatga aylanishini tasdiqlovchi asardir. Bu asaiga sharhlar
yozilgan. Shunday tafsir-sharhlardan biri Rusiyaning b u lg 'o r
qavmidan bo‘lgan Tojuddin Yolchig‘il qalamiga mansubdir.
1796-1797 yili yozilgan bu risola XIX asrdayoq Qozon va
Istanbulda nashr qilingan. U nda «Sabot ul-ojizin»dagi har bir
masnaviy baytning mazmuni, sodda sharhi berilgan. Risolada islom
dunyosining ba’zi buyuk kishilari haqida lavhalar, hikoyalar, qissalar
ham keltiriladi.
Shunday sh arhlardan yana biri U baydulloh ibn Islom quli
qalamiga mansub «Sharhi sufiya» kitobidir. U nda ham S
0
T
1
Olloyor
merosiga oid ilohiy jihatlarning mag‘zini, mohiyatini anglab olishga
taalluqli jihatlar mavjud.
So'fi O lloyor «Sabot ul-ojizin»ni yaratishda
ikki buyuk
chashmadan oziq oldi. Birinchisi, islom ta’limoti va uning muqaddas
kitobi Q ur’ondagi ezgulik, hadislar, payg‘ambarimiz M uhammad
alayhissalom, boshqa din-tasaw uf namoyandalarining ibratli hayot
yo‘li. Ikkinchisi, adabiy an ’analar bo‘lib, islom ta ’limoti va uning
maqsad-mohiyatini taig'ib qilgan badiiy asarlar. Bu o ‘rinda, ayniqsa,
Sulton ul-orifin shayx Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy,
Nosiriddin Rabg‘uziy, Navoiy, Bobur asarlarining ta’siri sezilarlidir.
Muallifning o ‘zi ham «Sabot ul-ojizin» islom dini asoslarini
o ‘igatuvchi eng m uhim fan bo‘lgan aqoid masalalarining turkiydagi
sharhi ekanligini ta ’kidlaydi:
Yozildi forsiy til birla maktub,
Aqidotu furui qurbi mahbub.
Anikim ko ‘rdilar turkiy yoronlar,
Dedilar: «Gar duo qilsa eronlar.
Bitilsa turkiy til birla aqida,
Ko‘ngillar boЪа ondin oramida».
«Sabot ul-ojizin» aqida (e’tiqod, ixlos, ishonch) haqidagi kitob
ekanligini muallif asam ing boshqa o‘rinlarida ham eslatib o‘tadi va
o ‘z muxlislarini, toliblam i unga sidqidildan rioya qilishga d a’vat
etadi:
Aqida so‘zlarini qildim isbot,
Anga qoydum «Sabot ul-ojizn» ot.
О ‘zumdek xastalar blaymu deb shod,
Nasoyihdan ham andak ayladim yod.
Nasihat tinglamas dil soxta mahjub,
Ко‘karmas toshga yomg'ur yog‘sa ham ko‘b.
Tonimoq (angrini, tonmoq havodin,
Keyin tunnoq fioli noravodin.
Aqida bilmagan shaytoni eldur.
Uyalma m a’rifatni o ‘rganurdin,
Tanur joying bo‘lur qolsa tanurdin...
Do'stlaringiz bilan baham: |