Oits, hamma biladi,hech kim gapirmaydi



Download 88,63 Kb.
Sana19.02.2020
Hajmi88,63 Kb.
#40194
Bog'liq
maqola

OITS, hamma biladi ,hech kim gapirmaydi.

Atrofimizni o`rab turgan olam xilma-xil ko`rinish va turli –tuman shaklga ega. Tirik organizmlar olamining eng kichik birligi hujayra deb hisoblanadi.Ammo tabiatda hayotning hujayrasiz shakllari ham borki, ular faqat hujayra ichidagina yashay oladi ,ya’ni faol hayot kechiradi: rivojlanadi,ko`payadi.Ular hujayradan tashqarida faol bo`lmaydi va ko`payish xususiyatiga ega emas. Ular hujayra ichi parazitidir.Ularni barchamiz juda yaxshi bilamiz.Ularning nomi tez-tez qulog`imizga chalinib turadi. Ular bizga juda ko`p va uncha katta bo`lmagan ko`ngilsizliklar,ba’zan esa ulkan ofatlar keltiradi. Katta va kichik ko`ngilsizliklarning sababchilarini ilm-fanda viruslar deb atashadi.

Virus so’zi lotincha –“zahar” degan ma`noni anglatadi. Hozirgi paytda viruslarning odam va hayvonlarda turli kasalliklar qo‘zg‘atuvchi 1000 dan, o‘simliklarda 800 dan ortiq turi ma’lum.Viruslar inson hayotiga katta xavf soladi.Ular juda ko`p kasalliklarning qo`zg`tuvchisi hisoblanadi,xususan, OITS gripp,quturish,sariq kasalligi(gepatit),ensefalit, qizilcha, va boshqalar.

OITS-orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi bugungi kun insoniyat uchun eng katta xavf solayotgan kasallik hisoblanib,uni OIV virusi qo`zg`atadi.Odam immunotanqislik virusini 1983 -yilda L.Montane aniqlagan.Kasallik immunitet tizimini o`zgartirib,odamlarni infeksiyalar va kasalliklarga moyil qilib qo`yadi.OIV –insonning immunitet hujayralari va muhim organlarini jarohatlaydigan virus.

OIV bir odamdan boshqasiga OITS bilan kasallangan odam yoki tanasida shu virusni tashib yuruvchi odamdan yuqadi .Yuqish yo`llari 3 xil bo`lib, birinchi- himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali- tabiiy yo`l bilan.Ikkinchi- parenteral, ya`ni sun’iy yo`l bilan nosterill tibbiy asbobladan foydalanilganda,soqol olish uskunalari ,tish yuvish vositalari umumiy ishlatilganda,teriga rasm solganda, tekshirilmagan kosmetologiya (manikyur,pedikyur) asboblaridan foydalanilganda, bemor yoki tashuvchining qoni quyilganda va a’zolari ko`chirib o`tkazilganda yuqishi mumkin.Uchinchi-vertikal,tabiiy yo`l bilan homiladorlik davrida kasallikni yuqtirgan bo`lsa,virus bolaga ona qornida,tug`ilayotganda va tug`ilgandan so`ng emizikli davrida yuqishi mumkin. Demakki,hech kim bu xastalik bilan kasallanmasligi kafolatlanmagan.

OIVni yuqtirgan odamlarda OITS belgilari bir necha oy yoki o`n yillar davomida sezilmasligi mumkin. Odatda esa ular virus yuqqandan keyin 2-6 hafta ichida namoyon bo`la boshlaydi.

OITS ning belgilari : limfa tugunlari va bezlar kattalashadi, terida yiringli yaralar paydo bo`ladi, harorat ko`tarilishi, bo`g`imlardagi va muskullardagi og`riq (OIV virusi bosh miyaning oq moddasini zararlashi tufayli bemor qo`l va oyoqlaridagi nerv tolalari bo`ylab og`riq seziladi), ich ketishi, zaiflik, charchoq, terlash, ozish, ba’zida qo`l-oyoq falajlanishi , aqliy mehnat qobiliyatining pasayishi , gripp va shamollashga o`xshash belgilar kuzatiladi.

Agar bemor davolanmasa ,OIV insonning infeksiyalarga qarshi kurashish(antitana,antitoksin ishlab chiqarish) xususiyatini pasaytirib yuboradi. Bunda inson hatto eng oddiy kasalliklarda ham (gripp,shamollash ) tez tuzalmaydi va kasallik og`ir kechadi .Ba`zan esa shu oddiy kasalliklar OITS ta`sirida inson umrining zavoli bo`lishi mumkin.

Hozirgi kunda OIV yoki OITS ga qarshi davo choralari topilmadi. Mavjud davolash usullari kasallikning rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin va ko`pchilik odamlarga uzoq hayot kechirish imkonini beradi. Shu bois bu xavfli kasallikdan saqlanishning birdan- bir yo`li sog`lom turmush tarziga rioya qilishdir.

Hozirda O`zbekistonda shu xastalik bilan 10000 dan ortiq shaxs kasallangan.



Kasallik XXI asr vabosi hisoblanadi va shu sababli 1- dekabr- Butunjahon OITS ga qarshi kurashish kuni , deb e`lon qilingan.
Toshkent viloyati Bekobod shahar 11- umumiy o`rta ta’lim maktabi biologiya fani o`qituvchisi

Egamberdiyeva Husniya tayyorladi.
Download 88,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish