33
Piramida va sog`onalar qurish uchun I-II sulola fir’avnlari
dafn qilingan
mastabalar namuna bo`lib xizmat qildi. III sulola fir’avni Joser uchun balandligi
60 m bo`lgan zinapoyasimon ilk piramida mastaba o`rnida qurildi. Bu kichrayib
borayotgan olti ustma-ust qo`yilgan mastaba edi. IV sulola fir’avni Xufu
piramidasi (146,6
m balandligi, uzunligi 233 m, maydon hajmi 54 ming. kv. m, 2
tonna 2,3 mln. tosh), Xafra piramidasi (balandligi 140 m, uzunligi asosi 220 m)
bunyod qilindi. Xafra piramidasidan so`ng, piramidalar kichik hajmda qurila
boshlandi. Ibodatxonalar qurilishi o`zgacha me’morchilik shaklida bo`ldi. Karnak
va Luksorda xudo Amon-Raga bag`ishlab ibodatxonalar qurildi. Bu ibodatxonalar
xarobalari bizgacha yetib kelgan.
Ular juda ulkan, atrof manzaraga uyg`un
qo`shilib ketgan, hashamatli bezalgan edi. Ularda yuzlab keng xonalar,
katta
hovlilar, xudolarning ulug`vor haykallari, sfinks, pilonlar va xiyobon (alleya)lar
mavjud. Karnak ibodatxonasida kolonna zali 5,5 ming kv. metr bo`lib, 134
kolonna bor. 12 markaziy kolonnaning balandligi 21 m, eni 10 m, aylanasi 15 m.
Ibodatxonada 500 ta toshdan, 17 ming jezdan yasalgan
haykal va haykalchalar
mavjud bo`lgan. Ular qadimda yashirib qo`yilgan joydan topilgan.
5.
Ilmiy bilimlar.
Misr madaniyatida fan yetakchi o`rin tutadi. U asosan
matematika, astronomiya, tibbiyot yo`nalishlarida rivojlandi.
Misr kalendari
osmon jismlari va Nil daryosining mavsumiy o`zgarishi asosida tuzilib, yil uch
mavsum, har mavsum to`rt oyga bo`lingan. Har oy uch o`n kunlik dekadani tashkil
etgan. Yilda 36 dekada bo`lgan. Oxirgi oyga 5 kun qo`shilib, kalendar va
astronomik yil (365 kun) tenglashtirilgan. Sutka 24 soatga bo`linib, yozda kunduz
soatlari uzoq, qishda qisqa bo`lgan. Misrliklar yulduzlarning
aniq kattaligini
o`lchaganlar. Suv va quyosh soatlarini kashf qilganlar. Ular 10 lik tizimga yaqin
hisobni yaratdilar. Ular qo`shish, ayirish, bo`lish va ko`paytirishni bilganlar.
Misrliklarning bu yutuqlarini yunon-rim madaniyati o`zlashtirdi.
Misr jarrohlari butun Old Osiyoga mashhur bo`lganlar. Bizgacha 10 tibbiyot
papirusi yetib kelgan. Tabiblar 100 ga yaqin kasalliklarni davolash usullarini
bilganlar. Qon aylanishi va yurak faoliyati to`g`risida bilimga ega bo`lganlar.
Misrliklar ilk bor tish protezini qo`yganlar. Qadimgi Misrning tibbiyot retseptlari,
magiya mantlaridan o`rta asrlarda arablar va Yevropa tibbiyoti foydalangan.
Misrliklar qadimgi so`z ensiklopediyalarini tuzganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: