Ro`yxatga olindi: №


 Anglo-amerika modeli xususiyatlari



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

2.2. Anglo-amerika modeli xususiyatlari
Anglo-amerika   modeli   Buyuk   Britaniya,   Amerika   qo‘shma   shtatlari,
Kanada, Avstraliya mamlakatlarida keng qo‘llaniladi. Mazkur modelda korporativ
boshqaruv   ishtirokchilari   direktorlar,   boshqaruvchilar,   aksiyadorlar,   hukumat
tuzilmalari, birjalar, konsalting tashkilotlari hisoblanadi.
Bu model qo‘llaniladigan mamlakatlarda korporativ tuzilmalar kapitalining
tarqoq ekanligi, ya’ni markazlashmaganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Aksiyadorlik
kompaniyalarida   o‘n   minglab,   yuz   minglab   aksiyadorlarning   ishtiroki,
aksiyalarning yirik paketlari bor-yo‘g‘i bir necha foizni tashkil etishi kuzatiladi.
O‘n foizdan ortiq aksiyalar paketiga egalik qiluvchi egalik qiluvchi insayderlar
korporatsiyalar faoliyatida kamdan-kam uchraydi. Ya’ni aksiyadorlardan biri real
holatda nazoratni qo‘lga olishi deyarli mavjud emas. Shuning uchun ham mazkur
model korporativ boshqaruvning autsayderlik modeli, deb ham yuritiladi.
Anglo-sakson modelida aksiyadorlar tomonidan ma’qullanishi shart-bo‘lgan
jihatlar   bu   direktorlar   kengashini   saylash,   auditorni   tayinlash,   ustavga
o‘zgartirishlar kiritish, aktivlardagi o‘zgarishlar va boshqa masalalardir.
O‘z tarkibida yirik institutsional yoki individual investorlarga ega bo‘lmagan
aksariyat   korporatsiyalar   biznesni   moliyalashtirish   uchun   fond   bozorlaridan
foydalanadilar.
Qonunchilikka   muvofiq,   banklarning   sanoat   kompaniyalari   aksiyalariga
egalik   qilish   ta’qiqlangan.   Boshqa   moliyaviy   institutlarning   ham   bunday
munosabatlarga kirishishi bo‘yicha chegaralar mavjud. Bunday chora-tadbir  1929-
13 
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 151.


1933 yillardagi inqirozdan so‘ng banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan ommaviy
ravishda   spekulyatsiyalariga   qarshi   reaksiya   sifatida   joriy   etilgan.   Bunday
sharoitda   moliyaviy   institutlar   sanoat   kompaniyalari   faoliyatiga   hech   qanday
aralashish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Amerika-amerika modelining amaldagi o‘ziga xos xususiyati mustaqil tashqi
aksiyadorlar (autsayderlar) sonining doimiy o‘sishi, shu jumladan hozirda amerika
korporatsiyalari   (pensiya   fondlari   va   boshqalar)   aksiyalarining   yarmiga   egalik
qilayotgan institutsional investorlar va ularning korporatsiya ustidan nazoratdagi
rolining   o‘sib   borishidan   iborat.   Amerika   modelidagi   yana   bir   xususiyati   bu
aksiyadorlarning   strategik   qarorlar   qabul   qilishga
 ta’sir 
ko‘rsatishi
mumkinligidadir.   Menejerlar   va   xodimlar   aksiyadorlarning   korporatsiyalarni
boshqarish bo‘yicha ma’lum huquqlarga ega agentlari sifatida ishtirok etadi. Ular
ishonchnoma   bo‘yicha   ovoz   berish   imkoniyatlariga   ega   bo‘lishlari   mumkin.
Xususan   aksiyadorlar   o‘zlarining   nomidan   ovoz   berish   vakolatini   direktorlar
kengashi raisiga berish holatilari ko‘p uchraydi. Korporatsiya faoliyati, menejerlar,
direktorlar   va   aksiyadorlar   huquq   va   majburiyatlari   qonunchilik   aniq   tarzda
belgilab berilgan.
Anglo-amerika modeli kompaniyaning qiymatini oshirishga va uning qisqa
muddatda foydaliligiga yo‘naltirilgan. Bu boshqaruv tizimidan tashqi muhitdagi
jiddiy o‘zgarishlarga moslashish, innovatsion va riskli loyihalarni samarali amalga
oshirish bo‘yicha professionallikni talab qiladi.
Mazkur   modelda   korporativ   boshqaruv   jarayoni   unitar   (bitta   darajali)
direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Kengash o‘rtacha 12 ta a’zo va
bitta ham kengash a’zosi hisoblangan bosh boshqaruvchi (prezident) dan tashkil
topadi. Ular tomonidan barcha asosiy qarorlar qabul qilinadi.
Amerika   qo‘shma   shtatlari   qonunchiligi   direktorlarning   boshqaruv   va
kuzatuv   funktsiyalari   alohida   ajratilmaydi,   lekin   korporatsiya   yaxlit   faoliyati
bo‘yicha javobgarlik aynan direktorlar kengashiga yuklatilgan. Funktsiyalarning
bo‘linishi   bo‘yicha   masala   aksiyadorlar   tomonidan   hal   qilinadi   va   mustaqil
boshqaruvga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ko‘plab   direktorlar   mustaqil   direktorlar   hisoblanib,   boshqa
kompaniyalarning   amaldagi   yoki   sobiq   menejerlaridir.   Odatda   kengashning
to‘rtdan   uch   qismini   mustaqil   direktorlar   tashkil   qiladi.   Lekin   amaliyotning
ko‘rsatishicha   qimmatli   qog‘ozlar   bozoridagi   holat   (pasayish)dan   kelib   chiqqan
holda bosim natijasida bosh direktorning iste’fosi ehtimoli, tashqi direktorlarnikiga
nisbatan   yuqori.   Aksariyat   amerika   kompaniyalarida   direktorlar   kengashi   raisi
sifatida bosh direktor faoliyat yuritadi. Lekin yirik korporatsiyalarda direktorlar
kengashi raisi va bosh ijrochi direktor (prezident) – turli shaxslar bo‘lib, ularning
majburiyatlari o‘zaro farq qiladi.
AQShda   direktorlar   kengashining   asosiy   majburiyati   aksiyadorlar
manfaatlarini   himoya   qilish   va   ular   kapitalining   har   tomonlama   o‘sishini
ta’minlash   hisoblanadi.   Shuning   uchun   ham   menejerlarni   rag‘batlantirishning
asosiy shakli sifatida kompaniya aksiyalari bo‘yicha optsionlarni, ya’ni aksiyador
bo‘lish imkoniyatini taqdim etish keng qo‘llaniladi.


Korporativ siyosat va strategiya asosida direktorlar kengashi shakllantiriladi,
kengash   tomonidan   mansabdor   shaxslar   majburiyatlari   belgilanadi,   moliyaviy
nazorat, bosh direktor faoliyati baholash, qonunchilik va korporativ etikaga rioya
qilish amalga oshiriladi.
Direktorlar kengashida ikkita tipdagi qo‘mitalar tashkil etiladi:
- operatsion   (ijroiya,   moliyaviy,   strategik)   qo‘mitalar.   Ular   ijroiy
direktorlardan   shakllantiriladi,   faoliyati   davomida   menejerlarga   maslahat   berib
boradi,   qarorlarni   amalga   oshirishga   javobgar   bo‘ladi,   qo‘yilgan   masalalar
bajarilish jarayonini nazorat qiladi;
- nazorat qo‘mitalari (tayinlash va rag‘batlantirish bo‘yicha auditorlik) tashqi
direktorlardan tarkib topadi.
“Mazkur modelda direktorlar kengashi va ijrochi direktor vakolatlari qat’iy
tartibda   ajratilgan.   Bu   amaliyot   birinchi   marta   Exxon   Mobile   korporatsiyasi
tomonidan qo‘llanilgan”
14
.
Amerika qo‘shma shtatlarida korporativ tizim tomonidan amal qilinishi shart
bo‘lgan   korporativ   boshqaruvning   asosiy   prinsiplari   sifatida   quyidagilar
belgilangan:
1. Hisobdorlik.   Menejment   va   direktorlar   kengashi   a’zolari   aksiyadorlar
oldida hisobdor sanaladi va har qanday so‘rov, hattoki biografik ma’lumotlargacha
taqdim   etishga   majbur   hisoblanadi.   Amerika   qo‘shma   shtatlarida   axborotlarni
oshkor qilish bo‘yicha dunyodagi eng qat’iy talab belgilangan.
2. Aksiyadorlar bilan munosabatlarda shaffoflik, ochiqlik va hisobotlarning
umumtanolingan xalqaro standartlaridan foydalanish.
3. Barcha aksiyadorlarga, shu jumladan xorijiy aksiyadorlarga nisbatan bir
xilda adolatli munosabatda bo‘lish.
4. Ovoz berishning aniq, haqqoniy metodikasi amal qilishi shartligi.
5. Aksiyadorlar   bilan   o‘zaro   munosabatlar   qat’iy   ravishda   amal   qilinishi
talab qilinadigan kodeksga asoslanishi lozim.
6. Strategik rejalashtirish.
Erishilgan foyda va aksiya kursi prezident va uning jamoasi boshqaruv sifati
va samaradorligini baholash mezonlari hisoblanadi. Agar foyda va aksiya kursi
pasaysa,   fond   bozorida   investorlar   o‘zalariga   tegishli   qimmatli   qog‘ozlardan
qutulishga intiladilar. Natijada g‘arazli birlashish va qo‘shib olish xavfi yuzaga
keladi.
Investorlarning   qisqa   muddatli   manfaatlarga   ortiqcha   darajada
yo‘naltirilganligi,   aksiyalarning   haqiqiy   bahosidagi   xatoliklar,   menejerlarni
rag‘batlantirishda   oqlanmagan   o‘sishning   kuzatilishi   kabilar   korporativ
boshqaruvning   anglo-amerika   modeli   kamchiliklari   sifatida   keltiriladi.   Axborot
olish   imkoniyati   yuqoriligi,   munosabatlardagi   shaffoflik   tufayli   investorlarning
qisqa muddatli manfaatlarga ortiqcha darajada yo‘naltirilishi kuzatiladi. Bunday
holatda   axborotlardagi   xatoliklar   qimmatli   qog‘ozlar   bozorida   ko‘piklar   hosil
bo‘lishiga sabab bo‘ladi va fond bozoriga bosimni kuchaytiradi. Etakchi iqtisodchi
olimlar tomonidan aksiyalar haqiqiy bahosidagi xatoliklar va menejerlarni
14 
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 154.


rag‘batlantirishda   oqlanmagan   o‘sish   2008   yilda   boshlangan   jahon   moliyaviy
inqirozining asosiy sabablari qatorida keltirilganligini ham shu o‘rinda ta’kidlab
o‘tish lozim. Chunki menejerlar tomonidan risklarning to‘g‘ri baholanmaganligi,
o‘z   navbatida   yuqori   miqdorda   mukofotlar   olish   maqsadida   aksiyalar   bahosi
o‘sishiga xizmat qiluvchi axborotlarning menejerlarning e’lon qilib borilishi oxir-
oqibat moliya bozorida parokandalikka olib keldi. Keltirilayotgan jihatlar asosida
mazkur   model   kamchiliklardan   holi   emasligiga   yana   bir   bor   guvoh   bo‘lish
mumkin.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish