Asosiy qism
Faning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi” fani bo‘yicha mashg‘ulotlar organik kimyoning rivojlanish bosqichlarini, organik birikmalar fizik-kimyoviy xossalarining tarkibi, elektron, fazoviy tuzilishiga, sharoit va muhitga bog‘liqligini, organik birikmalardagi bog‘ turlarini, molekulada atomlarning o‘zaro ta’siri -induksion va mezomer ta’sirlar natijasida fizik-kimyoviy xossalarining shakllanishini, reaksiya mexanizmlarini nazariy asoslashni, organik birikmalarning kislota-asoslik xossalariga oid nazariyalarni talabalarga chuqurlashtirib o‘rgatishga qaratilgan. SHu bilan birgalikda organik birikmalarda sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, organik birikmalarda element atomlarining oksidlanish darajasi, aromatiklik, noaromatiklik va antiaromatiklik kabi mavzular keng yoritib beriladi.
Mavzularni o‘zlashtirishda talabalarning kimyoning boshqa bo‘limlaridan olgan bilimlarini qo‘llash va bilimlarni umumlashtirishga e’tibor beriladi.
Fan mashg‘ulotlari doirasida organik kimyo sohasida dunyodagi va Respublikamizda qo‘lga kiritilgan yutuqlar, fanning muammolari haqida eng so‘nggi ma’lumotlar berilishi ko‘zda tutilgan.
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
“Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi” fanining predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari.
Organik kimyodagi dastlabki nazariy tushunchalar. Organik kimyoning rivojlanish bosqichlari. Vitalizm, radikallar, tiplar va boshqa nazariyalar. Organik birikmalarning kimyoviy fazoviy, elektron tuzilish nazariyalari. Organik kimyoda nazariy tushunchalarning rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlarning ishlari.
Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi. Kimyoviy tuzilish va birikmalardagi izomeriya. Izomeriya hodisasining vujudga kelish sabablari. Izomeriya turlari. Metameriya. Ochiq va yopiq zanjirli birikmalar.
Organik birikmalarning elektron tuzilishi. Molekulada elektron zichlikning taqsimlanishi. Organik birikmaning elektron tuzilishi bilan xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlik. Organik birikmalar tuzilish nazariyasining zamonaviy ta’rifi.
Organik birikmalar molekulasining fazoviy tuzilishi. Asimmetrik uglerod atomi va optik izomeriya. Vant-Goff va Le-Bellarning fazoviy tuzilishi nazariyasi. Organik birikmalarning fazoviy tuzilishi va xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Stereokimyo elementlari. Struktura va fazoviy izomeriya. Burilish, allenlar va azotli birikmalar izomeriyasi. Atropoizomeriya. Funksional guruhlarning holat izomeriyasi. Metameriya. Dinamik izomeriya: tautomeriya va konformatsion izomeriyaning asoslari. Konfiguratsiya va konformatsiya. Tautomeriya turlari. Molekulyar asimmetriya. Nukleofil almashinish, ajralish reaksiyalari stereokimyosi. D, L va R,S nomenklatura. Optik izomerlarni sintez qilish va ajratish usullari. To‘silgan va to‘xtatilgan konformatsiya. Proeksion formulalar.
Organik birikmalarda atomlarning valentligi, oksidlanish darajalari va ularni aniqlash. Organik birikmalarda boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining o‘ziga xos tomonlari va ularni nazariy asoslash. Portlash reaksiyalari. Selektiv oksidlash va qaytarish reaksiyalari. Selektivlikning vujudga kelish sabablari. Oksidlovchi va qaytaruvchilar. Oksidlanish va qaytarilishning oksidlovchi va qaytaruvchi kuchi, reaksiya sharoitiga bog‘liqligi.
Uglerod atomining tuzilishi. Oddiy, qo‘sh va uch bog‘ tutgan uglerod birikmalaridagi uglerod atomi elektronlarining gibridlanishi. Gibridlanish va organik birikma xossalari o‘rtasidagi bog‘lanish. Organik birikmalardagi kimyoviy bog‘ turlari. Ion, kovalent, vodorod bog‘lar. Kovalent bog‘ning turlari: koordinatsion (donor-akseptor) va yarim qutbli kovalent bog‘lar. - va -bog‘lar. Birikmalar xossalariga vodorod bog‘ning ta’siri.
Kovalent bog‘ning tavsiflari. Bog‘ning uzunligi, fazoda yo‘nalganligi, qutbliligi, qutblanuvchanligi va energiyasi. Molekulyar refraksiya va uning additivligi. Kovalent bog‘ nazariyasi. Atom va molekulyar orbitallar. Atomdagi elektronning holati. Kvant sonlar. Kimyoviy bog‘ning hosil bo‘lishi. Valent bog‘lar va molekulyar orbitallar metodlari.
Organik birikmalar molekulasidagi atomlarning o‘zaro ta’siri. Molekulada atomlarning qutblantiruvchi ta’sirlari va bu ta’sirlarning birikma fizik-kimyoviy xossalarida aks etishi. Induksion ta’sir va uning ishorasi. Induksion ta’sirning o‘ziga xos xususiyatlari. Induksion ta’sirning kuchi va ishorasini aniqlash usullari.
Mezomer ta’sir va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Mezomer ta’sirning turlari va ishorasi. Organik birikma molekulasining fazoviy tuzilishi va mezomeriya. Ion va radikallardagi mezomeriya. Mezomer strukturalar. Mezomeriya va reaksiya markazining ko‘chishi.
Organik birikmalarning kislotaliligi va asosliligi. Organik birikmalarning kislotali va asosli xossalariga ta’sir qiluvchi omillar. Brensted-Louri va Lyuis nazariyalari. Usanovich nazariyasi. -OH, -NH, -CH va -SH kislotalar. Amfoter birikmalar. Kislota va asos kuchlarini tuzilish nazariyasi asosida tushuntirish. Organik birikma molekulasi xossalariga ta’sir qiluvchi boshqa omillar. Birikma xossalariga harorat, bosim, kislotali, asosli va neytral muhitlarning ta’siri.
“Tuzilish” va “xossa” munosabatlari. Noaromatiklik va antiaromatiklik tushunchalarini asoslash. Aromatiklik. Xyukkel qoidasi. Aromatiklikning belgilari. Nobenzoid aromatik sistemalar.
Kimyoviy bog‘ning uzilish turlari. Organik reaksiya mexanizmlarining birikma tuzilishi va reaksiya sharoitiga bog‘liqligi. Organik reaksiyalarning borishiga substrat tuzilishi va reagent tabiatining ta’siri. Qo‘shimcha jarayonlar va ularning ketish sabablari. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, Ma’ruza, namoyish etish, “Nima uchun” sxemasi, “Baliq ”skeleti, “Qanday” diagrammasi, o‘z-o‘zini nazorat qilish “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Arra”, “Klaster”, “Munozarali dars” usuli, hamda fanga tegishli slaydlar, multimedia namoyishi .
Adabiyotlar: A1; A2; A3; Q6; Q7.
Do'stlaringiz bilan baham: |