Eksperimental psixologik ko`zatuvlarning asosiy bosqichlarini ko’rib chiqamiz. 1.Hamma ko`zatuvlar uning mavzusidan boshlanadi. Mavzu: ko`zatuv doirasi, muammo doirasi, predmet tanlash, obyekt va metod. Ammo eng asosiysi bu birlamchi muammo. Ko`zatuvchi zamonaviy psixologiya haqidagi bilimlardan qoniqadi, u muammoni his qildi, qaysi nazariya qarshi, zid tushunchalarni keltirib chiqardi. Empirik ko`zatuvlar uch asosiy hollarda o’tqaziladi.
– Farazni tekshirish va uning mavjudligi;
– Farazni tekshirish orqali aloqani aniqlash;
– Farazni tekshirish A va V ko’rinishlarni bir-biriga tobeligi.
2. Birinchi bosqichdan so’ng ikkinchi bosqich adabiyotlar bilan ishlash. Ko`zatuvchi eksperimental ma’lumotlarni, boshqa psixologlarning fikrini o’rganib chiqishi kerak.
3. Keyingi bosqichda farazni aniqlash ko’rib o’tiladi. Psixolog real psixikani emas, vaziyatning tashqi ko’rinishlarini boshqaradi. Bu ko`zatuvchining psixikasini boshqaradi.
4. Ko`zatuvchi eksperiment qurolini tanlashi kerak. Bu unga: a) o’zgarishni mustaqil boshqarish; b) tobe o’zgarishni ro’yxatga olish; v) metodika haqida tegishli aniq axborotlarga ega bo’lishidir. Ko`zatuvlar jarayonida turli xil metodikalardan foydalanish mumkin.
a) «Berkitilgan figura» testi; b) «Siyoh ramka» yoki «Xos ramka» testi;
v) «Siyoh - egik xona» va h.k. Birinchi ko’rinishda ko`zatuvchida zamon Vitkin – Gotshald testi bloki va sekundomer bo’lishi kerak. Ikkinchi ko’rinishda esa avtomatlashgan eksperiment. Bu kompyuter yordamida va nihoyat uchinchi ko’rinishda jihoz uchun – eksperimental kamera zarur. Psixologik eksperimentda turli xil psixofiziologik apparatura ham qo’llaniladi. Ko`zatiluvchini faqat testlar bilan toliqtirib qo’yish kerak emas. Ming afsuski, bizda psixologik eksperimental ko`zatuvlarni o’tqazish uchun apparaturalar bilan muammolar juda ko’p va eksperimental laboratoriyalar standartlarga javob bermaydi. Test metodikalari ham ko`zatuvchi va amaliyotchilarni qoniqtirmaydi. Shuning uchun ko’pgina apparaturalar mustaqil tayyorlanadi, yoki imkoniyat bo’lsa tibbiyot jihozlaridan foydalaniladi.
5. Eksperimental ko`zatuvlarni rejalashtirish asosiy bosqich hisoblanadi. Birinchi o’rinda gap tashqi o’zgaruvchilarning ichki tobe o’zgaruvchilariga ta’sir etishi mumkinligi haqida ketmoqda. Rejalashtirish ichki va tashqi eksperimentning validligiga juda zarur keyingi bosqich bo’lib eksperimental reja hisoblanadi. Ko`zatuvchi eksperimentni bir sinaluvchi bilan o’tqazishi mumkin. Bu holda ko`zatuvchi ko`zatuv uchun bir reja asosida ish olib boradi. U guruhiy bir qator rejalarni ham eksperimentda qo’llashi mumkin. Vaqt va resurslarning tanqisligi sababli ko`zatuvchi maksimal oddiy rejalashtirish asosida olib boradi. Murakkab farazlarni aniqlash uchun murakkablashgan rejalardan foydalaniladi.
Sodda rejalarga asosiy va nazorat rejalar kiradi. Lekin undan ham murakkab bo’lgan eksperimental rejalar mavjud. D. Kempbel tomonidan ikki o’zgaruvchilarning orasidagi aloqani aniqlash uchun prosessual klassifikasiya rejasi yaratildi. Ulardan asosiysi: sodda reja – ikki guruh uchun test o’tqazish (test-ta’sir-retest); 2 nazorat guruhlar test o’tkazmaydi (nazorat– ta’sir - test); Solomon rejasi 4 guruh uchun. Bu undan oldingi ikki guruhni birlashtiradi. Ular chinakam eksperiment rejalari hisoblanadi. Agarda chinakam eksperiment rejasini qo’llay olmasa, unda kvazi-eksperiment rejalaridan foydalaniladi.
6. Sinaluvchilarni tanlash va guruhlarga bo’lish eksperimental rejaga asosan olib boriladi. Ko’pgina hayvonlar va odamlar bu ko`zatuvlarda tanlanma deb ataladi. Psixogenetika bo’yicha mutaxassis sinaluvchi qilib mono-dizigota egizaqlarini, shu bilan ularning buvi-buva, ota-onalarini ham tanlaydi. Tibbiy psixolog afg’on urushida qatnashganlarda postravmatik stress sindromiga yo’liqqanligi sababli ularda agressiv hulq-atvorni o’rganadi. Barcha ko`zatiluvchilar jinsi, ijtimoiy holati, bilimi darajasi, sog’lig’i va hokazolar bilan tavsiflanadi va farqlanadi. Undan tashqari ular turli individual psixologik xususiyatlarga egadirlar. Masalan: intellekt darajasi, neyrotizm, agressiya tanlanmaning asosiy talabi reprezentativlik. Sinaluvchilar guruhlarga to’g’ri joylashtirilgan bo’lishi kerak. Barcha guruh ekvivalent bo’lishi kerak.
7. Eksperimentni o’tqazish bu eng asosiy jiddiy, javobgarlikni talab etadi. Ko`zatuvchi ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi zarur. Eng zo’r g’oyani ham ko`zatuvchi malakasizligi tufayli ham buzib yuborishi mumkin. Eksperiment jarayonida ko`zatuvchi sinaluvchiga ta’sir jarayonini tashkillashtiradi. Qonun-qoidalar bilan tanishtiradi, kerak bo’lsa o’rgatish, tayyorlash ishlarini olib boradi va nihoyat ko`zatuvchi eksperimentdan so’ng sinaluvchi bilan so’rovnoma o’tkazadi (posteksperimental intervyu).
a) eksperimentga tayyorgarlik. Ko`zatuvchi eksperimentga xona va jihozlarni tayyorlaydi. Eng asosiy bosqich bu yo’riqnoma bilan tanishtirish. U qisqacha bo’lib, 11 so’zdan oshishi kerak emas;
b) sinaluvchilarga yo’riqnoma va motivni yetqazish, yo’riqnoma o’z ichiga motivni olishi kerak. Sinaluvchi eksperiment jarayonida qanday imkoniyatlarga ega bo’lishini bilishi kerak. Ko’pgina hollarda sinaluvchilarga bunday sharoit odatiy bo’lmaganligi sababli ularda hayajon ko`zatiladi. Ularning diqqati bo’linishi mumkin. Undan tashqari yo’riqnomani tez tushunib yetish, kognitiv individual xususiyatlarga bog’liq. Shuning uchun sinaluvchi yo’riqnomani tushunganligini aniqlab olish juda muhim; v) eksperiment boshida sinaluvchilarning qobiliyati, sinaluvchi sifatida ishtirok etish hohishiga qarab aniqlanadi. Uning sog’lig’i ham tekshiriladi. Eksperimentdan oldin uning oldida xatti-harakat faoliyat rejasi bo’lishi kerak. Odatda eksperiment paytida yordamchi assistent ishtirok etadi. U yordamchi ishlarni olib boradi. Ko’p hollarda assistent qaydnomani yozib boradi. Unda sinaluvchining javoblari yozib boriladi. Undan tashqari u sinaluvchini umumiy ko`zatib eksperiment jarayonida yuzaga keladigan ishlarni belgilab boradi. U apparaturalarning ishlab turishiga ham javobgar.
8. Statistik metodlarni qayta ishlash, ular bilan ishlash va natijalarning tahlili – keyingi bosqichdir. Odatda metodlarni qayta ishlash eksperimentni rejalashtirish bosqichida yoki undan oldin bo’lib o’tadi.