43
«Anabasis»,
Hamadon,
Kunjik
tepaligi,
Xorsabod,
Dur-SHarrukin,
A.Oppenxeym.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.
Qadimgi Mesopotamiyaning geografik joylashuvi va aholisi haqida nimalarni bilasiz?
2.
Mesopotamiya xudularida ilk davlat uyushmalari qachon vujudga keldi?
3.
Mesopotamiyada vujudga kelgan shaxar davlatlar va
ularning siyosiy boshqaruvi
xaqida ma'lumot bering?
4.
Ossuriya davlati va uning boshqaruv shakli xaqida ma'lumot bering.
5.
Ossuriyaning Old Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarini qo‘shimcha manbalardan
foydalanib kengroq yoritib bering.
6.
Qadimgi Mesopotamiyadagi diniy e'tiqodlar va ularni xalqning turmush tarziga tasirini
ochib bering.
7.
Mesopotamiya madaniyatini jahon madaniyatiga ta'sirini misollar yoradamida tahlil
eting.
Ma`ruza№6
Mavzu:Qadimgi va Yangi Bobil podshohligi
1.
Bobilning yuksalishi.
2.
Xammurapi qonunlari.
3.
Bobilning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti.
4.
Bobil kassit sulolasi davrida.
5.
Bobil er. avv. II ming yillik oxiri-er. avv. I ming yillikning I yarmida. Yangi Bobil
podsholigi.
1. Bobilning yuksalishi.
Iqtisodiy tushkunlik, ko`chmanchi
amoriy
qabilalarining hujumi, Ur sulolasining yemirilishi Mesopotamiyada siyosiy
tarqoqlikka olib keldi. Amoriy va Akkad davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz
urushlar olib bordilar. Er. avv. 1800-yillar atrofida Mesopotamiya janubini Larsa
podsholigi, markazni Bobil shahri va Eshnunna shahar-davlatlari,
Yuqori
Mesopotamiya va Mari podsholigini er. avv. XIX asr oxirida amoriy hukmdor
Shamshi-Adad (1824-1870-yillar atrofida) davlati egallab olgan edi.Bu vaqtda
Janubiy Mesopotamiyada akkadlar shumerlarni to`la assimilyatsiya qildilar.
Amoriylar sulolasi asoschisi yo`lboshchi Sumuabum edi.
O`zaro urushlar shahar-davlatlarni zaiflashtirdi. Larsa shahrini Elam bosib
oldi. Elam hokimi Rimsin (er. avv. 1822-1763-yillar) kanallar va ibodatxonalar
barpo qildi. Uruk, Nippur, Issin va Larsa shaharlari Elamga qaram bo`ldi.
Bu davlatlar o`rtasida Mesopotamiyada o`z hukmronligini o`rnatish uchun
o`zaro urushlar uzoq davom etdi. Bu urushlar
davomida asta-sekin
44
Mesopotamiyaning markazida strategik jihatdan mudofaa va himoya uchun qulay
joyda joylashgan Bobil (Bab-ili «xudo darvozasi») shahri yuksala boshladi. Bu
shaharda I Bobil yoki amoriylar sulolasi hukmronlik qilib, uning boshqaruvi
tarixda qadimgi Bobil (er. avv. 1894-1595 yillar) davri deb nom oldi.
Mesopotamiyaning markazida joylashgan Bobil shahrining yangi siyosiy markaz
sifatida roli kuchayadi. Ikki daryo oralig`ining qoq o`rtasida joylashuv, barcha
sun'iy sug`orish inshootlarining va Old Osiyoning quruqlik va daryo yo`llarining
tutashgan joyda o`rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz bo`lishiga qulay
omillar bo`ladi. Bobil ham aynan shu daryolardan oziqlanib ulg’aygan tamaddun
uchoqlaridandir.
Bobilning gullab-yashnashi I Bobil sulolasining oltinchi podshosi
Xammurapi (er. avv. 1792-1750 yillar) davriga to`g`ri keladi. Xammurapi dono,
uzoqni ko`ra
oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat, yirik strateg, adolatli
qonunshunos va mohir tashkilotchi edi. Xammurapi Bobil uchun foydali bo`lgan
ittifoqlar tuzishda mohir diplomat bo`lib, bu ittifoq o`z vazifasini o`tab bo`lgach,
tezda undan voz kechgan. Xammurapi dastlab Larsa
bilan ittifoq tuzadi va
janubda Ur va Issin shaharlarini bosib oladi. Mari bilan ittifoq tuzib, Eshnunna
shahrini bosib oladi. Unga xavfli raqib bo`lgan Elamni 10 yillik urushdan so`ng,
Mari podshosi Zimrilim qo`shinlari bilan birlashib, er. avv. 1764-yilda yanchib
tashlaydi. Mari bilan birgalikda sobiq ittifoqchisi Larsani o`ziga bo`ysundirgach,
Xammurapi er. avv. 1759-yil Mari shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib
qolgan Osuriya davlati qoladi. Uning yirik shaharlari Ashshur va Nineviya Bobil
hokimiyatini tan oladi.
Xammurapining 42 yillik hukmronligi davrida Bobil kichik shahardan butun
Mesopotamiyani birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old Osiyoning
yirik siyosiy–iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi.
Mesopotamiyada yagona markazlashgan davlat tashkil topadi. Xammurapi
uni ikki qismga: akkad tillarida so`zlashadigan,
Shumer-Akkad xudolariga
sig`inadigan asosiy hududga va Elam Suzasi, Yuqori Mesopotamiyaning
xurritamoriy hududlarini o`z ichiga olgan viloyatga bo`ldi.
Xammurapining vorisi Samsuilin (er. avv. 1749-1712-yillar) davrida Bobilda
ichki ziddiyatlar kuchayib,
qishloq jamoalari, jangchilar va boshqa soliq
to`lovchilarning ahvoli yomonlashadi. Er. avv. 1742-yilda Mesopotamiyaga
shimoliy-sharqdan bu yerda avval noma`lum bo`lgan “kass” etnoninimidagi hind-
yevropa qabilalari (akkadcha Kassu, zamonaviy fanda kassitlar, o`zlarini kaspe-
kaspiy deb atagan) Gandash nomli yo`lboshchilari bilan bostirib kiradilar. Elam
janubda Shumer shaharlariga bostirib kiradi. Sippar va Issin shaharlarida
qo`zg`olon ko`tariladi.
Shimoliy-g`arbda yangi Mitanni davlati vujudga keladi.
Mitanni davlati
Bobilni Kichik Osiyo va Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`iga boradigan
yo`llardan to`sib qo`yadi. Buning ustiga er. avv. 1595-yilda xettlar Bobilga
bostirib kirib, I Bobil sulolasini tugatadilar.