Axloq masalalariga doir aqidalarning mohiyati. Keyingi vaqtlarda diniy dunyoqarash tarafdorlari etikadan olingan dalillar asosida axloqni din bilan bevosita bog’liq deb isbotlashga urinmoqdalar. Ular din va axloq mohiyati bilan ijtimoiy ongning bir xil ahamiyatga ega bo’lgan shakllaridir, deb ta’kidlashmoqda.
Dinning axloqiy munosabatlar sohasida zarurligini himoya qilish uchun keltirilayotgan dalillar eng avvalo odamlarning o’zaro munosabatlarida, axloqiy tartib-qoidalarni o’zida jamlagan ma’naviyatlarga tobora ko’proq bo’ysuna borishida, jamiyatda axloqiy asoslarning ahamiyati oshganligidadir. Shuning uchun hozirgi istelom ilohiyoti, har qanday yo’llar bilan ta’kidlayaptiki, haqiqiy musulmon hayotda mavjud bo’lgan axloqiy qonunlar talablarini bajarishga burchli, bu talablar islomning axloqiy tartib-qoidalarini aslo inkor qilmaydi. Chunki axloqiy masalalar, ma’naviyliyu ma’lumot darajasi, ijtimoiy kelib chiqishi, jinsi, irqi hamda millati va hatto siyosiy qarashlardan qat’iy nazar barcha odamlar ongiga, yaqin, tushunarli va hammabopdir, ya’ni umuminsoniydir. Shuning uchun ham axloqiy sohaga tegishli barcha narsalarga ko’proq; darajada e’tibor bilan qaramoq odat tusiga kirib,
afsuslanarli joyi shundaki, shaxsga sig’inish va turg’unlik yillarida dinga, diniy muassasalarga va dindorlarga nisbatan nihoyatda qo’pol munosabatda bo’lindi. Ma’muriyatchilik, tazyiq o’tqazish, shoshma-shosharlik ma’naviy, madaniy merosimizga va taraqqiyotimizga katta talafot yetkazdi. Juda ko’p obidalar harobalarga aylanib ketdi. To’y va janoza, ma’rakalarimiz, axloqiy qadriyatlarimiz, bayramlarimiz oyoq osti qilindi.
Turg’unlik yillarida ijtimoiy hayetimizda yuzbergan salbiy voqyealar — Mafkuraviy ishimizda yig’ilib q`olgan kamchiliklar, ijtimoiy ta’minot va axloqdagi adolatsizlik, poraxo’rlik, mahalliychilik, ko’shib yozishlar. davlat mulkini talon-taroj qilish — bo`larning hammasi dindorlarni ham tashvishga solib qo’ydi.
Hozir jumhuriyatimizning qaysi burchagiga bormang, millatning ko’rki bo’lgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni ko’ngillari ancha xushnud holda ko’rasiz. Chunki oxirgi yillarda jumquriyatimizda mingdan ortiq, viloyatimnzda esa yuzlab masjid qurildi. Samarqandning ko’rki bo’lmish Registonda xayit namozlari o’qilmoqda. Hajga borib kelganlar orasida viloyatimizning 200 ga yaqin fuqarosi ham bor edi. Qur’oni Karimning tarjimasi, hadislardan namunalar nashr etilishi, «Movarounnahr musulmonlari» jaridasi, «Islom nuri» ro’znomasi, radio va televideniyeda din arboblarining erkin chnqishlari va duoyu tilovatlari dinga qarshi xuruj bo’lgan zamonlardagi dog’larni yuvmoqda. Masjidlarda yoshlarga islom ta’limotishshg o’qitilishi, Buxo`rodagi Mir Arab va Toshkentdagi Imom Buxo`riy Samarqand va boshqa shaharlardagi madrasalarda yoshlarga ta’lim berishning yanada kuchayishi dinga berilgan erkinlikdir.
Axloqiy qadriyatlarga nisbatan e’tibor jonlanishining asosiy sabablaridan biri, bu — juda kuchli milliy uyg’onish jarayonidir. Mustaqillik oydin milliy hayotni barqaror etishga umid uyg’otdi. Endi odamlar o’zining mo’tadil taraqqiy etishiga xalaqit berayotgan har qanday to’siqlarni olib tashlashga zo’r havas bilan kirishmoqdalar.
Bunday sharoitda har bir millat vakili o’zining kelib chiqish manbai, tomiri, ildiziga nazar tashlashi tabiiydir. Milliy uyg’onish esa ma’naviylikka harakat, an’anaviy qadriyatlarga murojaat qilishdir. Afsuski, bizning Mafkuramiz diniy doirada tashkil topgan madaniy merosimizni materializm qolipiga mos kelmaydi, deb uloqtirib tashladi. Endi bunday an’anaviy boylik qaytib olinishi shart. Chunki haligi «chiqitga chiqarib qo’yilgan» qadriyatlar din tomonidan ardoqlanib, asrab kelingandir.
Milliy madaniyatning mazmuniga bir yoqlama, qo’r-ko’rona munosabat ham dinga bo’lgan e’tibor yanada jonlanishiga ko’maqlashdi.
Milliy madaniyatga e’tibor berishning «yuqoridan», markazdan va mahalliy amaldorlar tomonidan asoslangan taraqqiyot yo’li — «millatlarning birlashuvi» yo’nalishiga tubdan qarama-qarshi edi. Milliy hududlarning yo’qolib borishini ijobiy hodisa deb bildik. Ko’pgina sohalarda o’zbek tili ishlatilmasligi, mahalliy maktablarning kamayib borishi, an’ana va urf-odatlarning yo’qolishi hyech kimni bezovta qilmay qo’ydi. Nima milliy madaniyatni saqlashga qaratilgan bo’lsa, uning hammasini aksilinqilobiy hodisa deb e’lon qildik. Din bilan vobasta bo’lgan axloqni ma’naviy illatlarga qarshi ko`rashda ojizlik qiladi, deb qaradik. Din arboblarini axloqiy qadriyatlar hamda o’tmish mu-tafakkirlarining asarlaridagi ilg’or g’oyalarni soxtalashtirib, esqilik aqidalarini saqlab qolishga urinayotganlikda aybladik.
Shuni ta’kidlash mumkinki, islom ta’limotida odob-axloq muammolari juda katta o’rin olgan. Boshqa dinlardagidek, odob-axloq va xulq-atvor muammolari unda yetarli darajada keng sharhlanadi. Nafaqat o’tmishda, balki hozirgi vaqtda ham odob-axloq masalalarida xalq ommasi oliy hakamlik qilib, unga ta’sirini o’tkazmoqda. Bu yerda muqaddas kitoblar umuminsoniyat tomonidan yaratilgan odob-axloq, ma’naviy tartib-qoidalar va hatti-harakatlarni tasvirlagan yozma hujjat bo’lganligi muhim ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun diniy ko’rsatma va muqaddas axloqiy qoidalar musulmonlar tomonidan uzoq yillar davomida yahlit holda qabul qilindi va qabul qilinmoqda.
Bundan barcha musulmonlar uchun muqaddas bo’lmish Qur’on ham mustasno emas. Biz unda axloqning umuminsoniy bayonini ko’ramiz. Xaqiqatda ham, Qur’on suralarida arablar o’rtasida islom yagona dinga aylangunga qadar mavjud bo’lgan bir qator urf-odatlarni topamiz.
Qur’onning ayrim, jumladan 4:29, 33; 6:152—157 suralarida umuminsoniy deb hisoblash mumkin bo’lgan xatti-harakat va tartiblar bayon qilingan. Masalan, o’z bolalarini va umuman odamlarni o’ldirish, o’z joni-ga qasd qilish taqiqlanadi. Shuningdek, o’z ota-onalarini hurmat qilish zarurligini, to’g’ri so’z bo’lish va ishga adolat bilan yondashish, o’lchovlarga aniq amal qilish, yetimlar va kambag’allar mulkiga tajovo`z qilmaslik ta’kidlanadi. Qur’onning juda ko’pgina suralarida kambag’allarga, musofirlar va qashshoqlarga yordam _berish musibat va qo`lfatlarga chidamli bo’lish, to’g’ri so’z bo’lish, (2:177), iflos va gunoh ishlardan o`zini chetga olish, kechirimli bo’lish, o’g’irlik qilmaslik va boshqa shu kabi muqaddas diniy qaidalar bayonini ko’rishimiz mumkin.
Shariat qoidalari majmuining barcha bo’limlarida odob-axloq va axloqiy tartib-qoidalar bayen qilinadi, jumladan, diniy urf-odatlar, nikoh va turmush, oilada ayollarning burchi, otalik, vorislik va boshqalar bayoni borki, bo`lar dindorlar hayotida katta ahamiyatga ega.
Bir qarashda biz Qur’onda axloqiy tartib-qoidalar majmuining izchil bayoniga duch kelmaymiz. Bundan musulmonlarning muqaddas kitobi yaratilgan vaqtida o`zil-kesil shakllanib yetmagan edi, degan xulosani keltirib chiqarish mumkin emas.
Albatta, Qur’on musulmonlarning insoniylik qiyofasini, uning boshqa kishilarga va umuman olamga nisbatan bo’lgan muomalasi, odobini, xulqini shakllantirishda katta o’rin egallaydi. Arab qabilalari tarixida qadim zamonlardan buyon yig’ilib, amalda tadbiq qilib kelinayotgan ko’pdan-ko’p udumlar, axloqiy tartib-qoida va qarashlar Qur’onda ilohiy tus olgan. Albatta, bu jarayon osongina kechgan, bir kunlik faoliyat emas edi. Ma’jusiylik, butparastlik bilan bo’lgan munozara va bahslar davomida, yemirilib borayotgan urug`’chilik jamiyatidagi axloqiy-madaniy muomalalarni yangi moneteizm sharoitiga moslashtirish va buning ustiga yangi jamiyatning odob, axloq tartib-qoidalarini barpo etish — bu o`zoq va ziddiyatga to’la jarayon edi. Eski, an’anaviy axloqiy-madaniy tartib-qoidalarni majaqlash, yangi sharoitga moslashtirish nuqtai nazaridan qaytadan mag’zini chaqish va ular asosida umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni yaratish Qur’onning zimmasiga tushgan.
Himmat, xayr-saxovat va mehmondo’stlik, jasorat va botirlik, sabrtoqat, polik, halollik, vafodorlik, sodiqlik kabi insoniy fazilatlarni umum manfaati uchun qaytadan tiklash osonlik bilan amalga oshmagan. Chunki u yoki bu qabila, xalqlar orasida kelib odob-axloq qoidalarini moneteizm ruhiga o’tqazish, albatta, ancha vaqtni, ziddiyatlarni yechish, ba’zan ko`rashni ham talab qilgan. Masalan, Ye. A. Rezvaning yozishicha, islomgacha bo’lgan nazmda himmat juda katta o’rin olgan. Sahrodagi badaviy shaharlikka nisbatan juda qimmatli bo’lgan, mehmon kutishda yagona to`yasini ham so’yib berishga tayyor kishi sifatida ulug’langan. Xasislik esa ayblanib, juda qattiq tahqirlangan. Himmat boylik va oliyjanoblik, ulug’sifatlik ramzi bo’lgan. Hatto uy bekasi o’z oilasi uchun bir umr qayg’urib, kezi kelganda xasislik qilsa qoralangan. Qur’onda ham himmatga katta o’rin ajratilgan. «Baqara» surasining 265- oyatida aytilishicha, «Mollarni Ollohning rizoligini istab va dillarida mustahkam ishonch bilan sarf qiladigan zotlarning misoli xuddi adirlikdagi sharros quygan yomg’ir tekkach, hosilini ikki barobar qilgan boqqa o’xshaydi... Olloh qilayotgan amalingizni ko’rguvchidir». Ya’ni, hiimat diniy tus olib, ilohiy maqsadni ko’zlovchi qadriyatdir. Ollohning yo’liga qilingan himmat yuz, ming marotaba oshirib qaytariladi. Usha suraning 261—262-oyalarida «Ollox yo’lida mollarini in’om-ehson qiladigan kishilarning misoli xuddi har bir boshog’ida yuztadan doni bo’lgan yettita boshoqni undirib chiqargan bir dona donga o’xshaydi. (Ya’ni qilingan bir yaxshilik yetti yuzbarobar bo’lib qaytishiga ishora qilinmoqda). Olloh istagan kishilarga bir necha barobar qilib beradi.Olloh fazlu qarami keng, bilguvchidir. Mollarini Olloh yo’lida sarflab, so’ngra bergan narsalariga minnat va ozorni ergashtirmaydigan zotlar uchun parvardigorlari ho`zurida ulug’ ajr bordir. Ular uchun hyech qanday xavfu xatar yo’q va ular g’amgin bo’lmaydilar», deyilgan. Demak, ajdodlardan meros tariqasida olingan va ular hayotida insonning oliyjanob sifatlaridan biri bo’lgan himmat tushunchasiga Qur’on yangi zamon talabiga muvofiqlashgan ma’no, yangicha tus bergan.
Urug`’ va qabilalar hududida amalda tadbiq etilayotgan odob-axloq muomalasini Qur’on umumarab, keyinroq butun musulmonlar axloq-odobiga aylantiradi. Endi urug`’, qabilaviy qadriyatlar Muhammad ummati qadriyatlariga aylantiriladi.
Badaviylarda juda ham qadrlangan eng oliy himmatlardan bo’lmish sofdillik, vijdoniylik, to’g’rilik Qur’oni Karimda ham e’zozlangan. Muhammad payg’ambar o’z raqiblarini yolg’onchilar sifatida la’natlagan. Qur’onda yelg’onchilik gunohiga juda ko’p tanbehlar keltirilgan, uni musulmonlar faoliyatida nojo’ya yumush deb atalgan. Eng nojo’ya ish — bu Muhammadning payg’ambarlik vaqolatini tan olmaslikdir, deb ta’kidlangan. «Olloh sha’niga yolg’on to’qigan yoki Uning oyatlarini yolg’on degan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Albatta bunday zolimlar najot topmaslar» («Am’om» surasi. 21-oyat).
Shunday qilib, qadimiy zamonlardan boshlab yashab kelayotgan badaviylarning ilohiylashtirilgan axloq va odob qonunlari majmuasi Qur’oni Qarimning eng yksak, olijanob axloq sohasidagi falsafiy ta’limotini tashkil etadi. Albatta, bunday axloqiy tartib qoidalar iqtisodiy va siyosiy-madaniy jihatdan rivojlangan, yerli xalqning talab va ehtiyojlariga muvofiqlashtirilgan holda tub o’zgarishlarga duch keldi. Zamon talabi bilan urug`’, qabila va patriarxat oilaviy aloqalar susaya borib, shaxsiy, yakka (individual) oilalar mavqsi kuchaya bordi.
Bu jarayonda o’z shaxsiy faoliyati uchun oxiratda javob bera oladigan diyaiy e’tiqodli inson va uning axloq-odobining takomillashuvi yorqin ko’zga tashlana bordi. O`z xulq-atvori uchun shaxsan javob bera oladigan — shaxsiy mas’uliyatga ega bo’lgan axloq-odob tartib-qoidalari birinchi o’ringa o’tadi. Bu borada «Baqara» surasining 48, 123, 164 oyatlari diqqatni tortadi; «Birov birov tomonidan hyech narsa o’tay olmaydigan, hyech kimdan oqlov qabul qilinmaydigan va adolat ham inobatga olinmaydigan — yordam berilmaydigap kundan qo’rqing!»,-«Va birov birov tomonidan hyech narsa o’tay olmaydigan va hyech kimdan adolat qabul qilinmaydigan, oqlov foyda bermaydigan va hyech kimga yordam ham berilmaydigan kundan qo’rqing!», «Har bir ko’targuchi (ya’ni gunohkor jon) o’zga jonning yo`qini (ya’ni gunohini) ko’tarmas...!» Yoki «Naxl» surasining 111-oyatida: «Har bir jon faqat o’zini o’ylab — himoya qilib qoladigan va har bir jon qilgan amalining (mukofotini) to’la oladigan hamda ularga zulm qilinmaydigan kunni (eslang)», deb ta’kidlagan.
Din, jumladan musulmon dini bugungi kunda hamma diniy aqidalarni ham ko’klarga ko’tarayotgani yo’q. Ular mutlaqo sinfiy, ijtimoiy taraqqiyotga qarshilik qilishga moyil bo’lgan ba’zi diniy ko’rsatmalarni tashviqot qilishday o’zlarini chetga olishga intilmoqdalar ma’naviylik va adolatlilikning alohida umuminsoniy talablarini ifodalaydigan aqidalarni (jumladan, mehnatni hurmat qilish, qotillikni taqiqlash, o’g’irlikni, er-xotinning bir-biriga xiyonatini qoralash, aldash va yolg’on guvohlik berishni tanqid qilish, ota-onani va o’zidan kattalarni hurmat qilishga chaqirish va boshqa bir qancha dindorlarning axloqiy qoidalarini aylanib ketgan talablarni) targ’ib qilmoqdalar. Yuqorida qayd qylganimizdek, hozirgi voqyeligimiz bu sohada tang va mushqo`l ahvolga tushib q`olgan holatda islom ulamolarining mamlakatimizda axloqiy muhitni poklash uchun qilayotgan g’ayratlari tahsinga sazovordir.
Yana bir masala: «axloq» va estetika» kabi tushunchalar ma’nodosh so’z sifatida kundalik iste’molda tez-tez ishlatiladi, ularning biri ikkinchisi o’rnida nihoyatda ko’p darajada almashtiriladi. Biroq ilmiy iste’molda bunga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki har ikkala so’z — ilmiy tushuncha hyech qachon bir-birining o’rnini bosa olmaydi. Bu tushunchalarning har birida o’zining aniq belgilangan mohiyati bor. Axloq — bu ijtimoiy ongning asosiy shakllaridan biri sifatida kishilarning har bir jamiyat bosqichiga xos tartib-qoidalari majmuidir. Etika — bu ijtimoiy ong shakli sifatidagi axloqning mohiyatini, uning tarixiy taraqqiyoti qonunlarini, ijtimoiy hayotda tutgan o’rniki o’rganuvchi falsafiy ta’limot. Biroq etika ijtimoiy fan, shuning uchun u o’zi o’rganayotgan axloqqa mansub bo’lgan Mafkurani aks ettirmasligi mumkin emas.
Yangi ijtimoiy-iqtisodiy bosqich — kapitalizmning vujudga kelishi bilan uning axloqi ommaviylashuvi masalasi kelib chiqadi, ya’ni diniy ong o’zga davr bilan moslasha boradi. «Abadiy diniy axloq» bilan kapitalistik axloq o’rtasida muayyan ziddiyatlar vujudga keladi. Chunki kapitalistik jamiyatda feodalizm bosqichida bo’lgani kabi diniy va axloqiy ong bir ijtimoiy ong shaklida birlashishi mumkin emasdi. Natijada kapitalizm ijtimoiy-iqtisodiy bosqichida tarixda ilk bor ko’zga yaqqol ko’rinadigan ikki axloq, ijtimoiy, ongning ikki asosiy shakli paydo bo’ladi. Ulardan birinchisi abadiy o’zgarmas, doimiy axloq qonunlari deyiladigan diniy axloq, ikkinchisi burjua-kalitalistik axloqi — foydaga, pulga sig’inishga asoslangan jamiyatning tovar — pul munosabatlari axloqidir.
Albatta, bu ikki axloq o’rtasida moslik, o’xshashlik, uyg’unlik bilan bir qatorda tofavut birini ikkinchisi tomonidan inkor etuvchi farqlar yo’q emas. Bu muammo tadqiqotining muhimligi shundaki, hozirgi kapitalizm deb atalgan olamda juda katta o’zgarishlar yuzaga kelgan. O’tgan asrda umumiy tarzda e’tirof etilgan kapitalizm bilai hozirgi zamon kapitalizmi o’rtasida farq juda ham katta.
Xo`rijdagi din va diniy tashkilotlar faoliyatida ham tub o’zgarishlar yuzaga keldi. Sayyoramizda osoyishtalikni saqlash, odamlar o’rtasida raxm-shafqatni uyg’otish, atrof-muhitning nafisligi, SPID kasalligiga qarshi ko`rash va boshqa sohalarda din hamda diniy tashkilotlar faoliyatining mag’zini chaqmoq foydali bo’lur edi. Shuning uchun ham hozirgi zamon kapitalizmidagi axloqiy munosabatlarning mutanosibligini o`rganish, tadqiq etish davr talabidir.
Ming yillar davomida dinning ta’sirisiz axloqiylik va haqqoniylik timsollarini mujassamlashtnrgan ma’naviy taraqqiyotning bo’lishi mumkin emas edi, deyishga ko’pchilik dinga ishonuvchilarning haqqi bor. Agar odamlarda xudoga ishonish bo’lmaganda edi, uning jazosidan qo’rqmaganda edi, «hammasiga yo’l qo’yilgan bo’lardi». Shu bilan birga, garchi zamonaviy ilohiyotchilar xudosizlik va axloqsizlik bir narsa deb ochiqdan-ochiq aytmayotgan bo’lsalar ham, pandnasihatlarida hamisha jaranglab turadigan fikr shunday ma’noni beradi: go’yo dahriylik axloqsizlikning rivojlanishiga ko’maqlashadi va xudosizlar yksak axloqli kishilar bo’lishi mumkin emas, Bu fikrni har xil yo’llar bilan pardalab, yksak axloqli kishilar botiniy e’tiqodchi bo’lishi haqidagi mulohazalar bilan qochirim shaklida ifodalasalar ham, baribir ulamolar o’zlari sezgan va sezmagan holda kishilarni din va axloqning ajralmasligiga, dinsiz axloqning yo’qligiga ishontirishga urinadilar.
Haqqoniyat yuzasidan shuni ta’kidlash o’rinliki, hatto eng taqvador musulmonlar ham o’z hayotiy tajribalarida Hudoga ishonish va yksak axloqiylikni birlashtirishning zaruriy emasligiga ishonch hosil qilmoqdalar, zotan kundalik turmushda dinga ishonmaydigan yksak axloqli kishilar ko’plab uchraydi. Shuning uchun ham diniy-axloqiy qarashlar bugungi kunda jiddiy o’zgarishlarga duch keldi. Mamlakatimiz va xo`rijdagi hozirgi zamon musulmon Mafkurachilarining bu sohadagi faoliyati xalqlarni (dindor yoki dinga ishonmasligidan qat’iy nazar)- jipslashtirishda katta imkoniyat yaratmoqda.
Afsuski, islom axloqiga bag’ishlangan ilmiy ishlarning bitta umumiy nuqsoni bor, Ular tanqid qilikadigan holatlarni to’liq va aniq dalillar bilan yoritmaydi, islom axloqi o’gitlarining butun yig’indisini umumlashgan holda aks ettirmaydi. Shuning uchun o’tqazilayotgan tadqiqotlarni chuqurlashtirish, uni jiddiy tarzda kengaytirish nihoyatda zarurdir.
Hozirgi ijtimoiy-siyosiy, qolaversa ma’naviy-axloqiy hayotimizni diniy tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, demokratlashtirish jarayonining’ mujassamida ko’rishimiz va baho bermog’imiz lozim. Ij-timoiy — siyosiy qarashlarning ba’zilari mavhum axloqiy tushunchalarda izhor etilsa hamki, dindorlarning tinchlikka, mehnatga, bolalar tarbiyasiga, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarga va h. k. larga qaratilgan faoliyatlari tahsinga sazovor bo’lmoqda. Albatta, bunday samarali faoliyat dindorlarning dunyoqarashiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi, diniy tashkilotlarning mavqyeini ancha mustahkamlaydi. Misol uchun tinchlik muammosini olaylik. Tinchlik insoniyat tarixida, uning taraqqiyotida bosh omil hisoblanadi. Sayyoramizdagi hayotni saqlash har bir kishi, butun insoniyatning oliy darajadagi vazifasidir. Shuning uchun ham bu xayrli faoliyatdan dunyodagi har bir vijdonli inson, shu jumladan barcha dindorlar va diniy tashkilotlar ham o’zlarini chetga olmayaptilar. Bu sohada Movarounnahr musulmonlari boshqarmasi, xususan uning muftiysi Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf salmoqli hissasini qo’shmoqda.
Uning «Islom va umuminsoniy qadriyatlar» maqolasida yozishicha, «Islom — tinchlik dinidir». Bu «salom» deganida, ya’ni tinchlik va xotirjamlik degan tushuncha mohiyatidagi maqsad-muddaoda aks etgandir. Shuningdek, islom dini qandaydir bir qavm, ya’ni urug`’ga qaratilgani bilan emas, balki, u barcha toifa xalqlarga munosabatda bo’lishi bilan, qodir xudo tomonidan xalqlar boshini birlashtirishga qaratilganligi, xalqlar va elatlarni bir-birlarini sevishga chaqirishi orqali tub mohiyati bilan butun dunyo dinidir»)- Bunday fikrning dalili uchun Qur’onning «Xujurot» surasidan quyidagi oyat keltiriladi: «Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni biri erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanishishinglar ,do’st-birodar bo’lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar, qilib qo’ydik...»
Demak, sayyoramizda tinchlikni saqlash istiqbolini ijobiy hal qilish uchun barcha dindorlarning dinga e’tiqod qilmaydiganlar bilan hamkorlik vositalarini izlab topish hamda tinchlikni asrash davr taqozosidir. Demak, urushning bo’lishi va bo’lmasligi faqatgina insoniyatga bog’liq.
Biz dinni tadqiq qilishni kun tartibidan olib tashlashni tavsiya etmasligimiz lozim, Dinning tanqidini baqiroqlik, dag’dag’alar, do’q-po’pisa bilan emas, balki ilmiy asosli tahlillar orqali olib borib, ilm va amaliyot nuqtai nazaridan turib, ijtimoiy va g’oyaviy dayotdagi muammolarni ochiq mo`zoqara orqali amalga oshirishni nazarda tutamiz.
Agar biz islom axloqini xolisona o’rganishni xohlasak, din va dahriylikning tarixi hamda nazariyasini eng avvalo musulmon etikasining «As-Saxih», «Mushkat», «Hikmat», «Chahor kitob» kabi eng asosiy manbalarini har tomonlama tahlil qilishimiz kerak. Islom aqidalari, ulamolarning va’zxonlik faoliyatlari yangi tarixiy sharoitda har tomonlama tahlil qilinishi lozim.
Hozirgi zamon islom ilohiyoti, etikasi, musulmon ruhoniylari, ba’zan dindorlar va hatto dinga ishonmovchilar ham dahriylik ilmi va amaliyotiga nisbatan ochiqdan-ochiq darg’azab ekanliklarini yashirmaydilar. Bunday g’azabning gnoseologik (bilish nazariyasi) negizlaridan biri — bu dahriy so’zining kelib chiqishi, ya’ni xudosiz degan ma’noni anglatishi ko’pchilikning , qulog’iga salbiy ohangda eshitiladi. Vaholanki, «dahriy» atama sifatida din tushunchasining kelib chiqishi bilan vobasta bo’lib, uning aksini ifoda etadi. Bu ikkala tushuncha tarixi necha xil adolatsizlik va nomutanosibliklarni ko’rmadi... Islom tarixida ham dahriylik qattiq jinoyat hisoblangan. Dahriylik — ya’ni, xudoning mavjudligini tan olmaslik, dinga e’tiqod qilmaslik — gunohi azim hisoblanib, shariat qonunlari asosida gunohi kabira {arab. k kabir-katta, yirik, ulkan), ya’ni og’ir gunoh va jinoyat sanalgan, buning uchun kishilar o’limga hukm qilingan va narigi dunyoda esa u abadiy do’zaxga tushadi, deb uqtirilgan. Biroq, qur’onning «Baqara» surasida «Dinga zo’rlash (kiritish) yo’qdir» (256-oyat), deb yozilgan bo’lsa ham «Bir ming bir Hadis»ning 606-raqamlisida «kishining oliyjanobligi dinidir» deyilgan. Shuning uchun Qur’onda «Albatta olloh oyatlariga iymon keltirmaydigan kimsalarni Olloh hidoyat qilmas. Ular uchun alamli azob bordir»; «Kim Ollohga iymon keltirgandan keyin (yana qaytib) kofir bo’lsa (Ollohning g’azabiga duchor bo’lur) kimning ko’ngli kufr bilan (ya’ni, dindan chiqib, kofir bo’lish bilan) yoziladigan bo’lsa, bas, unday kimsalarga Olloh tomonidan g’azab va ulug’ azob bordir» (16:104, 106); «... mo’minlarni qo’yib, dinsizlarni do’st tutmanglar1» (4 :144)
deya uqtirilgan.
Ikkinchidan, bu g’azabning tarixiy negizi ham bor. Bu negiz jamiyatimizning nohaq, adolatsizliklarga boy o’tmishi bilan bog’liq bo’lib, din, diniy tashkilotlar, machitu obidalar, ruhoniylar va oddiy dindorlarning ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan xo`ru zorlikka duchor etilganidir. To’g’ri, bu noxush tarixda chalasavod va umuman savodsiz, vijdonsiz dahriylarning ham hissasi yetarli. Ammo, haqiqiy dahriylik xudoni inkor etish, dinga ishonmaslik bilan chegaralanmay, balki shu bilan birga dinning kelib chiqishi sabablarini xolisona tushuntirib beruvchi dalillarga suyangan holda uning mohiyatini ochuvchi hamdir. Fojiali tariximiz faqatgina dahriylar tomonndan yaratilgan, deyish ham insofdan emas. Shu jihatdan o’tmishdagi axloqimiz manoaini faqatgina dahriylar yoki ruhoniylarning hohishi, manfaati va, qolaversa, ularning shaxsiy faoliyatidan izlash ham chalasavodlikdir.
Axloq tartib-qoidalari ta’rifining har tomonlama tahlili shuni ko’rsatadiki, garchi bir.qarashda bu ta’riflar mazmunida ifodalangan g’oyalar islomga tegishliday to`yo`lsa ham, ular aslida biron — bir muqaddas manbadan yoki ilohiy e’tiqoddan kelib chiqmagan, balki mavjud moddiy-ijtimoiy munosabatlar tomonidan yaratilgan axloqiy mazmunning o’ziga xos ilohiylashtirilgan mahsuloti hisoblanadi.
Odamlar o’z ongini va axloqiy qarashlarini jamiyatning iqtisodiy holatidan kelib chiqadigan mavqyeiga asoslanuvchi amaliy munosabatlardan hamda ajdodlari tomonidan meros qoldirilgan ong xazinasidan jamlab oladi. Axloqiy ong u orqali amalga oshadigan axloqiy muomalalaru munosabatlar nazariy va amaliy jihatdan kishilar ongidan tashqarida amalga oshuvchi obyektiv ijtimoiy hayotdan, ya’ni kishilarning moddiy, iqtisodiy munosabatlaridan kelib chiqadi. «Ikki rakat ertalabki namoz kundalik turmush va undagi mavjud narsalardan yaxshitroq». «Bu dunyoda o’zingni bamisoli musofir yoki o’tib boruvchi yo’lovchi kabi his et». Ulamolar ushbu hadislarga tayanib, yorug’ dunyoda faqat Olloh nomi bilan, har qanday yo’l orqali uning yksak nomini unutmay yashashni tavsiya etganlar. Bundan ko’rinib turibdiki, hozirgi ulamolarimiz inson hayoti serqirra va sermuammo zkanligidan kelib chiqishib, odamlarning kuch-qudrati va intilishlari hayotning gullab-yashnashiga qaratilishi lozimligini ta’kidlamoqdalar. Bu bilan ular dunyoviy hayotning o’tkinchi, keraksiz, hyech nimaga arzimasligi to’g’risidagi o’rta asr ulamolarinnng fikr-mulohazalarini yangilashmoqda. Shu bilan birga narigi dunyodagi hayotning qimmatlirok ekanligi haqidagi umummusulmon (va hatto umumdiniy) aqidani inkor etmaydilar. Demak, inson zimmasiga yer yuzida ezgulik ila yashash va yaratish vazifasi yo`qlanar ekan.
Halol rizq topish har bir mo’min uchun vojib bo’lsa hamki, «tarki dunyo qilish qalbni va badanni tinchlantiradi. Unga (dunyoga) rag’bat va muhabbat qo’yish esa g’am-tashvishni ko’paytiradi. Ishsizlik insonni toshbag’ir qiladi». Ayni chokda bo`larning mantiqiy davomi sifatida tushunilishi joiz bo’lgan oyatlar ham mavjud. Masalan, «kim... osmon va zamindan rizq berur», «kim ulikdan tirik chiqarur va tirikdan o’likni chiqarur ham kim barcha ishlarni tadbir qilib turur?» deya savol qo’yiladi va javob qilinadi; «... osmonlar va yerdagi barcha jonzot va maxluqot shubhasiz Ollohnikidur». «U tirilturur va o’ldirur». «Har bir millat, avlod uchun ajal bordir. Qachon ajallari yetsa, uni biron soat ketga ham, oldinga ham sura olmaydilar» va albatta «Ungagina qaytarilursizlar». Faqatgina «iymon keltirgan va (Ollohdan) qo’rquvchi bo’lgan zotlar uchun hayotiy-dunyoda ham, oxiratda ham hushxabarlar bordir» kim, u «albatta ochiq kitobda (ya’ni Ollohning azaliy yozmishida mavjud bo’lur».
Do'stlaringiz bilan baham: |