Longityud metodining boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar o`zoq muddat hatto o’n yillab tekshiriladilar. Longityudmetodidan nemis psixologi V.Shtern, fransuz R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytes, V.S.Muxina va boshqalar ko’p yillardan beri foydalanmoqdalar. Mazko`r metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima- Zuhra yoki aralash jinsli hasan – Zuhra, Fotima- Husan) egizaqlar ko`zatilgan. Longityud metodi yordamida subyektiv olimlarning o’ziga xosligini obyektiv shart –sharoitlari va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’sirini o’rganiladi. Chunonchi egizaqlarning o’xshashligi va tafovuti, ta’sirlanishi, his to`yg’uni o’zgarishi kishilar o’rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati tizimi va hokazo) bo’yicha ma’lumotlar olish Longit’yud metodi orqali amalga oshadi.
Kompleks metodi yordamida o’rganilgan obyektdagi o’zgarishlar turli nuqtai nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan bolada oddiy bilimlarni o’zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo’lsa, kompleks yondashish ta’sirida ana shu o’zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o’rganish, uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalarni qayta tiklashga shug’ullangan bo’lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (suhbat) tahlil turlariga bo’linadi.
Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi ko`zatuv mohiyatan ko`zatiluvchi xulq - atvorini bevosita tashqaridan turib, Kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. O’z - o’zini Kuzatish esa odam o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki hodisani o’zi o’rganish maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir.
Erkin ko`zatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida ko`zatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo’lmaydi, ko`zatuv obyekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin Kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan ko`zatuv esa, buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va kimni Kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, ko`zatuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq - atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichqaridan ko`zatuv tashkil qilinadi, bunda ko`zatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va zimdan Kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo’l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi tomondan, agar ko`zatuvchida konformizm hislati kuchli bo’lsa, o’zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni subyektiv ravishda qayd etadigan bo’lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan Kuzatish buning aksi - ya’ni ko`zatuvchi guruhga yoki ko`zatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo’ladi va faqat bevosita ko’zi bilan ko’rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |