Rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu: Foydalanuvchi talabining turlari (aniq va noaniq talablar)



Download 2,51 Mb.
bet133/160
Sana21.12.2022
Hajmi2,51 Mb.
#892731
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160
Bog'liq
maftuna

Mavzu: Foydalanuvchi talabining turlari (aniq va noaniq talablar) .

Reja:
1.Foydalanuvchi talabining turlari

  1. Foydalanuvchi talabidan kelib chiqqan xolda zarur mavzular bo‘yicha suxbatlar

Axborot –kutubxona, axborot resurs markazlari va kutubxonalarda kitobxonlar bilimlar tizimi, o‘quv ko‘nikmalari va malakalarini egallash orqali o‘zlarining bilimlarini oshirib boradilar, shuning bilan birga, ilmiy tushunchalarning tub ma’nosini onglariga singdirib boradilar. Bu ishlarning barchasini izchillik bilan ketma-ket, bir tekis amalga oshirish uchun kitobxonlar ma’lum darajada bilimlar va ko‘nikmalarni egallagan, kolaversa, tafakkur shakllari (tushuncha, xulosa chiqarish) va mantikiy fikr yuritish qoidalari xamda uslublarini o‘zlashtirib olgan bo‘lishlari lozim.


Shunday qilib, axborot –kutubxona, axborot resurs markazlari va kutubxona ish jarayonini faollashtirish, mazmunan umumlashtirish nazariyasi, ijodiy faoliyatni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi, kitobxonlarda bilishga qiziqishni tarkib toptirish, kitobxon talabini bajarish, ularga individual yondoshish, o‘z vaqtida ma’lumot berish, faqat shu kitobxon uchun zarur axborot bilan ta’minlagan xolda uning talabini qondirish, xamkorlik faoliyati, o‘zlashtirish samaradorligiga erishish, kutubxona tizimida muammoli ish olib borish individual kitobxon bilan ishlashga yordam beradi. Axborot –kutubxona, axborot resurs markazlari va kutubxona faoliyatida kitobxon talabini qondirishda ko‘l keladigan muammoli vaziyat yaratish lozim. Muammoli vaziyat axborot-kutubxona, axborot resurs markazlari va kutubxonalar tizimida faol, kitobxonlarni ijodiy fikrlashga yo‘naltiruvchi usul sifatida kitobxon talabini aniqlashda qo‘llash yaxshi natija beradi.
Kitobxon bilan individual ishlashni tashkil qilishda ikki asosiy yo‘nalish mavjud:
1. Kitobxon extiyojini qondirish.
2. Kitobxon qiziqishi va o‘qishiga ta’sir ko‘rsatish.
Bu xar ikkala yo‘nalish individual ishlashning turli xil shakllari yordamida amalga oshiriladi.
Kitobxonlar bilan individual ishlash shakllariga suxbat, talabni qondirish turlari, individual axborot, maslaxat o‘tkazish kabilar kiradi.
Kitobxon extiyoji. Odatda kitobga bo‘lgan talabni uch turga ajratadilar: aniq talab, mavzuga oid talab, noaniq talab yoki so‘rok.
Kitobga aniq talabda mutaxassis xodimning ishi ancha engillashadi. Ammo bu talabni aniq va tez qondirish uchun asar nomini to‘gri aytish, kitob haqidagi ma’lumotlarni aniq ko‘rsatish juda muxim axamiyatga ega, buni xar qanday foydalanuvchi xam uddalayvermaydi. SHuning uchun mutaxassis xodim uni aval elektron katalog bo‘yicha tekshirib ko‘rishi maqsadga muvofikdir. SHunday qilinsa, ko‘pincha kitobxon foydalanuvchi keyinchalik zarur bo‘lganda, kerakli adabiyotni mutaxassis xodimning yordamisiz mustaqil topa olishga o‘rganadi. Biroq muayyan extiyojni qondirish bilan birga, mutaxassis xodim shunchaki kuzatuvchi bo‘lib qololmaydi. Agar zarur kitob tokchada bo‘lmasa, mutaxassis xodim uning o‘rniga xuddi shu mavzuga oid boshqa asar yoki yangi nashrni beradi yoki ko‘shimcha adabiyotlar tavsiya qiladi.
Foydalanuvchi kitobxonning muayyan talabini bajarar ekan, mutaxassis xodim o‘zining tarbiyachilik vazifalarini esda saqlashi kerak. Masalan, o‘n olti yoshli yigitcha kat’iyat bilan Mopassan yoki Zolyaning asarlarini so‘rashi yoki tuliksiz o‘rta ma’lumotli radio xavaskori radiotexnikaga,telekommunikatsiyaga oid murakkab ilmiy kitobni talab qilishi mumkin va xokazo.
Mutaxassis xodim bunday talabga befarq bo‘lmasligi kerak. U tanlangan kitob zerikarli bo‘lishi yoki xaddan tashqari uzun asar kitobxonning vaqtini bekor ketkazishi, xatto uni qiziqtiraolmasligi masaladan ko‘nglini sovutishi xam mumkin. Bu o‘rinda mutaxassis xodim kitobxonga talab qilinayotgan kitobga mos keladigan boshqa kitobni tavsiya qilishi mumkin. Bu ish odob bilan bajarilishi, kutubxonachi o‘zining tavsiyasi bilan kitobxon asabiga tegmasligi lozim. Agar kilobxon aytganida kattik turib olsa, mayli, kitobni ola kolsin va u kitobni bekorga olganiga ishonch xosil kilsin.
Mavzuli talab. Axborot –kutubxona, axborot resurs markazlari va kutubxona kitobxonlarining mavzuga doir extiyoji turli-tumandir. Kitobxonlar axborot –kutubxona, axborot resurs markazlari va kutubxonaga o‘z malakalarini oshirishlari uchun, ma’ruza yoki referat yozish uchun adabiyot so‘rab keladilar, bulardan tashqari ularga xalqaro xayot mavzusidagi adabiyotlar, kompyuterlar haqida, avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarida qo‘llaniladigan maxsus dastur, xisoblash mashinalari, qshloq xo‘jalik zararkunundalariga qarshi kurashish haqida, axloq haqida, bola tarbiyasi haqida, milliy qadriyatlarimiz haqida, o‘tmishimiz, tariximiz, o‘lkamiz haqida yozilgan kitoblar kerak.
Mavzularning xilma-xilligi mutaxassis xodimdan barcha soxaga oid bilimlarni bilishni, axborot-kutubxonaning ma’lumot bibliografiya apparatidan, elektron katalogdan, Internetdan foydalana olishini talab qiladi.
SHuningdek, kitobxonning umumiy va mutaxassisilik bo‘yicha tayyorgarligini aniqlash muxim axamiyatga ega. Kitobxonning bilimi qanchalik chuqur bo‘lsa, unga shunchalik murakkab adabiyot zarur bo‘ladi.
Bundan tashqari, kitobxonni qiziqtiruvchi mavzuning (masalan, milliy istiqlol goyalarini o‘rganish, eng muxim milliylik, istiqlol, goyalarning turlari; ezgulik, yaxshilik goyasini chuqurrok bilishni istashi mumkin) xajmini aniqlash xam muxim axamiyatga ega.
Malakali kitobxonning maxsus bibliografik qidirishni talab qiluvchi murakkab mavzuli so‘rovini qondirish uchun maxsus ma’lumot-bibliografiya bo‘limi mavjud bo‘lgan yirik axborot-kutubxonaga murojaat qilish mumkin.
Foydalanuvchining mavzuli so‘rovini qondira borib, mutaxassis xodim kitobxon tayyorgarligi darajasiga mos keluvchi eng yaxshi, dolzarb kitoblarni o‘qish izchilligi kay tarzda bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib beradi.
Muayyan extiyojni aniqlashda xam, mavzuli so‘rovni qondirishda xam mutaxassis xodim passiv bo‘lib tura olmaydi. Shunaqasi xam bo‘ladiki, adabiyotning bir mavzusi yoki bitta janriga bo‘lgan qiziqish boshqa qiziqishlarni keltirib chiqaradi, natijada kitobxonning o‘qishi bir tomonlama bo‘lib qoladi. Bunday xolda uqilgan kitob haqida suxbatlashish o‘rinlidir Boshqa kitoblar haqida muayyan talablar tavsiyaviy suxbat o‘tkazishni istisno kilmaydi.
Ba’zida kitobxonlarning faqat dastur bo‘yicha adabiyot talab qilishi mutaxassis xodimni gangitib qo‘yadi, u go‘yo bunday kitobxonlar bilan dasturdan tashqari adabiyot yuzasidan suxbatlashishni istamay, o‘zboshimchalik bilan o‘zini chetga tortadi. Bunday qilish tamomila noto‘gridir. Kishi qaerda o‘qimasin, uning o‘qishi va bilimi xech kachon faqat dastur bilangina cheklanib qola olmaydi. Shuning uchun mazkur gurux kitobxonlarining o‘z bilimlarini to‘ldirish va kengaytirishlarida ularga qiziqarli yangiliklar, axborotlar va adabiyotlar, elektron kitoblar, Ineternetdagi yangiliklar, Web-saytlarni tavsiya qilgan xolda ular bilan o‘qtin-o‘qtin suxbat o‘tkazib turish juda muxim axamiyatga ega.

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish