Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

 Dafn marosimlari

Misr hukmron tabaqalari ya’ni qirollarning asosiy 
vazifalari qonun va mustahkamlikni ta’minlashdan iborat. Qirollar adolat va 
adliya ilohasi Maat sifatida bilishgan
8
.

Misr madaniyatida o`lim bilan hayot doimo bir-biriga qarama-qarshi turgan. 
Ajalsiz ruh Misr dinida alohida o`rin egallagan. Mana shu ajalsizlikka intilish 
ko`mish marosimlarining shakllanishiga olib kelgan. Diniy marosimlarda har bir 
odam 
alohida 
xususiyatga 
ega 
bo`lgan. 
Masalan, 
sax-insonjismi, 
shuntuningsoyasi, rek-uningismi, ax-uningarvohihisoblangan. Bu yerda eng 
muhim rolni Ra-insonning joni, ya’ni ajalsizlikning negizi o`ynagan. Misr diniga 
ko`ra, Ra o`z jismiga birikishi va qayta dunyoga kelishi kerak bo`lgan. Chunki 
odam o`lganda faqat uning jismi o`ladi, ammo ruhi abadiy yashash uchun narigi 
dunyo-o`liklar saltanatiga mangu yashash uchun ketadi. Qadimgi misrliklarning 
ana shunday diniy tasavvurlari asosida odamning jasadini abadiy saqlash fikri 
tug`iladi va mo`miyolash jarayoni vujudga keladi. Shuningdek, ularning tanasiga 
hech qanday shikastlar yetmasligi uchun yoki boshqa shovqinlardan xalos bo`lish 
uchun piramidalar qurish fikri tug`iladi. O`lik 70 kun ichida mo`miyolanib, keyin 
esa ko`milgan. Uning yuragi, jigari, talog`i maxsus idish (kanopa)ga saqlangan. 
Qadimgi misrliklar tasavvuriga ko`ra, marhumning ruhi 70 kundan so`ng, narigi 
dunyoga mangu yashash uchun jo`natilgan. O`liklar saltanatiga borgan odamlarni 
ikkinchi o`lim kutgan. U dunyoda marhum Osiris va Anubis xudolari 
o`tkazadigan sudda odam o`ldirmagani, o`g`rilik qilmagani, yolg`on gapirmagani 
to`g`risida qasam ichisi lozim edi. Bu esa, asosan «O`liklar kitobi», «Darvozalar 
kitobi», “Yerosti g`orlari kitobi» kabi diniy kitoblarda aytilgan. Yangi podsholik 
davridan sog`onalarga “O`liklar kitobi”ning mazmunini o`zida aks ettirgan
papirus yozuvlari qo`yilgan.
Qadimgi misrliklarning dini Nil vodiysining tabiiy shart-sharoitlarini o`ziga 
xos xususiyatlarini, qadimgi Misr jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
taraqqiyotining alohida tomonlarini fantastik aks etishi edi. Misrliklar oy, quyosh, 
Nil vodiysi va uning atrofidagi sahro, yirtqich hayvonlar va tabiatning har xil 
kuchlarini ilohiylashtirdilar. Ular sun'iy sug`orish tizimini tashkil qiladigan, 
insonlar ustidan amr qiluvchi fir’avnga e’tiqod qildilar.
Misrliklar mingga yaqin turli xil xudolarga sig`inganlar. Xudolar mahalliy va 
umummisr miqyosida e’tiqod qilingan ilohlarga bo`lingan. Qaysi bir nom 
hukmdori-umummisr hukmdori fir’avnlik taxtiga o`tirsa, shu nomning xudosi 
umummisr xudosiga aylangan. Misol uchun, nom markazi bo`lgan Fiva Misr 
poytaxti bo`lganda, hech kimga ma’lum bo`lmagan Fiva xudosi Amon xudolar 
ichida bosh xudo deb tan olindi.
Misrda oliy xudo quyosh xudosi Ra yaratuvchi xudo Ptax va xudo 
Amonning ko`pgina vazifalarini olish bilan Misrning bosh xudolaridan biriga 
8
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. 2011, р.64.


31
aylangan. Amon-Ra dunyoning yaratuvchisi, podsho hokimiyati, Misr harbiy 
qudratining homiysi bo`lgan.
Osiris o`layotgan va uyg`onayotgan tabiatning aksi, u dunyoning hukmdori, 
podsho hokimiyati homiysi bo`lgan. Uning rafiqasi Isida ona xudo, onalik va 
erxotinlik muhabbatining homiysi bo`lgan. Ularning o`g`li ham osmon va 
yorug`lik ifodasi, fir’avn homiysi bo`lgan. Donolik va hisob xudosi Tot; qudrat 
ramzi m`buda Soxmet, osmon xudosi Xatxor quvonch va sevgi xudosi bo`lgan. 
Sia-bilim xudosi, Maat-adolat xudosi bo`lib, adolat, aql kabi mavhum 
tushunchalarni ifodalagan.
Misr Nubiya, Falastin va Suriya bilan yaqin aloqada bo`lgani sababli, chet el 
xudolari Anat, Astarta, ma’bud Reshefa (Semit), Dedun (Kush xudosi) Misr 
xudolari panteoniga qabul qilingan. Misr diniy tasavvurlarida fetishizm va 
totemizm qoldiqlari saqlanib qolgan. Misrliklar o`z xudolarini hayvon, ilon, 
qurbaqa tarzida tasavvur qilishlari shu sababli edi. Xudo Apis kuchli ho`kiz 
qiyofasida, ma’buda Soxmet-sher, Tot-pavian, suv girdobi xudosi Sebek-timsoh, 
Yuqori-Quyi Misr birligi timsoli bo`lgan ma’buda Uadjet-ilon-kobra ko`rinishida 
ifodalangan.
Xudolarning ko`pligi, ularning vazifalarini bir-biriga bog`lanib ketishi 
kohinlarning xudolar panteonini tartibga solish, ular o`rtasida aniq 
munosabatlarni o`rnatish vazifasini qo`yadi. Geliopol kohinlari ma’lum darajada 
xudolar o`rtasidagi munosabatlar va ularning dunyoni yaratishdagi rolini 
ko`rsatadigan tizimni ishlab chiqdilar. Shunga ko`ra, dastlab ibtidoiy suv xudosi 
Nun yashadi. Undan xudo Atul (Ra) paydo bo`ldi. Atul (Ra) o`zidan suv xudosi 
Shu va uning xotini Tefnut-namlikni paydo qildi. Ulardan yer xudosi Geb, osmon 
ma`budasi Nut tug`ilib, ulardan o`z navbatida, Osiris, Isida, Sia va Neftida 
tug`ilgan. Bu qadimgi ilohlar ilk ilohiy to`qqizlik-Enneada oilasiga birlashdi. Ana 
shu ilohlardan boshqa Misr xudolari tarqalgan.
Podsholik qilayotgan va vafot etgan fir’avn o`z ibodatxonasiga ega bo`lgan. 
Kohinlar bu ibodatxonalarda qurbonlik keltirganlar va fir`avnga sig`inganlar. 
Ulug`vor piramidalar, hashamatli sog`onalar bunyod qilish fir`avnni 
ilohiylashtirishning yana bir belgisi edi. Fir’avn ilohiyligining ramziy aks etishi 
sfinks ko`rinishida bo`lgan. Misrda yagona xudoga sig`inish konsepsiyasi o`z 
o`rnini topmagan (Exnaton islohoti).
Misr dinida u dunyodagi hayotga katta o`rin berilgan. Inson go`yoki, uch 
asosiy substansiya: jismoniy tana, uning ma’naviy ko`rinishi («Ka») va uning ruhi 
(«Ba») dan iborat. Faqat shu uch unsur birgalikda yashashga imkon beradi. 
Demak, shunday ekan, odamlarning jasadini saqlash (mo`miyolash) kerak. Ana 
shundagina mo`miyo oldida «Ka» va «Ba» turadi. O`limdan keyingi hayot bu 
hayotning davomi deb tushuniladi.
Ibodatxonalar ko`p sonli kohinlarni ta`minlash, bayram va ziyofatlarni
tashkil qilish uchun o`z xo`jaliklariga ega bo`lgan. Fir`avnlar, zodagonlar 
ibodatxonaga hadya qilgan yerlarda ko`plab odamlar ishlagan. Ibodatxonalar 
nafaqat mamlakatni diniy, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim rol 


32
o`ynab qolmay, ibodatxona kohinlari davlat siyosatiga faol aralashganlar. 
Sulolaviy tushkunlik paytida yangi fir`avnni tanlanishi bevosita Amon-Ra oliy 
kohinlariga bog`liq bo`lgan.
3. Til, yozuv, ta’lim tizimi. Qadimgi misrliklarning tili va yozuvi ming yillik tarix 
davomida o`z taraqqiyotining 5 bosqichini bosib o`tdi:
1.
Qadimgi podsholik davridagi til;
2.
O`rta Misr klassik tili (bu tilda noyob adabiy asarlar
yaratilgan);
3.
Yangi Misr tili (er. avv. XIV-VIII asrlar); 4. Demotik til (er. 
avv. VIII-eramizning V asri); 5. Kopt tili (III-VII asrlari).
Misrdan bizgacha maktab matnlari yozilgan papiruslar yetib kelgan. 
Jumladan, o`quvchilarning yozuvlari, o`quv qo`llanmalar, namuna uchun adabiy 
matnlar. Misrliklar yozuvni “Ilohiy so`z” deb aytganlar. O`qituvchilar o`quvchilar 
uchun mashqlar, ko`rsatmalar tuzganlar. Misrda o`qish va yozishni bilgan kishilar 
qadrlangan. Zodagonlar o`zlari va bolalarining savodli bo`lishiga jiddiy e`tibor
berganlar. Ta`lim tizimi shakllanib, maktablar paydo bo`lgan. Ular ikki 
bosqichdan iborat bo`lgan. Maxsus tibbiyot maktablari bo`lib, ularda tabiblar 
tayyorlangan.
4.
Adabiyot. Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli g`oyalar, 
badiiy obrazlar bilan sug`orilgan boy adabiyotlarni yaratdilar. Adabiyotning 
rivojlanishi uchun qulay omil bo`lib xalq og`zaki ijodi xizmat qildi. Ilk 
abadiy asarlar er. avv. IV ming yillikda shakllandi. Ertaklar, didaktik 
nasihatnomalar, zodagonlar tarjimai hollari, diniy matnlar va poetik asarlar 
Qadimgi podsholik davridayoq paydo bo`ldi.
Misr adabiyotida nasihatnoma va bashoratlar didaktik janri to`laroq aks 
etgan. Nasihatnomalardan eng qadimgisi «Ptaxotep nasihatnomasi»dir. 
Keyingilari «Gerakleopol podshosi Axtoyning o`g`li Merikaraga nasihati»,
«Fir`avn Amenemxet I ning nasihatnomasi» kabi asarlarda davlatni boshqarish yo`l-
yo`riqlari bayon qilingan. «Axtoyning o`gli Duaufaga nasihati»da mirzalikni boshqa 
kasblardan afzalligi ko`rsatiladi.
Yangi podsholik davrida nasihatnomalardan «Ani nasihati», «Amenemope 
nasihati»da turmush axloqi va an’anaviy axloq qoidalari batafsil bayon qilinadi.
Ertaklar Misr adabiyotida alohida bir janr sifatida shakllandi. Ulardan eng 
mashhurlari «Fir’avn Xufu va sehrgarlar», «Kema halokatiga uchraganlar», «Egri 
va to`g`ri», «Ikki aka-uka» va «Fir’avn Petubastis to`g`risida» gi bir necha 
ertaklardir.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish