Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

4.
 
Xett davlati harbiy tashkiloti. 
Xett davlati istilochilik siyosatini 
muntazam va ko`ngillilardan tashkil topgan, yaxshi qurollangan qo`shinga 
tayanib amalga oshiradi. Harbiy yurishlar asosan bahorda boshlanib, kech kuzda 
tugagan. Yurishlar o`rtasida muntazam qo`shinlarning bir qismi maxsus harbiy 
qarorgohlarda joylashtirilgan. Xettlarning chegara shaharlarida maxsus harbiy 
garnizollar joylashtirilgan. Qaram davlatlar Xett garnizollarini ozuqa bilan 
ta`minlashga majbur bo`lganlar.
Qo`shin asosan og`ir qurollangan piyodalar va jang aravalaridan tuzilgan. 
Harbiy san`at tarixida xettlar qo`shinda yengil jang aravalarini birinchi bo`lib 
qo`llaganlar. Xett jang aravasida ikki ot qo`shilgan bo`lib, arava haydovchi, 
nayzali jangchi va uni himoyaqilib turadigan qalqonbardordan iborat bo`lgan. 
Xettlarning jang aravalarini harbiy jangda qo`llashi podsho Anitaning qadimgi 
Xett matnida uchraydi. Matnda Anitaning 1400 piyoda askari va 40 jang aravasi 
bo`lganligi aytiladi. Kades yonidagi jang to`g`risidagi manbalarda Xett podshosi 
Muvatalli qo`shinlari taxminan 20 ming piyoda askarlar va 2500 jang aravalaridan 
tashkil topgani to`g`risida ma`lumot beriladi.
Jang aravalari yuqori darajada texnik mohirlik bilan yasalgan bo`lib, juda 
qimmat turgan. Ularni yasash uchun yog`ochning alohida navlari, teri va metallar 
talab qilingan. Ko`rinishidan jang aravalarini ishlab chiqarish markazlashgan 
holda davlatning maxsus ustaxonalarida tashkil qilingan. Ustalar uchun jang 
aravalarini yasash bo`yicha Xett podsholarining yo`riqnomalari saqlanib qolgan. 
Jang aravalariga qo`shiladigan otlarni tayyorlashni maxsus usullar bo`lgan. 
Xettlar shaharlarni bosib olish uchun maxsus qamal qurollaridan foydalanganlar.
5.
 
Xett diplomatiyasi
.Xettlarning tashqi siyosatida diplomatiya muhim 
o`rin tutgan. Ular Kichik Osiyo va Old Osiyoning ko`p davlatlari bilan diplomatik 
aloqalar o`rnatganlar. Bu aloqalar ko`p hollarda maxsus shartnomalar bilan 
mustahkamlangan. Xett arxivlarida Old Osiyoning boshqa mamlakatlari 
arxivlariga qaraganda, bir necha marta ko`p miqdorda diplomatik hujjatlar 
saqlanib qolgan. Xettlar boshqa mamlakatlar bilan davriy ravishda elchilar orqali 
maktublar, sovg`a-salomlar almashib turganlar. Davlatlar o`rtasidagi aloqalar 
sulolaviy nikoh shartnomalari bilan mustahkamlangan.
Podsho devonxonasida xalqaro aloqalarga maxsus muassasa rahbarlik 
qilgan. Bu yerda elchilar, tarjimonlar, mirzolar ishlagan va shartnomalar matnlari 
tuzilgan. Shartnomalar odatda ikki tilda: biri xett tili, ikkinchisi akkat tilida 
tuzilgan. Davlatlararo shartnomalar matnlari podsho oldidagi kengashda 
muhokama qilingan. Shartnomalarga podsholar muhrlari tushirilgan. Matnlar loy, 
metall (kumush, jez, temir) taxtachalarga bitilgan. Shartnomalar matnlari yozilgan 
taxtachalar mamlakatning oliy xudolari haykallari oldida saqlangan. Chunki 
xudolar shartnomaning bosh guvohlari sifatida kim uni buzsa, jazolash huquqiga 
ega bo`lganlar.
Xettlarning xalqaro shartnomalarning ko`pchiligida Xett qo`shinlarining 
harbiy g`alabalari mustahkamlangan. Shu sababli, ularda ko`p hollarda 
tomonlarning o`zaro munosabatlarning teng huquqda bo`lmagani ko`rinadi. Xett 


57
podsholari ko`pincha qaram davlatni o`lpon to`lashga majbur qilganlar. O`lpon 
to`lovchilar har yili Xett podshosi oldiga kelishga, qaram davlat hududida 
joylashtirilgan Xett garnizonlariga g`amxo`rlik qilishga, birinchi chaqiriq bilan 
Xett hukmdoriga qo`shin bilan yordamga kelishga majbur qilinganlar.
Qaram davlat har yili (ba`zida yilida uch marta) shartnomani o`qishlari majbur 
bo`lgan. Qaram mamlakat hukmdori o`g`illari, nevaralari va evaralari shartnomaga 
rioya qilishlari shart qilib qo`yilgan. Xett diplomatik amaliyotining o`ziga xos 
xususiyatlaridan biri xettlarning sulolaviy nikohlariga jiddiy e`tibor berganlaridir. Xett 
podsholari o`z qizlari va opa-singillarini boshqa podsholarning nikohiga berishga 
harakat qilganlar. Bu nikohlar har ikki tomonning o`zaro munosabatlarini barqaror 
bo`lishini ta`minlagan. Xettlar Xett malikalari turmushga chiqqanda albatta bosh rafiqa 
bo`lishi shartnomada alohida qayt qilingan. Bunday nikohlar vositasida Xett podsholari 
boshqa davlatlarda o`z ta`sirlarini mustahkamlaganlar. Bundan tashqari, chet davlat 
taxtining qonuniy vorislari hukmdorni bosh rafiqasining o`g`illari bo`lgan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish