Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

 
 
Ma`ruza№37,38 
 
Mavzu: Rim respublikasi va uning siyosiy 
boshqaruvi Reja: 
1.
Rim patritsiylar Respublikasi 2.
Ilk respublika 
davrida Rim.
3.
Plebeylarning patritsiylarga qarshi kurashi.
4.
Ilk Rim respublikasining davlat tuzumi.
5.
Rim armiyasi va uning tuzilishi.
 
Rim 
patritsiylar 
Respublikasi.
EramizdanavvalgiV–IVasrlardaasta- 
sekinaristokratikpatritsiylarrespublikasikonstitutsiyasiningtashkiltopishvarivojla 
nishjarayonidavometgan. Faqat patritsiylardan saylangan barcha magistratlar 
(mansab egalari) senatga tobe bo‘lgan. Senat oqsoqollar kengashidan sekin- asta 
(butun tarkibi patritsiylardan iborat bo‘lgan) doimiy davlat organiga aylangan.
Shunday qilib respublikada ta’sis qilingan er. avv. 509 yildan barcha 
siyosiy hokimiyat organlari patritsiylar qo‘liga o‘tib qolgan. Rim plebsi esa xuddi 
podsho davrida bo‘lgani kabi iqtisodiy va siyosiy jihatdan huquqsiz bo‘lib 
qolavergan
69
.
69
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.265.


194
Patritsiylarning quldorlik respublikasi e’lon qilinganligi bilan ijtimoiy 
tuzumda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘lmagan.
 Ilk respublika davrida Rim.
Rim ilk respublika davrida polis bo‘lgan, 
yani erkin quldorlardan iborat grajdanlar jamoasi bo‘lgan . Oila ( familiya ) Rim 
jamoasi hayotida ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan .
Oila bir- biri bilan qon- qrindoshlik aloqasidagi shaxslar va shu oilaga xizmat 
qiladigan qullardan iborat bo‘lgan. Oila mulkini oila boshlig’i boshqargan, 
xonadagi toat-ibodatning kohini vazifasini ham u bajargan, oila a’zolarining 
taqdirini hal qiladigan yagona sudya ham o‘sha bo‘lgan ( qul qilib sotishga , 
o‘ldirishga haqli bo‘lgan ). Davlat oilaning ichki ishlariga aralasha olmagan, oila 
boshlig’ining ishini har nechuk tekshira ham olmagan.
Rim aholisi dehqonchilik, chorvachilik , hunarmandchilik bilan 
shug’ullangan . Rimliklar don yetishtirgan, tok, zaytun o‘stirgan, polizchilik 
qilgan. Dehqonlar temirdan qilingan qurollarni ishlatgan. Ular yirik qoramol, qo‘y 
, echki va cho‘chqa boqqanlar. Hunarmandchilik podsholar idora qilgan 
zamondayoq dehqonchilikdan ajrala boshlagan , bu jarayon eramizdan avvalgi V- 
IV asrlarda ham davom etgan. Sozandalar, zargarlar, binokorlar, ko‘nchilar, 
etikdo‘zlar, misgarlar va kulollarning hunarmandchilik kollegiyalari ta’sis 
qilinganligi kasb- hunarning rivojlanganligidan dalolat beradi. Rim jamoasi 
hududida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida Etruriya uchun xarakterli 
bo‘lgan ko‘pgina bronza vat emir buyumlar topildi. Temir Etruriyadan keltirilgan 
bo‘lsa kerak, chunki Latsiyumda temir bo‘lmagan. Topilgan g’oyat ko‘p spool 
material kulolchilikning taraqqiy qilganligidan darak beradi. Rimda binokorlik 
sohasida katta ishlar qilingan: juda ko‘p devonlar, ibodatxonalar (Yupiter 
Kapitolskiy ibodatxonasi , Satuern ibodatxonasi va boshqalar) solingan, shaharda 
kanalizatsiya ham bo‘lgan.
Hunarmandchilik qishloq xo‘jaligidan ajralganligi natijasida savdo- sotiq 
taraqqiy qilgan . Rimning asosiy maydoni bo‘lmish forumda har hafta bozor 
bo‘lgan. Shaharda chorva va qullar bilan savdo qiladigan maxsus joylar yuzaga 
kelgan. Diniy bayram kunlarida har yili yarmarka tashkil etilgan. Rimning Italiya 
daryolaridan kemalar yurishi uchun eng qulay Tibr daryosi sohilda joylashganligi 
rimliklarga latin shaharlari, etrusklar , finikiylar va greklar o‘rtasida vositachi 
bo‘lib savdo- sotiq ilishga imkon tug’dirgan. Pul sistemasi vujudga kelgan. 
Og’irligi Rim funti qismlariga barobar keladigan mis, keyinchalik bronza 
bo‘laklari avvallari pul ekvivalenti bo‘lgan chorva mollarini siqib chiqargan. Bir 
qancha vaqtdan keyin har xil hayvonlarning surati va metallning tozaligiga kafolat 
beradigan muayyan belgilar zarb qilingan lavhalar paydo bo‘lgan. Kumush pullar 
esa eramizdan avvalgi III asr o‘rtalaridagina zarb qilina boshlangan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish