Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. Interfaol ta’lim, “blended learning” (aralash o‘qitish).
Rejasi:
I.Kirish
a) Boshlang’ich ta’lim tizimiga innovatsion yangiliklar kiritish mazmuni va yo’nalishlari
II.Asosiy qism
a) Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
b) Interfaol ta’lim, “blended learning” (aralash o‘qitish).
III.Yakuniy qism
a)Zamonaviy innovatsion ta'lim texnologiyalari IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Innovatsion pedagogika hozirgi davirda norasmiy fan sfatida ma’lum bo’lgan biroq kun sayin butun jahon soha mutaxasislarining etiboriga tushib jadal rivojlanib borayotgan bilimlar tizimidir. Uning ta’limiy ahamiyatini tan olgan pedagoglar jamoasi olimlar shu boisdan ham mavjud ananaviy pedagogikaga tanqidiy yondashmoqdalar. Hozirgi kunlarda shakilanib rivojlanib borayotgan mazkur yangi fan haqida jiddiy fikrlar bildirilyapti uning asosiy vazifasi xukumron bo’lib turgan butun o’quv tarbiya tizimi nazariyasini innovatsiya asosida qayta tashkil etib o’zlashtirishdir. Innovatsion pedagogika – hukumron nazariya nazariy va amaliy muammolarni hal etishning asosi qilib olingan. Innavatorlar fikricha asosan adbiy mumtoz pedagogik nazariyalar eskirib qolgan yangi sharoitda hozirgi avlodni bu yo’l bilan tarbiyalash mumkin emas. Hozirgi pedagogika fanidagi vaziyat umumiy holda shundan iborat. Bu vaziyatda innovatsiya juda muhim pedagogika – bilimlar tizimidir obektivlik maqsadga muvofiqlik, mustahkamlik bir-biriga zid bo’lmaslik uning asosiy harakteristikalaridir “Pedagogika tizimini har qanday ilmiy nazariya kabi tizimini tashkil etuvchi tamoyillari loyhalashtiradi va ushlab turadi yani ushbu tizim asosiy bilimlarga asoslanishi asosiy holdir obektiv nazariyaning asosiy tamoyillarini faqatgina ilmiy purintsin bo’linish shart ammo g’oyaviy bo’lmasligi lozim insonning aqliy rivojlanganligi va tarbiyasi haqidagi bilim darajasining talabga muvofiqligi obektivlikning yagona talabidir. Idealogiya bu har doim ham u yoki bu ijtimoiy guruhlarning bir tomonlama ijtimoiy qiziqishlari bo’lib ular buni qimmatli yo’l-yo’riq va g’oya sfatida boshqalarga majburlaydilar. Jahon pedagogik nazariyasi tarbiyaviy jarayon shrti bilan bog’liq yuqorida turgan odamlarning g’oyalari qanday bo’lishi bilan bog’liq allaqachon etirof etganligi. O’sib borayotgan avlodlar tarbiyasi juda jiddiy ish bo’lib uning o’tkinchi narsalarga bog’liq etib qo’yish mumkin emas. Mustabidlik davrida mamlakatimizda ko’p vaqit insonni komunistik g’oyalar ruhida tarbiyalashga oid pedagogik ko’rsatmalar ustun bo’lib kelgan uning juda ta’sirligi turli chaqiriqlarni hayotga tatbiq etish kabi maqsadga qaramay uni ilmiy deb bo’lmaydi, chunki bunday g’oyalarni tashkil etuvchi qoidalar inson tabiati va uning rivojlanishi haqidagi tizimini faqatgina fan o’rnatgan obektiv asoslar va amaliyotda tasdiqlangan qoidalar yordamida rivojlantirish mumkin. Ma’lum bo’lishicha amaliyotda yo’l ko’rsatuvchi pedagogik nazariyalarimizning asosiy kamchiliklaridan biri bilim va ta’limning ustunligini qattiq bo’rtirib yuborishdadir insoniy manaviy mehnat tarbiyasi zarariga bilimda yodlab olish hajmi ko’payib borishi maktab hayotida odatiy xol bo’lib qoldi. Hozirgi tarbiya va u boshqarayotgan amaliyotning hamma belgilari bo’yicha inqiroz holatda ekani ko’rinib turibdi. Bu holatdan chiqish uchun bo’lgan har qanday harakat innovatsion deb hisoblanayapti va bu holda ular o’z nomlariga mosdir. Innovatsion pedagogikani ko’pincha ananaviy muqobil pedagogika deb ataydilar. Bu fikirga qo’shilmaslik mumkin emas, hech bo’lmaganda eng oddiy tushunchalar bo’yicha sinf ham o’qituvchi ham, dars mazmuni va darsliklar yo’qolib ketmaydi. Agarda pedagogik tizim saqlanib qolsa unda faqat uni mukammallashtirish haqida gapirish mumkin faraz qilayotgan rivojlanish strotegiyamiz rivojlantiruvchi o’qitish yo’naltirishlaridan eng avvalo o’z intilishlarini maktabda o’qishga boshlashgacha yaxshi rivojlangan tuzulmalarini shakillantirish hamda? bu harakatlarga endi paydo bo’lib kelayotgan jarayonlarni uyg’unlashtirib olib borishga qaratilgan strategik yo’limiz. Butun taraqqiyotning o’z avlodlari haqidagi g’amho’rligi mantiqiga asoslangan didaktik va pedagagik tizim tuzishga amal qilishdir huddi ana shuning uchun ham metodologik asos negizi sifatida keng ma’noda tabiyatni o’rgatuvchi soha bo’lib halq pedagogikasi hisoblanadi. Bolalarni qanday bo’lib tug’ilish uning ota-onasidan bo’lak hech kimga bog’liq emas, lekin har bir insonning yetarlicha rivojlanishi barkamol shaxs darajasiga yetishi, o’ziga yoqqan mashg’ulot va hayotda o’z o’rnini topishi, o’z umrini hayotiy meyorlarga munosib o’tkazishi, avvalo maktabga bog’liq. Har bir bola shaxsni sevish hurmat qilish va uning rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish lozim.
Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
Ulug‘ donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi. Ma'lumki, ta'limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda. Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.Ta'limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi. Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.
Bizningcha, ta'limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1. Ta'limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak;
2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim;
3. Ta'limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;
4. Ta'limiy o‘yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak;
5. Ta'limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.
Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy texnologiyalar ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi.
Respublikamiz taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar oʼqitish tizimini
jahon andozalariga moslashtirishni va eng samarali usullarga asoslanishni taqoza
etmoqda. Elektron taʼlim jarayonini tashkillashtrish hozirgi zamon talabidir. Shuning uchun aralash taʼlim (Blended Learning) asosida taʼlim tizimi tashkil etishni yoʼlga qoʼyish taʼlim samaradorligini oshirishga olib kelishi shubhasiz. Bizning nazarimizda, bu borada aralash taʼlim ananaviy va elektron ta’lim tizimida oʼqitish ishlarini takomillashtrish, ommalashtirish, aralash taʼlim boʼyicha rivojlangan davlatlar tajribasini chuqur oʼrganish aralash taʼlim milliy modelini yaratilishiga imkon yaratadi.
Bugungi globallashuv jarayonida ta’lim olishning internet texnologiyalariga
asoslanganligini inobatga olgan holda, aralash ta’limni qo’llash metodikasini ishlab
chiqish ahamiyatga molik masalalardan hisoblanadi.
Aralash ta’lim zamonaviy ta’limning nisbatan yangi va tobora ommalashib
borayotgan shakli sanalib, onlayn o’quv materiallari hamda o’qituvchi rahbarligida
guruhda ta’lim olishga asoslangan o’qitish shaklidir. Elektron ta’lim qanchalik qulay bo’lmasin, ana’naviy ta’lim natijasida olinadigan nutq va ijtimoiy-madaniy ko’nikmalarning rivojlanish darajasini bera olmaydi. Shunga qaramay elektron ta’lim an’anaviy ta’limga nisbatan samarali natija bermoqda. Buning natijasida an’anaviy ta’limning elektron ta’lim bilan birgalikdagi, ya’ni aralashgan holdagi turi samarali natija berishi yaqqol ko’rinmoqda. Aralash ta’lim an’anaviy,masofaviy va ineraktiv ta’limningbirgalikda olb borilishidir. An’anaviy ta’lim insonlarda muloqot qobiliyatini rivojlantirib, ijtimoiylashrtirsa, elektron ta’lim bilim olish jarayonini tezlashtiriradi.
O’quv jarayoni odamlarning ehtiyojlariga mos keladigan va o’z shaklida mobil
telefonga ega bo’lgan zamonaviy modelga o’tishni talab qilmoqda. Ushbu model
sizga ta’lim jarayonini takomillashtirish va bir vaqtning o’zida bir nechta muhim
masalalarni hal qilish imkonini beradi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi turli sohalarda aralash ta’limni rivojlantirish va qo’llashga yordam beradi.
O’quv jarayonida AKTning vazifasi ma’ruzalar, videolar, taqdimotlar va
hokazolarni uzatish va saqlash hisoblanadi. Aralash ta’limda ushbu funksiyalar o’quv jarayonida o’qituvchilar va talabalar o’rtasida o’zaro muloqot va shu muloqotni amalga oshirishga qaratilgan. Muloqot texnologiya orqali qo’llab-quvvatlanadi: suhbatlar, bloglar, videokonferentsiya, Skype va boshqalar.
AKT orqali ta’lim va aralash ta’lim o’rtasidagi farqning oxirgi mezonlari o’quv
jarayonida o’qituvchining roli hisoblanadi. Avvalo, ta’lim jarayonida o’qituvchining
o’rni axborot texnologiyalarining paydo bo’lishi bilan o’zgarib borayotganini aytish kerak. Bu endi klassik o’qituvchi emas, balki ta’lim muhiti bo’yicha yo’naltiruvchi yoki maslahatchidir. Aralash ta’limda o’qituvchining o’rni o’quv jarayonini tashkil etuvchi bo’lib, o’qituvchi talabalarning mustaqil faoliyatini tashkil etadi va qo’llabquvvatlaydi.
Blended learning (Aralash ta’lim) - bu kompyuter grafikasi, audio va video,
interfaol elementlar va boshqalar kabi maxsus axborot texnologiyalaridan
foydalanadigan elektron o’qitish elementlari bilan sinfda o’qitishning an’anaviy
shakllarining kombinatsiyasi.
Blended learning - onlayn oʼquv materiallari hamda oʼqituvchi rahbarligida
guruhda taʼlim olishga asoslangan oʼqitish shakli. Ushbu shakldagi oʼqitish
jarayonida talaba mustaqil taʼlim oladi, ammo ayni vaqtda unga guruh va oʼqituvchi tomonidan yordam koʼrsatiladi. Guruhli mashgʼulotlar davomida aralash oʼqitish “blended learning”ning qoʼllanilishi tufayli har bir talaba oʼquv materiallarini oʼzlashtirish borasida oʼzida roʼy berayotgan ijobiy oʼzgarishlarni namoyon etgan holda muloqot koʼnikmalarini oʼzlashtirib boradi, oʼtilgan materiallarni takrorlaydi va yangi mavzuni oʼrganishga tayyorlanadi. Аralash ta’lim koʼp holatlarda topshiriqlarga tayanadi va asosiy, muhim maʼlumotlar negizida tashkil etiladi, qoʼshimcha materiallar esa talabaga onlayn platforma orqali uzatib beriladi. Talaba mustaqil taʼlim olar ekan, guruhning boshqa aʼzolari bilan onlayn rejimda tashkil etilayotgan muhokamada ishtirok etish orqali hamkorlik qiladi. Аuditoriyada va onlayn rejimda tashkil etilayotgan mashgʼulotlar vaqt miqdori boʼyicha oʼzaro mos kelishi turlicha oʼzgarib turishi mumkin.
Taʼlimning turli bosqichlarida masofaviy va mustaqil taʼlim samarali ravishda
qorishtirib yuboriladi.Blended learning metodik yutuqlari va afzalliklariga quyidagilarni kiritish
mumkin:
• Dars jadvalining qulayligi. O`quvchi o`ziga ma'qul bo`lgan vaqtda o`quv
jarayoniga qatnashishi mumkin.
• Qulay foydalanish manzillari. O`quvchi internet kafe, uy, mexmonxona, ish
joyida va boshqa joylardan o`quv jarayoniga qatnashishi mumkin.
• Qulay o`qish tempi. Ta'lim o`quvchilarning yangi bilimlarni tushunishi
tempida o`tkaziladi.
• Qulay o`quv reja. O`quv rejani talabalarga individual va davlat ta'lim
talablariga mos holatda tashkil qilish mumkin.
• Ma'lumotlar bazasini to`planishi. Oldingi o`qigan talabalar bilimlarini to`plash
va undan foydalanish imkoniyati.
• Kurgazmali qulayliklar. Multimediya imkoniyatlaridan to`lik foydalanish
imkoniyati.
• Malakali o`qituvchilarni tanlab ta'lim jarayoniga jalb qilish.
• O’quv resurslaridan kuniga 24 soat foydalanish ikmoni.
• Ta'lim harajatlarini nisbatan kamligi.
Ammo masofaviy ta'limning salbiy tomonlari ham borligi haqida aytish
lozim. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
• O’qituvchi bilan jonli muloqotning yo’qligi. Ushbu sababdan talabalar asosan
virtual holatdagi ta'lim turida emas, balki oddiy (kunduzgi va sirtqi) ta'lim turlarida
o`qish istagida bo`lishadi.
• Davlat masofaviy ta'lim standartlari yo`qligi va natijada davlat nusxasidagi
diplom berilmasligi. Shu sababdan ko`pgina masofaviy ta'lim kurslari bitiruvchilariga
faqat ushbu kursni bitirganligi haqida sertifikat yoki guvoxnomalar berishadi.
• Virtual muhit va texnika ta'minot bilan bog`liqligi. Masofaviy ta'lim internet
borligi, undan foydalanish narxi, tezligi va servislar mavjudligiga, maxsus
kommunikatsion texnikalar mavjudligi va ular ishlashiga taalluqli.
• O'quv vositalaridan samarasiz foydalanish resurslarning isrof qilinishiga olib
kelishi mumkinligi.
• Talabalar texnologiya haqida asosiy bilimga ega bo'lishlari va o'rganish istagi
bo'lishi kerakligi.
• Yuqori texnologiyalar texnik xizmat ko'rsatishda ancha qimmatligi.
Masofaviy ta'lim nuqtai nazaridan aralash ta’lim o'quv jarayonini amalga
oshirishda ko'proq moslashuvchanlikni (erkinlikni) ta'minlaydi. Moslashuvchanlik o'quv jarayonining bir necha jihatlarini o'z ichiga oladi. Birinchidan, o'qituvchi o'quv materiallarini taqdim etishda ko'proq erkinlikka ega. Endi u dars paytida barcha materiallarni tarqatishga majbur emas. O'qituvchi barcha materiallarni ikkiga ajratish imkoniyatiga ega, aytaylik, birini dars davomida berish uchun, boshqasini esa talabalar tarmoqdagi mustaqil ish yoki Internetdagi boshqa manbalar orqali olishlari uchun. Ikkinchidan, aralashtirilgan ta'lim o'qituvchilarga monitoring va baholashda ko'proq moslashuvchanlik va erkinlikni beradi. O'qituvchi onlayn test, post topshiriqlari, testlarni va hatto semestr oxirida yakuniy testni o'tkazish imkoniyatiga ega. Bunday imkoniyat o'qituvchi uchun ham talabalar uchun ham qulay. O'qituvchi o'quvchilarning faoliyatini baholashga ko'proq vaqt ajratadi va talabalar o'zlarining topshiriqlari bo'yicha istalgan joydan, darsga kelmasdan ishlashlari mumkin. Aralashtirilgan ta'lim jarayonida o'qituvchilar xatti-harakatlarni nazorat qila olmaydilar va bunday qilmasliklari kerak.
bbbbb“Pedagagogik tizim” va “Pedagagik tizimida yangiliklar kiritish” tushunchasini aniqlab olaylik. Pedagagik jarayon bilamizki pedagagik tizm asosida o’tib boradi. Pedagagik tizim bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo’lib ular o’zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi. Agarda o’zgarishlar qandaydir mumkin bo’lgan chegaradan oshib ketsa tizim buziladi uning o’rniga yangi boshqa xususiyatli tizim yuzaga keladi. Pedagagik tizim elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday pedagog tizimining tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar variantlari yig’indisi, o’zaro bog’liqligi ko’rinishi, o’quvchi tarbiyaning maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiya jarayoni o’quvchilar tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakillaridan iborat bo’ladi. Bu tizimning tarkibiy qismlardan har biri har qanday darajada elementlarga detallashtirib yoyib ko’rsatilishi mumkin. Qurilgan tizimni tarkibiy tizim emas deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko’rsatib o’tilganlarga qo’shila olmaydigan pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari shuningdek natijalar “O’quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish” texnologiyalardan iborat. Ular berilgan rasmdagi pedagogik tizim metodida ko’zga tashlanadi, maqsadlar, natijalar bilan mos kelib, uzluksiz sikl tashkil etiladi. Maqsadlarning natija bilan to’la mos kelishi pedagogik jarayoning ishonchi o’lchov ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv birlashtiruvchi hamma tarkibiy qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular maqsad va tuzilishlariga egalar. Pedagogik tizimining tashkil etuvchi tarkibiy qism sifatida uni alohida ommalar birligi ekanligini ta’kidlagan holda ko’pincha o’quv tarbiya jarayoning texnologiyasini ko’rsatadilar. Bunday yondashish pedagogik tizim ko’zlangan maqsadga erishishni taminlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo’ladi. Shuni takidlash keraki pedagogik tizim har doim har tehnalogiyadir. Ana shu belgisi bo’yicha pedagagik tizimini tarkibiy qismlar ihtiyoriy to’plamidan ajratib olish osondir. Texnologik bu qattiy tashkiliy mantiqqa bo’y sinuvchi imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sfatidir. Shu bilan birga topshiriqni baholash darajasining o’zidayoq texnolog ma’lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. Ma’lum jarayonlar muvaffaqiyat ifodasi dalili sifatida foydalanilib, ajoyib hodisalar natijalari esa yangi sabab va farqli manbalar sifatida amalga oshiriladi. O’quv texnologiyalarni loyihalashtirish metodik “tajaribalarni umumlashtirishdan” farqli ravishda “mumkin emas” xulosasini bilmaydi. Texnolog uchun bu faqatgina vaqt va harajatlar masalasidir. Tehnalog faqatgina yaxshi ma’lum tekshirib qurilgan asoslangan shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. Texnolog tajribalar o’tkazmay aniq ko’zlangan natijalar bilan ish olib boradi. Texnalogiya variantlikka yo’l qo’ymaydi. Uning asosiy vazifasi aniq kafolatlangan natija olishdir u har doim ham asosiy yechimda oddiydir.
Hozirgi kunda axborot eng asosiy ishlab chiqaruvchi resurslardan biriga, iqtisodiyot va umuman jamiyatning rivojlanish poydevoriga aylanmoqda. Yangi axborot kommunikatsion texnologiyalar hozirgi kunda eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda, sababi har bir sohani o’rganish, izlanish va tajriba ortirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Shuning ushun yangi axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizda olib borilayotgan islohatlarning tarkibida yuqori malakali mutaxassislarning roli benihoya kattadir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan zamonaviy bilimga ega bo’lgan yuksak malakali mutaxasislarni talab etadi”. Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yuksak mutaxasislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tadbiq etilmoqda. O’zbekistonda o’qitish texnologiyalari zamonaviylashtirish, jadallashtirish iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda milliy ta’lim tizimining salohiyati tizimli rivojlanishinig yanada yuqori pog’onasiga ko’tarilmoqda.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, elektron taʼlim jarayonini tashkillashtrish
hozirgi zamon talabidir. Shuning uchun blended learning (aralash ta’lim) asosida
taʼlim tizimi tashkil etishni yoʼlga qoʼyish taʼlim samaradorligini oshirishga olib
kelishi shubhasiz. Bizning nazarimizda, bu borada aralash taʼlim ananaviy va
masofali ta’lim tizimida oʼqitish ishlarini takomillashtrish, ommalashtirish, aralash taʼlim boʼyicha rivojlangan davlatlar tajribasini chuqur oʼrganish aralash taʼlim milliy modelini yaratilishiga imkon yaratadi.
Yuqoridagi fkir mulohazalarda ko’rinib turibdiki. Boshlang’ich ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalardan foydalanish lozim va yo’nalishlar bo’yicha olimlarimizning dolzarbligi o’qituvchi bugungi hayotga tayyorlash g’oyalari mavjud. Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negzida ta’lim jarayoni axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Natijada o’quv faoliyat jarayoni ham yangilikka muhtoj bo’lib qoldi. Bu holatdan chiqish uchun darslarni innovatsion texnologiyalar asosida tshkil etish o’qituvchining bu faoliyatini amalga oshirish uchun tayyorgarlik darajasi. Innovatsion muammolarni hal etish muhim zamonaviy ilmiy fkrlash yo’nalishlariga qo’shish. Innovatsion jarayonlarni o’rganish. Innovatsion pedagogik muammolarni yechish ta’lim sohasida innovatsion jarayonlarning borish xussusiyatlari o’rganishdan iborat. Innovatsiani tanlashda pedagogik tizimda yaxlit pedagogik o’quv yurti pedagogik nazariya, o’qituvchi, o’quvchilar pedagogik texnologiya ma’lum shakl metod vositalar boshqaruv maqsad va natijalar muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.R.Mavlonova, N.X.Raxmonqulova. Boshlang’ich ta’limning integrastiyalashgan pedagogika
2. Абрамова Я.К. Смешанное обучение как инновационная
образовательная технология // Перспективы развития информационных
технологий.
3. Богоряд Н.В., Лысунец Т.Б. Изменение роли преподавателя в концепции
смешанного обучения // В мире научных открытий..
Do'stlaringiz bilan baham: |