S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


Qil» radifli g'azali Amiriy hamda Fazliyning  «Qil»



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Qil»
radifli g'azali Amiriy hamda Fazliyning 
«Qil»
radifli g'azallari ta’sirida yozilganligini eslang.
Amiriy mumtoz lirikadagi an’anaviy obrazlarga, tasvirlarga ba’zan 
eigashib, yomi jannat hurlaridan, farishtalaridan ham ustun ko'yadi. 
Uningcha, yor visolining o'zi jannat, naqdiga shukr qilmoq, uning 
visoli bilan ovunmoq kerak:
Kavsarim-sharobingdur, jannatim erur vasling,
Naqd sensen, ey soqiy, nasya-huru g'ilmonlar.
Bu baytni ikki xil talqin etish ham mumkin. Balki, shoir bu 
yerda e’tiqodli musulmon, Ollohning oshig‘i sifatida uning vasliga 
intilayotgandir. U ba’zan murakkab istiorali baytlar orqali o'zining 
samimiy oshiq ekanligini izhor etadi. Masalan, quyidagi baytda 
«Sevikli yor mening ko'zimdan yiroqlashib chodir ichida yashirindi. 
Uning visoli yo'lidagi kuyib-yonishlarim, yuragimdan chiqarayotgan 
ohim tutunlari yorga ozor etmasligi uchun shu chodirga ustun bo'ldi» 
kabi o'ta mubolag'ali, biroq boshqa shoirlar kam ishlatgan tasvir 
keltiradi:
To nazardin ul mahi xirgohnishirt bo ‘Idi nihon,
Dudi ohim osmon xirgohiga bo ‘Idi stun.
Amiriyning quyidagi baytida an’anaviy tasvir bilan birga, 
yangilik, yangi detallar ham bor. Yoming yuzidagi xol qor ustida 
turgan qora zog'ga o'xshaydi. Shundayam qorday oppoq, momiq 
yuzda zog'day timqora xolning joylashganligi oshiqni oshufta hoi 
qiladi:


Xoli hindusi binogo'shini ravshan ayladi,
Faslday topgbn kibi zog‘i siyahdin qor zeb.
Amiriy ishqiy she’riyatda portret tasviri ustasidir. U bu an’anaviy 
tasvirda o‘z ijodiy laboratoriyasini yaratishga intiladi. Ayniqsa, u 
tasvir etgan oshiq mahbubaning tashqi suratini shu qadar go‘zal 
tarzda tasavvur etadiki, ular asosida behzodona miniatyur naqshlar 
galereyasini chizish mumkin. Ko‘z, qosh, lab, xol, gajak, kokul, 
qomat oshiqni ne-ne iztiroblarga, shirin xayollarga solmaydi. Ba’zan 
yor kipriklari ham saf tortib turgan chokarlarga (lashkarlaiga) 
o‘xshatiladi. egri va makkor qosh esa, urush payti qo'llaniladigan 
kamondir.
Amiriy bir qancha diqqatangez tuyuqlar ijod qilgan. Shulardan 
oltitasi joriy nashrda keltiriladi. Ma’lumld, tuyuq so'z o'yinlariga, 
omonimik so'zlar jilvasiga asoslangan, hazil-mutoyiba ruhi bilan 
sug'orilgan, so'zamollikni namoyish etuvchi, kitobxonga zavqu shavq 
bag'ishlovchi miniatyur lirik janrlardan biridir. Xalq og'zaki 
she’riyatidagi qo'shiq qilib aytishga moslangan bu janming ajoyib 
namunalari XV—XVI asrlar o'zbek she’riyatida uchraydi. Tuyuqlar, 
ulaming qofiyalarida jinsdosh-tajnis so'zlaming ishlatilishi o'zbek tilining 
boyligidan, go'zalligidan dalolat beruvchi dalillardan biridir. Biroq, bu 
janming namunalari XVII—
XVIII asrlar o'zbek mumtoz she’riyatida 
kam uchraydi. Shu nuqtai nazardan, XIX asr awallarida xorazmlik 
shoirlardan Shermuhammad Munis hamda qo'qonlik ijodkorlardan 
Amiriyning bir qancha original tuyuqlar ijod qilishga muvaffaq 
bo'lganliklari ijobiy holdir. Munis va Amiriy an’anaviy bujanrga yangidan 
hayot bag'ishladilar, desak xato bo'lmaydi.
Amiriy tuyuqlarida kitobxonni mulohaza qilishga, tajnis so'zlaming 
ma’nolarini bilib olishga chorlovchi, uning so'z boyligini oshirishga 
xizmat etuvchi joziba bor. Shu bois, ulami umumiy tarzda bo'lsa-da, 
bir-bir ko'zdan o'tkazish foydadan xoli emas.
Birinchi tuyuq:

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish