198
majlisi qabul qilib, senat ularni tasdiqlagan va shu tariqa qonun bo‘lib qolgan. Bu
qonunlar jamoat yerlaridagi egalikni cheklagan. Hech bir kimsa 500 yuger ( 125
gektar) dan oshiq yerni band qilishga , jamoat yaylovida 100 boshdan oshiq yirik
qoramol va 500 boshdan mayda chorav o‘tlatishga haqi bo‘lmagan .
Qarzdorlarning ahvoli birmuncha vaqtgacha yengillashgan. Qarzdor to‘lagan
foizlar qarz hisobiga o‘tgan. Qarzning qolgan qismi uch yil mobaynida to‘langan.
Ikki konsul saylash tartibi qayta tiklangan. Ulardan
biri albatta plebeylardan
saylangan. Ammo bu qonunni kambag’al plebeylar qo‘llamagan.
Agrar qonun asosan jamoat yerlarning ko‘p mqismiga egalik qiluvchi
patritsiylarga qarshi qaratilgan. Qarzlarni qayta ko‘rish to‘g’risida qonun birinchi
navbatda kambag’al plebeylar uchun foydali bo‘lgan. Ammo keyingi yillarda
plebeylar bir necha marta qarzlarning foizini kamaytirishni talab qilib chiqqanlar.
Eramizdan avvalgi 326-yili plebeylar yangi qonun qabul qilinishiga
muvaffaq bo‘lganlar. Bu qonunga ko‘ra “qarz uchun qarzdorning tan-joni emas,
mol-mulki javobgar bo‘lishi kerak”. Qarz uchun Rim fuqarosini qul qilib sotish
abadulabad taqiq qilingan. Ancha rivojalngan quldorlik munosabatlariga o‘tish,
chet el qullarini ekspluatatsiya qilish kuchaygan. Lekin
bir qancha olimlarning
fikricha eramizdan avvalgi 326-yilda faqat o‘z qabiladoshlarinigina qul qilib
sotish man qilingan, amalda esa qarz asorati keyingi respublika va hatto imperiya
zamonida ham davom etgan.
Eramizdan avvalgi 312-yilda sensor Appiy Klavdiy ko‘rning faoliyati
plebeylarning savdo, hunarmandchilik faoliyati uchun katta ahamiyatga ega
bo‘lgan ( senzorlar fuqarolarni senturiya va tribalarga bo‘lgan,
senatorlarning
ro‘yxatalrini tuzgan, keyinroq axloq tozaligini nazorat qilgan). Appiy Klavdiy
savdogar va hunarmandlarning manfaatini ko‘zda tutib, yersiz fuqarolarning
shahar va qishloq tribalariga kirishiga ruxsat bergan. Shahar plebsi bilan ozod
qilingan qullarning yeri bo‘lish bo‘lmasligidan qat’iy
nazar davlatning siyosiy
hayotida ishtirok qilish huquqiga ega bo‘lganlar.
Appiy Klavdiy plebsning savdogar av hunarmand tabaqalari yordamida
Rimdan Kapuyagacha yo‘l qurdirgan ( bu yo‘l ham savdo ham strategik
ahamiyatga ega bo‘lgan) va o‘n besh kilometr uzunlikda suv quvuri o‘rnattirgan,
Rimga toza suv o‘sha quvurlardan kelgan.
Eramizdan avvalgi IV asr oxiriga kelib plebeylar har qanday lavozimni ham
egallay oladigan bo‘lishgan. Ammo plebeylarning siyosiy-iqtisodiy huquqlar
uchun kurashi faqat eramizdan avvalgi 287-yilda tugagan. Xuddi o‘sha yili
plebeylar Yangi qo‘l tepaligiga (Tibrning o‘ng qirg’og’i) so‘nggi marta ko‘chib
chiqqanlar. Plebeylardan bo‘lgan diktator Kvint Gortinziy
xalqni tinchlantirish
uchun triba komissiyalarining qarorlari umumdavlat qonunlari kuchiga ega
ekanligini yana bir karra takidlab qonun chiqartirgan.
Plebey zodagonlarining asoratga solingan qaram aholini ekspluatatsiya
qilishga urinishi siyosiy huquqqa ega bo‘lgan plebey aristokratlarini zaiflashib
qolgan patritsiy qabilalari bilan yaqinlashtirgan, bu esa patritsiy, plebeylar yuqori
tabaqasining imtiyozli yagona nobillar toifasi bo‘lib qo‘shilib
ketishiga sabab
199
bo‘lgan. Yuridik jihatdan nobillar boshqa erkin fuqarolardan farq qilmagan,
ammo ular boyonlar bo‘lganliklaridan oily mansablarni ishg’ol qilgan va senat
tarkibiga kirgan.
Eramizdan avvalgi III asrda plebeylar orasidan yangi toifa- suvorilar toifasi
tarkib topa boshlagan. Savdo va ijaradorlik bilan mashg’ul bo‘lgan Rimdagi
aristokratlarning namoyondalari ana shu toifaga mansub bo‘lgan. Suvorilarga
yuksak mulk senzi ( 1 million ass yoki 400 ming sestertsiy) belgilangan. Bu yangi
toifaning tashqi alomayi shunday bo‘lganki , ular oltin uzuk
va tor qizil chiziqli
tunika kiyish huquqiga ega bo‘lgan. Lekin siyosiy hokimyatning butun imtiyozlari
nobillar qo‘lida qolavergan. Rim plebeylari tubdan o‘zgargan. Endi Rim
qishloqlari va shaharlarda yashovchi aholining quyi qatlamlarini plebs deb
ataydigan bo‘ldilar, ular siyosiy huquqlarga ega bo‘lsalarda, respublika ular
ichidan chiqqan mansab egalariga maosh
bermaganligidan amalda ular
huquqlardan foydalana olmaganlar. Shunday qilib Rim jamiyatining avvalgi
plebeylar va patritsiylarga bo‘linishi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
Yangi sharoitdagi agrar masala katta yer egalari bilan tamomila xonavayron
bo‘lishga mahkum mayda yer egalari o‘rtasidagi kurashdan iborat bo‘lgan.
Plebeylarning patritsiylarga qarshi olib borgan kurashining eng buyuk
yakuni urug’-qabila munosabatlaridan quldorlik davlatiga o‘tish bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: