Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti


Ilk Rim respublikasining davlat tuzumi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

Ilk Rim respublikasining davlat tuzumi. 
Eramizdan 
avvalgi 
V-III 
asrlarda 
Rim 
davlat 
tuzumining 
shakllanishjarayoni davom etgan. Aslida Respublika so‘zi
“umumxalqishi”ma’nosinianglatsada, 
aslidahaligachauchyuzkishidaniboratsenatningta’sirikuchliedi.
Xalq majlisi ( komitsiyalar ), magistraturalar va senat davlat hokimiyati 
organlari bo‘lgan. Ota-onasi fuqarolik huquqiga ega bo‘lgan to‘la huquqli Rim 
fuqorolarining jamoasi bo‘lmish rim xalqi (populis Romanus) oily hokimiyat 
egasi bo‘lgan. Rasmiy jihatdan Rim fuqarolari xalq majlisi ( Komitsiyalar) da 
ishtirok qilishga , davlat lavozimlariga saylanishga , mulkka egalik qilishga , Rim 
qo‘shinida xizmat qilishga haqli bo‘lganlar.
Rimda uch xil komitsiya bo‘lgan. Eng qadimgi komitsiya- qur’ali majlis 
bo‘lib, u faqat rasmiy jihatdan ijro qiluvchi oily hokimiyatni- “ imperiya- 
magistratlar”ga topshirish va oila munosabatlariga doir ba’zi masalalarni hal 
qilish huquqiga ega bo‘lgan xolos. Ilk respublika davrida komitsiyalar o‘zining 
siyosiy ahamiyatini yo‘qotgan.
Xalq majlislarining boshqa turi bo‘lmish senturiya komitsiyalari katta o‘rin 
tutgan. Dastlab ular shahar lashkarlarining yig’inidan iborat bo‘lgan, keyinchalik 
patritsiy va plebeylarning senturiya va mulkiy darajalariga qarab chaqiriladigan 
majlislarga aylangan. Senturiya majlislarini oily mansab egalari chaqirgan va u 
majlislar shahardan tashqari Mars maydonida o‘tkazilgan. Majlis qaroriga tegishli 
masalani magistrat qo‘ygan va u ovoz berishni idora qilgan. Ovoz berish dastlab 
senturiya ichida o‘tkazilgan, so‘ngra maxsus hisobchi “tarafdor” yoki qarshi ovoz 


200
bergan senturiyalar sonini hisoblab chiqqan. Butun ko‘pchilik ma’lum bo‘lishi 
bilan ovoz berish to‘xtatilgan.
Senturiya komitsiyalari Rim xalqining irodasini ifoda qilgan: ular oily 
mansab egalari bo‘lmish konsullar, pritor, senzorlarni saylagan, jinoiy ishlarni 
tekshirgan, urush e’lon qilish va sulh tuzish masalalarini hal qilgan. Triba 
komitsiyalari ( tribalar bo‘yicha chaqiriladigan majlislar ) eramizdan avvalgi III 
asrda Gortenziy maxsus qonun chiqarib ularning qonun chiqarish huquqini tasdiq 
qilgandan keyingina katta ahamiyat kasb etadigan bo‘lgan. Bu komitsiyalar 
senturiya komitsiyalariga qaraganda xiyla xalqchil bo‘lgan, negaki u majlislarga 
senzlardan qat’iy nazar Rimdagi barcha fuqarolar qatnashganlar. Senturiyada 
ovoz berish tartibi qanday bo‘lsa, triba majlislarida ham shunday bo‘lgan. Triba 
majlislari odatdagi qonun chiqarishga doir masalalarni hal etgan, quyi 
mansabdorlarni saylagan, ba’zi bir jinoiy ishlarni ko‘rgan.
Rim xalq majlislari tizimi demokratik negizda qurilmagan. Faqat 
magistrlargina Rim xalq majlislarini chaqirish huquqiga ega bo‘lgan. Xalq 
majlislarining hech qaysisi qonun chiqarishda tashabbus ko‘rsatish huquqiga , 
biron bir taklifni muhokama qilish yoki o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lmagan. 
Senturiya majlislariga qatnashuvchilarning holatini belgilab bergan senz prinsipi 
ham nodemokratik bo‘lgan. Eramizdan avvalgi II asrning so‘nggi yarmigacha 
ochiq ovoz berilib , bu tartib ba’zi davlatmand kishilarning ba’zi majlis 
qatnashchilariga tazyiq qilishlariga imkon tug’dirgan. Amalda xalq rim 
davlatining konstitutsiya asoslarini o‘zgartirishga ta’sir qila olmagan.
Ijro qiluvchi hokimiyat bir yil muddatga xalq saylab qo‘yadigan 
mansabdorlar – magistratlar qo‘lida bo‘lgan. Magistratlar bajargan vazifalari 
evaziga hech qanday haq olmagan ( bu vazifalar fuqaroning faxrli ishi deb 
hisoblangan ) , haq olmasliklari ustiga yana ( saylangunga qadar) ziyofatlarga va 
fuqorolarga beriladigan sovg’alarga o‘z mablag’larini sarflashga majbur 
bo‘lganlar. Magistratlikning ba’zi vazifalarini bajarish ham xarajatlar bilan 
bog’liq bo‘lgan. Demak, Rimda yashovchi har bir fuqaro rasmiy jihatdan har 
qanday lavozim egasi bo‘lishga haqli bo‘lsa-da, aslida magistratlik mansabini 
faqat boy kishigina egallay olgan.
Rim magistratlari faqat jamoaviy tarzda ish ko‘rgan, ya’ni qarorlar faqat bir 
ovozdan qabul qilingan. Magistrat o‘z sheriklarining qarorlaridan rozi bo‘lmagan 
taqdirda norozlik (Veto) bayon qilgan, bundan keyin qaror qonuniy deb 
hisoblanmagan. Ba’zan magistratlarning jamoaviychiligi ularning
vazifalarni almashishlari (masalan, magistrat bir oy harbiy ishlar bilan, ikkinchi 
oy fuqarolik ishlari bilan mashg’ul bo‘lishi) va ish doiralari qat’iy 
chegaralanganligi bilan yo‘q qilingan.
Magistrat daxlsiz shaxs bo‘lgan. U o‘zining vakolat muddati tugamaguncha 
javobgarlikka tortilmagan. Faqat xalq unga vakolatni tark qilishni taklif etishga 
haqli bo‘lgan.
Magistratlik odatdan tashqari (favqulodda ) va odatiy (oddiy yoki doimiy) 
magistratlikka bo‘lingan. Odatdan tashqari magistrlar (diktator, triumvrlar va 


201
detsemvirlar) alohida holat, davlatda biror xavf-xatar yuz berganda ( dushman 
bostirib kirgan, fuqarolar urushi boshlangan taqdirda ) saylangan yoki 
tayinlangan. Diktator tayinlash to‘g’risida faqat senat qaror qilishi mumkin 
bo‘lgan. Ba’zi hollarda senturiya komitsiyalari bevosita diktator tayinlash 
huquqiga ega bo‘lgan.
Diktator birdan bir nojamoaviy magistratlik bo‘lgan. Harbiy va fuqarolik 
hokimiyati olti oy davomida diktator qo‘lida bo‘lgan, uni sudga tortish mumkin 
bo‘lmagan, xalq tribunlarining noroziligi unga ta’sir qilmnagan. Ammo diktator 
ta’sis qilinayotganida magistratlar avvalgiday o‘z huquqlaridan foydalanganlar. 
Diktatorning o‘z oily nishoni bo‘lgan: uni doim 24 ta faxriy soqchi (liktor) kuzatib 
yurgan.
Odatda oily magistrlik 2 ta konsul, pretorlar, senzorlar va odatda 
tribunlardan, quyi magistratlik- edillar va kvestorlardan iborat bo‘lgan. Rim 
respublikasining oily mansabdorlari bo‘lmish konsullar har yili senturiya 
kompaniyalarida saylangan. Harbiy va fuqarolik hokimiyati konsullar qo‘lida 
bo‘lgan. Konsullar qo‘shin to‘plagan, ularga qo‘mondonlik qilgan, bir qism 
harbiy tribunlarni tayinlagan. Fuqarolik hokimiyatiga ega bo‘lgan konsullar 
senatni, xalq majlislarini chaqirgan, ularning qarorlarini bajargan, mansabdorlarni 
saylash ishiga rahbarlik qilgan. Konsullar kollegial hokimiyat bo‘lgan. 
Konsullardan biriga yakka hokimiyat berish ( qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilish) 
masalasi qur’a tashlash yo‘li bilan yoki konsullarning o‘zaro kelishishi yo 
bo‘lmasa senat qarori bilan hal qilingan.
Pretorlar sud ishlari bilan shug’ullangan (sud komissiyalarida raislik 
qilgan), viloyatlarni boshqargan va konsullar yo‘q paytda o‘rnini bosgan va senat 
topshirig’i bilan legionlarga qo‘mondonlik qilgan.
Ikkita sensor (odatda sobiq konsullardan) besh yilda bir marta 18 oy 
muddatga senturiya komissiyalari tomonidan saylangan. Ular har besh yilda bir 
marta senz belgilagan: baarcha fuqaro;arni ro‘yxatga olgan, har bir fuqaro bilan 
shaxsan suhbatlashib uning mulkiy ahvolini bilgan va tegishli mulkdorlik darajasi 
ro‘yxatiga kiritgan hamda tribalarga bo‘lgan. Senzorlar kim oshdi savdosi bilan 
besh yil muddatga davlat mulklari daromadini to‘plash huquqini va boj to‘plash 
huquqini sotganlar. Rim fuqarolarining axloq tozaligini nazorat qilish ham 
senzorlar zimmasiga yuklangan.
Xalq tribunlari har yili triba yig’inlarida saylangan. Boshqa magistratlar 
shaxsi singari tribun shaxsi ham umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan. Har bir 
xalq tribune senat yoki mansabdorning qaroriga norozilik bildira olgan va demak, 
o‘ziga yoqmagan ishga yo‘l qo‘ymagan. Tribun tribalarda xalq yig’inlarini 
chaqirishga haqli bo‘lib, bu yig’inlarda raislik qilganlar. Tribun vakolati Rim va 
uning atrofi bilangina chegaralangan.
Kichik magistratlardan bo‘lmish edillar shaharda tartib saqlanishini nazorat 
qilib, shahar soqchilariga boshchilik qilganlar, obodonlikni kuzatganlar, 
shaharning oziq- ovqat bilan uzluksiz ta’min bo‘lishiga javobgar bo‘lganlar, xalq 
tomoshalari va bayramlarini tashkil qilganlar.


202
Kvestorlar ham kichik magistratlarga mansub bo‘lgan. Ular triba 
komissiyalarida saylangan. Kvestorlar xazinachilik vazifasini bajarishgan, davlat 
arxivini qo‘riqlashgan, viloyat hokimlariga yordamchi bo‘lganlar va harbiy 
xazinaga mudirlik qilganlar.
Har bir magistrat ixtiyorida ko‘pdan ko‘p xattotlar, liktorlar , jangchilar 
hamda ozod qilingan qullardan va davlat qullaridan iborat boshqa xizmatchilar 
bo‘lgan.
Senat Rim respublikasining oily davlat organi bo‘lgan. Eramizdan avvalgi 
I asr boshlarigacha senat 300 kishidan iborat bo‘lib ularning ko‘pini nobillar 
tashkil etgan. Senatorlarni sobiq magistratlardan ularning darajasiga qarab: avvalo 
sobiq diktatorlarni, ulardan keyin sobiq konsullarni keyin sobiq pretorlar va 
hakozolarni senzorlar tayinlagan. Senatni faqat oily magistrlargina chaqirishga 
haqli bo‘lgan. O‘sha magistrlar senat majlislarida raislik qilgan.
Senat g’oyat katta huquqlarga ega bo‘lgan. U komissiyalar turli lavozimlarga 
tayinlagan shaxslar to‘g’risidagi qarorlarni tasdiqlagan, tashqi siyosatga , 
moliyaviy ishlarga rahbarlik qilgan, davlat mulkini idora qilgan, diniy ishlarni 
kuzatib borgan. Senat respublikaning harbiy hayotiga bosh bo‘lgan: askar to‘plash 
muddatini , qo‘shinning tarkibini, lashkarboshilarning vakolatini belgilagan, 
urush olib borayotgan magistratning ishlarini nazorat qilish uchun o‘zining 
elchilarini yuborgan.
Rim respublikasi o‘ziga xos aristokratlar respublikasi bo‘lgan. Xalq 
majlisining jo‘nligi va bo‘shangligi , magistratlarning bepul ish qilishi, senatning 
nihoyatda katta ta’siri Rim respublikasining muhim xislatlaridir. Buning sababi 
shuki , avvalo, Rim fuqarolarining ko‘pchiligi doim tarqoq va durustroq 
uyushmagan ziroatchilardan iborat bo‘lganligi, ikkanchidan, eramizdan avvalgi 
V-IV asrlardagi tarixiy sharoitlarning o‘ziga xosligi , shuningdek, Rim 
respublikasining yerlari faqat urushlar tufayligina kengayib borganligidir. 
Uzluksiz davom etgan urushlar, muttasil talonchilik davlat tashkilotiga qattiq 
ta’sir ko‘rsatgan, davlat harbiy xarakter olgan. Eng e’tiborli xalq majlislari 
senturiya komissiyalari bo‘lib, boshda ular odatdagi askarlar yig’inidan iborat 
bo‘lgan. Fuqarolar butun qurol- yarog’larini osib, 17 kunlik zaxira oziq-ovqat 
bilan senturiya komissiyalariga kelishgan. Tribunlardan boshqa magistratlarning 
hammasi harbiy boshliqlar lavozimida bo‘lgan, legionlarga qo‘mondonlik qilgan 
yoki hech bo‘lmasa, urush olib borishga bevosita aloqasi bo‘lgan boshqa biron bir 
vazifani bajargan. Senat ham asosan harbiy ishlarga rahbarlik qilgan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish