Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti


Mavzu:Qadimgi Misr madaniyati Reja



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

 
Mavzu:Qadimgi Misr madaniyati Reja: 
1.
Misr madaniyatining o`ziga xos xususiyatlari.
2.
Misr dini.
3.
Til, yozuv, ta’limtizimi.
4.
Adabiyot.
5.
Tasviriysan`atvame`morchilik.
6.
Ilmiy bilimlar.
1. Misr madaniyatining o`ziga xos xususiyatlari. 
Qadimgi misrliklar 
tuzilishi bo`yicha murakkab, mazmunan boy madaniyat yaratdilar. Bu madaniyat 
ko`pgina Yaqin Sharq xalqlarining madaniy taraqqiyotiga hayotbaxsh ta’sir 
ko`rsatdi.
 
Nil vodiysining g’aroyibotlari Mesopatamiyava Hind vodiylaridan farqlanib 
turadi. Bundan 2500 yil oldin yunon tarixchisi va geogrifi Gerodot Misr Nilning 
tuxfasiligini va uning uzunligi dunyoning ko‘pgina alohida geografik asosi 
ekanligini eslatib o‘tgan
7
.
Misr madaniyati to`rt ming yil davomida shakllandi. Qadimgi Misr 
madaniyatining taraqqiyotini nima belgiladi? Birinchi navbatda, Qadimgi Misr 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatlari, Nil vodiysining 
o`zlashtirilishi, 
dehqonchilikning 
oqilona 
tashkil 
qilinishi, 
umummisr 
iqtisodining yuksak taraqqiyoti madaniy o`sishning moddiy asosini yaratdi. Shu 
bilan birga, madaniyat sohasidagi yutuqlar ta’lim, fan, qadimgi misrliklarning 
umumiy ma’naviy taraqqiyotining yuksalishi bu ijtiomiy-iqtisodiy taraqqiyot va 
davlatni takomillashtirishning asosiy sabablaridan biri bo`ldi.
Qadimgi Misr madaniyatida qator o`ziga xos xususiyatlar borki, bu 
madaniyatni chuqur takrorlanmas tizimini hosil qiladi. Uning o`ziga xosligi va 
takrorlanmasligi sinfiy jamiyat va davlatning kelib chiqishi hamda Nil 
vodiysining yopiq geografik joylashuvi natijasida boshqa xalqlarning madaniy 
yutuqlarini o`zlashtirishning qiyinligi bo`ldi. Nil vodiysining tabiiy sharoiti butun 
Misr madaniyatida chuqur iz qoldirdi. Xo`jalik hayotida Nil daryosining yetakchi 
o`rni, dengizdan uzoqlik, Nilni o`rab turgan jonsiz sahro, o`zining qumli 
bo`ronlari, jazirama issig`i, yirtqich hayvonlari bilan qadimgi Misr dunyoqarashi 
va diniy e’tiqodi, qadriyatlarining butun tizimi xususiyatini belgiladi.
Fir’avnning kuchli hokimiyati orqali tashkil qilingan umumjamoa mehnati 
bilan misrliklar qulay hayot uchun shart-sharoit yaratdilar. Shu bois, tabiatning 
dahshatli kuchlari oldidagi qo`rqinch, fir’avnning qudratli hokimiyati, dahshatli 
xudolar, ularning ulug`vorligi va qudrati qadimgi misrliklarning dunyoqarashiga 
singib ketgan edi. Oddiy odamlar qudratli xudolar va yanada qudratli fir’avnlar, 
ularning amaldorlari oldida o`zlarining juda zaifligi va kuchsizligini his qilganlar.
7
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. 2011, р.63.


29
Misr madaniyatiga chuqur konservatizm va an’anaviylik xos. Misrliklar 
o`zlarining madaniy qadriyatlar tizimiga biror-bir yangilik kiritishdan qochdilar. 
Aksincha, ularda o`zlariga ma’lum g`oya, qonun, badiiy uslublarni asrash va 
amaliyotga tadbiq qilish uzoq asrlar asosiy tamoyil bo`lib qoldi. Albatta, bu hol 
yangi unsur, g`oya va uslublarni inkor qilmadi, ammo ular asta-sekin paydo 
bo`ldi. Shu sababli, Misr ustalari doimo rioya qilgan an’anaviylik va konservatizm 
Misr san’ati uchun xos bo`lgan konseptuallik va yuqori malakalilik, mohirlik, 
uyg`unlikni o`zida aks ettirib, nihoyasiga yetkazib ishlangan. Bu sof Misr qonun 
va obrazlarining yaratilishiga olib keldi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish