MAVZU №24: PSIXOLOGIK QIYOFANING MA’NAVIY MADANIYATDA NAMOYON BO`LISHI.
Reja.
Milliy psixologik qiyofa va badiiy adabiyot.
Milliy psixologik qiyofa va uning milliy madaniyatga ta’siri.
Milliy psixologik qiyofaning shakllanishida maqol va matallarni o`rni.
Milliy psixologik qiyofaning xususiyatlarini ularning obyektiv jihatdan namoyon bo`lishi orqali o`rganish mumkin. Garb faylasuflari asarlarida u yoki bu xalqka xos psixologik xususiyatlarni o`rganish, avvalo, ularning ma’naviy ijodiyotini tahlil qilishdan boshlanadi deb ko`rsatilgan. Chunki xalq o`z tarixini, turmush tarzini, orzu - istaqlarini moddiy va ma’naviy namunalarida aks ettirib kelgan.
Milliy psixologik qiyofaning turli-tuman tomonlari tekshiruvchi uchun bir qarashda qandaydir faxmlab tushunib olishi qiyin bo`lgan voqelikdek bo`lib ko`rinishi mumkin. Bu albatta yuzaki qarashda masalaning mohiyatiga chuko`r kirishishmasdan vujudga keladigan tushuncha. Aslida milliy psixologik qiyofa moddiy jihatdan ko`zga tashlanib turadigan xarakterga ega bo`lib, faqat madaniyatning turli-tuman farmonlarini o`rganish orqali uni faxmlab olish mumkin.
Milliy san’at va adabiy asarlarda kishilarning voqelikning o`ziga xos idrok qilishi natijasida xosil bo`lgan tasavvurlari, tuyg`ulari tab va didlari, fikrlashlari, maishiy turmushi, xarakter va temperamentlari aks etadi.
Milliy psixologik qiyofa ayniqsa xalq ogzaki ijodiyoti-doston va ertaqlarda, maqol va matallarda, musiqa, qo`shiq va rakslarda to`la namoyon bo`ladi. O`zbek xalqi Guro’g’li, Alpomish, Toxir, To’maris, Shiroq va Xuja Nasriddin obrazlarida o`z ma’naviy fazilatini, kuch-kudratini, orzu istagini, aql-zakovatini mujassamlashtirgan. Milliy zaminda yaratilgan bu qahramonlar, bu millat va xalq vakillari ongi, kalbiga chuko`r borib, unga psixologik jihatdan ta’sir ko`rsatadi. Yosh avlod bu qahramonlarga o`xshashlikka, ulardan namuna olishlikka, ular qilgan qahramonliklarni takrorlashga harakat qiladilar.
Nechoglik sabot bor yovko`r Shirokda,
Er yigitov tupga kuksin bosar jim
Raximov ganimga tashlagan chogda,
Alpomish shiddatin paykamagan kim?!.
deb yozadi bu to`g`rida Abdulla Oripov "Genetika" she’rida.
Adabiyot va san’at asarlardagi milliy obrazlar psixologik qiyofani o`rganish uchun zarur bo`lgan asosiy manbalar hisoblanadi. "Kimki Furkat va Oybek asarlarini chinakam o`rganar ekan-deb yozadi N. Jandildik-so`zsiy u o`zbek xarakteriga, kim Abay va Avezov asarlarini chuko`r singdirsa, qozoq xarakteriga duch keladi".
Mashhur yozuvchilar, bastakorlar, muykalam soxiblari xalq hayotini yaqin bilganliklari uchun ham xalq hayotini tasvirlovchi ajoyib obrazlarni yaratganlar. Zero jaxon madaniyatining nodir asarlari doimo o`z milliy zaminga ega bo`ladi.
F.Kuchelmanning yozishicha, Turgenev rus xalqining o`ziga xos xususiyatlarini, ularning slavyanlarga xos emosionalligi bilan ajoyib tarzda, to`g`ri tasvirlay olganligini ko`rsatgan edi.
Ijtimoiy-tarixiy, sotsial-iqtisodiy, tabiiy geografik shart-sharoitlar dastlab kishilarning tuyg`ularida, tab va didlarida, fikr va xarakterlarida, ya’ni ularning psixologik qiyofalarida aks etib undan keyin psixologik qiyofa orqali milliy madaniyatning o`ziga xos xususiyatlarida nakkshlanib qoladi. Shuning uchun ham milliy madaniyatda shu xalqning tabiat go`zalliklarini qanday idrok etishi, sotsial tartiblari, uning tarixiy taraqqiyotining turli davrlaridagi tuyg`u va istaqlari, mushoxada qilish usuli va xarakteri aks etadi. Bu xususiyatlar madaniyatda mustahkam urnashib, shu millatning Hozirgi vakillariga va kelajak avlodlarga, ajdodlarning psixik xususiyatlari to`g`risidagi informasiya sifatida doimo ta’sir etib turadi.
Milliy psixologik xususiyatlarni bilib olishda badiiy adabiyot ko`p narsa berishi mumkin. M. Gorkiy adabiyotini "Insonpsixologiyasi" deb atagan edi. Shuning uchun ham adabiyotpsixologiyasida xarakter problemasi marqaziy urinlarni egallaydi. Adabiyotda xarakterlar epik holatda uni shakllantiruvchi hamma shart-sharoitlarni ochib ko`rsatgan xolda tasvirlanadi. Shu boisdan ham qahramonning tipik xarakter xususiyatlarini chuko`r tahlil qilish, adabiyotni milliy psixologik qiyofani o`rganishda muhim manba qilib qo`yadi.
Amerikalik sotsial-psixologiklar D. Makgrenexen va A. Ueynlar nemis va amerikaliklarning milliy psixologik qiyofalari Germaniyada va AKShda bir necha yillar mobaynida qo`shilib ketayotgan 45 ta mashhur pyesada qanday namoyon bo`lganligini Aniqlashgan va tekshirish yakunlarini taqqoslab juda ajoyib natijalarga duch kelishgan. Pyesaning syujeti quyidagi 6 ta mavzu: sevgi, axloq, idealllarni yaratish, xoqimiyat uchun ko`rash, mansabparastlik va xukuk mavzularining kay darajada yoritilgan bo`lishligiga qarab o`rganilgan.
Tekshirish natijalari quyidagicha bo`lgan:
Ideallik, falsafiy va tarixiy mazmunlar nemis pyesalarida amerika pyesalaridagiga qaraganda ko`prok yoritilgan;
Nemis pyesalaridagi qahramonlar jamiyatdan ustun turishlikka harakat qilgan xolda amerika pyesalaridagi qahramonlar oddiy kishilar bo`lib ko`rinishga harakat qilishadi;
Amerika pyesalariga ayollar obrazi, nemis pyesalaridagiga qaraganda ko`prok kiritilgan;
Amerika pyesalaridagi axloqiy tendensiyalar, nemis pyesalarida esa ideal tendensiyalar hukmron bo`lgan;
Har ikkala mamlakat psalarida ham xoqimiyatdan norozilik kayfiyati hukm surgan va hakozo;
Har bir xalqda estetik idrok qilish va emosional holatlarni kechirish o`ziga xos ravishda o`tadi.
Akademik A.P.Barannikov o`zining "Xind poeziyasining tasviri usuli" degan tadqiqotida xind poeziyasida turli xayvonlar, ayniqsa sigir, fil asarlari kabi obrazlarining ko`p uchrab turishligini ko`rsatadi. Ma’lumki Xindistonda sigir mexr-muhabbatga loyik xayvon sifatida e’zozlanadi. Eng go`zal ayollarni Hatto malikani ham maktashganda sigirga taqlid qilishadi. O`zbek adabiyotida Yevropa badiiy adabiyotidagi kabi it sadokat, vafodorlik ramzi sifatida tasvirlansa, xind adabiyotida, aksincha, u yaramas, jirqanch maxluk sifatida tasvirlanadi. Milliy psixologik qiyofa, milliy madaniyatning xususiyatlari, uning ichki emosionalligi maqollar, matallar, o`xshatish va nutkda yaqqol namoyon bo`ladi. Har bir xalq o`zining utkir maqol va mataliga, tasviriy iborasiga ega. Tildagi bu tasvirlilik bevosita xalqning hayoti va maishiy turmushi, uning tarixi va tabiati bilan bog`liq bo`ladi. Bu yerda xalq o`z did va ta’biga, o`z buyoklari va moykalamiga, borlikni o`ziga xos ravishda idrok etuvchi san’tkor sifatida namoyon bo`ladi. Filosof V.Dal maqol va matallarni "xalqning yuruvchi aql-idroki", deb atagan edi. Maqol va matallar, xikmatli gaplar tasodifan xayolga yoki tilga kelib q`olgan shunchaki gaplar bo`lmasdan, necha asrlar, necha avlodlarning aql-zakovat chigiridan o`tib saykallangan xalq donoligidadir. Ajdodlarimiz yaratgan buday xikmatli gaplar necha avlodlarning ma’naviy ehtiyojlarini kondirib kelgan. Har bir davr maqol va matallar xazinasidan o`z davr ruhiga mos keladiganini tanlab oladi. Yuqorida o`zbek xalqiga xos bo`lgan keksalarni hurmatlash, Mehmondo`stlik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarning keng rivojlanganligini aytib o`tgan edik. Xalqning bu psixologik xususiyatlari ular yaratgan ko`pgina maqollarida o`z ifodasini topgan.
Masalan, ota-ona va keksalarni hurmatlash to`g`risida quyidagi maqollar yaratilgan.
Otalar so`zi-aqlning ko`zi.
Kari bor uyning zari bor.
Kari bilganni pari bilmas.
Oltinning eskisi bo`lmas,
Ota-onaning bahosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |