Tayanch tushunchalar:
Ra, Ptax, Amon, Osiris, Isida, Xatxor, Sia, Maat,
kanopa, Sebek, Tot-pavian, Mut, Xonsu, Ka, Ba, ostrakon, ilohiy so`z, demotik
til, kopt tili, piktografiya, piramida, Petubastis, Sinuxet hikoyasi, Xafra,
Soxmetsher, astronomik yil, kalendar, suv va quyosh soatlari.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.
Qadimgi Misrdagi diniy e'tiqodlar haqida ma'lumot bеring.
2.
Misrda ta'lim tizimi va uning rivojlanish holatini qo‘shimcha manbalar asosida tahlil
eting.
34
3.
Misr madaniyatini jahon madaniyatida tutgan o‘rniga qiyosiy baho bеring.
4.
Qadimgi Misr adabiyoti yodgorliklari.
5.
Qadimgi Misr dini.
6.
Qadimgi Misr madaniyati.
7.
Qadimgi Misr me’morchilik san’ati.
Ma`ruza №5
Mavzu:Qadimgi Mesopotamiya. Reja:
1.
Geografik o`rni va tabiiy sharoiti
2.
Qadimgi Mesopotamiya aholisi.
3.
Davrlashtirish.
4.
Mesopotamiyaning qadimiy tarixiy manbalari.
5.
Tarixnavislik.
6.
Arxeologik ma’lumotlar.
1.Geografik o`rni va tabiiy sharoiti.
Shimolda Armaniston tog`laridan
janubda Fors qo`ltig`igacha, sharqda Eronning tog`li viloyatlaridan g`arbda
Suriya-Mesopotamiya cho`llarigacha cho`zilib ketgan hudud qadimda yunon
geograflari tomonidan Mesopotamiya (Ikki daryo oralig`i-Frot va Dajla daryolari
oralig`i) deb atalgan. Hozir bu asosan Iroq Respublikasi hududidir.
Dajla va Frot daryolari Arman tog`laridan boshlanib, Fors qo`ltig`iga
quyiladi. Daryo suvlari minerallarga boy loyqa olib borib, toshqin vaqtida
dalalarga toshib, hosildor qatlam hosil qiladi.
Ikki daryo oralig`ida hosil olish uchun yil davomida sun`iy sug`orish ishlarini
(melioratsiya) ishlarini amalga oshirish kerak edi. Bu yerda qadimdan odamlar
kanal va dambalar qurganlar. Mesopotamiya iqlimi shimol va janubda bir xil
emas. Shimolda quruq subtropik zonada qishda ba’zida qor yog`adi, bahor va
kuzda yomg`ir bo`ladi. Janub juda issiq va quruq iqlimli.
Mesopotamiya qadimda loy va tabiiy asfalt mo`l-ko`l bo`lgan. Shimolda qo`rg`oshin,
qalay, temir va tosh ham uchraydi.
Mesopotamiya florasi juda kambag`al. Faqat shimolda tog`li hududda har xil
daraxtlar uchraydi. Qadimda daryo vodiysida tol daraxti, janubda qamishning turli
xillari bo`lgan. Xurmo palmasi muhim rol o`ynagan. Strabonning aytishicha,
qadimda uning 360 xil foydali xossasini bilganlar. Uzum va mevali daraxtlar,
tariq, polba, kanop, bodring, sarimsoq, baqlajon, oshqovoq, loviya va no`xat
o`stirilgan.
Qadimda Mesopotamiya faunasi xilma-xil ko`rinishda edi. Daryolarda baliq
ko`p bo`lgan. Qushlar, eshak, cho`chqa, kiyik, quyon, tuyaqush, sherlar to`qay va
sahrolarda mo`l-ko`l bo`lgan. Mesopotamiya Yaqin Sharqning keng bo`shlig`ida
35
joylashganligi uchun xalqaro savdoda yetakchi rol o`ynagan. Ko`pgina yo`llar
g`arbdan sharqqa, shimoldan janubga shu yerdan o`tgan.
Qishloq xo‘jaligining vujudga kelishi bilan insoniyat tarixida yana bir qadam
oldinga siljish bo‘lib, buning natijasida jahon tarixida sivilizatsiyalar paydo
bo‘ldi.
G'arb madaniyati va urf-odati tarix tadqiqotlari sifatida ko`rilmoqda.
Ilk
inson sivilizatsiyasi bundan 3500 yil avval Mesopotamiyada yuzaga kelgan.
Keyingi 2000 yil davomida uch yoki to‘rtta yangi sivilizatsiyalar ham aniqlanishi
mumkin. Bu xalqlar, qishloq xo‘jaliklari barcha, ishlarini ishlab chiqarishgan.
asosiy yangiliklar soni yildan-yilga oshib, qaytadan kashf qilinishi, demakdir.
Ammo madaniyatlar tekis tarqalmagan edi. Bundan tashqari, bir qancha
jahon tarixchilari sivilizatsiyalar haqida ko`plab prinsplarni ishlab chiqishgan,
ularning ba’zilari juda ham qisqa bo`lishiga qaramay diqqatga sazovordir.
Taxminan jahon tarixida ilk sivilizatsiya davri miloddan avvalgi 3500- 1000-
yillardan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |