Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”


Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar



Download 7,46 Mb.
bet113/215
Sana15.06.2022
Hajmi7,46 Mb.
#673216
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   215
Bog'liq
etno psixologiya

Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar. «Umuminsoniy qadriyatlar», «axloqiy qadriyatlar» so’z birikmalari tarixiy davr, milliy, sinfiy, irqiy, jinsiy va shu kabi tafovutlardan qat’iy nazar hamma uchun ahamiyatli, e’tiborli xususiyatlarni izhor etuvchi tushunchalardir. Bunday tushunchalar bir tomondan aql-zakovatning kuch-qudratini namoyish etsa, ikkinchidan uning mazmunini muayyan milliy-madaniy va ijtimoiy-siyosiy, diniy, e’tiqodiy hayotdan ajratib bo’lmaydi. Chunki irqi va millatidan qat’iy nazar har bir inson baxtiyorlik, eson-omonlik, xotirjamlik, tinchlik, sog’-salomatlikii o’ylaydi, ravnaq topishni istaydi. Har bir inson mehnat qilib, hayot ne’matlaridan yaxshi bahramand bo’lishni hoxlaydi. Hamma ham baxt tushunchasiga bir xil qaramaydi: birovlar quyoshning nur sochishidan, qushlarning sayrashidan, ikkinchilari do’konlar peshtaxtasining to’laligidan yoki uyidagi jihozlarning kami ko’sti yo’qligidan, boshqalar esa bisotida bo’lgan hamma narsasini Vatanga, insonlarga berganidan baxtli.
Shunday qilib, insonlarda baxt tushunchasi, ijtimoiy va shaxsiy axloq-odob me’yori har xil, ularning estetik didi, bilimi, taraqqiyotga munosabati teng emas. Bundan quyidagi savol tug’ilishi mumkin: balkim shu xilma-xillik odamlarning umumsayyoraviy irq shaklida jipslashuviga xalaqit berayotgandir?! Insoniyatning birlashuviga ikki yo’l — ma’naviy va bir-biriga singishgan mujassamlashuv bor. Ma’naviy, ruhiy birlashuv g’oyat murakkab tushuncha bo’lib, uning amaliy jihatdan ro’yobga chiqishi yana ham murakkabdir. Yuzaki qaraganda, inson o’z tarixiy taraqqiyot bosqichlarini g’ayri tabiiy ravishda bosib o’tgandek to`yo`ladi. Bir tarafdan qarasang, odamlar umuman birlikka, ikkinchi tomondan esa milliy alohidalikka intilishini Kuzatish mumkin. Lekin bunday milliy-madaniy farqlar yo’qolib, insoniyat yagona yoki umummadaniyat asosida birlashib jamiyat quradi, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Chunki insoniyat eng yosh biologik vujudiyat hisoblanib, unda millionlab zohiriy shakllarga ega bo’lgan odamlarning yahlit sayyoraviy hayoti mavjud. Shunga qaramay, bu o’xshashlik yagona fikr almashinuv va axborot vositalari bilan bir tan, bir vujud sifatida o’zaro bog’langan, ayni choqda bir-biridan farq qiluvchi madaniyat va ruhiyatni inkor etmaydi.
Demak, oliy shakldagi ma’naviy birlik va sog’lom aql qoidasiga zid ko’ringandek to`yo`lsa ham, u soxta ma’naviylik asosida kelib chiquvchi milliy-madaniy turli-tumanliklardagi farq yo’qolishining oldini oluvchi hissiy mayl asosida bo’ladigan moddiy xilma-xillikni yaratadi.
Umuminsoniylik me’yori nuqtai nazaridan olsak, jismlarning tarkib topishi jihatidan ham odamni hayvonot olamidan ajratib bo’lmaydi. Inson o’zining tub mohiyati bo’lmish ma’naviyligi bilan o’zga jonzotlardan farq qiladi. Buning uchun insoniyat ma’naviyligining bosh negiziga nigoh tashlash lozim. Agar diniy nuqtai nazardan bu masalaga qarasak, insonga Olloh tomonidan ruh va jon ato etilgan. Inson o’z ma’naviy mohiyati bilan Ollohning siymosiga taalluqlidir. Qur’onda qayd qilinganidek: «Olloh odamni «...tuproqdan yaratib, so’ngra «Bo’l» dedi. Bas, u (jonli odam) bo’ldi» («Ol-i Imron» surasining 59-oyati). Bir tomondan, odamni Ollohning o’zi yaratishiga qaramay, u azaldan gunohkor. Odam Atoning gunohi natijasida inson jannatdan haydalgan. «A’rof» surasining 19, 22, 24-oyatlarida bu borada tafsylli ravishda bayon etilgan: «Ey Odam, sen esa jufting (Havo) bilan jannatni maskan to`tib, xohlagan joyingizdan taomlaning. Faqat mana bu daraxtga yaqinlashmangki, u holda zolimlardan bo’lib qolursiz». «Bas, aldov bilan ularni (tuban holatga) tushirib qo’ydi. Usha daraxtdan totib ko’rish bilanoq, ularga Parvardigorlari nido qilib (dedi): «Sizlarni bu daraxtdan qaytarmaganmidim va albatta shayton sizlarning ochiq dushmaningiz, demaganmidim?».
Olloh aytdi: ... «Bir-biringizga (ya’ni shayton insonga, inson shaytonga) dushman bo’lgan holingizda (jannatdan) tushingiz! Endi sizlar uchun ma’lum bir vaqtgacha (ya’ni ajalingiz yetguncha) yerda qaror topib, foydalanish bor».
Qur’on suralariga tayangan holda «Sovet Sharqi musulmonlari»da yozilishicha, avvalgi payg’ambarlar o’z qabila va qavmlarigagina to’g’ri yo’lni ko’rsatishga mukallaf edilar. «...Muhammad esa o’z zamoni saodatlaridan boshlab to ro’zi qiyomatgacha vujudga keladigan barcha insonlarni haq yo’liga boshlash uchun yuborilgan oxirgi payg’ambarlardurlar.
U olib kelgan din va bu dinning asosi bo’lmish Qur’oni Karim ta’limotlari yer yuzini hamma burchagida insonlarning barcha talablariga javob bera oladigan va ularni baxtli va saodatli hayot kechirishlariga kafolat bera oladigan ilohiy ta’limotlarni o’z ichiga olgandur».
Deyilmoqchiqi, oxirgi payg’ambarlardan bo’lmish Muhammad Alayhi salom insonlarni ummatga birlashtirib, xudoning oldida hammani barobar, deb e’lon qildi. Bu o’z zamonasiga muvofiq umuminsonny qadriyatlardan biri edi. Insonning ruhiy, ma’naviy birligi milliylik birligidan ustun deb e’tirof etildi. Ammo, bu umuminsoniy qadriyatlar jamiyat taraqqiyoti jarayonida turli tabaqalar, guruhlar tomonidan o’z manfaatlari nuqtai nazaridan talqin qilina boshladi. Natijada Muhammad ummati har bir necha oqim, mazhab va maslak(sekta)larga bo’linib ketdi. Shafi’iylik mazhabi faqihi, ash’ariylar oqimiga mansub ilohiyotchi, din va diniy falsafiy ta’limotning tarixchisi Shahristoniy o’zining «Dinlar va mazhablar haqida kitob» («Kitob al-milal va an-nihal») asarida haqiqiy, barhaq e’tiqodni yanglish, hato imonga qarama-qarshi qo’yadigan hadisni keltiradi «Mening jamoam 73 mazhab (tariqat)ga bo’linib ketadi. Ulardan birigina najot topib, q`olganlari halok bo’lib ketadi. «Kim najot topa oladi?» deb so’rasalar — «Sunna va o’zaro murosaga keluvchilar ahli (ahl-as-sunna va al-jamoa)» deb javob berdi. Bo`lar kim degan savolga «Men va men bilan birga amal qilayotgan safdoshlarim» ya’ni faqat Qur’onga e’tiqod qiluvchilar bora-bora ma’naviy birlikni sunniylik va shialik hamda juda ko’p sekta (mazhab)larga almashtirdilar.
Vaholanki, butparastlar, otashparastlar, musulmonlardan nasroniylik va yahudiylikning faoliyati jarayonida yo’l qo’yilgan parokandalikka barham berish vazifasi ham Ollohning oxirgi elchisi Muhammadga yo`qlangan zdi. Shuning uchun Olloh tomonidan Muhammadga vahiy qilingan Qur’oni Karim ham odamlarni Bibliyaga murojaat etishni da’vat etgan. Masalan, «Baqara» surasining 136-oyatida «...Muso va Isoga berilgan narsalarga... ishondik», — deyilgan. Lekin, mustaqil oqimlarga, mazhablarga ajralib ketish nafaqat «Ahl ul-Qitob» tarafdorlarini, hatto musulmonlarni ham chetlab o’tmadi. Qonli muhorabalar, nizo va janjallar nafaqat dinlar o’rtasida, balki bir dinga mansub bo’lganlar orasida ham qo’zg’ala boshladi. Afsuski, ma’naviy birlik — haqiqiy birlik darajasiga ko’tarilmay turib, unga qaraganda ayrim mahalliy guruhlarning, xilma-xillikning afzalligi keng sur’atda ko’rina boshladi. Insoniyat ma’lum davrlarga kelib, bu muammolarni din hamda diniy tashkilotlar o’rtasidagi murosa va bitimlar vositasida amalga oshirishga harakat qildi. Bunga Qur’ondagi «Moida» surasining 48-oyati yaqqol misol bo’la oladi: «...Agar Olloh xohlasa edi, hammangizni bir millat qilib qo’ygan bo’lur edi. Lekin o’zi ato etgan narsalarda sizlarni imtihon qilish uchun «Bas, yaxshi amallarga shoshilingiz!.. So’ng u zot sizlarga ixtilof qiluvchi bo’lgan narsalaringizning xabarini berur». Bu sohadagi o’tmish manzarani Qur’onning quyidagi sura va oyatlarida his etish mumkin: «...mushriklarni topgan joyingizda o’ldiringiz, (asir) olingiz, qamal qilingiz va barcha yo’llarda ularni ko`zatib turingiz! Endi agar tavba qilsalar va namozni to’kis ado qilishib, zakotni bersalar, yo’llarini to’smangiz! Albatta Olloh mag’firatli, mehribondur» (9:5). «Ollohga va oxirat kuniga ishonmaydigan... haq (ya’ni islom) diniga e’tiqod qilmaydigan ahli kitoblardan iborat bo’lgan kimsalarga qarshi, to mag’lub hollarida o’z qo’llari bilan (zimmalaridagi) soliqni to’lamagunlaricha, jang qilingiz!» «...Ular ham xuddi avvalgi kofir bo’lgan kimsalarga o’xshaydilar. Ularni Olloh la’natlagay! Qanday adashmoqdalar-a!» (9:29—30).
Mayli, buni bo’rttirish shart emas, tarixni ham to’xtatib bo’lmaydi.
Muqaddas kitoblarda esa insonlarning birlashuviga, do’stligiga chorlovchi fikr-mulohazalar ustunroqdir. Qur’on oyatlari har xil xalqlar uchun yagona sajda qilish marosimini joriy etgan. «Ular buning uchun bir-birlari bilan musohabalashmasinlar. Agar ular behuda tortishsalar, Olloh nima qilishni hammadan afzalroq biladi. Olloh oxiratda nifoq bo’lganlar ustidan hukm chiqaradi», kabi fikrlar insoniyatni birlikka, do’stlikka chaqiradi. Bu g’oya quyidagi hadislarda yanada oddiyroq bayon etiladi: «Kimiki g’ayri dinni haqorat qilsa, qiyomat kuni o’tdan yasalgan qamchi bilan uriladi. Mo’minlar ila bir yurtda sulh ila yashayotgan g’ayri dinni o’ldirgan odam jannat hididan benasibdir, zero uning hidi qirq yillik yo’lgacha taralib turadi». «Kimki biror millatni dilidan sevsa, qiyomatda tangri o’sha millat safida tiriltiradi. Qimiki odamlar o’rtasini buzib yuruvchi bo’lsa, u ham mo’min emas. Barcha xalqlar bamisoli tangrining ahlu ayolidir. Ulardan tangriga yoqimlirog’i o’z ahli ayoliga foydasi ko’p tegadigani».
«Sarbadorlar» romani qahramonlaridan biri hayotning bu tomonini quyidagicha haqqoniy izhor qtldi: «Kofirlar islomni tanimaydilar, xolos, lekin ular xudoga ishonmaydigan osiylar, dahriylar emas. Ularning ham o’z xudolari bor, ular faqat g’ayridinlardirlar. Ko’ngillari to’g’ri, niyatlari pok esa, qaysi dindan bo’lmasin, maslagimiz, bir bo’lsa biz o’sha bilan do’stmiz».
Xullas, turli diniy e’tiqodga sig’insalar ham, bir xil baxt-saodatga, yorug’ maqsadlarga intilish, bu — umuminsoniy qadriyat sifatida tarix va zaminning zaruriy taqozosidir. Xalqimiz Abu nasr Farobiyning quyidagi so’zlarini mehr bilan ardoqlaydilar: «Avlodi bani bashar bir yo’sinda tavallud topgay, inchunin, bir yo’sinda baxtli bo’lmoqlari lozim».
Axloq-odobning kishilar hayotidagi o’rniga qarab bir necha turkumlarga bo’lish mumkin: oilaviy-oilalararo, sof etnik va elatlararo, jinsiy va jinslararo ma’lum yoshdagilar va har xil yoshdagilar orasidagi. sinfiy va sinflar orasidagi axloq-odob tartib-qoidalari mavjud bo’lgan. Albatta, har bir doira o’e odob-axloq tartib qoidalariga ixlos qo’yib, uni ardoqlagan, hatto boshqa turkumdagi ustun qo’yishgan. Masalan, o’tgan zamonlarda ham, hozirgi paytda ham musulmon olamidagi xalqlar orasida islom odobi, axloqi, madaniyatini boshqa xalqlarnikidan ustun, deb qayd qiluvchilar topilib turadi.
Axloq-odob doirasi vaziyatga, sharoitga qarab, o’rni kelganda o’z mavqyeini almashtirishi ham mumkin. Masalan, u ijtimoiy-sinfiy tafovut yorqin zuhr etilmagan doiralarda, xususan oddiy xalq orasida biroz yorqin tus oladi. Ammo mansabdorlar, boylar, zodagonlar toifasi va xalq ommasi orasidagi muomalalarga kelsak, bunda qonunlashtirilgan axloq-odob tartib-qoidalari amal qiladi. Xo’ja, to’ra va ularga qarash-li kishilar yoki ulamo, ruhoniy hamda fuqarolar orasidagi axloq-odob tartiblari ham bunga misol bo’la oladi. Udumlar doirasi hunarmand va dehqon, kosib va chorvador kabi muayyan mehnat ahli orasida ham o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Pir va ustozlar, shogirdu muridlar orasidagi munosabatlar xususida ham shunday deyish mumkin.
Masalan, O`rta Osiyo va Qozog’iston xalqlarinnng afsokaviy rivoyatlarida dehqonchilik homiysi Bobo dehqon deb atalgan. Bobo dehqon tasavvuri islomdan oldin vujudga kelgan. Islomning xizmati bilan Bobo dehqon qiyofasi Odam Ato va Hizr xususiyatlari bilan tenglashtirilgan. Bobo dehqon haqidagi rivoyatlarda: «...odamlar uchun turli narsalar, — olov, o’simliklar, mehnat qurollarini topib beradigan yoki dastlab ularni yaratgan, ularga ov qilish, hunar va san’atni o’rgatadigan, ular orasida ijtimoiy tartib, nikoh qoidalari, urf-odat va bayramlarni joriy etadigan afsonaviy shaxs, baquvvat keksa dehqon sifatida talqin etilgan. Afsonalarda aytilishicha, Bobo dehqon birinchi bo’lib omoch va sug’orish ariqlarini ixtiro qilgan emish... Yer haydash, ekin ekish, hosilni yig’ib olish... Bobo dehqon nomi bilan boshlangan», deyiladi. Shuning uchun ham dehkonning kundalik hayoti, ziroatchilik orqali bo’lmish farovonligi, hosilning bara-kasi va h. k.lar Bobo dehqonning timsoli deb qaralib, unga e’tiqod ham juda katta bo’lgan. Bunday e’tiqodlar har bir hunar va dehqonchilikka bag’ishlangan risolalarda mukammal qoida va nasihatlar asosida bayon etilgan. Bu risolalar Ollohning farmoyishi bilan yuborilgan deb tushuntirilardi. Hamma risolalar deyarli bir xil tuzilgan: avval Olloh, payg’ambar va uning hamma safdoshlari maqtalgan. So’ngra e’tiqodlilarga shu mehnatning yoki hunarning naqli va an’anasi bayon qilinadi. Hunarmand va dehqonga o’z mehnat jarayonini Qur’ondagi qaysi oyatlar bilan boshlash keraqligi uqtiriladi. Risolalarda piru homiylarga o’z mehnat natijasidan qanday qurbonlik keltirish shakllari aniq ko’rsatilgan. Xulosa q`ismida qoidalarni aniq bajaruvchi hunarmand va dehqonlarni qanday mukofotlash, bajarmaganlarni esa jazolash bayon qilingan. Dehqonlar talab qilingan hamma marosimlarni puxta va bajonidil bajarar edi. Bu ularga keraqli va foydali bo’lib ko’rinadi. Chunki dehqonning mehnati ko’pincha u anglab yetmaydigan qonuniyatlarga bog’liq edi. U mehnatining ijobiy yakuniga hamma vaqt ishonavermas edi. Qilgan mehnatiga qarshi to`rgan tabiiy ofatlarni dehqon yoki hunarmand Olloh irodasida ko’rardi. Shuning uchun u qurbonlik va ibodatlar bilan Ollohdan jazo kuchini yengillatishni so’rardi. Mehnat jarayonida qilinadigan diniy marosim va harakatlar hosilsizlik hamda qurg’oqchilikdan himoya vositasi deb hisoblanardi, ular asta-sekin dehqon axloqiy xulqining bo’linmas qismi bo’lib qolardi. Masalan, risolalardan birida shunday deb yozilgan: «Gunohlardan toza bo’lish uchun, marhumlar uchun xudoi, sadaqalar berib turish va yerni ishlatgani uchun o’ndan bir daromadini xudoning yo’liga haqqolo bag’ishlash kerak. Buni ijro etmaganlar ikki dunyoda ham sharmanda bo’ladilar».
Ma’lumki, inson tabiati faqat ruhiy dunyodan iborat emas. Agar u moddiy dunyo ehtiyojlarini to’la rad etsa, insoniy qiyofasidan chiqib ketadi. Insonning to’la mohiyati moddiy va ma’naviy omil mutanosibligidan iboratdir. Mabodo axloq o’zining hayotiy sharoitidan, borliqdan o`zoqlashsa, u albatta mavhumlashib, amaliyotdan shunchalik chetlashib boradi. Borliqdan o`zoqlashib o’zaro munosabatlar tartibiga mos keladigan aloqani topa olmaslik esa ilohiy kuch-qudratga umid bog’lash sari yetaqlaydi. Shuning uchun ham birovning mehnatidan foydalanuvchi zamonlarda din va axloq aynan bo’lib, kishilarning borliqdan ma’naviy-Mafkuraviy o`zoqlashuvini ta’minlaydi, axloq esa dinni asoslash shakliga aylanadi. Bu bir tomondan. Ikkinchi tomondan juda ko’p allomalar, xususan Sharqning buyo`q donishmandlari dinni axloq bilan aynan bir narsa deb bilib, insonning ezgu umidlarini unga chambarchas bog’laydilar. Ularning falsafiy qarashlari islom dini bilan bevosita aloqador edi.
Ajdodlarimiz yaratgan qadriyatlarni xolisona baholab, mudom asqatuvchi tomonlarini kelajak avlodga yetqazib berish mas’uliyatini ham unutmasligimiz kerak. Axir, bizgacha yetib kelgan umuminsoniy, axloqiy qadriyatlar qancha-qancha sinovlarga dosh bergan.
Chunki o’tmishda nnsoniyat boshiga ne tashvishlar tushmagan, mehnatu rohatning o’zi osonlik bilan kelmagan. Uni qo’lga kiritish uchun qancha-qancha ter va qon to’qilgan, jangu muhorabolar, isyon va g’alayonlar, qo’zg’olon va inqiloblar boshdan o’tgan. Ana shunday bezovta zamonlar tarixida birgina islom umuminsoniy qadriyatlarni ajdoddan avlodga o’tqazib borishda katta xizmat qilgan. Bunday xizmatni diniy jamoalar, olim va hukamolar, faqihlar va boshqalar amalga oshirganlar.
Insoniyat hayoti shunchalik murakkabki, biz har kuni, har soat odob bilan yonma-yon yashayotgan takabburlikni, xushomadgo’ylikni uchratamiz, bir tomonida osoyishta, ikinchi tarafida g’azabnok chehralarni ko’ramiz, do’stlikning bir tarafida yarqirab to`rgan laganbardorlikka duch kelamiz va h. k. Axloqiy qadriyatimizning bunday murakkabligi hyech qanday ilohiy kuchga vobasta emas. Aksincha, bu insoniyat moddiy hayotining murakkabligi, ko’p qirraliligining in’ikosidir. Bu masala falsafiy adabiyotlarda yetarli bayon qilinganligini hisobga olib, fikrimizni shu bilan chegaralaymiz.
Ma’naviy hayotimizda yuzaga kelgan bo’shliq — (vakuum)ni endilikda biron-bir din yoxud g’oya bilan to’ldirishimiz qiyin kechmoqda. Chunki asrlar mobaynida «ma’rifatli», «aqlli», «mulohazali» materializmnigina hazm qilib, uni qonimizga, suyagimizga singdirganmiz. Buning ustiga «nimqorong’ilik davri», «xudolarning haloqat davri», albatta, ruhiy tushkunlik, chorasizlik, shubha va gumonlarni ham yaratadi.
Ana shu shubha-gumonlar insoniyat ma’naviy borlig’ini soflash uchun yangi haqiqatlarni izlash, qidirishga olib keladi.
Bunday holat shu kecha-kundo`zda suv va havodek zarur bo’lib turibdi. Lekin axloqiy qadriyatlarnp izlash jarayonida hamon eski Mafkurani inkor etish va o’zimizdan qochirish bilan chegaralanayapmiz. Shu bilan birga yangidan barpo qiladigan madaniyatimiz, bo’lg’usi axloqiy yo’nalishimiz masalasi ham tashvishlantirib turibdi. U sinfiy milliy, iqtisodiy, shaxsiy nafsoniyatdan xoli bo’ladimi yoki birdan-bir me’yori shaxsning mustaqilligi va qadr-qimmati bo’ladimi? Hozircha bo`lar bizga unchalik ravshan emas. Ammo u bizning vujudimizda, o’tmishimizning achchiq tajribasi va nomusimizda. Juda ham nafis tarixiy xazinamiz, aql-zakovatimiz, sezgimiz buni his etmoqda. Biroq ma’naviy dunyomiz nafas olgunchalik fursatga ham bo’shliq, ichi kavaqlikni yoqtirmaydi. Bo’shliq yoxud ichi kavaqlikka erk bersak, A. Oripovning iborasi bilan aytganda «har qanday dimiqqan bo`zuq havo egallab olishi mumkin. Ezgulik g’aflatda qolsa iblis hazratlari ishga tushadi. Bundan esa alhazar!»
Har bir go’dak musaffo, pok dil bilan tug’iladi. Undagi mehribonlik, munislik jamg’armasining yo’qola borishiga esa bolalar bog’chasi, maktab va oila aybdordir. Yosh bola faqat qo’pol muomala, baqiriq-chaqiriq muhitiga yo’liqsa, uning hayotidan xushmuomalalik, saranjom-sarishtalik yo’qoladi. Ma’muriy jazolashga asoslangan tadbir usulining esa bu bilan ishi yo’q. Chunki u inson uchun eng muhim jazo — tavba qilish, qilmishiga pushaymon bo’lishni tan olmaydi.
Xullas, axloqiy qadriyatlarni o’zlashtirish va e’zozlashni o’zimizdan boshlashimiz lozim. Buning ma’nosi shuki, burchimizni sof vijdon bilan ado etishimiz, mehnatimiz, kasbimiz, jamiyatimizni hurmat qilmog’imiz kerak. Shuning o’zi tiniq axloqiy iqlimni yaratadi. Axloqiy iqlimdagi g’uborlar esa insonni betoblashtiradi, uning e’tiqodini susaytiradi. Ayniqsa, jumhuriyatimizdagi hozirgi og’ir kunlar mustahkam e’tiqodli bo’lishni taqozo etadi. Uning hissiy va tarbiyaviy ahamiyati katta.
Bir so’z bilan aytganda, e’tiqodni insondan ajratish mumkin emas. E’tiqod arabcha — ishonch, maslak, dunyoqarash ma’nolarini anglatib, xudoga yoki biror g’ayritabiiy kuchga, materializm yoki biror boshqa g’oyaga qattiq, mustahkam ishonch demakdir. Tarixda odamlar olonga, butlarga, o’simlik va hayvonlarga, jonga, Buddaga, Isoga, Yaxyoga, Konfusiyga, Muhammadga va h. k. larga ishonchda bo’lgan. Shuning uchun e’tiqodidan kelib chiqib, kishilarni otashparastlar, butparastlar, totemistlar, buddistlar, xristianlar (nasroniylar), konfusiylar, idealistlar, dualistlar, materialistlar va h. k.lar deb ataganmiz.
Shuni qayd etish joizki, e’tiqod pok, g’arazsiz bo’lishi kerak. Bir yurakda ikki xil e’tiqod bo’lishi mumkin emas. Bunday mafkura riyokorlik bilan, munofiqona ish tutuvchi odamni yaratadi. Bunga misol kechagi tariximiz «sharofati» bilan yetishib chiqqan qanchadan-qancha «kommunist»larimizki, ikkiyuzlamachilikda ulardan aksariysining qiyoslari yo’q. Oxirgi vaqtlarda plyuralizm ta’limotidan foydalanib, bir kunda o’z fikrini bir necha marotaba almashtiruvchi yo’lboshchilar, deputatlar, oqimlar, uyushmalar ko’payib, mamlakatimiz ajriq o’sgan maydonga o’xshab qoldi. To’g’ri, plyuralizm u yoki bu muammoning yechimini topishda ko’p fikrlilikni ta’minlaydi. Fikrlar almashuvi haqiqatga erishuvchi mezondir. Ammo bir Mafkura, bir e’tiqod hududida ayni vaqtda bir necha e’tiqod bo’lishi aqlga sig’maydigan hol.
Ota-bobolarimiz bekorga «Sabr qilsang, g’o’radan halvo pishur» demaganlar. Insoniyat bunday fazilatlarni o’z hayotida, ishlab chiqarish jarayonida, tabiat va jamiyat qonunlarini o’zlashtirish orqali qo’lga kiritgan. Ibtidoiy jamoadan tortib hano`zgacha insonning boshiga ne qo`lfatlar tushmagan. Tabiatning sirli kuchlari, uning ofatlari insonning boshiga ne kunlarni solmagan. Buning ustiga ochlik, yalang’ochlik, tanqisliklar, o’zi yaratgan ijtimoiy boylikdan bahramand bo’la olmaslik kabi qo`lfatlar ham insonni tobladi. Ana shunday jarayonda inson sabrli bo’lib, to`yg’ularni jilovlab, o’z avlodlarini voyaga yetqazishda davom etdi, farzandlarini sabr-toqatli bo’lishga odatlantirdi.
Bu fazilatga Qur’oni qarim nuqtai nazaridan qarasak, sabr-toqat ham Diniy to`yg’ulardan biri sifatida ardoqlangan. «Qanchadan-qancha payg’ambarlar o’tganki, ular bilan birgalikda ko’pdan-ko’p xudoparastlar jang qilganlar. Hamda Olloh yo’lida o’zlariga yetgan mashaqqatlar sababli — sustkashlik, zaiflik qilmaganlar va (dushmanlariga) bo’yin egmaganlar. Olloh mana shunday sabr qiluvchilarni sevadi» ..(3:146).
Sabr-toqat ko’chmanchi arab qabilalari hayoti bilan chambarchas bog’liq bo’lib, badaviy shoirlarning qasidalarida jang muhoribalari, saratonning issig’i va kechki izg’irinu sovuqlarni mardonavor yenga bilganlarga bag’ishlangan madhiyalar bir talay. Yana shunisi borki, sabr-toqat sifati Qur’ondagina emas, balki Bibliya matnlarida ham mavjud.
Buyo`q mutafakkir A. Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida berilgan quyidagi satrlar ibratga loyiq. «Sabr-achchiq, ammo foyda beruvchi, u qattiq, ammo ziyon-zahmatlarni daf etuvchi, Sabr shodliklar kalitidir—bandlarni yechuvchidir. Sabr — o’rtoqdir, suhbati zeriktirarli, ammo maqsadga olib boruvchi, sabr — ulfatdir, o`zoqni ko’zlagan, ammo oxirida isitakka yetkazuvchidir. Sabr ulovdir, sekin yuradigan, ammo manzilga eltuvchidir. Sabr to`yadir, og’ir qadam, lekin bekatga olib boruvchidir. Sabr-nasihatgo’y, achinib gapiradigan, kishi tabiati undan ozor chekadi, lekin amal qilgan oxirda murodga yetadi. Sabr — tabib, badxo’r dori, bemor undan azob tortadi, ammo so’ngida sog’liqqa erishadi».
Sabr — toqat bilan odob saqlash, xokisor bo’lish (tavoze’)ni o’rgansak, xalqning muhabbatini qozonamiz, odamlarni do’stlashtiramiz, takabburlikka zid bo’lgan muloyimlik va kamtarlik yo’lini ochamiz. Bu bilan har qanday dushmanning ko’nglida insoniylik zavqini qo’zg’atish mumkin. Odob insoniy kamolot sifatida yoshlarda ulug’larga nisbatan mehr uyg’otadi, har xil musibat, azob-uqubatlarni keltirib chiqaruvchi hurmatsizlik, manmanlik, kamsitish, dag’allik va h. k, larni bartaraf etishga olib boradi.
Falsafa ilmida rahmdillik, mehr-shafqat va hamdardlik tushunchalari o’z mazmuniga ko’ra yaqin bo’lishiga qaramay, ular bir-biriga to’lasincha to’g’ri kelmaydi degan fikrlar bor. Rahm-shafqat, bu — jismoniy yoxud aqliy jihatdan yetilmagan, u yoki bu faoliyatni amalga oshirishga zaif bo’lgan kishilarga xayri-saxovat, muruvvat, g’amxo’rlikdir. Bu tushuncha insonning jismoniy yoki aqliy aybi emas, balki ofat deb hisoblab, undan kutulishga yordam berish keraqligini buyuradi. Rahm-shafqat asosida kishilarga xoli-sona, tanti yordam berish ma’nosi yotadi. Bunda rahm-shafqat qiluvchining himmati, iltifoti, ko’magi, hamrozligi, muruvvati va hokazolar hyech qanday moddiy foydani ko’zlamasdan beg’araz bo’ladi.
Islom mehr-shafqatga axloqiy fazilat emas, balki e’tiqodning ajralmas qismi sifatida qaraydi. Shuning uchun har bir musulmon rahmdillikka intilishi zarur. Shundagina uning gunohlari mag’firat qilinib, u dunyoda jannatga doxil bo’lishi mumkin.
Darhaqiqat, bunday fazilatga ega bo’lmagan kishilarda muruvvat, saxovat, himmatni uchratmaysan. Bundaylarda na kattalarga hurmat, na yoshlarga mehr, ia yetim-yesirlarga ko’mak alomatlari bor.
Albatta, rahm-shafqat tushunchasi inson xulq-atvorining tashqi tomonini ham belgilaydi, lekin o’zidan o’zi bu harakatni in’ikos etmaydi. Masalan: hamshira kechasi bemorning oldida o’tirib, uning dardini yengillashtirish uchun qilgan harakati, albatta, xayrli ish. Ammo, uni bu ishga undovchi rag’bat har xil bo’ladi. Ya’ni o’z kasbi oldidagi burch, moddiy manfaatdorlik, kasalning dardi yengillashishi uchun hohish va h.k.



Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish