Milliy tuyg`ular mavzusi asosida B/B/B jadvalini to’ldiring
BILAMAN
|
BILIShNI HOHLAMAN
|
BILIB OLDIM
|
|
|
|
Nazorat uchun savollar:
1. Nima uchun milliy tuyg`ularni o`rganishda extiyotkorlik talab etiladi?
2. Milliy tuyg`ularning namoyon bo’lish intensivligi nimalarga bog`liq bo’ladi?
3. Milliy tuyg`ularni tashkil etuvchi komponentlarga nimalar kiradi?
4. Milliy tilga munosabat.
Adabiyotlar:
Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
2. Karimov I.A. Donishmand halqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. T. 2000 y.
3. Alimov X. Milliylik va ijtimoiy ruhiyat. T. 1992 y.
4.Mamatov M. Milliy psixologik qiyofa va uning xususiyatlari. T. 1980 y.
5. Xudoyberdiyev I. Islom, shaxs va milliy psixologiya. T. 1994 y.
6. Mamatov M. Etnopsixologiya. T.1999y
7. Ma’ruza matni. Tuzuvchi: M.Sulaymonov
MILLIY TUYG`ULAR
REJA:
1. Milliy tuyg`ular va ularni tadqiq etishda quyiladigan talablar.
2. Milliy tuyg`ularning milliy jarayonga munosabat sifatida namoyon bo`lishi.
3. Turli etnik guruhlarda turlicha namoyon bo`lishi.
4. Vatanparvarlik tuyg`ulari va ularning namoyon bo`lish xususiyatlari.
Milliy tuyg`ular etnopsixologik xususiyatlarni tashkil etuvchi komponentlar ichida nisbatan kam o`rganilgan soha hisoblanadi.
Ijtimoiy hodisalar ichida milliy tuyg`u o`zining kelib chiqishi bilan uzoq o`tmishiga borib takaladi. Shuning uchun uni o`rganishda nixoyatda extiyotkorlik, ziyraqlik va xolislik bilan ish olib borishlik talab etiladi.
Milliy tuyg`ular asosida milliy manfaat va ehtiyojlar, ayniqsa, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligini, tinchligi yoki notinchligini ta’minlovchi narsalar yotadi.
Milliy tuyg`ular kishining milliy voqelikdagi barcha narsa va hodisalarga, milliy jarayonlarga, ona tabiatga va zaminga, shuningdek, xalqning tarixi va ma’naviy merosiga, milliy qadriyatlariga bo`lgan munosabati shaklida namoyon bo`lib, millat ma’naviy hayotida katta ahamiyatga egadir. Milliy tuyg`uning ta’sirchanligi ayniqsa, ona tiliga bo`lgan munosabatda yanada yorkin namoyon bo`ladi. Zero, har bir xalqning milliy xususiyatlari til orqali o`z ifodasini topadi. Milliy tilga bo`lgan munosabatning salgina bo`lsa ham bo`zilishi xalqlar va millatlar o`rtasidagi munosabatlarga katta zarar yetkazadi.
Professor I.M.Jabborovning “O`zbek xalq etnografiyasi kitobida turk xalqi o`z tilini yaxshi ko`rishi va shu tilda gaplashadigan boshqa xalq vakillarini hurmat qilishi haqida bundan 1000 yil avval yozilganligi, misol keltiriladi.
Farzandlarimiz ongida Vatanga, boy tariximizga, milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat, ehtiromni qaror toptirish, har xil yot mafkura, qadriyatlarga ergashmaydigan milliy immunitetni shakllantirishimiz darkor. Buning uchun ularning tafakkurida o`zligini anglash va unutmaslik qaror topishi, o`z tarixi, o`tmishi, buyuq ajdodlari hayoti, milliy qadriyatlar, milliy urf-odatlarni yaxshi bilib, o`zlashtirishlari lozim.
Vatanga muhabbat, vatanparvarlik tuyg`usi odamning kalbida tabiiy ravishda tugiladigandek, to`yo`ladi. Aslida bu tuyg`ularning ham shakllanishida ma’lum ta’lim tarbiyaviy tadbirlarga e’tibor berish zarur. “... Inson o`zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg`usi ildiz otib, yo`qala boradi. Bu ildiz qancha chukur bo`lsa, tugilib usgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo`ladi”3
Bunda ayniqsa, ona tiliga bo`lgan munosabat yetakchi urinda bo`ladi. Chunki “Ona tili - bu millatning ruhidir. O`z tilini yo`qotgan har qanday millat o`zligidan judo bo`lishi muqarrar”4
Shurolar davrida bizning tariximiz ukitilmadi yoki ataylab buzib, soxtalashtirib berildi. Bobomiz Amir Temur konxo`r jallod, johil shaxs sifatida tasvirlandi.O`z tarixini bilmagan, o`tmishidan mahrum qilingan xalqda, tabiiyki, milliy tuyg`ular-gurur, faxr, vatanparvarlik bo`lmaydi. O`zgalar tobeligida yashashga o`rganib, faqat moddiy ehtiyojlar qo`liga aylangan xalq manqurtlashadi. Unda milliy ozodlik, mustaqillik tuyg`ulari bo`lmaydi. Bizda ham, afsuski, manqurtlik xususiyatlari shakllana boshlagan ediki, buyo`q bobomiz Amir Temur haqida masharomuz latifalar tukib chiqara boshladik. Bu xil latifalarni “ijod” qilishda o`zimizning “yozuvchi”larimiz ozmuncha ter tukishmadi.
Milliy tuyg`ular tarixiy kategoriya bo`lib, shu milliy va xalq vakillariga tashqi obyektiv omillarning doimiy ta’sir etib turishi natijasida vujudga keladi. Shaxsda milliy tuyg`u va ongni sh aqllantirish, rivojlantirish uchun xalqimiz tarixini, milliy qadriyatlarni, buyo`q ajdodlarimiz hayotini, boy ma’naviy merosini chuko`r o`rganish lozim.
Milliy tuyg`ularning namoyon bo`lish kuchi va intensivligi hamma xalq va millatlarda bir xilda bo`lavermaydi. Bu tuyg`ular kichiq, kam sonli etnoslarda katta, ko`p sonli xalqlardagina qaraganda, shuningdek, kam taraqqiy etgan mamlakatlarda, rivojlangan mamlakat xalqlaridagiga qaraganda kuchli va yorkin namoyon bo`ladi.
Ayniqsa, ilgari jabr-zulm ko`rib kelgan, ezilgan va ranjitilgan xalqlarda milliy tuyg`ular nixoyatda sezgir va ta’sirchan bo`ladiki, Hatto hazil shaklida millat shaniga aytilgan, extiyotsizlik bilan bildirilgan fikrlar ham norozilik tugdirishi, hissiyotlarni junbushga keltirishi, milliy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Milliy tuyg`ular xilma-xil bo`lib, unga axloqiy, estetik, intellektual va maishiy tuyg`ular kiradi. Ular vatanparvarlik, milliy iftixor, hamkorlik, xayrixoxlik yoki garazguylik, dushmanlik kabi ko`rinishlarda o`z ifodasini topadi. Vatanparvarlik va o`z ona tabiatiga mexr-muhabbat tuyg`ulari, milliy tuyg`uda muhim urin to`tadi. Vatanparvarlik asrlar va ming yillar davomida birgalikda yashagan etnik guruhda shakllangan eng chuko`r tuyg`ulardan biridir. Yetuk vatanparvarlik tuyg`usi maxalliy, xududiy parchalanishlar va turli-tuman mayda etnik tafovutlar tugatilib, elat va millatlarning shakllanishi jarayonida vujudga kela boshlaydi. Ma’lumki, XIX asrning 70-yillarigacha, Hozirgi O`zbekiston xududida uchta xonlik - Qoqon va Xiva xonligi, Buxo`ro amirligi mavjud edi. O`zbek elati shu uchchala xonlik va amirlikda yashasa ham, xududiy, iqtisodiy, siyosiy parchalanish yagona o`zbek millatini vujudga keltirmadi. Demak, shu davrda yagona milliy tuyg`uning mavjudligi to`g`risida so`z bo`lishi ham mumkin emas edi. O`zbekiston respublikasining tashkil topishi, o`zbek elatini millat darajasiga ko`tardi. Natijada, milliy tuyg`u shakllanib, rivojlanib boryapti.
Haqikiy vatanparvarlik, deb ko`rsatgan edi amerikalik etnopsixologlar B.Ganniy va V.Jeromlar, faqat xalqi va Vatanining jaxon mikyosida tutgan mavkeidan faxrlanish bilangina namoyon bo`lmaydi. Millat hayotida shunday davrlar va holatlar ham bo`ladiki, bunda haqiqiy vatanparvarlik tuyg`usi uyalish va orlanish bilan tulib toshishi mumkin. Darhaqiqat, millatning ukimishli vakillari, ziyoli va olimlar, yozuvchilar millat hayotiga, milliy jarayonga teran obyektiv ko`z bilan qarab, millat hayotidagi ayrim kamchilik va nuksonlarni ro`y-rost ayta olishgan, tankid qilishgan. Taniqli o`zbek ma’rifatparvari Abdulla Avloniy “Guliston yoki axloq“ kitobida bunday yozadi: “...Bizlar na uchun harakat qilmaymiz, kimirlamaymiz? Boshqa millatlarning ugillari, qizlari kecha demay, kundo`z demay, yoz demay, kish demay ilm yo`lida jonlarini fido qilib, qovushib, yug`urishib, ko`zlarimizni qamashtirib to`rgan bir zamonda, bizlar hamon uykudan, jaholatdan boshimizni ko`tarmaymiz, ibrat olmaymiz”...
Hamza Hakimzoda Niyoziy ham xalqimizning savodsizligidan, jaholatdan q`olganligidan kuyunib “Vatandoshlarima xitoba” she’rida yozadi.
Ey, ahli vatan! Bosdi seni muncha gaflat,
Gark ayladi muncha seni daryoi jaholat?
Tushdi sening boshing o`zra har zillau razolat,
Bok! Xolingga nelar bo`lar gar bo`lsa basorat?
koplab kelur millatinga zulmatu gorat,
Inson sifating vor esa tur, ayla jasorat!
Gaflat uykusindan ko`zing och! Boq bu zamona!
Ilm ila maorif tutuni tuldi jaxona.
Bu bitilgan she’r va fikrlar millatning holatidan qo`yinib ezilgan, haqiqiy vatanparvarlarning faryodi hisoblanadi. Xuddi shunga o`xshash fikrni sakson yillardan keyin faylasuf olim, akademik Erkin Yusupov ham qo`yinib yozdi. “...O`zbek xalqi tushgan so`nggi yillardagi musibat, haqorat, tuxmatlarga (sovet davridagi voqelar nazarda tutilyapti. M.M.) o`z qadriga yetgan birorta millat ham bardosh berishi mumkin emas. Bu sabok bizda milliy ong pastligini... ko`rsatadi. Bir-birimizni fargonalik, xo`razmlik, buxo`rolik, toshkentlik deb ajratamiz. ...qo`roqligimiz, hamjihat bo`lmaganimiz itoatkorlikka, xushomadguylikka olib keladi” (“Yosh leninchi”, 1991 y. 16 fevral).
Sotsial-iqtisodiy shart-sharoitlarning o`zgarishi bilan kishilarda o`z xalqiga, ona tiliga, ona tuprogiga bo`lgan mexr-muhabbat tuyg`ulari yo`qolib ketmaydi. Lekin ayrim olimlar Hozirgi kunda odamlarni ona tabiat va atrof-muhitdagi geografik va madaniy narsalar qiziktirmay qo`ydi. Vatan endi ularga faqat yashash, pul topish, boylik orttirish uchun xizmat qiladigan makon bo`lib qoldi, degan kosmopolitik g’oyalarni targib qilmokchi bo`ladi. Ya’ni ular “Bedananing uyi yo`q qayerga borsa “pit-bildik,“ deganlaridek, qayerda hayot yaxshi bo`lsa, odam usha yerga intiladi. Vatan, vatanparvarlik tuyg`ulari eskirgan, qoloq tushunchalar, deb isbotlashmokchilar. Bu bilan ular bir necha ming yillar davomida yaratilgan milliy madaniyatni qadrsizlantirishga, kishilarning vatanparvarlik tuyg`ularini yo`qotishga, o`z Vatanini boshqa xalq va millat tazyikidan ximoya qilmaslik kabi yaramas g’oyalarni odamlar ongiga singdirmokchi bo`lishyapti.
To`g`ri, rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy integrasiya mavjud. Yevropada yagona pul birligi - YeVROni yaratish, chegaralardan yagona pasport bo`yicha utish v.x. ijobiy jarayon. Lekin bu Vatan, vatanparvarlik tuyg`ularini yo`q qilib yubormaydi.
Muqaddas Vatan uchun jonini fido etishga tayyor turish kishining yksak axloqiyligidan dalolatdir. Vatanparvarlik qadimiy tuyg`ulardan hisoblanadi. Musofir yurtlarda yashab ishlari yurishib ketgan odamlar ham, o`z baxtini, faravonligini kemtik ko`radi. Chunki unga Vatan soginchi tinchlik bermaydi. Butun kalbi bilan Vatanga intiladi. Faqat o`z nafsini o`ylaydigan odamlarda vatanparvarlik tuyg`usi bo`lmaydi. Ular bir joydan ikkinchi joyga, bir yurtdan boshqa yurtga osongina kuchib utaveradilar. Ular qayerga borsam, baribir kunimni ko`raveraman, deb o`ylab, yashashdan maqsad o`z nafslarini qondirishdan iborat, deb biladilar. Vatan inson uchun shu qadar aziz va muqaddaski, eng ogir jinoyat qilganlarga jazo sifatida Vatandan badarga qilish hukm qilinadi. Millatning ilgor vakillari doimo milliy tuyg`ularni o`zlarida mujassamlashtirgan va uni targibotchisi bo`lib kelganlar. Ularga milliy xudbinlik, maktanchoklik, cheklanish, ya’ni milliy kobikka uralib qolish kabi tuyg`ular yot narsalardir. Boshqa xalqlar va millatlarga nisbatan dushmanlik va adovatning vujudga kelishi uchun ularda hech qanday iqtisodiy yoki ijtimoiy sabablar mavjud emas.
Feodal parchalanishlar, rivojlangan bir sharoitda yashab ijod etgan buyo`q bobomiz A.Navoiy ham turli xalq, turli diniy masxab kishilari o`rtasida dustona munosabatlar urnatish mumkinligi, Hatto o`z takdirlarini ham bir-biriga bagishlashlari mumkinligi to`g`risida yozadi:
Kungulni olsa maloxat bila tafovuti yo`q,
Xitoy ulsun, armani va xindu.
Shuningdek, “Farxod va Shirin”, “Sab’ai Sayyor” kabi dostonlarida turli xalqlar vakillari o`rtasidagi dustlik va mexr-muhabbatni bayon etadi. Milliy tuyg`ular ko`pincha milliy iftixo`r sifatida namoyon bo`ladi. Lekin shuning bilan birgalikda o`z millatini ortiqcha kuklarga ko`tarish, uning qandaydir boshqa xalqlarda bo`lmagan fazilatlari to`g`risida “Qo`yib-pishib” ta’kidlash, o`z xalqini boshqa xalqlarga qarama-qarshi qo`yishi, boshqa xalqlarga nisbatan mensimaslik ruhini keltirib chiqarishi mumkin.
Bularning barchasi real voqelikning, hayotning xolisona tahlili bo`lmay, ayrim individlarning subyektiv fikrlari o`laroq vujudga keladi. Buni ajoyib “Xalq“ kitobining muallifi, mashhur fransuz tarixchisi Jyo`l Mishle misolida ko`rish mumkin. Uning vatanparvarligi ayrim urinlarda millatchilik bilan almashib ketadi. Masalan, Fransiya tarixini hamma xalqlar uchun namuna bo`ladigan tarix, deb kuklarga ko`taradi. “Barcha xalqlarning tarixi qandaydir kisqartirilgan bo`lib, faqat Fransiya tarixigina tulik ko`rinishga ega, - deb ko`rsatadi muallif. Italiya tarixida oxirgi asrlar yetishmaydi. Angliya va Germaniya tarixida boshlanish davrlar yetishmaydi. Faqat Fransiya tarixini o`rganib, siz butun dunyo tarixini bilib olishingiz mumkin” (J.M. Narod, M., 1965, str. 145). Milliy tuyg`ular va kayfiyat millat vakillarining jipslashuvi va irodasini namoyon bo`lishida katta rol uynaydi. Millatning birikishida, milliy tuyg`u, milliy qiziqishlarning umumiyligi, tarixiy hodisalar va milliy qadriyati (o`tmish madaniyati) mexr-muhabbat, milliy iftixo`r tuyg`ulari sifatida namoyon bo`ladi.
O`z xalqining ko`p asrlik boy tarixi, ajoyib ma’naviy merosi bilan xaqli ravishda faxrlanish, ayrim tadqiqotchilar o`ylaganidek, o`tmishni kumsash emas, balki qadimiy tarixni, xalq yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarni kengrok o`rganish va ochib berish, ularni yangi avlodlar tomonidan ajdodlar merosi sifatida o`zlashtirishni ta’minlashdan iboratdir. Shuni ham ko`rsatib utish kerakki, bu davrda millatning hohish, irodasini ifodalovchi ilgor tuyg`ular bilan birga, milliy xudbinlik, millatchilik va ular bilan bog`liq xolda milliy xurofiy tuyg`ular ham namoyon bo`lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |