210
bo‘lgan. Rim ittifoqchilari eng ko‘p sonli guruhni tashkil etgan. Ularning ahvoli
har xil shartnomalar bilan belgilangan. Ittifoqchilarning ko‘pi olib borilgan
urushlarda ishtirok qilishi majburiy bo‘lgan, boshqalari esa Rimga hujum qilingan
taqdirdaginagina unga yordam bergan. Ittifoqchilar Rimga yordamchi qo‘shin (
“qon solig’i”) bergan va ularni boqqan. Rasmiy jihatdan ular ba’zi bir
mustaqilliklarga ega bo‘lgan.
Rim va latin ittifoqi shaharlari ta’sis qilgan latinkoloniyalari ham
avtonomlik huquqlaridan foydalangan. Latin koloniyalaridan Rimga ko‘chib
kelga kishilar Rim fuqarolik huquqiga ega bo‘lgan. Rim urush qilgan vaqtda ular
Rimga alohida ittifoqchi atryadlal berganlar.
Rimga qattiq qarshilik ko‘rsatgan va hech qanday shartsiz g’olibga taslim
bo‘lgan qabilalarning huquqlari ayniqsa cheklab qo‘yilgan. Taslim bo‘lgan qabila
a’zolari yerlarining 1/3 qismidan tortib 2/3 qismigacha Rimga berganlar, avtonom
tashkilotlari bo‘lmagan , o‘zaro aloqa qilishdan, savdo va nikoh munosabatlaridan
mahrum qilishgan, qurol-yarog’ taqishga haqlari bo‘lmagan.
Rim davlatidagi ittifoqchi jamoalarning
ahvolini yuridik jihatdan
klientellerning ahvoli bilan tenglashtirsa bo‘ladi, chunki ular ham kliyentlar kabi
to‘la huquqli deb hisoblanmasa-da , har holda erkin fuqaro bo‘lgan.
Italiyada tarkib topgan idora tartibi juda epchil bo‘lgan. Hammadan ham
ko‘ra bu tartib Rim uchun qulay bo‘lgan. Rimliklar qadimgi urug’doshlik
aloqalarini yemirib, Italiyaning butun aholisini qaramlik va tobelikning turli
bosqichiga qo‘yib, huquqda tengsiz jamoalarning bir – birlari bilan raqobatlashish
va o‘zaro dushmanlik vaziyatini vujudga keltirganlar.
Bo‘ysundirilgan Italiya xalqlarining yerlari davlatga qarashli jamoat
dalalariga aylantirilgan. Jamoat dalalari odatda din fuqarolari o‘rtasida taqsim
qilingan. Taqsim qilib berilgan yerlarning ko‘pi patritsiylar va zodagon plebey
urug’i a’zolari qo‘liga tekkan. Yerlarning konsentratsiya jarayoni davlat ( jamoa)
yer egaligining siqib chiqarilishiga , katta yer egalari
bilan mayda yer egelari
o‘rtasida kjurashning keskinlashishiga olib kelgan. Kolonistlar ( ko‘proq Rim
plebeylari davlat yer fondidan chek yerlar olgan. Yerlarni ular va omon qolgan
mahalliy aholi haydab ekkan. Koloniyalar ta’sis qilinishi mayda va o‘rta italiy
dehqonlari tabaqasini vujudga keltirgan.
Rim respublikasi yashagan birinchi asrlarda quldorlik munosabatlarining
taraqqiysi u munosabatlarning patriarxal formalaridan sekin- asta klassik
formalariga o‘tishi bilan harakterlanadi.
Eramizdan avvalgi V-III asrlarda Rimning Italiyada olib borgan urushlari
natijasida chet qabila va chet yerlik qullar soni ko‘paygan. Etrusklarning Veyyami
shahri bilan bo‘lgan urush vaqtida rimliklar 8 ming kishini asir olganlar va qul
qilib sotib yuborganlar. Eramizdan avvalgi 306-yilda, Tit Liviyning aytishicha,
asir olingan 7 ming samniy qul qilib sotilgan. Biroq Italiyaning Rim urushib
o‘ziga bo‘ysundirgan ko‘pgina qabila va elatlari erkin bo‘lib qolavergan, chunki
qullar mehnati ko‘pincha hali katta foyda keltirmagan.
211
Qullikning dastlabki boshqa bir manbai avvalgicha qarz asorati bo‘lib
qolavergan. Qarz qulligining saqlanib qolishiga qishloq aholisini o‘z yerlarida
dehqonchilik qilishdan hiyla vaqtlargacha ajratib qo‘ygan
uzluksiz urushlar va
dehqonlar ixtiyoridagi yerlar juda kam bo‘lganligi ham sabab bo‘lgan. Rim o‘ziga
bo‘ysundirgan ba’zi Italiya xalqlarining qaramlik formalari Spartanlar ilotiyasini
eslatgan. Shunday qilib klassik qullikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Italiyadagi quldorlik munosabatlarining xilma xilligini yo‘q qilmagan.
Quldorlikning o‘sishi , g’oyat shafqatsiz muamalaga duchor qilingan
boshqa qabila chet yerlik qullarning ko‘payishi qullarning huquqiy ahvoliga
o‘zgarishlar kiritilishini taqazo qilgan. Eramizdan avvalgi III asr boshiga kelib
tamomila xo‘jayin ixtiyoridagi buyum deb qaralgan qullarning butunlay yuridik
huquqsizligini belgilab bergan yangi huquq normalari tarkib topgan. Qul yoki uy
hayvonini o‘ldirgan yoki mayib qilgani uchun bozor narxi yuzasidan jarima
solingan. Qul keltirgan zararni xo‘jayin to‘lagan, xolbuki,
XII jadval qonuniga
muvofiq qul javobgar bo‘lgan . Shunday qilib, huquq normalarining rivojida :
qullarning yuridik jihatdan huquqsizligini qonunlashtirish , ularni fuqarolar hayoti
va siyosiy hayotdan o‘chirib tashlash mayli bo‘lganligi aniq ko‘rinib turibdi.
Qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikda qullar mehnatidan tobora kengroq
foydalanila boshlagan. Qullar qurilish ishlariga , Rim flotida eshkakchilikka jalb
qilingan. Davlat ixtiyoridagi qullar kohinlar kollegiyasiga kiritilgan, xudoga
qilinadigan ibodatlarda kohin yordamchisi vazifasini bajargan, jarchilik, jallodlik
qilgan va hakozo. Davlat ixtiyoridagi qullar xususiy shaxslarning qullaridan ko‘ra
ba’zi imtiyozlarga ega bo‘lgan. Davlat ixtiyoridagi qullar ma’lum moyana
olganlar, ayrim hollarda Rim sudiga shikoyat qilishga haqli bo‘lganlar.
Qullar ilk respublika davridayoq xo‘jalik munosabatlarida bir xil
bo‘lmagan. Ba’zilarining moddiy vositalari bo‘lmagan, demak,shu
bilan ular
to‘lov berib ozod bo‘lish imkoniga ega bo‘lganlar.
Eramizdan avvalgi IV-III asrlarda Rim jamiyatining murakkab sinfiy va
sotsial tuzilishi tarkib topgan. Rim jamiyati erkin kishilar va qullarga bo‘lingan.
Erkin kishilar o‘z navbatida , nobillarga ( oily magistratlik mansablarini , Rim
senatida senatorlikni egallagan kishilarga ) , suvorilarga va juda ko‘pchilik qishloq
va shahar plebsiga : mayda dehqonlar va shahar hunarmandlariga bo‘linganlar.
Erkin kishilar ichida kam huquqli guruhlar: ozodlikka chiqarilgan qullar,
kliyentlar, asoratga solingan erkin kishilar bo‘lgan. Ulardan ba’zilari erkin kishilar
bilan qullar o‘rtasidagi muallaq holatda bo‘lganlar. Ular o‘zlarining sobiq
xo‘jayinlariga ma’lum to‘lov berib, xo‘jayinlarining ba’zi ishlarini bajarib
turganlar, ular yana qullik holatiga qaytishlari mumkin bo‘lgan.
Shunday qilib
Rim jamiyatining tuzilishi doim o‘zgarib turuvchi holatda bo‘lgan: yangi to‘la
huquqli, kam huquqli guruhlar, yangi toifalar bo‘lgan.
Rim rivoyatlarida eramizdan avvalgi V asrda odatda o‘z ta’sirini
mustahkamlab olishga uringan biron zodagon boshchiligida qullarning shahar
plebsi bilan birlikda qo‘zg’alon qilganligi to‘g’risida ma’lumotlar saqlangan.
212
Eramizdan avvalgi IV-III asrlar davomida qullar plebsning iqtisodiy va siyosiy
huquqlar uchun olib borgan kurashlarida bir necha bor qatnashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: