S a m a r q a n d d a V l a t u n I v e r s I t e t I r a h m o n q u L o r z I b e k o V


Ishqida har yon tushub jaybimg‘a chok



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/193
Sana01.07.2022
Hajmi5,54 Mb.
#724679
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   193
Bog'liq
orzibekov rahmonqul o\'zbek adabiyoti tarixi

Ishqida har yon tushub jaybimg‘a chok,
Telbamen piyrohanim beyoqadur
(yoqasiz).
Navxatim zulfidin ochg‘on chog'da chin
(qulf ochish), 
Munfaildur mushkdin ohuyi Chin.
(Chinohusi),
Chini Mochin zulfi purtobidadur,
Bu so‘zum yalg'on emastur, barcha chin
(rest).
Amiriy «chin» so'zining yanada ko'proq ma’nolarini topib, shu 
radifda etti baytli g'azal ham yaratgan. Unda «chin» tajnisi —rest, 
haqiqat, tugun, kishi yuzida uchraydigan ajin, Sharqiy Turkiston 
(Chin o'lkasi nomi), yor zulfining halqasi ma’nolarida ishlatilgan.
Amiriy ijodini ayniqsa Alisher Navoiy an’analari bilan bogiovchi 
jihatlar turli shakllarda namoyon boiadi. Birinchi navbatda, Amiriy 
ham Navoiydek ma’rifatli, diyonatli shaxs, davlat arbobi boiishga, 
yurt-el tinchligi va osoyishtaligini saqlashga, madaniyat hamda 
adabiyotga homiy boiishga intildi. Mir Alisher Navoiydek she’r 
amiri boiishni orzu qildi, shu yoida katta muvafFaqiyatlarga erishdi. 
Uning Amiriy so'zini taxallus sifatida tanlashida ham ramziy ma’no, 
Navoiyga ergashish, ehtirom bor. 
Mir
va 
amir
so'zlarida shohlik va 
hukmdorlik ma’nolaridan tashqari, she’riyatda nom chiqarish, kuchli 
iz qoldirish ma’nolari ham boisa kerak. Zero, asarlarining bir joyida 
Saidumarbek o'zining ishq ahlining shohi, amiri ekanligiga ham 
ishora qiladi. Ikkinchidan, u badiiy ijoddagi an’analaiga sodiq bo'lib, 
Navoiyni o'ziga birinchi madadkor, ustoz sifatida tanlaydi. Navoiy 
asarlarini ko'p nusxalarda ko'chirtiradi, she’riyat darsligiga aylantiradi. 
Navoiy an’analarining Qo'qon adabiy muhitida keng tarqalishini 
ta’minlaydi. Navoiy dahosidan ta’sirlanib g'azallar, muxammaslar ijod 
qiladi.
Alisher Navoiyning Amiriy she’riyatiga ta’siri uch xil shaklda 
ko'zga tashlanadi:
1. 
Amiriyning ishq mulkining shohi sifatida Navoiyning haqiqiy 
va majoziy ishqni tarannum etuvchi lirik she’rlaridagi insonparvarlik


tuyg'ulari, komil inson haqidagi umumbashariy g‘oyalaridan 
ta’sirlanib, ulami ma’qullab, o'z davri sharoiti va talabiga ko'ra ulami 
boyitish, davom ettirish;
2. Shu maqsadda Navoiyning she’riyat muxlislari orasida keng 
tarqalgan, sevib kuylangan g'azallariga nazirasifat she’rlar yaratish. 
Navoiy g'azallari ohangi va shaklida yangi g'azallar, she’rlar yaratish;
3. Nihoyat, Navoiyning eng sara g'azallariga tazmin (taxmis) 
muxammaslar yaratish. Zero, adabiy ta’sirning bu so'nggi shaklida 
Amiriyning Navoiy ijodiga nechog'li baland hurmat bilan qaraganligi 
ko'proq namoyon bo'ladi.
Amiriy qalamiga mansub o'ttizdan ziyodroq tazmin 
muxammaslaming yigirma beshtasi Navoiyning shoh g'azallariga 
bog'langanligi shu davoni isbotlay oladi.
O'zbek mumtoz she’riyatida tazmin muxammaslar ustoz shoirdan 
tajriba o'rganish, kuch sinash, o'z misra va baytlarini ustoz misra, 
baytlari mezonida turib baholash, adabiy ta’lim olish, shu asnoda o'z 
ijodiy imkoniyatlarini sinovdan o'tkazish vositasi bo'lib kelgan.

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish