Ro`yxatga olindi: №



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

Korporativ tuzilma uchun
Korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilishning 
ahamiyatli jihatlari
Investorlar (aktsiyadorlar) uchun
Korporativtuzilmanufuzinioshirib borish.
Arzon kapital jalb qilish imkoniyatlarini 
kengaytirish.
Uzoq muddatli investitsiyalar jalb qilish 
imkoniyati.
Strategik hamkorlar bilan muvaffaqiyatli 
hamkorlik yuritish.
Xususiy kapitaldan samarali foydalanish.
Boshqaruv tizimini takomillashtirish.
risklarni pasaytirish.
Barchainvestorlar(aktsiyadorlar) huquqlari 
va manfaatlarini ta’minlash.
qilishda
qabul
qarorlar
oldida
(aktsiyadorlar)
boshqaruvining
tuzilma
Korporativ 
investorlar 
hisobdorligi.
Investitsion
Korporativtuzilmafaoliyatiustidan nazoratni 
amalga oshirish imkoniyati.


qilindi.   Natijada   xususiy   mulkchilikka   imkoniyat   berilgan   holda   ayrim   sohalar
bo‘yicha   davlat   mulkini   xususiylashtirish   amaliyoti   boshlandi   va   bu   amaliyot
korporativ munosabatlarga ham yo‘l ochib berdi hamda aksiyadorlik jamiyatlari,
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etila boshlandi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1994   yil   21   yanvardagi
“Tadbirkorlikni   rivojlantirish   va   xususiy   mulk   himoyasini   ta’minlash,   iqtisodiy
islohotlarni   yanada   chuqulashtirish   bo‘yicha   chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi
Farmoniga muvofiq 1994 yil 8 aprelda Toshkent respublika fond birjasi tashkil
etildi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga solib borish maqsadida 1996 yil
26 aprelda O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini   himoya   qilish   to‘g‘risida”gi   Qonuni   qabul   qilindi.   Mazkur   qonun
asosida aksiyalar muomalasi, aksiyalar paketlarini yirik investorlarga sotish orqali
qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish amaliyoti keng yo‘lga qo‘yildi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish
maqsadida   1998   yilda   qabul   qilingan   O‘zbekiston   Respublikasi   “Investitsiya
faoliyati   to‘g‘risida”gi   (2014   yilda   yangi   tahrirda   qabul   qilingan),   “Chet  el
investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va
ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi. Natijada chet
el kapitali ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari soni va ularning faoliyat ko‘lami
kengayib bordi.
2014 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari
va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda
qabul qilindi. Unga ko‘ra ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari bir xil
aksiyadorlik   jamiyati   deb   yuritila   boshlandi.   2014   yil   2   iyulda   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   “Aksiyadorlik   jamiyatlarida   korporativ
boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori
qabul qilindi. Unga ko‘ra  yangi tahrirdagi qonun asosida  korporativ boshqaruv
tizimi takomillashtirildi.
Mamlakatimizni   2014   yilda   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   yakunlari   va
2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan   Vazirlar   Mahkamasining   majlisida   O‘zbekiston   Respublikasi
Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va
yondashuvlarni   tubdan   o‘zgartirish,   ishlab   chiqarish,   tashqi   iqtisodiy     va
investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ menejment standartlarini
joriy   etish   jiddiy   e’tiborni   talab   qiladi”
11
,   deya   qat’iy   ta’kidlab   o‘tdi     va
aksiyadorlik   jamiyati   faoliyatini   rivojlantirish   iqtisodiy   taraqqiyot   yo‘nalishi
sifatida   belgilandi.   Bunda   korporativ   yoki   aksiyadorlik   birlashmalarimizning
faoliyati   samaradorligini   tanqidiy   baholash,   ularni   xorijiy   davlatlardagi   ana
shunday korxonalar bilan taqqoslab ko‘rish zarurligi alohida belgilandi.
Belgilangan   vazifadan   kelib   chiqqan   holda   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining 2015 yil 31 martdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining
11  
Каримов  И.А.   2015  йилда  иқтисодиётимизда  туб  таркибий  ўзгаришларни  амалга  ошириш,  модернизация  ва
диверсификация жараёнларини изчил давом эттириш ҳисобидан хусусий мулк ва хусусий тадбиркорликка кенг йўл очиб
бериш – устувор вазифамиздир. – Т.: “Ўзбекистон”, 2015. – 72 б.


samaradorligini   oshirish   va   korporativ   boshqaruv   tizimini   takomillashtirish
komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2327-sonli Qarori qabul qilindi. 2015 yil
davomida komissiya tomonidan barcha aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati to‘liq
inventarizatsiyadan o‘tkazildi, natijada 462 ta jamiyatni yoki ularning 43 foizini
tugatish   yoki   boshqa   tashkiliy-huquqiy   shaklga   o‘zgartirish   to‘g‘risida   qarorlar
qabul qilindi.
Aksiyadorlik   jamiyatlari   faoliyatida   zamonaviy   korporativ   boshqaruv
uslublarini joriy etish, bu borada xorijiy menejerlarni faol jalb qilishni ta’minlash
maqsadida   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2015   yil   24   apreldagi
“Aksiyadorlik   jamiyatlarida   zamonaviy   korporativ   boshqaruv   uslublarini   joriy
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Farmon asosida etakchi
xorijiy kompaniyalarda boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish asosida
ishlab   chiqilgan   aksiyadorlik   jamiyatining   namunaviy   tashkiliy   tuzilmasi
tasdiqlandi.
2015   yilning   1   iyulidan   aksiyadorlik   va   boshqa   xo‘jalik   jamiyatlari
nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan qat’i nazar, «davlat» so‘zidan
foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari
boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq
to‘lash   fondidan   yagona   ijtimoiy   to‘lov   to‘lashdan,   xorijiy   mutaxassislarning
boshqaruv   xodimlari   sifatidagi   faoliyatidan   olgan   daromadlari   daromad   solig‘i,
to‘lov   manbaidan   olinadigan   daromad   solig‘i,   shuningdek,   fuqarolarning
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya
jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy sug‘urta badallaridan ozod etildi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2015   yil   21   dekabrdagi
“Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha
chora-tadbirlar   to‘g‘risida”gi   2454-sonli   Qarori   asosida   esa   aksiyadorlik
jamiyatlari   ustav   kapitalida   xorijiy   investorlarning   ulushi   15   foizdan   kam
bo‘lmasligidan iborat tartib joriy etildi.
Rivojlangan   mamlakatlar  amaliyotida   korporativ  boshqaruv   kodeksi   ichki
hujjat   bo‘lsada,   aksiyadorlik   kompaniyalari   faoliyatini   tartibga   solishda   muhim
ahamiyat   kasb   etadi.   Korporativ   boshqaruv   kodekslari   amalda   1990   yillardan
qo‘llanila   boshlangan
12
.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2015   yil   24
apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini
joriy   etish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   4720-sonli   Farmoni   talablari   asosida
respublikamizda   ham   Korporativ   boshqaruv   kodeksi   namunaviy   tarzda   ishlab
chiqildi   va   amaliyotga   joriy   etildi.  Unga   ko‘ra   korporativ   boshqaruv   kodeksi
quyidagi qismlardan iborat:
I. Umumiy qoidalar
II. Faoliyat ochiqligini ta’minlash
III. Samarali ichki nazorat mexanizmlarini joriy qilish
IV. Aksiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirilishini
ta’minlash
12 
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 14.


V. Uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi va 
vazifalarni belgilash
VI. Ijroiya organining aksiyadorlar va investorlar bilan o‘zaro samarali 
hamkorligining mexanizmlarini joriy etish
VII. Manfaatlar qarama-qarshiligi
VIII. Namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy etish
IX. Axborotlarni audit va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari 
asosida e’lon qilish
X. Kodeks tavsiyalarini joriy etish monitoringi
XI. Yakuniy qoidalar.
Ayni paytda respublikamizdagi barcha aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ
boshqaruv kodeksi ishlab chiqilgan va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan
tasdiqlangan holda amaliyotga joriy etilgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish