Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

4.
 
Bobil er. avv. II ming yillik oxiri-er. avv. I ming yillikning I 
yarmida. Yangi Bobil podsholigi. 
Er. avv. XII asrda kassitlar Bobiliga qo`shni 
Elam davlati halokatli zarba berdi. Elam bir necha urushlardan so`ng, er. avv. 
1150-yillar atrofida kassitlar sulolasi hukmronligini tugatdi. Lekin biroz vaqt 
o`tib, Navuxodonosor I (er. avv. 1124-1108-yillar) II Issin sulolasi davrida
elamliklar Bobildan haydab yuborildi. Elamga shunday zarbaberildiki, Elam 
haqida uch asr (er. avv. 821- yilgacha) biror-bir matn xabar bermaydi.
Bobilning keyingi tarixida Dajla, Frot daryolari, Fors qo`ltig`i qirg`og`i va 
Janubiy Mesopotamiyaning shaharlari oralig`ida joylashgan xaldey qabilalari
muhim o`rinni egalladilar. Ular yarim ko`chmanchi chorvador va dehqonlar 
bo`lgan. Xaldeylar er. avv. IX asrda Bobilning janubiy qismini bosib oldilar va 
Bobil madaniyatini qabul qildilar. Bobilning oliy xudosi Mardukka sig`ina 
boshladilar.
Er. avv. 729-yilda Bobilni Osuriya bosib oladi. Osuriyaliklar Bobilda er. avv. 
VII asrgacha hukmronlik qildilar. Yangi Bobil podsholigining paydo bo`lishi er. 
avv. 629-yilga to`g`ri keladi. Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda yangixaldey
sulolasiga asos soldi. Navuxudonosor II ning hukmronlik yillari Bobilning 
gullab-yashnagan (er. avv. 605-562-yillar) davri bo`ldi. Bobil 200 ming aholisi 
bo`lgan qadimgi Sharqning eng yirik shahriga aylandi. Shahar Frot daryosining 
ikki qirg`ogida joylashgan bo`lib, uzunligi 123 metr, kengligi 5-6 metr bo`lgan 
ko`prik bilan birlashtirilgan. Shahar ikki qator devor bilan o`ralib, uning aylanasi 
8 km ni tashkil qilgan va 8 darvozadan shaharga kirilgan. Shaharda ulkan podsho 
saroyi, sun'iy tepalikda Bobilning muqaddas ibodatxonasi Esagila joylashgan edi. 
Ibodatxonaning har bir tomoni uzunligi 400 metrni tashkil qilgan. Undan janubda 
balandligi 91 metr bo`lgan yetti qavatli Etemenanki («osmon va yerning
markazidagi ibodatxona») deb atalgan zikkurat-ibodatxona bunyod qilingan. 
Katta diniy marosim yurishlari uchun tantanali yurishlar yo`li qurilib, uning
g`isht devorlari afsonaviy hayvonlar tasvirlangan rangli sirkor sopollar bilan 
qoplangan. Eng mashhur inshootlaridan biri bo`lgan ma`buda Ishtar darvozasi
nemis arxeologlari tomonidan qazib ochilgan. Bundan tashqari, afsonaviy 
Semiramida osma bog`lari qurilgan. U qadimgi dunyoning yetti mo`jizasidan biri 
hisoblangan.


49
Er. avv. 562-yilda Navuxodonosor II vafot qilgandan so`ng, Bobil 
zodagonlari va kohinlari uning vorislarini davlat siyosatiga faol aralasha 
boshladilar va o`zlariga yoqmagan podsholarni almashtira boshladilar. Keyingi 
o`n ikki yil ichida to`rt hukmdor almashdi. Er. avv. 556-yilda kelib chiqishi 
oromiy bo`lgan Nabonid taxtni egalladi. Ungacha o`tgan Yangi Bobil podsholari 
xaldey qabilasidan edi.
Nabonid diniy islohot o`tkazdi. Oliy Bobil xudosi Marduk e`tiqodi o`rniga 
Oy xudosi Sinaga e`tiqod qilishni birinchi o`ringa qo`ydi. Bu bilan u ko`rinishidan 
xudo Sinaga e`tiqod qiladigan ko`p sonli oromiy qabilalarini o`z atrofiga 
birlashtirib, qudratli davlat tashkil qilishga harakat qiladi. Lekin Nabonidning 
diniy islohoti Bobil, Borsippa, Urukdagi nufuzli qadimgi ibodatxonalar kohinlari 
bilan ziddiyatga olib keldi.
Er.avv. 553-yilda Midiya va Fors o`rtasida urush boshlandi. Midiya podshosi 
Astiag Xarran shahridan o`z harbiy qismini chaqirib oldi. Bundan foydalangan 
Nabonid o`sha yil bu shaharni bosib oldi va er. avv. 609-yilda osuriyaliklar bilan 
urushda buzib tashlangan xudo Sinaning ibodatxonasini qayta tiklashga farmon 
berdi. Nabonid Markaziy Arabistonning shimoliy qismidagi Teyma viloyatini 
bo`ysundirdi va Teyma vodiysi orqali sahro bo`yicha Misrga boradigan savdo 
yo`llarida o`z nazoratini o`rnatdi. Bu yo`l Bobil uchun juda katta ahamiyatga ega 
edi. Chunki er. avv. VI asr o`rtalariga kelib Frot daryosi o`z oqimini o`zgartirdi. 
Natijada Fors qo`ltig`i gavanlari orqali Ur shahri bilan dengiz savdosini olib 
borish mumkin bo`lmay qoldi. Nabonid o`z qarorgohini Teymaga ko`chirib, 
Bobilni boshqarishni o`z o`g`li Belshar Utsuraga topshirdi.
Nabonid g`arbda faol tashqi siyosat bilan mashg`ul bo`lgan bir paytda 
Bobilning sharqiy chegaralarida qudratli raqib-Ahmoniylar davlati paydo bo`ldi. 
Fors podshosi Kayxusrav II bu vaqtga kelib, Midiya, Lidiya va boshqa 
mamlakatlarni Hindistongacha bosib oldi. U istilochilik urushlari olib borishga 
tayyor, yaxshi qurollangan qo`shinga ega bo`lib, boy va zaiflashib qolgan Bobilga 
qarshi urushga jadal tayyorlana boshladi. Nabonid Bobilga qaytdi va o`z 
mamlakatini kuchli dushmanga qarshi mudofasini tashkil qilishga kirishdi. Ammo 
Bobilda ichki vaziyat yomonlashdi. Nabonidning xudo Marduk ibodatxonasi 
kohinlari qudrati va ta`sirini yo`qotishga urinishi, bu e`tiqod bilan bog`langan 
diniy bayramlarga loqaydligi qudratli kohinlarni unga nisbatan dushmanligini 
kuchaytirdi.Naboniddan norozi bo`lgan kohinlar unga yordam bermadilar. 
Arabiston sahrolarida ko`p yillik urushlarda holdan toygan Bobil qo`shini 
o`zlariga nisbatan ko`p marta kuchli bo`lgan fors qo`shinlari hujumini qaytara 
olmadi. Bundan tashqari, Kayxusrav Bobildagi kohinlarning noroziligidan ustalik 
bilan foydalandi va ularni o`z tomoniga og`dirib oldi. Mamlakat forslarning 
ayg`oqchilari bilan to`lib ketgan edi. Bobil er. avv. 539yil oktabr oyida forslar 
tomonidan bosib olindi va o`z mustaqilligini abadiy yo`qotdi. Bobil er. avv. 331-
yilgacha Ahmoniylar davlati tarkibiga kirdi. Keyin esa, makedoniyalik Iskandar 
davlatiga, uning yemirilishidan so`ng Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi.


50
Bizgacha er. avv. VII-VI asrlarga oid Bobil tarixi bo`yicha ma’muriy
matnlar, yozuvlar, podsho farmonlari va farmoyishlari yetib kelgan. Bobil
to`g`risida ayrim antik mualliflar ma’lumotlari ham mavjud.
Mixxat hujjatlari Bobilda tovar-pul munosabatlarining yuqori darajada 
rivojlangani to`g`risida ma`lumot beradi. Bu vaqtda savdo-sudxo`rlik ishlariga 
ixtisoslashgan katta mablag` va moddiy vositalarga ega bo`lgan “tadbirkorlik 
uylari” mavjud bo`lgan. Ana shunday uylardan biri Egibi uyi Bobilda ko`p sonli 
mol-mulk, yuzlab qullar, yer va ustaxonalarga ega bo`lgan. Bu tadbirkorlik 
uyining vakillari har kuni katta pul mablag`lari talab qiladigan kredit 
operatsiyalarini amalga oshirganlar.
So`nggi Bobil jamiyati quyidagi ko`rinishda bo`lgan:
1.
Hududiy jamoa doirasida yer egasi bo`lgan, to`la fuqarolik huquqi 
bo`lgan odamlar. Ular jamoani o`z-o`zini boshqaruvida hamda qishloq jamoalari 
o`rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilishda ishtirok etganlar. Ko`pgina yer 
egalari o`z yerlarini ijaraga berib, o`zlari boshqa faoliyat bilan shug`ullanganlar 
va qishloqda yashamaganlar. Jamoa yeri ulushidam mahrum bo`lish fuqarolik 
huquqidan mahrum bo`lishga olib kelgan. Shu sababli, kambag`al jamoachilar 
sudxo`rdan qarz olganlar. Qarzdor garovga qo`ygan mulkidan va u orqali 
ta`minlangan ijtimoiy mavqeidan mahrum bo`lmaslik uchun o`zi va oila 
a`zolarini garovga qo`yishga tayyor bo`lgan;
2.
Jamoa yerida o`z yeriga ega bo`lmagan kishilar mahalliy o`z-o`zini 
boshqarish ishlarida ishtirok etmaganlar. Ular egalik qilgan yer davlatniki 
bo`lgan. Bunday odamlar “podsho xizmatkorlari” sifatida qaralgan. Uning 
xizmati nufuzli bo`lib, uni ta`minlashga berilgan mulk yaxshi yashash kafolatini 
bergan;
3.
Yerga biriktirilgan va mehnat majburiyatlarini o`tashga majbur 
bo`lgan qaram dehqonlar. Ko`pincha ular qandaydir jamoalarga, asosan 
ibodatxonalarga tegishli ishchilar bol`gan. Ularning qaramligi merosiy bo`lgan,
ozod bo`lish ehtimoli noma`lum bo`lgan. Ular oila bo`lib yashaganlar, avloddan-
avlodga mehnatning bir xil turi bilan shug`ullanganlar. Lekin bu odamlar 
ibodatxonaning mulki deb hisoblanmagan. Shu sababli, qul sifatida oldi-sotti 
qilinmaganlar. Ularning fuqarolik huquqlari bo`lmagan;
4.
So`nggi Bobil hujjatlarida qullar tilga olinadi. Ular aholining ko`p 
qismini tashkil qilmagan, lekin qul mavqeidagi odamlar kam bo`lmagan. Qul 
bozori mavjud bo`lgan va u yerda qullarning bahosi doimiy ravishda barqaror 
bo`lgan. Qullarga xo`jayinning tamg`asi bosilgan. Qullar podsho va 
ibodatxonalarga tegishli bo`lgan, lekin ularning ko`pchiligi xususiy kishilarning 
mulki hisoblangan. Ko`pgina qullar o`z kasbining ustasi bo`lganlar. Xo`jayinlar 
ularni pul ishlashga yuborgan. Yaxshi kasb-hunarga ega bo`lgan qul o`z 
xo`jaligiga ega bo`lishga, uylanish huquqiga ega bo`lgan va erkin odamlar kabi 
huquqiy bitimlar tuza olgan. Ba`zi qullar savdo-sudxo`rlik faoliyati bilan 
shug`ullanib boyib ketganlar. Ba`zilari o`z qullariga ega bo`lganlar, lekin shu 
bilan birga, qul mavqeida qolaverganlar.


51
Hujjatlarda bir necha katta boy qul tadbirkorlar ismlari ma`lum bo`lib, ular 
o`nlab qullarni bahosiga teng bo`lgan mablag` bo`yicha bir vaqtning o`zida bir 
necha bitimlarni tuzishlari mumkin bo`lgan. Boy qullar yollanma ishchilardan 
foydalanganlar. Jumladan, erkin fuqarolarni ham ishlatganlar yoki ularni o`z 
qarzdorlariga aylantirganlar. Qul o`z xo`jayini bilan ish bo`yicha hamkor sifatida 
chiqishi va shartnomalar tuzishi mumkin bo`lgan.
So`nggi Bobil davrida katta va mayda yer egaligi mavjud bo`lgan. Yerlar 
ulushlarga bo`linib, qullar va erkin kishilarga ijaraga berilgan. Davlat amaldori 
bo`lgan katta yer egasi boshqaruvchi yollagan yoki yerini bir kishiga, misol 
uchun, tadbirkor va boy qulga ijaraga bergan. U esa, yerni ulushlarga bo`lib, 
boshqalarga ijaraga berib, ijara haqini yig`ib olgan (sub ijara).
Hujjatlarga ko`ra, bu davrda qullarning soni ko`paygan. Ibodatxona
xo`jaligida yuzlab qullar ishlagan. Boylarning yerlarida 3-5 qul, tadbirkorlik 
uylarida o`nlab qullar mehnat qilgan. Yirik yer egalari erkin kishilarga va
qullarga yerni ijaraga bir xil shartlarda berganlar.
Yollanma ishchilar, kam yerli yoki yersiz kishilar ko`pchilikni tashkil qilgan. 
Ibodatxonalar ham tovar-pul munosabatlariga tortilgan. Ular yer va qullarni 
ijaraga berganlar. Er. avv. I ming yillikda podsho xo`jaligi sezilarli rol 
o`ynamagan. Podsho yerlari ham ijaraga berilgan. Ibodatxona va xususiy
xo`jaliklar yetakchi o`rinni egallagan.
Bobil xalqaro savdoda Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`i mamlakatlari va
Mesopotamiyadan janubiy-sharqda turgan viloyatlar o`rtasida savdoda 
vositachilik qilgan. Misr, Suriya, Elam va Kichik Osiyo bilan gavjum savdo 
qilingan. Bobil Ahmoniylar viloyatlariga g`alla, kiyim-kechak va jun, gazlama 
yetkazib beradigan asosiy markaz edi. Bobilning kanop va jundan to`qilgan 
matolari Old Osiyoda bozori chaqqon edi. Bobildan sopol idishlar, xushbo`y 
suvlar va malhamlar, silliqlangan toshlar boshda Suriyaga moy va sharobga 
ayirboshlandi, keyin esa Misr va Falastinga chiqarildi. Xomashyo Arabiston
Hindiston va Kavkazortidan olib kelinar edi. Bobil mustaqilligini yo`qotganidan 
so`ng, fors davlatining eng boy satrapliklaridan biri bo`lib qoldi. U har yili 
xazinaga 1000 talant (30 tonna) kumush bilan davlat solig`ini to`lagan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish