Fan bo‘yicha talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalariga
qo‘yiladigan talablar
Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:
- organik birikmalarning kimyoviy, fazoviy va elektron tuzilish nazariyalari;
- vitalizm, tiplar, radikallar nazariyalari;
- struktura, geometrik va dinamik izomeriya, metameriya, atropoizomeriya, molekulyar asimmetriya;
- konformatsiya va konfiguratsiya turlari, ratsemat, antipod, enantiomer, induksion va mezomer ta’sir;
- substrat tuzilishi va reagentlarning qo‘llanilishi;
- kimyoviy bog‘ tabiatining organik birikmalar fizik-kimyoviy xossalariga ta’siri;
- kislotalilik va asoslilik nazariyalari, amfoter birikmalar;
- organik birikmalarda boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari;
- organik kimyodagi dastlabki nazariy tushunchalar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- organik birikmalarning struktura, geometrik va dinamik izomeriya turlarini, optik faol birikmalarni nomlashni;
- organik birikmalar izomeriyasini;
- molekulyar asimmetriyaning vujudga kelish sabablarini, molekulani qutblantiruvchi ta’sirlarning o‘ziga xos tomonlarini;
- tautomeriya turlarini;
- mezomeriya tufayli ba’zi organik birikmalarda reaksiya markazining ko‘chishini, vodorod bog‘ning modda fizik-kimyoviy xossalariga ta’sirini;
- yarim qutbli bog‘lanishga ega bo‘lgan organik birikmalarni;
- organik birikmalarning kislotalilik va asoslilik xossalariga turli omillarning ta’sirini;
- berilgan tuzilish formulasi asosida moddaning fizik-kimyoviy xossalarini ko‘rsatib bera olishni;
- amfoter organik birikmalarning xossalarini, noaromatik va antiaromatik xossaga ega bo‘lgan birikmalarni;
- sharoitga, muhitga va oksidlovchi kuchiga bog‘liq holda organik birikmalarda boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida turli mahsulotlarning hosil bo‘lishini;
- selektiv oksidlash va qaytarish usullarini;
- organik birikmalar stereokimyosini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- optik izomerlarni D, L va R, S nomenklaturada nomlash, optik izomerlarni ajratish;
- organik birikmalarda atomlarning valentligi va oksidlanish darajasini aniqlash;
- selektiv oksidlash va qaytarish reaksiyalarini amalga oshira olish;
- organik birikmalarda boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini ilmiy asoslash;
- vodorod bog‘ning modda fizik-kimyoviy xossalariga ta’sirini ko‘rsatib bera olish;
- kislotalik va asoslilikka ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsatish;
- amfoterlik, aromatiklik va antiaromatiklik xossalarini, organik reaksiyalarning mexanizmlarini nazariy asoslash;
- “tuzilish” va “xossa” munosabatlarini tahlil qila olish;
- fan bo‘yicha tegishli laboratoriya ishlarini berilgan usul yordamida bajara olish;
- organik reaksiyalarning borishiga substrat tuzilishi va reagent tabiatining ta’sirini tahlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |