2 Mavzu: Foydalanuvchi kitobxonlarga xizmat qilish monitoringini joriy qilish maqsad va vazifalari
Reja:
Kutubxonalarda kitobxonga xizmat qilish monitoringini joriy qilish
Monitoring qilishning maqsad va vazifalari
Barkamol inson tarbiyasida kutubxona - axborot xizmati kо‘rsatishning asosiy maqsadi.
Kutubxonalarda kitobxonga xizmat qilish monitoringini joriy qilish
AKM, ARMlar va kutubxonada kitobxonga xizmat qilish monnitoringini joriy qilish maqsad va vazifalari Barkamol avlodni tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan eng muxim, mukaddas vazifadir.
AKM, ARMlar va kutubxona tizimidagi oliy maqsad - mustaqil o‘qish, fikrlash, taxlil qila bilish, milliy istiqlol goyalarini mukammal tushunish, u xaqda mustaqil fikrlay olish qobiliyatiga ega kitobxonni tarbiyalashdan iborat.
AKM, ARMlar va kutubxonalar mamlakalimizning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy xayoti bilan bog‘liq xolda unda sodir bo‘layotgan Qonunlar ijrosini ta’minlashi, ularda ilgari surilgan goyalarni xar bir kitobxonga etkazishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va buyruqlarini, xukumatimizning qarorlarini targ‘ib qilishi, bunda ommaviy axborot vositalari bilan xamkorlikni yulga qo‘yishi zarur. Amalga oshirilayotgan yangiliklar mazmuni, oldimizga ko‘ygan maqsadimiz xar bir AKM, ARMlar va kutubxona xodimi tomonidan qanchalik tez va to‘la qabul qilinsa, idrok etilsa, albatta, mazkur jarayonlarga qancha tez kirishilsa, yakuniy natijalar xam shunchalik salmokli bo‘ladi.
AKM, ARMlar va kutubxona ishida monitoring deganda, biz Xukumat va vazirlik karorlarida belgilangan vazifalar ijrosini kuzatish, taxlil etish, uni bajarish asosida amalga oshiriladigan samaradorlikni baxolash va shu asosda kutubxonashunoslik ishini rivojlantirishni tushunamiz.
Monitoringning maqsadi AKM, ARMlar va kutubxona muassasalari va boshqaruv organlarining mazkur soxaga doir qabul qilgan qarorlarini amalga oshirish, kutubxonashunoslik ishini takomillashtirish, foydalanuvchi kitobxonlarning bilim saviyasini oshirish bilan bog‘liq faoliyatlarini o‘rganish va taxlil etish xamda bu borada muassasalar, jamoalarga amaliy yordam berishdan iboratdir. Bunda statistik ma’lumotlar bazasi- maxsus tasnifdagi strukturalangan va tashkil qilingan axborotlardan foydalanishni ta’minlash. Unda asosan valyuta va xom-ashyo birjasidagi sotuvlar bo‘yicha ma’lumotlarni, firma va kompaniyalarning xisobotlarini, bozor, marketing tadqiqotlari xisobotlarini va boshqa rakamli va moliyaviy axborotlarni, aniq fan soxalarida maqullaniladigan statistik ma’lumotlar bazasi xam mavjud.
Monitoring jarayonida yangi axborot texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda.
Xozirgi kunda monitoring jarayonlariga zamonaviy kompyuter texnologiyasini kiritish natijasida telekommunikatsiya vositalarida elektron ma’lumotlar banki shakllantirilgan bo‘lib, ular ko‘paytirilib, joylarga tez etkazish yoki ma’lumotlarni internet tarmoqlari orqali uzatish va olishga imkoniyat yaratildi. Bunday usul joylardagi ma’lumotlarni zudlik bilan olishga, mavjud muammolarni tez xal etishga imkon beradi. Bunda nafaqat Respublika AKM, ARMlar va kutubxonalari, balki viloyatlar, tumanlar va aloxida axamiyatga ega bo‘lgan kutubxonalar yoki bir tizimga oid kutubxonalar o‘zaro boglanishi, zarur ma’lumotlarni olishi va yuborishi mumkin. Shuningdek, kitobxonlar internet tizimi orqali dunyoning turli mintaqalarida joylashgan kutubxonalar bilan bog‘lanib, eng so‘nggi yangiliklar xamda kutubxona ishi texnologiyalarini almashishga muvofiq bo‘lmoqdalar. Albatta, buning uchun barcha AKM, ARMlar va kutubxonalar o‘rtasida tarmoq (set) tashkil etilgan bo‘lishi zarur. AKM, ARMlar va kutubxona foydalanuvchi kitobxonga xizmat qilishni bugungi kun talabida olib bo‘rmoqchi bo‘lsa, u albatta telekommunikatsion xizmatlar Internet tarmoqlarining xizmat ko‘rsatish turlaridan - elektron pochta, Web-saytlar kabi usullaridan faol foydalanmog‘i kerak. Chunki turli axborotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlanish darajasi bugungi kun kutubxona ishining muvofaqqiyatini ta’minlovchi omillardan biridir. Shu boisdan bu soxada respublikada eng zamonaviy axborot uzatish texnologiyasi joriy etildi va bu tizim yanada takomillashtirilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonimizning sanoati, ilm-fani va axolisining turmush darajasi yuksak saviyada taraqqiy etgan buyuk davlatga aylantirishni jadallashtirish masalalari xal etilmoqda. Davlatimiz siyosati, iqtisodi va kutubxona soxasida amalga oshiradigan barcha islohotlar markazida inson, bilimining ta’lim-tarbiyasi turadi.
Xozirgi zamon kutubxonashunoslik fani kutubxonachi zimmasiga inson, axolining jamiyatdagi o‘rni va roliga har tomonlama ta’sir etish vazifasini yuklaydi. Shaxs saloxiyatini rivojlantirishning cheksizligi, etnogenezisi haqidagi goyalar ijtimoiy goyaga shiddat bilan kirib keldi va bolalar xamda katta yoshdagi kishilar tabiatini tushunishni ancha kengaytirdi va boyitdi. Bu kutubxonachining tarbiyaviy faoliyalda yangicha yondashuvlariga sabab boldi va ularning ma’no mazmuni yangi insonni tarbiyalashda namoyon bo‘lmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |