Mavzu: Sonlarni taqqoslash
“____” _______201__-yil 1-sinf Matematika
Mavzu: Sonlarni taqqoslash
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu:
|
Sonlarni taqqoslash
|
Maqsad va vazifalar
|
O’quvchilarni sonlarni taqqoslash mavzusi bilan tanishtirish, narsalarni taqqoslashni bilish, ularning taqqoslashga ta’rif bera olishni o’rgatish, bilim, ko’nikma va malakalrini hosil qilish.
O’quvchilarni mehnatsevarlik,vatanni asrashga,vatanparvarlikka o’rgatish.
O’quvchilarni matematik dunyoqarashini shakllantirish.
Vazifalar: o’quvchilarga mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otish, ularda mavzu asosida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va kengaytirish, fanga nisbatan qiziqish uyg`otish
|
O’quv jarayonining mazmuni
|
1.Taqqoslash haqida tushuncha hosil qildirish.
2. Sonlarni taqqoslashni o`rgatish.
3. Katta yoki kichik ekanini ajrata olishni o`rgatish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Vosita: format qog’oz,marker,tarqatmali savollar,guruh nomlari yozilgan lavhalar, rag’bat va jarima kartochkalar, slayd.
Usul:og’zaki,yozma, “Koinotga uchamiz” o`yini.
Baholash: o’quvchilarni guruh va yakka tartibda rag`bat kartochkalar asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O’qituvchi: o`quvchilarga
sonlarni taqqoslashni tushuntirish, hayotda narsalarni ko`p, oz ekanini qiyoslash, chog’ishtirish ko’nikmasini shakllantirish, og’zaki nutqini rivojlantirish , mustaqil fikrlashga o’rgatish va iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy bilim berish
|
O’quvchi:
Sonlarni taqqoslash haqida yetarli bilimga ega bo’lish, xotirada saqlashi , savodxonligini oshirish, Sonlarni taqqoslashga ta’rif bera olish, dars davomida o’quvchi faol bo’la olish, o’zgalar nutqini hurmat qilish.
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi
Turli didaktik o’yinlardan va tarqatmali materiallardan unumli foydalanish, mavzuga oid manbalar bilan ishlash ko’nikmasini takomillashtirish
|
O’quvchi
Uyga berilgan topshiriqni puxta va aniq bajarish, o’qituvchiga o’z fikrini bayon etish, darsda faollik ko’rsatish.
|
Darsning maqsadi. Sonlar o`rtasida o`zaro mutanosiblik munosabatini o`rnatish, sonlarni o`rniga ko`ra taqqoslashni o`rgatishdan iborat.
Dars turi. Yangi mavzuni o`rganish.
Dars jihozlari:
Darslik, daftar;
Geometrik shakllar;
Sonli kartochkala.
Darsing borishi
Darsni tashkil etish.
Darslik bilan ishlash. O`quvchilar diqqatini darslikning 32-betidagi mavzuni
muhokama qilishga jalb etish. 10 gacha to`g`ri va teskari sanash masalasini mustahkamlash. Sonni 9 gacha, 10 gacha to`ldirishga doir mashqlar bajarish.
2-misolda quyidagi sonlar taqqoslanadi.
1 < 2 3 < 4 5 < 6 7 < 8
2 < 3 4 < 5 6 < 7 8 < 9
Buning uchun sonning o`ng va chap tomonidagi son o`zidan katta yoki kichikligiga qarab, >,<, = belgilaridan mosini qo`yib, bajarishga o`rgatiladi.
Yangi mavzu ustida ishlash. O`quvchilar guruhlarga bo`linib, 3-misolni
bajaradilar.
2 ga 5ni qo`shsak, 7 hosil bo`ladi; 7ga 2ni qo`shsak, 9hosil bo`ladi; 9dan 4ni ayirsak, 5hosi bo`ladi; 5ga 3ni qo`shsak, 8hosil bo`ladi, 8dan 4ni ayrisak , 4qoladi, deb musobaqa tarzida misollar yechish orqali g`oliblar aniqlanadi.
Bir yozdik, bir yozdik
Qo`llarimiz dam olsin.
Chiroyli yoz, yozsang xat,
Chunki bu ham hucni xat.
Daftar bilan ishlash. 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarning yozishi mashq qilinadi.
Daftardagi rasmlarni bo`yash ishlari o`quvchilarga mustaqil bajarish uchun tavfsiya etiladi. Geometrik shakllarning nuqtalarini sanash orqali 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarning hosil bo`lish tushunchasi mustahkamlanadi.
Darsni yakunlash. Faol o`quvchilar rag`bart lantiriladi.
VI. Uyga vazifa. 2-misolning 3-, 4-ustunini bajarish.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |