S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Ey meni nozik nihol oromi jonim, qaydasan,
Bu k o ‘ngul bo‘stonida g ‘uncha dahonim qaydasan.
baytida «Nido» badiiy usuli qo‘llangan. Bu usulda lirik qahramon 
boshqa shaxslarga, oshiqona lirikada asosan yorga, m a’shuqaga 
murojaat etgan holda, o ‘zining ichki kechinm alarini, tilaklarini 
nido-xitob ohangida ifodalaydi. Mashrab she’rlarida bu badiiy usul 
ko'proq Ollohga nido-murojaat qilish maqsadlarida qo'Uaniladi.
U ning quyidagi baytida esa, ichki qofiya san ’ati-m usajja 
qo'l langan.
Har kishikim senga boqar, suv bo ‘lubon tani oqar,
Bir yo ‘li demading menga oshiqi notavonmusan.
M ashrab g'azallarida 
«sramoq»
m a’nosini ifodalovchi, badiiy 
san’atlar tarkibida 
Istifliom
istilohi bilan atalib kelingan badiiy usul 
ham ko‘zga tashlanadi. Bu san’at orqali she’rdagi lirik qahram on, 
ko‘proq oshiq, o ‘z ichki tuyg‘ularini, orzularini kim gadir yoki 
nimagadir murojaat etish, undan so‘rash orqali ro‘yobga chiqarish, 
yetkazishni k o ‘zda tutadi. Mashrabning bir g'azalida shu badiiy usul 
juda nozik did bilan qo'llangan:
Ikki ruxsoring qizil guldurmu yo bargi suman ?
Donai rayhon

qaro xolu xating - sahni charnan.
Siymtan, gul pirahan, shirin suxan, nozik badan,
Odammisan yo parisan bu nazokat birla san?
Hurmusan, g ‘ilmonmusan, jannatmusan, rizyonmusan!
Bu parchada istifhom san ’atidan tashqari, yana bir qancha 
tashbehu qiyos san’atlari sintezlangan holda istifoda etilgani m a’lum 
bo'lib turibdi.
Uning H aq yo‘lidagi intilishlarini, chekkan riyozatlarini ibrat 
qilib ko'rsatishga bag'ishlangan soTiyona she’rlarida ham majoziy — 
ramziy so'z va iboralar, tashbehlar, qiyoslar ishlatiladi. H atto u


xalq maqollari, matallariga o'xshash iboralarga o'z diniy-islomiy 
qarashlarini singdirish qobiliyatiga ega:
Tikansiz gul, sadafsiz dur, mashaqqatsiz hunar bo ‘Imas,
Riyozat chekmaguncha yor vasliga yetib bo ‘Imas.
Bu o'rinda «yor» Haq diydori bo'lib, uning visoliga muyassar 
bo'lish o'zlikdan kechib, riyozatlar chekishni taqoza etadi. Buni 
isbotlash uchun hayotiy dalillar, qiyoslar keltiradi. M a’lumki, gul 
tikansiz bo'lmaydi, gulni qo'lga kiritish uchun tikanning zaxmiga 
bardosh berish kerak. Sadafsiz dur ham bo'lmaydi. Zero, dum i 
sadafdan ajratib olish nozik m ehnat, bardosh, riyozat talab qiladi. 
Ko'rinadiki, shu bitta aforistik baytda qancha chuqur hayotiy m a’no, 
falsafiy mushohada bor. Shu m a’noda, mashrabshunoslikka muhim 
hissa qo'shgan olimlardan Nusratulla Jumaxo'janing quyidagi fikrlari 
bor haqiqatni o'zida ifodalaydi:
«B oborahim M ashrab badiiy m ahorat sirlarini m ukam m al 
egallagan san’atkor shoirdir. U ning m ahorati badiiy san ’atlarni 
qo'llash bilan emas, balki lirik asarlami quyuq falsafiy fikrlar bilan 
yo'g'irishda ko'rinadi. Mashrab asarlari badiiyati o'ziga xos falsafiy 
tafakkur salmog'i bilan o'lchanadi. K o'p m a’noni oz so'z bilan 
ifodalash san’ati nuktadonlik, nuktasanjlik deyiladi. N ukta san’atini 
k o 'p chilik , ayniqsa, kaltafahm kishilar, M ashrab ta ’biri bilan 
aytganda, «ko'tohnazar el» tushunib yetmaydi. Mutafakkir shoir 
xos m a’nilami xos kishilarga qarata aytgan».1
Chindan ham, Mashrab she’rlari tasaw uf falsafasining turkona 
badiiy talqinidir. U o'z e’tiqodidan kelib chiqib bu ta’limotning 
mag'zini chaqadi, uning murakkab jihatlarini qalandar-so'fiy shoir 
sifatida o 'z ijodiy laboratoriyasidan o'tkazib, iloji boricha, sodda va 
tushunarli uslubda ifodalashga muvaffaq bo'ladi.
M ashrab sh e ’rlari vaznlarni q o 'llash d ag i rang-barangligi, 
musiqaviyligi bilan ajraiib turadi. U aruzning hazaj, rajaz, ramal, 
hafif, muzore va munsare bahrlaridagi xilma-xil vaznlarda she’rlar


yozgan. Shoir ham m a o'rinlarda she’r mazmunining talabiga ko'ra 
vazn tanlaydi. U lam i qusursiz ishlatishga m uvaffaq b o 'lad i. 
Mashrabshunoslikda ta ’kidlanishicha, u ayniqsa hazaji musammani 
solim va hazaji musammani ahrabi makrufi mahzuf vaznlariga ko'proq 
murojaat etgan. Bunga sabab shuki, birinchidan, hazaji musammani 
solim bahri M ashrabning xudojo'ylik iltijolarini, qismatga to 'la 
qarashlarini ifodalash uchun to'g'ri kelardi. Uning ko'p so'fiyona 
she’rlari shu vaznda yozilgan. Jumladan, quyidagi baytli g'azal hazaji 
musammani solim bahrida bitilgan.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish