c) aksiyadorlar mulki ustidan nazoratni amalga oshirib,
kapital tarkii teng
taqsimlanishiga qaratilgan boshqaruv faoliyati;
d) aksiyadorlik jamiyatlaridan erishilgan foydani mulkdorlar va menejerlar
o‘rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan faoliyat.
2. Korporativ boshqaruvning asosiy maqsadi qaysi javobda keltirilgan?
a) kompaniyaning bozordagi ulushi va kapitallashuv darajasini oshirib
borish orqali aksiyadorlar daromadligini ta’minlash;
b) korporativ tuzilmada xarajatlarning maqsadli yo‘naltirilishi ustidan
nazoratni amalga oshirish;
c) boshqaruvning xalqaro talab va standartlariga muvofiqligini ta’minlash;
d) aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda davlat
tomonidan boshqaruv sifatini oshirish.
3. Qaysi javobda korporativ boshqaruv ob’ekti to‘g‘ri berilgan?
a) korporativ munosabatlar;
b) korporativ prinsiplar;
c) korporativ ishtirokchilar;
d) aksiyadorlik jamiyati zararlarini taqsimlash.
4. Korporativ boshqaruv sub’ektlari qaysi javobda keltirilgan?
a) aksiyadorlik jamiyatlari,
aksiyadorlar, menejerlar, davlat, kreditorlar va
boshqa manfaatdor shaxslar;
b) qimmatli qog‘ozlar bozori, fond bozori, qimmatli qog‘ozlar markaziy
depozitariysi;
c) barcha korporativ munosabatlarga nisbatan korporativ boshqaruv
sub’ektlari sifatida qaraladi;
d) korporativ boshqaruv amaliyotida alohida sub’ektlar mavjud emas;
5. Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqargan holda joriy
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini boshqarishni kimlarning zimmasiga yuklaydi?
a) shartnoma asosida menejerlarga;
b) imtiyozli aksiyalar egalariga;
c) ichki nazorat organlariga;
d) ish yurituvchilarga.
6. Aksiyadorlik jamiyati va xodim-aksiyador o‘rtasidagi korporativ
munosabatlar ko‘lami qaysi javobda to‘liq berilgan?
a) mehnat shartnomasi asosidagi hamda mulkdorlik nuqtai nazaridan
munosabatlar;
b) mehnat shartnomasida belgilab qo‘yilgan majburiyatlar yuzasidan
munosabatlar;
c) aksiyadorlik jamiyati va xodim-aksiyador o‘rtasida alohida
korporativ
munosabatlar tizimi yuzaga kelmaydi;
d) egalik qilib turgan ulushi asosida yuzaga keladigan munosabatlar.
7. Aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatida professional menejmentga
qachondan boshlab alohida e’tibor qaratila boshlangan?
a) XX asrdan;
b) 1980 yillardan;
c) XXI asrdan;
d) 1950 yillardan.
8. Korporativ boshqaruvning prinsiplari qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan?
a) qonuniylik, adolatlilik, hisobdorlik, javobgarlik,
oshkoralik, shaffoflik;
b) itoatkorlik, qonuniylik, majburiylik, ta’minlanganlik, to‘lovlilik;
c) manfaatdorlik, muddatlilik, asoslanganlik, maqsadlilik, qonuniylik;
d) xalqaro amaliyotda korporativ boshqaruv
prinsiplari qabul qilinmagan,
O‘zbekistonda mustaqillik va liberallik prinsiplari mavjud.
9. Korporativ boshqaruvning qaysi prinsipi aksiyadorlik kompaniyalarida
aksiyadorning ulushidan qat’iy nazar, bir xil munosabatda bo‘lish, minoritar
aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarini ta’minlash lozimligini nazarda tutadi?
a) adolatlilik prinsipi;
b) hisobdorlik prinsipi;
c) shaffoflik prinsipi;
d) oshkoralik prinsipi.
10. O‘zbekistonda korporativ boshqaruvni tashkil etish va amalga
oshirishning huquqiy asosi hisoblangan eng asosiy qonunchilik hujjatini
ko‘rsating.
a) “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida”gi Qonun;
b) “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonun;
c) Korporativ boshqaruv kodeksi;
d) Soliq kodeksi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonun.
11. Rivojlangan davlatlarda qo‘llaniladigan Korporativ boshqaruv kodeksi
qanday hujjat hisoblanadi?
a) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan
qabul qilinib, aksiyadorlik
jamiyatida rioya qilinishi majburiy hisoblangan hujjat;
b) davlat qonun chiqaruvchi hokimiyati tomonidan qabul qilinib, barcha
rioya qilishi majburiy bo‘lgan hujjat;
c) jamoat tashkilotlari tomonidan qabul qilinib, barcha rioya
qilishi majburiy
bo‘lgan hujjat;
d) Jahon banki tomonidan qabul qilinib, barcha davlatlardagi aksiyadorlik
jamiyatlari tomonidan rioya qilinishi majburiy hujjat.
12. O‘zbekistonda Korporativ boshqaruv kodeksi qaysi holatda majburiy
hujjat hisoblanadi?
a) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangach, tegishli
aksiyadorlik jamiyatida;
b) Korporativ boshqaruv kodeksi har qanday holatda majburiy amal qilinishi
lozim bo‘lgan
hujjat hisoblanadi;
c) aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangach, ijroiya
organi amal qilishi majburiy hisoblanadi;
d) ijroiya organi tomonidan tasdiqlangach, barcha xodimlar tomonidan rioya
qilinishi majburiy hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: