Ro`yxatga olindi: №


 Korporativ   boshqaruv   ishtirokchilari.   Korporativ   boshqaruv   va



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/208
Sana11.11.2020
Hajmi1,74 Mb.
#52112
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   208
Bog'liq
Korporotiv Boshqaruv Maruza matni 2019 (pdf.io)11

1.2. Korporativ   boshqaruv   ishtirokchilari.   Korporativ   boshqaruv   va
korporativ menejment
Bizga   ma’lumki,   korporativ   tuzilma   va   uning   ishtirokchilari   o‘rtasida
korporativ   munosabatlar   o‘rnatiladi.   Bunday   munosabatlar   korporativ   tuzilmani
boshqarishda   yaqqol   ko‘zga   tashlanadi   hamda   majburiylik   va   boshqaruv
xususiyatlariga ega hisoblanadi.
Korporativ   boshqaruv   ob’ekti   sifatida   esa   korporativ   munosabatlar   va
korporativ mulk qaraladi. Korporativ tuzilmalar o‘z faoliyati davomida turli


sub’ektlar munosabatlarga kirishadi. Bunda munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar
o‘z   manfaatlari,   faoliyat   xususiyatlari   va   boshqa   jihatlarga   ko‘ra   tasniflanishi
mumkin. Umuman korporativ boshqaruv sub’ektlari quyidagilar:
- emitent sifatida aksiyadorlik jamiyatlari;
- aksiyadorlar, ya’ni investorlar;
- korporativ tuzilma menejerlari;
- davlat;
- kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslar.
Umumiy holda munosabatga kirishuvchi birinchi navbatdagi  sub’ekt bu
aksiyadorlar (ulushga ega shaxslar) hisoblanadi. Hozirgi kunda davlat,  jismoniy va
yuridik shaxslar aksiyador bo‘lishlari mumkin. Ular mulkdor sifatida o‘z
kapitallarini  aksiyadorlik  jamiyatlariga  kiritadilar  va  albatta  bundan  manfaat
(foyda,  samara)  kutadi. Bundan tashqari eng asosiy jihat  bu  aksiyadorlarning
aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqarish huquqini o‘z zimmalarida
qoldirishidir. Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqargan holda
maxsus boshqaruvni, joriymoliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini
boshqarishnimenejerlarga shartnoma asosida yuklaydi. Natijada
menejerlar ham korporativ  munosabatlarga kirishadi  hamda  faoliyatni  samarali
tashkil  etish  maqsadida  xodimlar  faoliyatini
o‘zaro muvofiqlashtirib boradi.
Xodimlar   korporativ   tuzilma   bilan   tuzilgan   mehnat   shartnomasi   asosida
ma’lum   bir   funktsional   vazifalarni   bajaradilar   va   tegishli   ravishda   ish   haqlari
hisoblanishi va to‘lanishi natijasida moliyaviy munosabatlarga kirishadilar. Agarda
xodim aksiyadorga aylanadigan bo‘lsa, munosabatlar doirasi yanada kengaygan
holda boshqaruv munosabatlaridagi ishtiroki ham yuzaga keladi.
Korporativ tuzilmalar, jumladan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatni tashkil
qilish yoki kengaytirib borish nuqtai nazaridan turli moliyaviy tuzilmalar, xususan
fond   birjalari,   banklar,   sug‘urta   kompaniyalari   bilan   ham   munosabatlarga
kirishadilar.   Moliya   institutlari   bir   tomondan   o‘zlarining   asosiy   faoliyatlaridan
kelib chiqqan holda korporativ tuzilmalar bilan munosabatlarga kirishsa, boshqa
tomondan qo‘shimcha faoliyat sifatida aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini xarid
qilish orqali aksiyadorga aylanishi natijasida korporativ boshqaruvda ham ishtirok
etishlari   mumkin   bo‘ladi.   Bunda   moliya   institutlari   asosiy   faoliyati   orqali
korporativ   tuzilmalar   bilan   munosabatlar   deyilganda   aksiyalarni   joylashtirish
nuqtai   nazaridan   fond   birjalari   bilan,   qo‘shimcha   mablag‘lar   jalb   qilish   nuqtai
nazaridan   banklar   bilan,   risk   darajasini   kamaytirish   maqsadida   sug‘urta
kompaniyalari bilan nazarda tutilmoqda.
Yana bir eng asosiy jihat bu korporativ tuzilmaning o‘z asosiy faoliyatini
oshirishi   uchun   hamkor   tadbirkorlik   tuzilmalari   bilan   yuzaga   keladigan
munosabatlaridir.   Ular   ham   korporativ   tuzilma   faoliyatidagi   ishtirokidan   kelib
chiqqan   holda   manfaatdor   tomonga   aylanadi   va   bilvosita   bo‘lsada   korporativ
boshqaruv jarayonida ma’lum holatlarda ishtirok etadi.
Korporativ boshqaruvda davlat bilan munosabatlar ham jiddiy e’tibor talab
qiladigan  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Bunda  davlat  tomonidan qo‘yilayotgan
atrof-muhit muhofazasi, bandlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni hal


qilish kabi masalalar korporativ tuzilma mulkdorlari tomonidan strategik qarorlar
qabul   qilishda   hisobga   olinishi   talab  etiladi.   Davlat  bilan   munosabatlarda   soliq
munosabatlari   qamrovi   kengligi   va   majburiy   va   davomli   ekanligi   bilan   ham
xarakterli hisoblanadi. Yuqoridagilardan tashqari davlatning aksiyador sifatidagi
faoliyati korporativ boshqaruvda davlatning ishtirokini kafolatlaydi va bu amaliyot
dunyo miqyosida keng qo‘llanilishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Korporativ tuzilma faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yuridik va
jismoniy   shaxslar   hamda   korporativ   munosabatlar   ishtirokchilari   affillangan
shaxslar   deb   ataladi.   Bunda   ma’lum   bir   qarorlar   affillangan   shaxslar   roziligi
asosida qabul qilinadi.
Korporativ munosabatlarda sub’ektlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda 
quyidagilar bo‘yicha muammoli holatlar uchraydi:
- pul oqimlarini boshqarish;
- foydani taqsimlash;
- faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish va hokozolar.
Korporativ   boshqaruvda   eng   asosiy   sub’ektlar   shubhasiz   mulkdorlar
(aksiyadorlar) va menejerlardir. Shu nuqtai nazardan korporativ munosabatlarda
korporativ boshqaruv va korporativ menejment umumiy va xususiy tarzda ko‘rib
chiqiladi.
Korporativ   boshqaruv   umumiy   tarzda   korporativ   menejmentni   ham   o‘z
ichiga oladi va yaxlit boshqaruv tizimini o‘zida aks ettiradi. Korporativ menejment
esa   maxsus   shartnoma   asosidagi   boshqaruv   sifatida   korporativ   tuzilma   joriy
faoliyatini boshqarib boradi.
Korporativ   tuzilmalarda   yuzaga   keladigan   eng   muammoli   munosabatlar
aynan   aksiyadorlar   va   menejerlar   o‘rtasida   yuzaga   keladi.   Menejerlar
aksiyadorlarning agentlari sifatida foliyat yuritishi tufayli fanda agentlik nazariyasi
shakllangan.  “Tadbirkorlikda  professional   menejmentga   XX   asrdan     boshlab
alohida e’tibor qaratilgan. Bosh ijrochi direktor yoki bosh menejer jami menejerlar
ustidan nazorat qiladi va javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi. Rahbarlik va javobgarlik
yuqoridan pastga, hisobdorlik esa pastdan yuqoriga tartibda amal qiladi”
8
.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish