16-MAVZU.
KORPORATIV
BOSHQARUVDA
FOYDANI
TAQSIMLASH MEXANIZMI……………………………………..
2
4
9
Ma’ruza matni…………………………………………………………………..
2
4
9
Amaliyot darsi uchun topshiriqlar………………………………………………
2
6
0
17-MAVZU. AKSIYADORLIK JAMIYATLARI TOMONIDAN YIRIK
BITIMLAR TUZISH………………………………………………………
2
6
4
Ma’ruza matni…………………………………………………………………..
2
6
4
Amaliyot darsi uchun topshiriqlar…………………………………………….
2
7
1
18-MAVZU.
AKSIYADORLIK
JAMIYATINI
QAYTA
TASHKIL
ETISH VA TUGATISH……………………………………………………
2
7
5
Ma’ruza matni…………………………………………………………………..
2
7
5
Amaliyot darsi uchun topshiriqlar………………………………………………
2
8
1
Glossariy…………………………………………………………………….
2
8
5
“Zamonaviy korporativ boshqaruv” fanidan mustaqil ishlarni tashkil
etish……………………………………………………………………………
2
9
2
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ………………………………………..
2
9
6
KIRISH
Bozor qonuniyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
yo‘nalishlari belgilangan davlatlarda korporativ boshqaruv amaliyotiga doimiy
ravishda diqqat-e’tibor qaratilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu boisdan
mazkur masala xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning ham e’tiboridan chetda
qolmasdan kelmoqda. Xususan, Jahon banki guruhi tomonidan har yili e’lon qilib
kelinayotgan “Biznes yuritish” (Doing Business) hisobotlarida biznes yuritishga
ta’sir etuvchi muhim omil sifatida minoritar investorlar huquqlarini himoya qilish
holati alohida davlatlar kesimida tahlil qilinib, reyting tuzib chiqilmoqda.
Shuningdek Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan 2015 yilda
hozirgi real shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda “Korporativ boshqaruv
prinsiplari” qayta e’lon qilinganligi
1
korporativ boshqaruv amaliyotining milliy va
jahon iqtisodiyoti uchun qay darajada muhimligini ko‘rsatmoqda.
Respublikamizda hamiqtisodiy
taraqqiyotni ta’minlash maqsadida
korporativ tuzilmalar, xususan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil
etish maqsadida qator islohotlar o‘tkazilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “korporativ
boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik
boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish”
2
masalasi alohida belgilab
qo‘yildi. Bunda korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, aksiyadorlik
jamiyatlarida axborotlarni oshkor qilish va faoliyat shaffofligini ta’minlash,
aksiyadorlar, shu jumladan minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish kabi
jihatlarga ustuvor darajada e’tibor qaratilmoqda. Keltirilayotgan jihatlar
mamlakatimizdagi
aksiyadorlik
jamiyatlarining investitsion
jozibadorligini
ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etishini ham shu o‘rinda qayd etib o‘tish zarur.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda iqtisodiy sohalar bo‘yicha
tayyorlanayotgan mutaxassislarning zamonaviy korporativ boshqaruv xususida
etarli darajada bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash iqtisodiy
oliy o‘quv yurtlari oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Bunda esa
aksiyadorlik jamiyatlari (umuman, barcha korporativ tuzilmalar) faoliyati bo‘yicha
real amaliyot va bu boradagi ilg‘or xorij tajribalari asosida o‘quv adabiyotlari
yaratish va ta’lim tizimiga joriy etish maqsadga muvofiq sanaladi.
Respublikamizda tayyorlanib kelinayotgan 5A230601 – “Davlat moliyasini
boshqarish”, 5A230602 – “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori”
5A230603 – “Investitsiyalarni boshqarish” magistratura mutaxassisliklari uchun
mo‘ljallab nashrga tayyorlangan va taqdim etilayotgan “Zamonaviy korporativ
boshqaruv” darsligi aynan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning
amaldagi mexanizmi, rivojlangan davlatlar ilg‘or tajribalari, xalqaro tashkilotlar
tomonidan belgilangan korporativ boshqaruv prinsiplarini qamrab olgan.
Fan dasturi asosida o’quv-uslubiy majmuasida korporativ boshqaruvning
nazariy asoslari, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va modellari,
1
http://www.doingbusiness.org, https://www.oecd.org/daf/ca/Corporate-Governance-Principles-ENG.pdf
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmonidan.
korporativ tuzilma sifatida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati tashkiliy asoslari,
aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv organlari, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini
tashkil etish, o‘tkazish va rasmiylashtirish, korporativ nizolarning oldini olish va
manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat
samaradorligini baholash, korporativ boshqaruvda ichki nazorat tizimi, korporativ
boshqaruvda axborotlarni oshkor etish va shaffoflik, minoritar aksiyadorlar va
ularning huquqlarini ta’minlash, davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida
korporativ boshqaruv, korporativ moliyaviy siyosat va uning asosiy yo‘nalishlari,
aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar muomalasi, aksiyalarni ochiq obuna
tartibida joylashtirish operatsiyalarini tashkil etish va o‘tkazish, korporativ
birlashmalar tashkil etish va ularning faoliyat mexanizmi, korporativ boshqaruvda
foydani taqsimlash mexanizmining qo‘llanilishi, aksiyadorlik jamiyatlari
tomonidan yirik bitimlar tuzish, aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil etish va
tugatish masalalari atroflicha o‘rganilganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Har bir bob
bo‘yicha amaliy misollar, xorijiy tajribalardan misollar keltirilganligi o’quv-
uslubiy majmuasining mazmunan boyishiga xizmat qilgan.
Har bir bob yuzasidan amaliyot darslari uchun keltirilgan qator topshiriqlar
talaba va magisrantlarni masala yuzasidan mustaqil mushohada yuritishga undaydi
va fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qiladi. Bunda klasterli topshiriqlar, T-
sxema bo‘yicha topshiriqlar, muammoli vaziyatlar bo‘yicha fikrlar bildirishga
yo‘naltiradigan masalalar o‘rganuvchining o‘z fikrini bayon etishini
rivojlantirishida ham ahamiyatga ega.
O’quv-uslubiy majmuasi 5A230601 – “Davlat moliyasini boshqarish”,
5A230602 – “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori”, 5A230603 –
“Investitsiyalarni boshqarish” magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallab
nashrga tayyorlangan bo‘lsada, undan boshqa iqtisodiy yo‘nalishlar va
mutaxassisliklar talabalari, korporativ boshqaruv, moliyaviy menejment,
korporativ moliya sohalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar
va amaliyotchi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |