Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”


Shunday qilib ONFning 4 asosiy tipi ajratilgan



Download 7,46 Mb.
bet116/215
Sana15.06.2022
Hajmi7,46 Mb.
#673216
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   215
Bog'liq
etno psixologiya

Shunday qilib ONFning 4 asosiy tipi ajratilgan.

  1. Kuchli muvozanatli tip.

  2. Kuchli muvozanatli vas ust tip.

  3. Kuchli muvozanatsiz tip.

  4. Kuchsiz tip.

Bu 4 tipni Gippokrat ta’limotidagi 4 tipga solishtirsak:
Sangvinik – Sezilarli psixik aktivlikka ega bo’lgan, tevarak atrofdagi voqyealarga tez munosabatini bildiruvchi, ta’surotlarini o’zgartirishga intiluvchi, jonli, harakatchan, bir faoliyatdan boshqasiga osonlik bilan ko’chuvchi, ifodali mimikasi va harakatlari bo’lgan kishidir. Ular yengiltak va e’tiborsizroq bo’ladilar.
Flegmatik – Yuragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy his-to`yg’ularga, harakatlari va nutqi bir hil maromda bo’lgan, ruhiy holati tashqi tomondan ifoda etiladigan kishidir.
Xolerik – Juda g’ayratli, tez va shiddatli, qizg’in emosional “portlash” va kayfiyatning keskin o’zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan, tez chalg’iydigan kishidir.
Aslida xarakter so’zining ma’nosi grekchadan tarjima qilingan bo’lib, “Zarb qilish”, “Belgi” demakdir. Xaqiqatdan ham xarakter kishining jamiyatda yashab egallaydigan alohida belgilaridir. Shaxsning individualligi psixik jarayonlarning o’tish xususiyatlarida va temperament xususiyatlarida namoyon bo’lishiga o’xshab xarakterning hislatlarida ham ko’rinadi. Shunday qilib xarakter shaxsning ijtimoiy munosabatlar sistemasiga, hamkorlikdagi faoliyatiga va boshqa odamlar bilan muomalasiga jalb etadigan hamda shu bilan o’z individualligiga ega bo’layotgan tiriklik paytida erishga narsadir.
Har kuni turli tuman odamlar bilan muomalada bo’lamiz, turfa qiyofali kishilarga duch kelamiz. Birovni ko’rsangiz o`zun, qaddi qomatli, sekin, savlat bilan qadam tashlab yuradi. Boshqasiga qarasangiz, past bo’yli, qo’llari ham kalta, sergo’sht, qorni katta, tez-tez qadam tashlab pildirab yuradi. Uchinchi bir odam o’rta bo’yli, sochlari mayin, yelkasi baquvvat, kelishgan. Birov ko’k ko’zli, birov qo’y ko’z, birov qora ko’zli. Birovning chexrasi xandon, boshqasi tund, uchinchi bir odam o’ychan. Birovning badanida tuki ko’p, birov sip-silliq archilgan tuxumdek.
Odamning qiyofasiga qarab uning yaxshi yomonligi, mard nomardligi, zaif yoki kuchliligini aniqlash mumkinmi?
Qadimda donishmandlarimiz bu savol ustida o`zoq bosh qotirib, odamning qiyofasidagi tashqi belgilardan ularning hislat va xususiyatlarini bilib olish mumkin degan xulosaga kelishganlar. Bu haqda turli kitoblar bitilgan. Arastu, Aflotun, Bo`zurgmehr, Luqmonu haqim haqidagi xikoyatlarda ham qiyofaga qarab odamni tanish mumkinligi aytilgandir.
Ilm olamida inson xarakterini turli belgilarga ko’ra o’rganishga qaratilgan ko’plab urinishlar bo’lgan.
Ularda odamlarning turli tabiiy, tug’ma xususiyatlariga xarakterni bog’lashga urinishlar bo’lgan. Misol uchun fiziognomika odam yuzqirralari va ularning bir biriga nisbati orqali odam fe’l-atvorini o’rganishga harakat qilinsa, xiromantiya – qo’l barmoqlari va kaftdagi chiziqlar orqali o’rganish yo’llarini hamda ko’z rangi va qarashlar, soch va uning xususiyatlari orqali o’rganish yo’llarini qidirgan juda katta shov-shuvga ega bo’lgan Ch. Lambrozo, E.Krechmer, U. Sheldomlarning konstitusion nazariyalari shaxs xarakterini uning tashqi ko’rinishini, tana tuzilishi bilan bog’liqlikni tushuntirishga uringan. Bu nazariyalar juda qattiq tanqidga ham uchragan, lekin keltirilgan material, korreliosion tahlillar ma’lum jihatdan individual xususiyatlardagi tug’ma, mavjud sifatlar bilan xarakteriologik sifatlar bilan ular o’rtasidagi bog’liqlik borligini isbot qilganligi uchun ham bu nazariyalar shu vaqtgacha, ya’ni bizning davrimizgacha hamon o’rganilib kelinmoqda.
XVIII asrda Iogann Kaspear Lafater o’zining fiziologik ta’limotini yaratib qoldirgan. U inson “boshi” qalbini ko’rsatadigan oyna bo’lib sanaladi va uning tuzilishini, bosh suyagining konfigurasiyasini, imo-ishorasini o’rganishning kishi xarakterini o’rganishning asosiy yo’li hisoblanadi. Lafater bir qancha taniqli odamlar shaxsi ustidan bir qancha odilona Kuzatishlar qoldirgan.
Ular uning ilmiy jihatdan mutloqo ahamiyatsiz, lekin juda qiziqarli “fiziognomika” kitobida yig’ilgandir. Jumladan, oldiniga soldat bo’lgan so’ngra iyezutlarning diniy ordeni asoschisiga aylangan L. Ignatiyni ta’riflar ekan, uning yuziva lablarining o’tkir konturida jangovorlikni ko’ra olgan. Hamma narsani xidlab turadigan bo`rnida va mnofiqona pastga tushirilgan ko’z qovoqlarida iyezutchilikni nazarda tutgan. Lafaterning fikrichi Gyotening geniyligi haqida eng ko’p darajada uning bo`rni dalolat beradiki, u mahsuldorligini, ta’mini va muhabbatini - aytish “mumkinki, poeziyasini qayd etadi”.
Nemis olimi Frank Gall ta’limotining asosida xarakterning barcha xususiyatlari bosh miyaning yarim sharlarida o’zlarining qat’iy ixtisoslashgan markazlariga ega degan tasdiq yotadi. Bu fazilatlarning rivojlanish darajasi miyaning tegishli qismlari kattaligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Gallning maslagiga ko’ra bosh suyaqlari miyaning qovariq va chuqurcha joylariga aniq mos kelganligi uchun ham, uning ruhiy belgilarini aniq aytib berish uchun kishining bosh suyagiga bir nazar tishlash yoki shunchaki boshning “bo’rtiq” joylarini ushlab ko’rish aftidan yetarli bo’lsa kerak. Gall maxsus frenologik haritalar to`zib chiqqan. Ularda bosh suyagi 27 qismga taqsimlanib, bu uchastkalarning har biriga ma’lum bir ruhiy sifat, masalan, extiyotkorlik, o`zoqni ko’zlab ish qilish, ashaddiylik va qotilikka moyillik, ayyorlik, doimiylik, qat’iylik va qaysarlik qabilar mos keladi.
Nemis psixiatri E. Krechmer ham xarakter tipologiyasi bo’yicha o’z qarashlarini bayon qilib o’tgan.
U xarakterni insonning tana tuzilishiga va tananing konstruksiyasiga bog’lagan holda o’rganib chiqqan.
E.Krechmerning nuqtai nazari bo’yicha: agar murakkab gavda tuzilishi turlari va murakkab endogen turlar (masalan sirqulyar, shizofrenik psixozlar) o’rtasida o’zaro qonuniy munosabatlar mavjudligi ochilgandagina biz insonni bor gavdasi va ruhiyatini qamrab oluvchi hamda xaqiqiy biologik aloqalarga muvofiq keluvchi qomat turlari o’rnatilgan deb hisoblangandagina. Quyidagi tasvirlangan turlar “g’oyadan yaratilgan turlar” emas. Ular emperik ravishda quyidagicha qabul qilingan: qayerda yetarli sondagi shaxslarda yetarli sonda morfoldogik o’xshashliklar o’rnatilsa, biz shundagina raqamli ma’lumotlarni aniqlashga kirishamiz.
Biz xuddi bir turdagi 100 shaxsni portretlarini aynan bitta qog’ozga nusxasini ko’chirayotgandek harakat qilamiz, bunda morfologik muvofiq keluvchi tuzilishlar jadal kuchayadi. Bir biriga mos tushmaydigan belgilar torayadi. Biz kuchayotgan belgilarni faqat o’rtacha kattaligini “tipik” deb ta’riflanadi. Ta’rifi keltirilgan uslub bo’yicha Krechmer gavda tuzilishini doimiy ravishda qaytarilib turadigan uchta asosiy turga ya’ni astenik, atletik hamda piknik deb nomlandi.
Sog’lom hayotda biz bu turlarni uchratib turamiz; aslida ular hech qanday kasallik belgisi emas, lekin ularda normal biologik moyilliklar mavjud bo’lib, ulardan faqat juda oz qismi psixika sohasida ham ba’zi ichki kasalliklardan ham patologik yakunlarga yetib keldilar.
ASTENIK TUR.
Erkaqlardagi astenika umumiy taasurotlarga ko’ra asosan ularni semirmasliklarida va bo’yiga o’sishlarida namoyon bo’ladi.
Biz juda og’ir holatlarda quyidagi ko’rinishlarga ega bo’lamiz: erkak kishi oriq, noziq, xaqiqatdagidan bo’yi o`zunroq to`yo`ladi. Terisi esa rangpar va qonsiz bo’ladi. Yelkalari esa tor, qo’llari quruq noziq musqo`lli, barmoqlari noziq bo’ladi. Ko’kragi o`zun, tor, tekkis ko’krak qafasli, qovurg’alarini esa sanash mumkin. Qorni qo’l va oyoqlarida yog’i bo’lmaydi. Bolalik davridayoq bu odamlar kuchsiz va noziq bo’ladilar. Balog’atga yetish davrida esa ular tez o’sadilar va bo’y cho’zadilar. Balog’atga yetganlarida va qariganlarida ularda to’g’ri yog’ to’plash va musqo`llarni rivojlantirishga hech moyillik bo’lmaydi. Bir qism asteniklarda muhim biologik belgi ularni vaqtli qarishlari ko`zatiladi. Astenik ayollar ham aynan astenik erkaqlarni eslatadi, lekin ular faqat ozg’in emas, balki bo’ylari ham pastdir. Shunday gavda tuzilishiga ega bo’lgan insonlarni astenik tipga kiritilgan.
ATLETIK TUR.
Atletik tipga ko`ruvchi erkaqlarning sqiletlari, musqo`llari va tana ya’ni terining juda rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Eng chiroyli namunalarni umumiy qiyofasi quyidagichadir: O’rta yoki baland bo’yli erkak, keng va chiqib to`rgan yelkali, ko’krak qafasli, tarang qorinli bo’ladi. Tanachi esa pastga tomon ingichkalashib boradi. Oyoqlari yelkasi bilan solishtirilganda ingichkaga o’xshaydi. Semiz, baland bosh erkin bo’yinda turadi. Oldindan ko’rinib to`rgan to’g’ri konturlar yelkani bo’yin qismiga alohida alomat beradi. Gavdaning o`zunligi o’rtadan balandroq.
Ayollardagi atletik tur esa erkaqlardagiga o’xshash bo’ladi, lekin ma’lum xarakterli belgilar bilan farqlanadi. Eng avvalo ayollarda yog’ qatlami qalin bo’ladi, lekin albatta u boshqa to’qimalar eng avvalo suyak va musqo`llar bilan garmonlashadi.
PIKNIK TUR.
Piknik tip o’rta yoshliklarda gavdani ichki bo’shliqlari (bosh, ko’kraqlar, qorinni rivojlanganligi) va zaif harakat apparati strukturasida (yelka aylanasi, va qo’l oyoqlar) semirishga moyilligi bilan xarakterlanadi.
Juda yaqqol holatlarda quyidagilar xarakterli bo’ladi: o’rta bo’y, biqqi keng yuz, semiz qorin pastga qarab kengayib ketgan ko’krak qafasidan chiqib turadi. Agar atletik gavda eng avvalo keng to`yo`lsa, piknik gavda esa chuqur to`yo`ladi.
Agar atletik gavdaga nisbatan chuqur tubladi piknik gavda, lekin unda trofik urg’u yelka kengligida yetsa, bu yerda u yelkani marqazida, bochkasimon tarzda pastga qarab kengayib ketgan ko’krak qafasi va juda yog’li qorinda yotadi. Qo’l oyoqlari o`zundan ko’ra kaltaroq.
Piknik tipga ko`ruvchilar semirishga moyildirlar, ya’ni o’rtacha darajada turadi va birinchi navbatda yog’ qorinda to’planadi.
Terisi asteniklarga o’xshab bo’shashgan emas, lekin atletiklarnikiga o’xshab tarang ham emas, lekin u yumshoq va gavdani yaxshi qoplab turadi.

  1. Astenik shizofreniklarni yuzturlari quyidagichadir: burchaqli tuzilishi o`zun burunli, qisqa tuxumsimon. Optik tasvirlarda astenik yuzo`zun va tor, rangpar va ozg’in ko’rinadi, lekin qirralidir. Torligidan u xaqiqatdagiga nisbatan o`zunroq ko’rinadi. Yon tomondan olinganda o`zun burun va uncha katta bo’lmagan pastki jag’ bir-biriga hyech ham mos tushmaydi. Biz bu yuztuzilishini burchaksimon deb ataymiz. Agar biz astenik tipga old tomondan ko`zatsak, juda ravshan ifodalangan holatlarda qisqartirilgan tuxumsimon forma juda yaqqol ko’zga tashlanadi. Pastki jag’ konturlari quloqdan boshlab iyak bilan qo’shilib ketadi.

  2. Shizofrenik atletiklarni yuzturlari: cho’zilgan tuxumsimon; semiz baland boshli va bosh chanog’ining fomasi, ya’ni xajmi o’rtacha. Bosh chanog’ining formasi umuman baland, tor va o’rtacha o`zunlikdadir. Ensasini tuzilishi o’zgaruvchan. Ba’zan bo’rtib chiqqan, ba’zan o’nqir-cho’nqirli bo’ladi. Ayrim xollarda minorasimon bosh chanog’i ko`zatiladi. Yuzni old tomondan belgilari razmer bilan o’lchanadi. Diametri katta bo’lganda cho’ziq tuxumsimon shaklda bo’ladi. Bunda iyak pastga surilgan, jag’ konturlari jag’ga tomon keskin ko’tarilgan. Umuman olganda, bizda semiz, baland bosh tasavvuri xosil bo’ladi. Bu surat bosh formasini piknik turiga qarama-qarshidir. Atletik ayollarda cho’ziq tuxumsimon yuztuzilishi ham tez-tez uchrab turadi.

  3. Sirqulyar pikniklar yuzi tuzilishi turlari: tekis besh burchaqli tur. Piknik yuz– piknik turdagi gavda tuzilishini xaqiqiy tasviridir. Ular kenglikka, yumshoqlikka va dumaloqlikka moyildirlar. Ularning boshida katta, keng va chuqur, lekin uncha katta bo’lmagan kalla joylashgan. Yog’ qatlami qalin bo’ladi. Yosh piknik yuzlilar to’la, yirik, yumshoq to`yo`ladilar va agar ular bo’yansalar yumshoq ko’ngilli psixik ko’rinishni ifodalaydilar. Oldi tomondan piknik yuzbesh burchak shaklida bo’ladi. Ularning yuzlari kengdir. Ikala chakkasida yog’ qatlami borligi uchun besh burchakka o’xshaydi. Bunday shakl yoshlarga nisbatan qarilarda yaxshiroq bilinadi.

Sheldom insonlardagi farqlarni ajratish uchun tip emas, komponentni asos qilib oldi. U 4 mingda kompleks studentlarni yalong’och holda oldindan, yonidan va orqasidan olingan fotosuratlarni o’rganib chiqib, hamma uchun umumiy bo’lgan uchta variant bilan ajratadi.

  1. Umumiy sferik shakl. Yumshoqlik, juda katta qorin, yelka va belda qalin yog’ qatlami, yumaloq bosh, katta ichki organlar, shalviragan qo’l va oyoqlar, taraqqiy etmagan suyak va musqo`llar bilan xarakterlanadi.

  2. Keng yelka, ko’krak qafasi musqo`llari yaxshi rivojlangan, qo’l va oyoqlari, ter iva teri osti yog’ning minimal miqdori og’ir salmoqli kalla xarakterlanadi.

  3. Ozg’in odamlar. Cho’ziq yuzli baland peshona, baland bo’yli. Tor ko’krak qafasli bo’ladilar. Ularning qorni taraqqiy etmagan, Hatto musqo`llari ham teri osti yog’ qatlamining yo’qligi, yaxshi rivojlangan nerv sistemasi bilan ajralib turadi.

Shu barcha belgilarga asoslanib Sheldom gavda tuzilishining 3 birlamchi komponentini ajratadi. So’ng ularni mos ravishda: endomorv, mezomorf, etnomorf deb nomladi.
Biologiyada o’sha davrdagi tasavvurlarga ko’ra endodermadan ichki organlar, mezodermadan suyuq musqo`l, yurak, qon tomirlari, etnodermadan soch, tirnoq, reseptr apparati nerv sistemasi v amiya rivojlanadi deb qaralgan.

  1. Endomorf tipga – yumaloqlik va tashqi ko’rinishning yumaloqligi, suyak va musqo`llarning nimjon rivojlanganligi.

  2. Mezomorf tipga – qaxri qattiq va qo’rslik, qo’pollik bilan o’zini to`tadigan, uning musqo`llari va suyaqlari atletik kabidir.

  3. Etnomorf tipga – uning tashqi ko’rini noziq (mo’rt) nafisdir. Musqo`llari mezomorfning tesqarisidir, ya’ni suyak va musqo`llari yaxshi rivojlanmagagndir.

Sheldon insonlarni turli metodikalar, suhbatlar, anketalar va xulqni Kuzatish va atrofdagilar bilan o’zaro munosabatlarini ko`zatib, ya’ni shular orqali o’rgangan.
Ishlab chiqarishning asosan hamisha «inson-texnika» tartibotli xizmat tashkil etadi. Insonlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini rivojlantirish Hozirgi davrning tub muammolaridan biridir . Hayot o`rtaga kuyayotgan ulkan vazifalarni yuqoridan turib amalga oshirib bo`lmaydi. Buning uchun mehnatkash insonning yaratishga qaratilgan ijodiy mehnati, ijtimoiy siyosiy faolligi zarur. Ijtimoiy taraqqiyotimizning Hozirgi bosqichida insonning bunyodkorlik faoliyati respublikamizda demokratiyani rivojlantirish va ijtimoiy adolatni qaror toptirishda kuchlirok namoyon bo`lmokda.
O`zbekistonning haqiqiy boyligi va mulki uning mehnatsevarlik, saxiy va mehmondo`st xalqidir.
Jamiyatning eng oliy boyligi bo`lgan xalq badiiy qadriyatlar kudratli saloxiyatlar o`zida jamlangan. Bu saloxiyatni yuzaga chiqarish, jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy ettirishning juda kuchli omili bo`lib xizmat qiladi. Inson saloxiyatini eng faol, eng bunyodkor omili bo`lib, u mamlakatning isloxotlar tub o`zgarishlar yo`lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlab beradi.
Bu omilning kuchi va ta’siri, eng aavalo, yksak ma’naviyat bilan, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. U axolining bilimdonlik darajasi, ish bilan ta’minlanganlikning professional malaka tuzilmasi va boshqa ko`pgina shart-sharoitlar orqali shakllanadi. Hozir respublika kudratli mehnat saloxiyatiga ega. Mehnat zaxiralari butun axolining deyarli 50 % ni tashkil etadi va har yili 210-220 ming kishiga ko`payib bormokda. Mehnat saloxiyatining muhim xususiyatining uning yosh va kasb tarkibidir.
Ish bilan band bo`lgan axolini tarkibiy jihatdan qayta taksimlash va mehnatga layokatli yoshlarni faoliyatini yangi ilgor tomonlari va sohalariga jalb qilish ham mehnat saloxiyatidan samarali foydalanishning kudratli zaxirasidir.
Shuning uchun ham inson xukukini va erkinligini ta’minlash, demokratiya prinsiplarini yanada rivojlantirish barcha inson va insoniyatning oldida to`rgan dolzarb muammolar bo`lib qolishi ham bejiz emas.



Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish