Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

Xammurapi qonunlari.
Bobilning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti. 
Amoriylar 
davrida 
Bobilning 
iqtisodiyoti, 
ijtimoiy-siyosiy 
tuzumi 
Xammurapining qonunlar to`plami, uning noib va amaldorlar bilan yozishmalari, 
xususiy hujjatlar orqali ma’lum.
 
Qonunlar to`plamining tuzilishi Xammurapining jiddiy siyosiy tadbiri edi. 
Chunki bu to`plam Bobilning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga 
qaratilgan. Qonunlar to`plami kirish, qonunlar va xulosani tashkil qilgan uch 
qismdan iborat.
Xammurapi davrida Bobil iqtisodiyoti sun'iy sug`orishga asoslangan
dehqonchilik, bog`dorchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi
savdodan iborat bo`lgan. Qadimgi Bobilda bu davrda ekin yerlari ko`paydi. 
Bog`dorchilikda xurmo yetishtirish ustivor ahamiyat kasb etdi. Podsho 
«Xammurapi kanali» deb atalmish katta kanal qurdirgan. G`alla ekinlari, moyli 
o`simliklardan yuqori hosil olindi. Bunday yutuqlar faqat sun'iy sug`orish 
tizimini butun mamlakat miqyosida kengaytirish asosida amalga oshirildi.
Maxsus amaldorlar katta-kichik kanallarni qurish va ta’mirlashni nazorat qilib 
turganlar. Mari arxiv hujjatlariga ko`ra, aholining barcha mehnatga qobiliyatli 
qismi erkin kishilardan tortib qullargacha sug`orish inshootlarini qurish va 
ta’mirlash majburiyatini o`tagan. Bu majburiyatdan bosh tortganlarga o`lim jazosi 
berilishi mumkin bo`lgan. Xammurapi qonunlarida maxsus to`rt modda dehqon
jamoasining o`z yerida, sug`orish inshootlariga befarq qarashiga qarshi
qaratilgan. Agar dehqonning yeridan qo`shnilar yeriga suv toshib ketsa, u 
keltirilgan zararni to`lashga majbur bo`lgan. Agar puli bo`lmasa, o`zi va 
molmulki qo`shniga keltirgan zararni qoplash uchun sotilgan.
Hamurappi bu qattiy harakatni san’at darajasiga olib chiqqan va qonuniy 
tartibga slogan. Bu adolat ritorikasi bilan boshlangan va yakunlangan. Masalan, 
uning o‘zi qarorni tushuntirishda “tinchlik olib kelgan cho‘pon uning odillik 
hassasiligini bo‘lgani, mening muruvvat soyam, mening shaxrim bo‘lib tarqalgan, 
men Akkad va Bobil yerlaridagi odamlarni tizzamda asrayman” degan.
Hamurappi qonunlarida 300 dan ortiq jinoya va ularning jazolari to‘plangan. 
Xudolar dunyoni boshqarishiga qaramay qirol odamlar orasida to‘g’ridan-to‘g’ri 
qonunlarni buyuruvchi bo‘lgan
12

Chorvachilik yirik hajmda rivojlangan. Qonunlarda bir necha bor yirik va 
mayda chorva to`grisida eslatiladi. Ko`pincha qoramol dala ishlari, xirmon 
yanchish va yuk tashishga ijraga berilgan. Hunarmandchilikning xilma-xil 
sohalari rivojlangan. Qonunda bajarilgan ish uchun qat’iy baho berilgan va 
ishning past sifati uchun hunarmand qattiq jazo olgan. Xammurapi qonunlar 
to`plamining 229-moddasida shunday deyiladi: «Agar quruvchi kishiga uy qurdi
va o`z ishini mustahkam qilmadi. U qurgan uy yiqilib, uy egasini o`ldirib qo`ydi. 
Bu quruvchi o`limga hukm qilinishi lozim». Erkin kishini muvaffaqiyatsiz 
muolaja qilgan jarrohning barmoqlari chopilgan (218-modda).
12
Worlds Together,Worlds Apart. W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.99.


46
Butun Mesopotamiyaning yagona Bobil davlatiga birlashuvi savdoning 
rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratdi. Bobildan g`alla, xurmo, kunjut yog`i, 
jun va hunarmandchilik buyumlari eksport qilingan. Metall, qurilish toshi va 
yog`och, qullar va zeb-ziynat buyumlari import qilingan.
Bobilda savdo bilan maxsus savdo agentlari-tamkarlar shug`ullangan. O`z 
xizmatlari uchun ular yer, bog`, uy olganlar va sudxo`rlik bilan ham
shug`ullanganlar. Bobil, Nippur, Ur, Larsa kabi yirik shaharlar katta savdo 
markazlari bo`lgan. Erkin kishi «avelium»-(«odam») deb atalgan. Qonunlarning
barcha moddalarida xususiy mulk himoya qilingan.
Bobil aholisining asosiy qismini xazinaga tushadigan soliqlarni to`lovchisi
mayda ishlab chiqaruvchi va mayda mulkdorlar tashkil qilgan. Shu sababli,
ularning huquqlari qonun moddalari bilan himoyalangan. Misol uchun, ba’zi 
moddalar ularni sudxo`rlar zo`ravonligidan himoya qilgan. Sudxo`rga qarz uchun 
hosilni olish ta’qiqlangan. Qarz uchun qaramlik 3 yil muddat bilan cheklangan. 
Kumush uchun qarz foizi 20, g`alla qarzi uchun 33 % bilan cheklangan. Garovga 
olingan kishiga nisbatan shafqatsiz muomala qilingani uchun qat’iy chora-o`lim 
jazosi qo`llangan. Bobil jamiyatida erkin kishilardan tashqari mushkenumlar-
jamoa bilan aloqasi uzilgan, yeri bo`lmagan kishilar bo`lib («mushkenum» 
atamasi «pastga egilgan» ma’nosini bildirgan), ular cheklangan fuqarolik 
huquqiga ega bo`lganlar. Ular podsho xo`jaligida ishlaganlar, podshodan yerni 
shartli olganlar. Mushkenumlarga tan jarohati yetkazilsa, qoidaga ko`ra, pul 
jarimasi to`langan. Mushkenumni davolash erkin kishiga nisbatan ikki marta 
arzon bo`lgan. Qonunlarga qaraganda, mushkenumlar pul mablag`i va mulkka
egalik qilganlar. Erkin kishiga nisbatan talion huquqi (ko`z uchun ko`z, tish 
uchun tish) qo`llanilgan.
Bobil jamiyatinig eng quyi tabaqasi qullar («vardum») bo`lgan. Qullikning 
manbasi urushlar, mulkiy tabaqalanish natijasida qarzi uchun qul qilish, otaning
patriarxal hokimiyati ostida oila a’zolarining huquqsizligi, otaning farzandlarini 
garovga berish, qullikka sotish huquqi, ba’zi jinoyatlari uchun qul qilish (misol 
uchun, asrandi o`g`ilning o`z ota-onasidan voz kechishi, xotinning isrofgarchiligi, 
jamoachining sun'iy sug`orish inshootiga loqayd qaragani) va qullarning tabiiy 
ko`payishi bo`lgan. Bobilda qulchilik o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan. Qul 
uncha katta bo`lmagan mulkka ega bo`lishi mumkin bo`lgan.
Quldan bo`lgan bolalarga mulk vasiyat qilish mumkin bo`lgan.
Bobil oilasi ota va er hukmron bo`lgan patriarxal oila bo`lgan. Oila nikoh
shartnomasi asosida qurilgan va er nikoh sovg`asi, xotin sep keltirgan. Xotin o`z 
sepiga va erining sovg`asiga o`z huquqini saqlagan. Erining o`limidan so`ng, 
bolalar balog`at yoshiga yetguncha beva oila mulkiga egalik qilgan. Qonunlar
ayolning sog`lig`ini himoya qilgan. Agar ayol eriga yomon muomala qilsa va uni 
mol-mulkini sovursa, ayol qulga aylantirilgan. U eriga xiyonat qilsa, o`lim 
jazosiga hukm qilingan. Ajralish va qayta erga chiqish qiyinlashtirilgan. Otaona
mulkiga«somondan oltingacha egalik qilish» huquqiga o`g`il-qiz ega bo`lgan. 
Ammo o`g`ilga ko`proq moyillik bildirilgan.


47
Qadimgi Bobil davlatida podsho hokimiyati mutloq bo`lgan. Davlat boshida 
podsho turgan. U diniy qonunchilik, sud va ijroiya hokimiyatiga ega bo`lgan. 
Podsho yer zahirasi bepoyon bo`lgan. Bu yerlar ijaraga va xizmati uchun 
berilgan. Sud hokimiyati mukammal shakllangan. Podsho sudi yetakchi o`rinda 
turgan. Shuningdek, ibodatxona sudi, jamoa sudi va kvartal sudlari mavjud 
bo`lgan. Sudyalar kollegiyalarga birlashganlar. Ularga jarchilar, choparlar, 
kotiblar kabi sud xodimlari bo`ysungan.
Moliya-soliq mahkamasi kumush va mahsulot, chorva, hunurmandchilik 
buyumlari bilan olinadigan soliq yig`ish bilan shug`ullangan. Podsho hokimiyati 
og`ir va yengil qurollangan janchi (redum)lardan iborat qo`shinga tayangan. 
Askarlarning huquq-majburiyatlari Xammurapi qonunlar to`plamining 
16moddasida belgilangan. Harbiylar xizmatlari uchun yer-mulk olganlar. Qonun 
askarlarni harbiy boshliqlar zo`ravonligidan himoya qilgan. Ularni asirlikdan 
qutqarish uchun to`lov belgilangan. Askar oilasi davlat tomonidan moddiy
ta’minlangan. Askarlar harbiy xizmatni sidqidildan o`tashlari zarur bo`lgan.
Aks holda, ular o`lim jazosiga hukm qilinganlar.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish