52
3.
Xamurappi qonunlari asosida Qadimgi Mеsopotamiyadagi ijtimoiy va iqtisodiy axvolni
taxlil qilishga xarakat qiling.
4.
Xammurapi qonunlarida qadimgi Bobilning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.
5.
Xammurapi qonunlarida mulkchilik munosabatlari.
6.
Yangi Bobil podsholigining ichki va tashqi siyosati.
7.
Er. avv. I ming yillikda Bobilda ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
Ma`ruza№7
Mavzu: Qadimgi Xett davlati
1.
Xett davlati tarixi manbalari va tarixnavisligi.
2.
Davlatchilikni sakllanishi
3.
Yangi Xett podsholigi davrida buyuk Xett davlati (er. avv. XIV -XII asrlar).
4.
Xett davlati harbiy tashkiloti.
5.
Xett diplomatiyasi.
6.
Yangi Xett podsholigi davrida iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar.
7.
Xett madaniyati.
8.
Mitanni.
1.
Xett davlati tarixi manbalari va tarixnavisligi
. Er. avv.
II ming
yillikda halokatga uchragan Xett davlati to`g`risida tarixiy ma’lumotlar XX
asr boshlarigacha deyarli yo`q darajada edi. Bu vaqtgacha Kichik Osiyo va
Shimoliy Suriyada sirli iyeroglif yozuvlar va tasvirlar topilgan edi. 1887 yil
tadqiqotchilar Tell-Amarna arxividagi diplomatik yozishmalarda Xett
podshosining Misr fir’avniga tengligi (uning birodari ) eslatib o`tiladi. Bu
kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana bir buyuk davlat mavjud bo`lganini
ko`rsatadi. 1906 yil nemis olimi Y. G. Vinkler Bug`ozqoyada (Turkiya)
xettlar poytaxti Xattusi xarobalarida arxeologik qazishmalarga kirishadi.
Qazishmalar natijasida Yaqin Sharq tillarida bitilgan o`n minglab
taxtachalardan
iborat arxiv, jumladan, Xett-Misr tinchlik shartnomasining
mixxat varianti topiladi. Chex tadqiqotchisi B. Grozniy 1915 yilda chuqur
tadqiqotlar natijasida xett tili hind-yevropa tillar
oilasiga mansub degan
xulosaga keladi. Natijada Xett davlati tarixini o`rganish kuchayib ketadi.
Olim A.Getse 1933 yil Xett davlati tarixini umumiy ocherkini yaratdi.
Bundan tashqari A. Getse 1933 yilda Kichik Osiyo tarixi umumiy ocherkini
chop etadi. Muallif Xett davlatining harbiy va sulola tarixiga asosiy
e’tiborini qaratadi. U Xett jamiyatining
bir qancha ijtimoiy-siyosiy
muassasalari o`xshashligiga (yermulk, majburiyatli yer egaligi) asoslanib,
xettlarning ijtimoiy tizimini feodal tuzum deb ta`rifladi. Lingvist va
53
arxeologlar Xett madaniyati asoslarini yaratishda protoxettlar, xurrit
qabilalarini o`rnini ko`rsatadigan dalillarni topdilar.
Kichik Osiyo davlatchiligida bevosita Xettdan keyin Yunon tasiri kuchayib,
Troya davlati tashkil topib o‘z davrning qudratli davlatiga aylanadi. Qadim
Troyani tadqiq 1870 yildan etgan nemis olimi G. SHliman
aynan Turrkiyaning
shimoliy – g’arbiy xududlarida eramizdan avvalgi 2 min yillikning oxirlarida
o‘ziga hos davlatchilik bosqichi bo‘lganligini aniqladi
14
.
Do'stlaringiz bilan baham: