Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”



Download 7,46 Mb.
bet93/215
Sana15.06.2022
Hajmi7,46 Mb.
#673216
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   215
Bog'liq
etno psixologiya

NAZORAT SAVOLLARI
1. Milliy didning shakllanishi nimalarga bog`liq bo’ladi.
2. O`zbekistonning turli regionlarida yashovchi millat vakillari didida farqlar bormi?
3. Milliy didni tasvirlagan badiiy asarlardan misollar keltiring
4. Tabiiy muhit va milliy did.
5. Milliy didni san’atda namoyon bo’lish.
6. Milliy didning o’zgaruvchanlik xususiyatlari.
7. Milliy didda etnopsixologik xususiyatlarni namoyon bo’lishi.


Adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.

2. Karimov I.A. Donishmand halqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. T. 2000 y.
3. Alimov X. Milliylik va ijtimoiy ruhiyat. T. 1992 y.
4.Mamatov M. Milliy psixologik qiyofa va uning xususiyatlari. T. 1980 y.
5. Xudoyberdiyev I. Islom, shaxs va milliy psixologiya. T. 1994 y.
6. Mamatov M. Etnopsixologiya. T.1999y
7. Ma’ruza matni. Tuzuvchi: M.Sulaymonov


Internet saytlari

1. http: www.Iib.psixology.msu.ru


2. http: www.Iib.psixology.ru
3. http: www.Iib.psixology.rin.ru
4. http: www.Iib.psixology.narod.ru
5. http: www.bilimdon. O`z
11- mavzu. MILLIY DID (TA’B) VA UNING NAMOYON BO`LISHI.
REJA:
1. Milliy did va estetika.
2. Milliy didni shakllantiruvchi omillar.
3. Milliy didni moddiy ehtiyojlarda namoyon bo`lishi.
4. Ma’naviy hayot va milliy did.
5. Milliy didning o`zgaruvchanligi.
Idrok etilayotgan voqelar va tashqi olamdagi narsalarni bilishdan vujudga keladigan hissiy-ruhiy reaksiya turli xalqlarda o`ziga xos ravishda namoyon bo`ladi. Etnos yashayotgan turfa xil tabiiy sharoitlar – o`rmon, chul, dashtlik, tog, suv xavzalari, vodiy va voxalar, shuningdek, tarixiy taraqqiyotdagi o`ziga xoslik xalqlarning idrok etishiga o`z ta’sirini ko`rsatadi.
Milliy did - bu xalq va millatning ko`pchilik vakillarida tarixiy jihatdan vujudga kelgan go`zallik va xunuklik to`g`risida beriladigan bahodir. Milliy did o`zida milliy o`ziga xoslikni mujassamlantirgan bo`lib, hissiy va ruhiy jihatdan milliy psixologik qiyofaning xarakterli xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Shuning uchun ham uni xalq hayoti va turmushidan ajratib tushunib bo`lmaydi. Ma’lum milliy muhitda yashab va voyaga yetar ekan har bir shaxsning ruhiy xususiyatlari millatning psixologik xususiyatlaridan “kuchirma” oladi. Shaxs ajdodlar tomonidan tuplangan madaniy meroslarni o`zlashtirib boradi va uni urab to`rgan milliy zamin ta’siri ostida unda atrof-muhit, iqlim sharoitlari, nabotot va xayvonot olamini idrok etishga nisbatan maxsus did va his-tuyg`ular shakllanadi.
Odam eng avvalo uni ilk bolalik davridanok urab to`rgan, unga har kun, har soat sayin ta’sir etib to`rgan, uning amaliy maqsadlari va moddiy ehtiyojlarini kondiradigan narsalarning xususiyatlarini boshqa xalq vaqllariga nisbatan chuko`rrok idrok etishga o`rganadi. Shuning uchun ham tabiat va jamiyatdagi biror narsa va hodisa bir millat va elat vakillarida kuchli hissiy-ruhiy reaksiyani keltirgan xolda, boshqa millat va elat vakillari uchun befarq bo`lib qolishi mumkin. Masalan, chul qozoq xalqi uchun bir necha yuzyillar mobaynida hayot kechirish manbai, ularning tabiiy boyligi bo`lib kelgan. Shu boisdan qozoq xalqida uni idrok etishga nisbatan o`ziga xos did vujudga kelib, chul chuko`r hurmat bilan ko`ylanib kelinadi. qozoq xalqining atokli yozuvchisi M.Auezov o`zining “Abay” romanida Abayning chulga bo`lgan mexr-muhabbatini bunday tasvirlaydi: “Abay o`zi tugilib va bolaligi o`tgan atrof-olamga-cheksiz chullar, kengliklar, tepaliklarga mexr va xayajon bilan qarab turar, bo`larning hammasini u kuchgisi va bagriga bosgisi kelar edi” (M.Auezov. Abay, t. 1. s. 21).
Dengiz va okean yoki urmon va vodiylarda yashab usgan odamlar uchun chul manzarasi hech qanday ijobiy hissiyot tugdirmasligi, aksincha, zeriktiruvchi ta’sir etishi mumkin.
Xalqning yashash tarzi, uning kundalik hayot ehtiyojlari tarixiy jihatdan go`zallik to`g`risida ma’lum tushunchani vujudga keltirgan. Shu asosda shaxs bilan jamoa va shaxslararo muomala munosabatlarida ham ma’lum normalar vujudga kelgan. Bu normalar maishiy hayotda doimo oshkor namoyon bo`lavermasa ham, lekin shu jamoa vakillari va har bir davr kishilar tomonidan eng makbo`l va to`g`ri yo`l sifatida, ba’zi bir to`zatishlar bilan kabo`l qilinib, amalda qo`llanib boriladi. Shuning uchun ham bir xalq vakili boshqa xalq orasiga tushib q`olganda, ularda mavjud bo`lgan o`zaro munosabatlarni ko`rib taajjublanishi mumkin. Chunki bu narsalar unga qandaydir gayri tabiiy bo`lib ko`rinadi. kuddusni (Palastinni) iste’lo qilib olgan fransuzlar arablarning ko`p xotinlik odatiga nafratlanishib qarashgan, arablar esa fransuz xonimlarining ochiq yuzbilan yurishini xayosizlik, deb hisoblashgan, deb yozadi etnograf L.N.Gumilyov.
XX asrning yirik yozuvchisi Ch.Aytmatov asarlarini ukisak, unda kirgiz va qozoq xalqlaridagi odatni - qiz olib qochish hodisasini ko`ramiz. “Somon yo`li” kissasida kosim o`z ovuliga qaytishida sevgani Alimani olib ketadi. “Sarv komat dilbarim” da Il’yos Asalni, “Jamila” da Doniyor Jamilani o`zi bilan olib qochib ketadi.
“Qiz olib qochish” udumi guruhiy nikohning barham topishi va ekzogam nikohga utish davrida vujudga kelgan, deb hisoblanadi. Guruhiy nikohda urug`dagi barcha ayollar shu guruhdagi barcha erkaqlarga tegishli bo`lgan. Boshqa guruhdan begona erkakning aralashishi qattiq taqiqlangan va jazolangan Ekzogam nikohga utish bilan urug`dagi ayollarga boshqa guruhdagi erkaqlar egalik qila boshlaydi. Ayol mansub bo`lgan guruhdagi erkaqlar bu xukukdan maxrum bo`lyapti. Albatta bu xil psixologik holat-stereotipning bo`zilishi esa osonlik bilan bo`lmaydi. Agar bu stereotip bir necha asrlar davomida shakllangan va amal qilib kelingan bo`lsak, uni bo`zilishi uchun ham ma’lum vaqt kerak bo`ladi. Shuning uchun ayol mansub bo`lgan urug` erkaqlari kuda tomon bilan kelishilgan xolda, ularga qizni olib qochish uchun imkoniyat berishgan. Ma’lum vaqtdan keyin “sezib qolishgach”, o`z xukuklarini ximoya qilish uchun “rakiblarini” kuvishga, shu yo`l bilan o`z xukuklarini ximoya qilish amallarini qilishgan. Keyinchalik bu narsa urf-odat tusini olgan.
Albatta bunday an’analarga ega bo`lmagan xalqlar uchun bu xil xatti-harakatlar gayri tabiiy ko`rinishi mumkin. Lekin har bir urf-odat va an’analarning vujudga kelishida yuqorida aytganimizdek, ma’lum iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta’sir etgan bo`ladi. Masalan, Marqaziy Osiyoda yashaydigan kuchmanchi va yarim kuchmanchi xalqlarda qiz olish uchun juda katta mikdorda “qalin” to`lash kerak bo`lgan. Buning natijasida ayrim yo`qchil kishilar butun umr bo`yi o`ylanmasdan qolib ketgan xolda, moddiy jihatdan bakuvvat kishilarning bir nechtadan xotini bo`lgan. Iqtisodiy, siyosiy tengsizlik hukm surgan davrlarda sevishib bir-biriga talpinib to`rgan ikki yosh qanday qilib bo`lsa ham bir-biriga yetishish uchun yuqoridagi chorani qo`llashga majbur bo`lishgan. Hozirgi kunda iqtisodiy, siyosiy tengsizlik barham topgan davrda qiz olib qochish uchun hech qanday zarurat qolmadi. Lekin u etnik an’ana sifatida saqlanib q`olgan.
Narsa va hodisalarni o`ziga xos ravishda idrok qilish yoki tushunib olish insonning tugma xususiyati emas, balki bu xususiyatlarni faqat yashash jarayonida, tajriba asosida xosil qiladi.
Faoliyat jarayonida vujudga keladigan milliy did millatning ham moddiy, ham ma’naviy ehtiyojlarida namoyon bo`ladi. Kishilarning moddiy ehtiyojlarini kondirilishi asosan ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Shuning bilan birga tabiiy-geografik shart-sharoitlarning xususiyatlari ham moddiy iste’mol xarakteriga ta’sir ko`rsatadi. Yeyish va ichishning qanday bo`lishi shu xalqning xo`jflikni qaysi turi bilan shugullanishiga, uni urab to`rgan nabotot va xayvonot olamiga ko`p jihatdan bog`liq bo`ladi.
Hech bir odam o`zi ko`rmagan yoki xali mazasini tatib ko`rmagan narsalarga nisbatan ehtiyoj xosil qilmaydi. Shu narsalarga doir unda tab’ va did xosil bo`lmaydi. Xo`jflik yurgizish shakllaridagi o`ziga xoslik ham xalq tab’iga ta’sir ko`rsatadi. Shu joyga xos bo`lgan ma’lum mahsulotlarni uzoq asrlar davomida doimiy iste’mol qilinishi, unga o`rganish va o`ziga xos didning vujudga kelishiga olib keladi.
Dehqonchilik va bogdorchilik bilan shugullanadigan respublikamiz axolisining asosiy Ovqati guruch, sabzavot va mevalar hisoblanadi. Shunga ko`ra, ularda qishloq-xo`jflik va usimlik mahsulotlarini ishlab chiqarishga, ulardan turli-tuman oziq-Ovqat muxsulotlari tayyorlashga nisbatan, malaka va odatlar rivojlangan bo`lib, shunga mos ravishda tab’ va didlar ham shakllangan. Chorvachilik bilan shugullanuvchi xalqlarda esa gusht va gusht mahsulotlariga nisbatan ehtiyoj va did shakllangan.
Ayrim xalqlarda o`z chankogi va ochligini yangi suyilgan xayvonlarning koni bilan qondirish, ehtiyojlarni qondirishning eng makbo`l yo`li hisoblanadi. Bunday tab’ boshqa muhitda yashayotgan va kon umuman biologik ehtiyojlarni qondirish vositasi hisoblanmagan kishilar uchun butunlay qarama-qarshi tuyg`ularni keltirib chiqaradi.
Milliy estetik didning o`ziga xosligi millat ma’naviy hayotning ko`p sohalarida namoyon bo`ladi. Ayniqsa, ular me’morchilik ko`rilishlarida, tasviriy san’atda, musiqada, rakslarda, adabiyotda, milliy kiyimlarda va uning bezaqlarida, ayollarning xushro`yligida va ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida to`la o`z ifodasini topadi.
Go`zallik tabiatda va jamiyatda obyektiv jihatdan mavjud. U obyektiv va subyektiv idrokning umumlashmasi sifatida turli millatlar tomonidan o`ziga xos ravishda idrok va tasavvur etiladi.
Avstraliyadagi ayrim qabilalar o`z qizlarining ko`zlarini yoshlikdanok gilay qilishga harakat qilib, bosh kiyimining chekka tomoniga yaltirok narsa osib qo`yishar ekan. Chunki bu yerda gilay ko`zli ayol go`zallik belgisi hisoblanadi.
Odam ma’lum tabiiy-geografik sharoitda va ijtimoiy muhitda yashar ekan, u doimo ta’sir etib turuvchi narsa va hodisalarning simvolik xususiyatlarini boshqa muhit odamlariga qaraganda chuko`rrok bilib olishga o`rganadi va boshqa tabiiy va ijtimoiy muhitga tushib q`olganda, u yerdagi narsalarni va hodisalarni ham o`zida shakllanib q`olgan “mexanizm” orqali idrok etadi. Shuning uchun ham go`zallik to`g`risidagi tushuncha ham turli tabiiy-geografik va tarixiy sharoitlarda yashayotgan xalqlarda har xil bo`ladi.
Rossiya podshosi Anna Ionavna saroyiga balga taqlif qilingan Xitoy elchilari, malikaning shu yerda Hozir bo`lgan xonimlardan qaysi birini ular eng go`zal, deb hisoblaydilar, deb bergan savoliga Petr I ning qizi Yelizaveta (bo`lajak podsho) ni afzal ko`rganliklarini aytishadi. Yelizaveta darhaqiqat, juda go`zal bo`lgan. Buni hamma zamondoshlari bir ogizdan e’tirof etishgan. Lekin elchilar nazokatlik, Shark xalqlariga xos bo`lgan xushmuomalik bilan, agar Yelizavetaning ko`zi shaxlo bo`lmay, sal kisikrok va kambarrok bo`lganda edi, u o`z go`zalligi bilan yagona va har qanday kishini bir qarashda xushini olib qo`yadigan bo`lar edi, deb kushib kuyganlar.
Tarixiy taraqqiyotdagi o`ziga xoslik, ijtimoiy hayotdagi turli sinflarning, qatlamlarning ta’siriga qarab milliy tab’ ham turlicha shakllanishi va o`zgarishi mumkin. Ma’lumki, islom dini hukmronlik qiladigan mamlakatlarda xaykaltaroshlik, rassomchilik bilan shugullanish man’ etilganligi sababli, san’atning bu turi rivojlanmagan. Buning natijasida kishilarning tasviriy san’atni idrok etishga nisbatan estetik didi ham rivojlanmasdan qolib ketgan. O`zbekiston xalq rassomi Chingiz Axmarov jurnalilistga bergan intervyo`laridan birida: “...Chamamda, O`rta Osiyoda tasviriy san’atni ommaviy idrok etish birmuncha sust, degan gapda jon bor. Xususan, respublikamiz axolisining juda ko`p q`ismi, ayniqsa, badiiy tashvikot kuchsizrok bo`lgan qishloq joylarda professional tasviriy san’at namunalarini ko`rgazma va mo`zeylarga maxsus borib ko`rishga odatlanmaganlar. Men, Moskva, Leningrad kabi shaharlarda tashkil qilingan tasviriy san’at ko`rgazmalariga kirish uchun kor, yolgir ostida turnaqator bo`lib navbatda to`rgan odamlarni ko`rganman. Afsuski, bizda bunday emas...” (“Guliston” jurnali, 1977 y. № 1).
Kishilarning san’atni bu turiga nisbatan bo`lgan ehtiyojlarini kondirilmasligi evaziga, uni tuldirish uchun Sharkda, xususan, respublikamizda nakkoshlik, uymakorlik, geometrik ornamentlar bilan ishlash kabi san’atning boshqa bir turi rivojlanib ketgan. Samarkand va Buxo`ra, Xiva va Qoqon, Shaxrisabz va Toshkent shaharlaridagi tarixiy obidalarga tushirilgan turli-tuman nakshlar, yogochga va devorga uyib ishlangan ganjlar kishi aql-idrokini, tasavvurini Hozir ham lol qoldiradi.
Bu urinda munozarali bo`lsa ham yana bir narsani aytib utish joiz. Xuddi tasviriy san’at singari bizda raks sanatining gultojisi bo`lgan balet o`yinlarini “idrok qilishimiz bir muncha sust”. Bu hodisani o`zbek xalqining bunday nodir san’at asarini “xazm” qilishga layokatsizligini, badiiy saviyasining, didining pastligi bilan emas, balki, xalqimiz tarixiy taraqqiyotidagi, ijtimoiy hayotidagi o`ziga xos jarayonlar bilan tushuntirib berish mumkin.
O`zbek san’atida xo`reografiya (raks) turi vokal (ashula) turiga nisbatan yangi va unchalik rivojlangan emas. Buning sabablaridan biri, o`zbek ayollarining avvallari ko`pchiliik oldiga chiqib uynashi mutlako mumkin bo`lmagan. Ayollarimizdagi mavjud o`yin san’ati faqat tor doiradagina - xotin-qizlar o`rtasida namoyon etilib, ko`pchilik, ayniqsa erkaqlar bundan baxramand bo`la olmagan. Erkaqlar o`yini esa xalq ichida unchalik rasm bo`lmagan. Shu bois yigitlarimiz tomonidan ijro etiladigan o`yinlarimiz esa, tan olish kerakki, Kavkaz xalqlarida erkaqlar ijro etadigan o`yinlarchalik rang-barang emas. Balet san’atining ommaviy bo`lmaganligiga yana bir sabab, o`zbek ayollarining o`yinlarida, balet raksidagidek, charxpalak bo`lib aylanish, sakrash, oyok uchida yurib harakatlanish kabi dinamik harakatlar ancha kam. Butun joziba va nazokat yuzva ko`z ifodalarida, qo`lning noziq harakatlarida, har bir harakati ma’lum ma’noni ifodalovchi nozli va iboli yurishlarda namoyon bo`ladi.
Natijada bizning ko`pchiligimizda, Hatto ziyolilarimiz orasida ham xo`reografiya san’atini, uning gultojisi bo`lgan balet rakslarini chuko`r idrok etish kunikmalari va bilimlari xali yetarli darajada, deb bo`lmaydi. Aksincha, Sharkda, islom dunyosida madaniyatning boshqa bir turi - she’riyat benixoya darajada rivojlangan. Shark shoirlarining she’riyati Hatto Yevropaning genial shoirlari - Gyote, Bayron, Shekspir, Pushkin qabilar uchun ham ilxom manb’ai bo`lgan. Shuning uchun xalqimiz nazmni joni-dilidan sevadi. Shoirlar, yozuvchilar bilan bo`ladigan har qanday uchrashuvlar talabchan, yksak did soxiblari bo`lgan ko`plab nazm muxlislarini doimo o`ziga jalb qiladi.
Shulardan ko`rinadiki, san’atning u yoki bu turini to`g`ri tushunish va to`la idrok etilishi uchun uning milliy zaminda nechoglik ildiz otgan bo`lishi, unga nisbatan xalqda qanchalik tab’ va didning shakllangan bo`lishiga bog`liq bo`lar ekan. Lekin bo`lardan zinxo`r-vazinxo`r xaykaltaroshlik, rassomlik, xo`reografiya kabi san’at turlari biz uchun tushunarsiz, nokerak narsalar ekan, degan fikr tugilmasligi kerak. Aksincha, insoniyat tafakko`rining mahsuli bo`lgan bu noyob san’at turlari, ayniqsa, xo`reografiya san’ati keyingi yillarda bizda keng rivojlanib bormokda. Lekin xali ham ko`pchilik tomonidan milliy rakslarni tamosha qilganchalik zavk-shavk bilan kabo`l qilinayotgani yo`q.
Mehnat faoliyati, iqtisodiy uklad va yashash sharoitlari asosida vujudga keladigan milliy did bu sharoitlarning o`zgarishi bilan ma’lum darajada o`zgarishlarga uchraydi. Lekin qadimiy tab’ va didlar butunlay izsiz yo`qolib ketmaydi. Chunki uzoq vaqt kishilar iste’molida bo`lgan u yoki bu tab’lar, xalq hayotining ma’naviy va moddiy tomonlarida o`zining chuko`r ildizini qoldirgan bo`ladiki, ularning o`zgarishi yoki yo`qolib ketishi, yangi did va tab’larning shakllanishi uchun un va yuzyillar kerak bo`ladi.
Keyingi un yilliklar davomida mamlakatimiz ijtimoiy hayotida sodir bo`lgan iqtisodiy, siyosiy o`zgarishlar natijasida mavjud bo`lgan tab’ va didlar ham o`zgara boshladi. Bu moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq sohalarga daxldordir. Xalqimizning kiyinishi, taomlar tayyorlashida milliy andozalar bilan birga boshqa xalqlardan kirib q`olgan yangi taomlar, shirinliklar va ust-boshlar hisobiga o`zgarish bo`ldi. Bo`larning hammasi milliy didga o`z ta’sirini ko`rsatadi.
Etnopsixologiyaning xilma-xil xususiyatlarini ularning obyektiv jihatdan namoyon bo`lishi orqali o`rganish mumkin. U yoki bu xalqka xos psixologik xususiyatlarni o`rganishni, barcha yetakchi tadqiqotchilar avvalo ularning ma’naviy ijodiyotini tahlil qilishdan boshlanganlar. Chunki xalq o`z tarixini, turmush tarzini, orzu-istaqlarini moddiy va ma’naviy madaniyat namunalarida aks ettirib kelgan.
Milliy san’at va badiiy asarlarda xalqning voqelikni o`ziga xos idrok qilishi natijasida xosil bo`lgan tasavvurlari, tuyg`ulari, tab’ va didlari, tafakkurxususiyatlari, temperament va xarakterlari aks etadi.
Etnopsixologik xususiyatlar ayniqsa, xalq ogzaki ijodiyoti - doston va ertaqlarda, maqol va matallarda, musiqa, qo`shiq va rakslarda to`la namoyon bo`ladi. Xalqimiz Gurug`li, Alpomish, Tumaris, Shirok obrazlarida o`z ma’naviy fazilatini, kuch-kudratini, orzu-istagini, aql-zakovatini mujassamlantirgan. Milliy zaminda yaratilgan bu qahramonlar millat vakillari ong shuuriga chuko`r kirib, unga ruhiy jihatdan ta’sir etib turadi. Yosh avlod bu qahramonlarga o`xshashlikka, ulardan namuna olishga, ular qilgan qahramonliklarni takrorlashga harakat qiladilar. Atokli shoirimiz Abdulla Oripov “Genetika” she’rida:
Nechoglik sabot bor yovko`r Shirokda
Eryigitov tupga kuksin bosar jim.
Raximov ganimga tashlangan chokda
Alpomish shiddatin paykamagan kim?! deb yozadi.
Mashhur yozuvchilar, bastakorlar va boshqa ijodkorlar xalq hayotini yaqindan bilganliklari uchun ham xalq hayotini tasvirlovchi ajoyib obrazlar yaratilgan. Zero jaxon madaniyatining nodir asarlari doimo o`z milliy zaminiga ega bo`ladi. Kimki Furkat va Oybek asarlarini chinakamligi o`rganar ekan, deb yozadi qozoqistonlik etnopsixolog N.Jondildin, so`zsiz u o`zbek xarakteriga, kim Abay va Auezov asarlarini chuko`r singdirsa qozoq xarakteriga duch keladi.
Ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-geografik shart-sharoitlar dastlab kishilarning his-tuyg`ularida, tab’ va didlarida, fikr va xarakterlarida, ya’ni ularning milliy psixologik xususiyatlarida aks etib, undan keyin milliy madaniyatning o`ziga xos xususiyatlarida nakshlanib qoladi. Shuning uchun ham milliy madaniyatda shu xalqning tabiat go`zalliklarini qanday idrok etishi, ijtimoiy tartiblari, tarixiy taraqqiyotning turli davrlaridagi tuyg`u va istaqlari, mushoxada qilish usuli va xarakteri aks etadi. Bu xususiyatlar madaniyatda mustahkam urnashib, shu millatning Hozirgi vakillariga va kelajak avlodlarga ajdodlarning ruhiy xususiyatlari to`g`risidagi informasiya sifatida doimo ta’sir etib turadi.
Chet el etnopsixologlari etnopsixologik xususiyatlarni o`rganishda, ayniqsa, badiiy adabiyotdan ko`p foydalanishgan. Adabiyotda xarakterlar tipik holatda, uni shakllantiruvchi hamma shart-sharoitlarni ochib ko`rsatgan xolda tasvirlanadi. Amerikalik etnopsixologlar D.Makgrenexen va A.Ueynlar nemis va amerikaliklarning etnopsixologik xususiyatlari Germaniya va AkSh da bir necha yillar davomida quyilib kelayotgan 45 ta mushxur pyesada qanday namoyon bo`lganligini Aniqlashgan. Tekshirish yakunlarini taqqoslab, ajoyib natijalarga duch kelishgan. Pyesalarning syujeti quyidagi besh mavzu: sevgi, axloq, ideallarni yaratish, xoqimiyat uchun ko`rash, mansabparastlik va xukuk qaydarajada yoritilgan bo`lishligiga qarab o`rganilgan. Tekshirish yakunlari quyidagicha bo`lgan:
1. Ideallik, falsafiy va tarixiy mavzular nemis pyesalarida amerika pyesalariga qaraganda ko`prok yoritilgan;
2. Nemis pyesalaridagi qahramonlar jamiyatdan ustun turishga harakat qilgan xolda, amerika pyesalaridagi qahramonlar oddiy kishilar bo`lib ko`rinishga harakat qilishadi;
3. Amerika pyesalariga ayollar obrazi nemis pyesalaridagiga qaraganda ko`prok kiritilgan;
4. Amerika pyesalarida axloqiy tendensiyalar, nemis pyesalarida ideal tendensiyalar hukmron bo`lgan;
5. Har ikkala mamlakat pyesalarida ham xoqimiyatdan norozilik kayfiyati hukm surgan.
Har bir xalqda estetik idrok qilish va hissiy holatlarni kechirish o`ziga xos ravishda o`tadi. Agar o`zbek adabiyoti va san’atida asosan kum-kuk vodiy va voxalar, serunum dalalar, dehqonchilikning asosi bo`lgan suv, paxtakor dehqonning mashakkatli va olijanob mehnati ko`ylansa, qo`shni qozoq va kirgiz san’atshunoslari bepoyon chul-adirlarning fusunkorligi, chupon va yilkichilarning mehnati, Oloy toglarining go`zalligi to`g`risida ko`ylashadi. Chunki har bir kishi uchun dunyoga kelgan kunidan boshlab, unga butun umr bo`yi hamrox bo`lib to`rgan narsalar go`zal bo`lib ko`rinadi. Akademik A.P.Barannikov o`zining “Xind poeziyasining tasviriy usuli”, degan tadqiqotida, xind poeziyasida turli xayvonlar, ayniqsa, sigir, fil, asalari qabilarning obrazlari ko`p uchrashligini ko`rsatadi. Ma’lumki, Xindistonda sigir mexr-muhabbatga loyik xayvon sifatida e’zozlanadi. Eng go`zal ayollarni, Hatto malikani ham maktashganda sigirga taqlid qilishadi.
Etnopsixologik xususiyatlarni o`rganishda folklor ham ma’lum ahamiyat kasb etadi. qadimiy afsona va rivoyatlarni xalq o`zining butun tarixiy taraqqiyoti davomida, turli ijtimoiy ukladlar davrida yaratadi. Shuning uchun xalqning butun kechmishi, uning hohish-istaqlari, kelajak bilan bog`liq buyo`q orzulari, fikr-tuyg`ulari, axloqiy va ijtimoiy tushunchalari, yashash uchun olib borgan ko`p asrlik tajribalarini o`zida mujassamlantirgan folklorni o`rganish shu xalqning psixologik qiyofasini vujudga kelish yo`llarini tushunishga yordam beradi. Milliy madaniyat va milliy psixologiyaning xususiyatlari, uning ichki emokional tomonlari maqol va matallarda, o`xshatish va nutkda yaqqol namoyon bo`ladi.
Har bir xalq o`zining utkir maqollariga, tasviriy iborasiga ega. Tildagi bu tasvirlilik bevosita xalqning hayoti va maishiy turmushi, uning tarixi va tabiati bilan bog`liq bo`ladi. Bu yerda xalq borlikni o`ziga xos ravishda idrok etuvchi san’atkor sifatida namoyon bo`ladi. Maqol va matallar, xikmatli gaplar bir necha asrlar, necha avlodlarning aql-zakovat chigirigidan o`tib saykallangan xalq donoligidir. Ajdodlarimiz yaratgan xikmatli gaplar necha avlodlarning ma’naviy ehtiyojlarini kondirib kelgan.
O`zbek xalqiga xos bo`lgan keksalarni hurmat qilish, Mehmondo`stlik, mehnatsevarlik kabi xususiyatlar ular yaratgan ko`pgina maqollarda o`z aksini topgan. Masalan, ota-ona va keksalarni hurmatlash to`g`risida yaratilgan maqollar:
Otalar so`zi- aqlning ko`zi; qari bor uyning zari bor; qari bilganni pari bilmas; Yosh kelsa ishga, qari kelsa oshga; Oltinning eskisi bo`lmas, ota-onaning bahosi va x.
Mehmondo`stlikka doir:
Mehmon otangdek ulug;
Mehmon kelar eshikdan, rizki kelar teshikdan;
Mehmonga osh kuy, ikki qo`lini bush kuy;
Bugdoy noning bo`lmasin, bugdoy so`zing bo`lsin va x.
Mehnatsevarlikka doir:
Elga xizmat - oliy ximmat;
Ish ishtaxa ochar, dangasa shundan qochar.
Mehnat, mehnatning tagi - rohat;
Yaxshidan bog qolar, yomondan dog qolar;
Oltin o’tda, odam mehnatda sinaladi;
Saratonda boshi kaynamaganning, kishda qozoni qaynamas va x.
Milliy tuyg`ular, kayfiyat va temperament ayniqsa, milliy rakslarda va musiqada yorkin namoyon bo`ladi. Ayni san’atning shu turlarida, ayrim tadqiqotchilar aytgan “qo`lga tushmas” va “anglash qiyin bo`lgan” etnopsixologik xususiyatlar “mana, men”, deb ko`zga yaqqol tashlanadi. Zero, rus xalq qo`yini xind musiqasidan, yoki o`zbek raksini ukrain xalq raksidan farqlash uchun san’atdan utkir bilimga ega bo`lish zarur emas.
Etnopsixologik xususiyatlar xalq hayotining butun borligida namoyon bo`libgina qolmasdan, shuningdek, shu millatga mansub bo`lgan shaxslarning kundalik muomalasida, xati-harakatlarida ham ma’lum darajada o`z ifodasini topadi. Chunki har bir inson bolasi ma’lum bir Vatan farzandi, shaxs sifatida ma’lum bir jamiyat mevasi. Bizning dunyoni bilishdagi turli-tuman tasavvur va tushunchalarimiz ham shu jamiyatning va etnik muhitning bizga ko`rsatayotgan ta’siri ostida vujudga kelgan. Manashu o`ziga xoslikni o`rganish va tushuntirib berish etnopsixologiya fanining asosiy vazifalaridandir.
SAVOLLAR: 1. Milliy didning shakllanishi nimalarga bog`liq bo`ladi.
2. O`zbekistonning turli regionlarida yashovchi millat vakillari didida farqlar bormi?
3. Milliy didni tasvirlagan badiiy asarlardan misollar keltiring.

SEMINAR SAVOLLARI:


1. Tabiiy muhit va milliy did.
2. Milliy didni san’atda namoyon bo`lish.
3. Milliy didning o`zgaruvchanlik xususiyatlari.
4. Milliy didda etnopsixologik xususiyatlarni namoyon bo`lishi.


Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish