Ro`yxatga olindi: №



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

tegishli moddalar 
raqami
O‘zbekiston Respublikasi Kodekslari
....
....
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari
....
....
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari
....
....
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmoyishlari
....
....
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Qarorlari, Farmoyishlari
....
....
Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar
...
....


II bob. KORPORATIV BOSHQARUVNING ZAMONAVIY
USLUBLARI VA MODELLARI
2.1. Xalqaro darajada tan olingan korporativ boshqaruv modellariga
umumiy tavsif
Korporativ   boshqaruv   rivojlanib   borishi   bu   borada   tajribalar   orttirilishiga
olib   keldi.   Ma’lum   bir   korporativ   tuzlma   faoliyatida   ijobiy   natijalarga   sabab
bo‘lgan   korporativ   boshqaruv   tajribalari   boshqa   korporativ   tuzilmalar   uchun
namuna   vazifasini   o‘tay   boshladi.   O‘z   navbatida   korporativ   boshqaruv   ijobiy
tajribalarining ommalashishi yuz berdi va bu jarayon mamlakatlarni ham qamrab
ola boshladi. Natijada yangi tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari, korporativ
boshqaruv   yangidan   yo‘lga   qo‘yilayotgan   mamlakatlar   uchun   namuna   sifatida
korporativ   boshqaruv   modellari   yuzaga   keldi.   Korporativ   boshqaruv   modellari
shakllanishida   etnik   aholining   turmush   tarzidan   kelib   chiqqan   holda   korporativ
madaniyat ham ham ta’sir ko‘rsatganligini alohida ta’kidlashimiz lozim.
Korporativ boshqaruv modeli quyidagi elementlarning yaxlit birligini o‘zida
aks ettiradi:
- korporativ nazorat mexanizmi;
- qarorlar qabul qilish tartibi;
- amaldagi   moliya   tizimi   bilan   bevosita   bog‘liq   holda   kompaniya   ichki
boshqaruviga kapital bozorining ta’siri;
- korporativ qonunchilik;
- aholining iqtisodiy taraqqiyot natijasida shakllangan iqtisodiy xulq-atvor
me’yorlari.
Korporativ   boshqaruv   modeli   shakllanishiga   mamlakat   iqtisodiyoti
rivojlanishining   aniq   shart-sharoitlari,   turmush   tarzining   tarixiy   an’analari,
qonunchilik asoslari holati, jamiyatdagi asosiy qadriyatlar, xo‘jalik sub’ektlarining
faoliyat yuritish qoidalari va me’yorlari bevosita  ta’sir ko‘rsatadi.  Shuning uchun
ham turli davlatlardagi korporativ boshqaruv modellari o‘rtasida ma’lum darajada
farqlar   mavjud.   Hozirgi   kunda   tadqiqotchilar   o‘zaro   keskin   farqlardan   kelib
chiqqan holda korporativ boshqaruvning uchta asosiy modelini ajratib ko‘rsatadi.
Ular anglo-amerika, nemis va yapon modellaridir.
Anglo-amerika, german va yapon modellari ichki boshqaruvning turli-tuman
tuzilmalariga namuna sifatida asos hisoblanadi. Bu modellardan har biri agent va
prinsipal   o‘rtasidagi   munosabatlardagi   muammolarga   javobni,   shuningdek
korporativ   tuzilma   faoliyat   samaradorligini   baholashni   o‘zida   aks   ettiradi.   Ular
o‘rtasidagi prinsipial farq nazoratning ichki va tashqi mexanizmlari amal qilishida
ko‘zga   tashlanadi.   Biror   mamlakatda   qo‘llash   uchun   korporativ   boshqaruv
modellaridan   birini   aynan   olish   mumkin   emas,   chunki   korporativ   boshqaruv
tuzilmasi har bir mamlakatdagi shart-sharoitlar va xususiyatlardan kelib chiqqan
holda rivojlanib borish xususiyatiga ega hisoblanadi.
Umumiy holda har bir korporativ boshqaruv modelining asosiy   belgilari
yoki elementlari quyidagilar:


- aksiyadorlik jamiyatining muhim ishtirokchilari;
- muhim ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmi;
- model bo‘yicha aksiyalarga egalik qilish tarkibi;
- moliyaviy resurs jalb qilish imkoniyati;
- direktorlar kengashi tarkibi;
- qonunchilik doirasi;
- axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha talablar;
- aksiyadorlar ma’qullashi talab etiladigan korporativ xatti-harakatlar. 
“Jahon amaliyotida korporativ boshqaruvning beshta tan olingan bazaviy
modellari mavjud. Ular:
- amerika modeli;
- Birlashgan Qirollik (umum tanolingan tamoyillarga asoslangan) modeli;
- ikki pog‘onali kontinental evropa modeli;
- yapon modeli;
- Osiyo oilaga tayangan modeli”
13
Amerika   modeli   va   Birlashgan   Qirollik   modeli   bir-biriga   yaqinligi,
shuningdek   ikki   pog‘onali   kontinental   evropa   modelining   asosi   german   modeli
ekanligidan kelib chiqqan holda quyida xalqaro darajada tan olingan korporativ
boshqaruv modellari sifatida anglo-amerika, german, yapon, oila modellarining har
biri xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish