Rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu: Kitobxonlar bilan yakka tartibda ishlash



Download 2,51 Mb.
bet129/160
Sana21.12.2022
Hajmi2,51 Mb.
#892731
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   160
Bog'liq
maftuna

3.Mavzu: Kitobxonlar bilan yakka tartibda ishlash
Reja:
1 Kitobxonlar bilan yakka tartibda ishlash vazifalari va uni tashkil qilish.
2 Kitobxonldarni intellektual shakllantirish.
3 Kitobxonda mustaqil ishlash faoliyatini

AKM, ARM va kutubxonada foydalanuvchilar bilan ishlash tizimini islox qilish, avvalo, xizmat qilish jarayonini individuallashtirish, mutaxassisga o‘z kasbiy maxoratini rivojtantiruvchi shakl va uslublarini tanlash imkoniyatini berishdan iborat. Bu borada kitobxonning mustaqil malaka oshirishga nisbatan yuzaga kelgan extiyoji uning ijtimoiy-amaliy faoliyatini aks ettiradi, kitobxonning o‘z extiyojlarini qondirishga ongli ravishda yo‘naltiradi, uni xarakat qilishga undaydi.


Kutubxonashunos foydalanuvchi kitobxonda bilimga nisbatan qiziqishni orttirish uning foydalanuvchiga bo‘lgan munosabatiga, ya’ni kitobxonni turli vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan qaytarilmas o‘ziga xoslik xamda aloxida shaxs yoki berilgan aniq ijtimoiy rol yoki vazifani bajaruvchi oddiy kitobxon sifatida ko‘ra olishiga bog‘liq; mutaxassis xodim qanchalik o‘zligini anglasa va buni o‘z faoliyatida xisobga olsa, u shunchalik o‘z kitobxonlaridagi o‘ziga xoslikni ko‘ra oladi va bundan o‘zaro munosabatida to‘gri foydalana oladi.
Xozirgi kunda axborot-kutubxona axborot resurs markazlari xodimlarining mexnatiga ijodiy yondashish bo‘yicha talablar xamma kitobxonlarni o‘qish jarayonida xar tomonlama intellektual shakllantirish topshirig‘ini qo‘ymoqda. Bu topshiriqning eng asosiysi individual xizmat qilish jarayonini kitobxonning o‘zi demokratlashtirish, kitobxonlarning mustaqil o‘qib- o‘rganishlariga intilishlarini oshirish, ularning tabiiy qobiliyat va qiziqishlarini ro‘yobga chiqishiga sharoit yaratishdan iborat.
Foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotga bo‘lgan extiyojlarini o‘rganish asosida ularga turli xil shakldagi axborot tashuvchilarni taqdim etish bilan tabaqalashtirilgan xizmat ko‘rsatish aloxida axamiyat kasb etadi.
Kitobxon foydalanuvchilarning savodxonligini shakllanishida individual, mustaqil topshiriqlarning axamiyati juda katta. AKM, ARM va kutubxonada individual mustaqil ishlar muammosi xar bir kitobxonning mustaqillik va ijodiy faolligini orttirish muammosi bilan chambarchas bog‘liq, kitobxonning faol o‘qishi uning oldiga qo‘yilgan vazifani tushunish va to‘gri bajarishga zaruriyatni xis qilishdan boshlanadi. O‘qish jarayonida kitobxonlar faolligi ko‘p ta’sirlarga, jumladan, bajarilayotgan ishning xususiyati, uning fikrlashga va amaliy axamiyatga egaligi kabilar bilan belgilanadi.
Moxirlik bilan tuzilgan topshiriqlar ko‘pincha kitobxonlarda ijodiy mustaqillikning namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Shu munosabat bilan individual mustaqil ishlar va uning turli ko‘rinishlariga nazariyotchi pedagoglar o‘rtasida xam, amaliyotchi kutubxonachilar o‘rtasida xam qiziqish ortib boryapti. Ilgor ish tajribasi individual mustaqil ishlarning kitobxon shaxsini xar tomonlama intellektual va ijodiy rivojlanishida sezilarli axamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Bunda individual mustaqil ishlarni tashkil qilishda kutubxonachi kitobxonlarning xammasiga bir xil topshiriq berib, shu bilan birgalikda, kitobxonlar bu topshiriqni bajarishda o‘zining individual xususiyatiga asosan turli echimlar taklif qilish imkoniyati katta axamiyatga ega.
Kutubxonashunoslik fanining xususiyatlari va imkoniyatlarini xisobga olib, axborot-kutubxonada mustaqil ish topshiriqlari quyidagi konseptual talablarga javob berishi zarur:
1. Xar bir topshiriq yakka xolatda bo‘lishi kerak.
2.Topshiriq kitobxon tomonidan uning turli qiziqishlarini xisobga olgan xolda tanlanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Topshiriq kitobxonning intellektual qobiliyatlarini ochib, uni bajarishda ijodkorlikning paydo bo‘lishiga asos bo‘lishi zarur.
Topshiriqni mustaqil bajarib, egallangan bilim va malakalarni xayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini xosil qilishi lozim.
Topshiriq nafosat, ijtimoiy va yangi texnologik yo‘nalishlarga ega bo‘lishi kerak.
Topshiriq kitobxonga emotsional (o‘yin elementlari, go‘zallik kabi) ta’sir ko‘rsatishi kerak.
Topshiriqdan barcha fanlarning o‘zaro aloqalari sezilib turishi kerak.
Topshiriqni bajarishda iloji boricha, yangi texnologiyadan foydalanish imkoniyati bo‘lishi zarur.
Kitobxon foydalanuvchining so‘rovi va qiziqishini o‘rganish Kitobxon bilan individual ishlashda kitobxon qiziqishi va so‘rovlarini o‘rganish birinchi darajali axamiyatga ega. Xar bir kitobxonga xizmat ko‘rsatishda kutubxonachi uning ixtisosini, ma’lumotini va o‘qishini yana davom ettirishi yoki ettirmasligini, yoshi, oilaviy axvoli, qanday jamoatchilik ishlarini bajarishi, nimalarga qiziqishi, nima o‘qishni istashi, qanday o‘qishi, ya’ni o‘qish madaniyatiga egami yoki yo‘qmi ana shularning xammasini yaxshi bilishi kerak. Kitobxon tavsifidagi bar bir xususiyat, xar bir xislat kutubxonachi ish faoliyatida asqotishi mumkin.
Kitobxonning qiziqishi qator omillar ta’siri ostida o‘zgarib, chuqurlashishi xamda kengayishi mumkin. Bunda uning kitobga bo‘lgan munosabati xam, kitobxonlik qiziqishi xam o‘zgaradi. Shuning uchun kitobxondagi o‘zgarishni kuzatib, paydo bo‘lgan qiziqishni qondirishga yordam berish, bu qiziqishni chuqurlashtirish va o‘stirish, shu bilan birga yangi qiziqish paydo qilishga urinish kerak.
Mutaxassis xodimning kitobxonni yaxshi bilishidan tashqari, xar bir kitob u yoki bu kitobxonga qanday ta’sir ko‘rsatishini, shu kitobni kitobxonlarning qaysi biriga tavsiya qilish mumkin ekanligini belgilash uchun kitoblarni yaxshi bilishi muxim axamiyat kasb etadi. Kitob va kitobxonni bilish shunday asoski, kutubxonashunoslikdagi moxirlik manashu asosga tayanadi, kitobxonlar bilan ishlovchi xar bir mutaxassis xodim uchun bu moxirlikni o‘stirib, takomillashtirib borish nixoyatda zarur, kitobxon bilan individual ishlashni busiz to‘gri tashkil qilish mumkin emas.
Mustaqil o‘qishga raxbarlik qilish Mutaxassis xodim xar bir kitobxonga xizmat ko‘rsatishda o‘z oldiga qo‘ygan aniq vazifalarni yaxshi bilishi zarur. Ba’zida kutubxonachining vazifasi yangi kelgan kitoblar haqida oddiy ma’lumot berishdan, ba’zida o‘qish madaniyatini tarbiyalashdan, yana boshqa paytda esa kitobxonga doimiy ravishda diqqat-e’tiborli bo‘lib, unga kitob tanlashda yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi. Vazifani aniqlab olgach, kutubxonachi bu vazifalarni bajarishning aniq tadbirlarini xam: kitobxon bilan suxbat o‘tkazishni, elektron ma’lumotlarni qidirib topish, internetdan yangi axborotni elektron pochta orqali uzatish, Virtual kutubxonadan axborotlar olish, bibliografik ko‘rsatkichni yoki kitobni tavsiya qilishni belgilab oladi. Shunday qilib kitobxon bilan individual ishlash, bu kundalik, e’tibor talab etadigan va juda ma’suliyatli mexnatdir.
Kitobxon bilan yakka tartibda ishlash o‘zining barcha yo‘nalishlari bilan kutubxonaning" asosiy vazifasi - o‘qishga raxbarlik qilish vazifasiga bo‘ysundirilgan. Malakali kitobxonga uning mutaxassisligiga oid yangi adabiyot, axborot, elektron ma’lumotlarni tavsiya qilish yoki yosh ishchini siyosiy, ijtimoiy adabiyotni mutolaa qilishga jalb etish kabi barcha xollar ta’sir ko‘rsatishning faol maqsadga yo‘naltirilgan jarayonidir.
Kutubxonashunoslik tajribasida kitobxonlarni uch guruxga - kitobxonlikka tayyorgarligi bo‘lgan, kitobxonlikka tayyorgarligi kam bo‘lgan va tayyorgarligi bo‘lmagan kitobxonlarga bo‘lish odat bo‘lib qolgan. Bunda xar qaysi guruxdagi kitobxonga turlicha yondashish lozim.

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish